O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

8.2. Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy 
jihatlari 
 
Qurilish korxonasi boshqa xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar singari ko‗p jihatdan 
mustaqil ravishda o‗z faoliyati maqsad va vazifalarini aniqlaydi va shakllantiradi, 
rivojlanish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqadi, moliyaviy vositalarni qidiradi, 
mehnat jamoasini shakllantiradi, boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yaratish, o‗ziga 
qarashli tashkilotlar va bo‗limlarning faoliyatini tartiblash, ijtimoiy kuchlanish 
holatini pasaytirishda ko‗plab tashkiliy masalalarni hal etadi. 
Qurilish korxonasi, avvalom bor, tashkil etilayotgan vaqtda o‗zi tanlagan 
tashkiliy – huquqiy shakl hamda joriy vaqt va kelgusi faoliyatini aniqlovchi konkret 
maqsad va vazifalari bilan tavsiflanadi. 
Qurilish tarmog‗i korxonalari bozor iqtisodiyotining quyidagi prinsiplaridan 
foydalanadi: tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, to‗liq mustaqil xo‗jalik yuritishi, 
xususiy mulk bo‗yicha mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish; erkin narxlar 
(davlat tomonidan alohida tartiblanadigan va nazorat qilinadigan narxlardan tashqari) 
bo‗yicha ishlash; faoliyatning antimonopolligi; ichki bozorning ochiqligi (tashqi 
bozorlarga chiqishning erkinligi); xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasidagi 
shartnomaviy shakllar. 
Xo‗jalik yuritishning yangi sharoitlarida qurilish korxonalari taktika va 
strategiyasini 
tanlash 
quyidagi 
holatlar 
bilan 
shart 
– 
sharoitlanadi: 
buyurtmachilarning qurilish mahsuloti bilan etarli darajada ta‘minlanmaganligi; 
qurilish-montaj ishlari qimmatlashuviga va qurilish ob‘yektlarini tiklash muddati 
cho‗zilishiga olib keluvchi sabablar - qurilish materiallari, konstruksiyalari, energiya, 
transport va boshqa xizmatlar narxlarining o‗sishi. 
Qurilish korxonasi boshqarish strategiyasi ro‗yxatga olingan korxonaning 
tashkiliy-huquqiy shakli va davlat tomonidan tartiblovchi qanday richaglarning unga 
ko‗satadigan ta‘siriga bog‗liq bo‗ladi. 
O‗zbekistonda barcha korxonalar o‗z faoliyati maqsadiga ko‗ra tijorat va 
notijorat korxonalariga bo‗linadi. 
Notijorat korxonalarining tijorat korxonalaridan farqi shundaki, tijorat 
korxonalarida foydani tarqatish uning asosiy maqsadi emas va foyda ishtirokchilar 
o‗rtasida taqsimlanmaydi. Notijorat korxonalariga quyidagilar: turli jamg‗armalar, 
kengashlar, jamoat va diniy tashkilotlar, iste‘molchi kooperativlar kiradi. 
Agar korxona davlat yoki munitsipial xususiy mulk bazasiga unitar korxona 
ko‗rinishida asoslangan bo‗lsa, u holda mulk egasi o‗z-o‗zini boshqarish shaklidan 
foydalanadi. Xususiy mulk egasi bir kishi bo‗lgan holda ham o‗z-o‗zini boshqarish 
shaklidan foydalanadi. 
Mulkchilikning aralash shaklida yoki mulk egalarining soni ko‗p bo‗lganda 


~ 106 ~ 
tashkilotni boshqarishning eng murakkab tuzilmasi shakllanadi, masalan bunga ochiq 
turdagi aksionerlik jamiyatini misol tariqasida keltirish mumkin. 
Qurilish tashkiloti qurilish (ishlab chiqarish) kooperativi shaklida ro‗yxatdan 
o‗tkazilganda va faoliyat yuritganda mehnat jamoasida o‗z – o‗zini boshqarish shakli 
amalga oshiriladi. 
Xo‗jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida o‗z-o‗zini boshqarish shakli 
bilan bir qatorda mulchilik boshqaruv shakli ham keng tarqalgan. O‗z-o‗zini 
boshqarishda tadbirkor, menejment va mehnat jamoasining funksiyasi mulk egasi 
tomonidan to‗liq hajmda konsentratsiya qilinadi. Tadbirkorning asosiy boshqaruv 
funksiyalari kapitalni mulk egasi (mulkdor)dan ajratish natijasida yuzaga keladi va 
bunday vaziyatda tadbirkor mulk egasi hamda boshqaruvchi sifatida namoyon 
bo‗ladi. Resurslar, kapital va mehnatni birlashtirish amalga oshiriladi. Tadbirkor 
yakka o‗zi o‗zining mablag‗lari, vaqti, mehnati va obro‗-e‘tibori bilan harakat qiladi 
(xavf-xatarga qo‗l uradi). Menejer funksiyasi odamlarni boshqarish bo‗yicha o‗zining 
professional bilimlaridan foydalana olishi bilan belgilanadi. 
Aralash mulk va faqat mulkning xususiy shakliga ega bo‗lgan korxonalarda 
mehnat jamoasini boshqarish murakkab bo‗lmaydi. Bu boshqaruv mehnat kelishuvi 
(shartnoma, konrakt)ni o‗ziga qamrab oladi. Boshqaruv – bu kun tartibi, mehnat 
ta‘tillarini rejalashtirish, rahbatlantirish va mehnat jamoasi xavfsizligini ta‘minlash 
tizimini ishlab chiqish, mahsulot sifatini nazorat qilish demakdir. Mehnat jamoasi 
o‗z-o‗zini boshqarishida ham amalda aynan xususiy mulkchilikni boshqarishdagi 
funksiyalardan foydalaniladi. 
Davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish. 
Bu tegishli richaglar va 
manfaatlar – soliqlar, imtiyozlar (engilliklar) va turli ta‘qiqlashlardan foydalanilgan 
holda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy shakllarda namoyon etiladi. Bevosita 
(to‗g‗ridan – to‗g‗ri) davlat tomonidan tartiblash qurilish tashkilotlari ish holatiga 
ta‘sir ko‗rsatadigan me‘yoriy aktlar, holatlar va tadbirlar ishlab chiqilishi va 
funksiallashuvida o‗z aksini topadi.
Bilvosita davlat tomonidan tartiblash esa soliq, moliya-kredit, amortizatsiya va 
narx-navo siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida namoyon bo‗ladi. 
Bevosita va bilvosita davlat tomonidan tartiblashda hamma ishchi-xodimlar hayoti va 
faoliyatidagi manfaatlarni ifoda etuvchi ijtimoiy spektrga tegishli bo‗lgan savol 
hamda masalalar o‗z dolzarbligini hech ham yo‗qotmaydi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish