9.2. Mehnat unumdorligini o„stirish omillari va rezervlari
Omillar –
bu harakatlantiruvchi kuch va biron – bir jarayon va hodisaga ta‘sir
ko‗rsatuvchi sababdir. Mehnat unumdorligiga ta‘sir ko‗rsatish xarakteri va darajasiga
bog‗liq ravishda omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: moddiy – texnik,
tashkiliy – iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy, xususiy.
Moddiy – texnik
omillar
yangi texnika, ilg‗or texnologiyalar, xom-ashyolar va
materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog‗langandir. Ishlab chiqarishni
takomillashtirishga quyidagilarni amalga oshirish bilan erishish mumkin:
-
jihozlarni modernizatsiyalash;
-
ma‘naviy eskirgan jihozlarni ancha unumdor bo‗lgan yangi jihozlarga
almashtirish;
-
ishlab chiqarish mexanizatsiyasi mavqeini oshirish orqali: qo‗lda
bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, kichik mexanizatsiya vositalarini keng
tadbiq qilish, uchastkalar va sexlarda bajariladigan ishlarni kompleksli
mexanizatsiyalashtirish;
-
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
-
yangi ilg‗or texnologiyalarni qo‗llash;
-
xom-ashyolar yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni mehnat unumdorligini har tomonlama oshirishning
bosh manbai sifatida ko‗rib chiqish taqoza etiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida fan-
texnika taraqqiyoti yutug‗larini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish investitsiyalar
ajratilishini talab etadi, birinchi navbatda amaldagi ishlab chiqarishni rekonstruksiya
qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga investitsiyalarni jalb etish maqsadga
muvofiqdir.
Moddiy–texnik omillarning juda muhimligi, ularning moddiylashgan mehnat
iqtisodiyotini ta‘minlashi bilan izohlanadi.
Tashkiliy-iqtisodiy
omillar mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va
boshqarish mavqei bilan aniqlanadi. Unga ishlab chiqarish boshqaruvini tashkil
etishni takomillashtirish: boshqaruv apparati tuzilmasi, ishlab chiqarishni boshqarish
~ 111 ~
tizimi, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tadbiq etish
va rivojlantirish kiradi.
Ijtimoiy-psixologik
omillar
mehnat jamoalari ahilligi, ularning ijtimoiy –
demografik tarkibi, tayyorgarlik darajasi, mehnat faolligi, bo‗limlar va butun korxona
bo‗yicha ma‘naviy-ruhiy muhitni shakllantiradigan rahbarlik qilish usuli bilan
aniqlanadi.
Tabiiy-iqlimiy
omillar qurilishning borishiga katta ta‘sir ko‗rsadadi, chunki
qurilish ishlarining aksariyat qismi ochiq osmon ostida bajariladi. Bu omillarni
qurilish jarayonini loyihalashning boshlang‗ich bosqichlaridayoq hisobga olish
taqoza etiladi.
Siyosiy va qonuniy
omillar soliqqa tortish, investitsiyalash, lizenziyalash,
bojxona va shu kabi jarayonlarni tartiblashtiradi: xalq xo‗jaligi hamma tarmoqlarini,
jumladan qurilish sohasini ham rivojlantirish yo‗nalishini aniqlab beradi.
Xususiy
omil
. Mamlakat iqtisodiy mexanizmida ishlab chiqarish vositalari va
mehnat natijalariga bo‗lgan mulkchilik shakllari o‗zgarishi ro‗y berayotgan hozirgi
zamon sharoitlarida qurilish iqtisodiyotida ham jiddiy o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda.
Bunday o‗zgarishlar tadbirkorlik va raqobat bazasida yangi iqtisodiy munosabatlar
yuzaga kelishiga olib keladi, insonni ishlab chiqarish vositalari bilan bilvosita
muloqatda bo‗lishdan ozod etish (ya‘ni dastgohlarni, mexanizmlarni masofadan
boshqarishni yo‗lga qo‗yish) uchun sharoitlar yaratilyapti.
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha omillar biri-biri bilan o‗zaro bog‗liqlika ega
bo‗lganligi tufayli ularni kompleks holda o‗rganish taqoza etiladi. Bunday o‗rganish
shuning uchun zarurki, bunda har bir omilning ko‗rsatadigan ta‘siri aniq baholanadi,
chunki ularning ta‘sirlari hech qachon bir xil bo‗lmaydi. Ulardan ba‘zilari mehnat
unumdorligining ustivor o‗sishini ta‘minlaydi, boshqa omillar ta‘siri esa
o‗zgaruvchan bo‗ladi.
Korxona mehnat unumdorligini o‗stirish rezervlari deganda ishlatilmayotgan
ishlab chiqarish resurslari tushuniladi. Odatda O‗zbekiston korxonalarida mehnat
unumdorligini o‗stirish rezervlari ichki ishlab chiqarish rezervlari, mehnat sig‗imini
pasaytirish, ish vaqtidan unumli foydalanish, moddiy resurslarni tejash va mehnat
qurollarini asrab–avaylab ishlatish rezervlariga bo‗linadi.
Vaqt bo‗yicha foydalanishga ko‗ra mehnat unumdorligi rezervlari
joriy va
perspektiv
rezervlarga bo‗linadi.
Joriy rezervlar
yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin, qoidaga ko‗ra ular
ahamiyatli tarzdagi yagona vaqtli mablag‗larni talab etmaydi. Ularga yaxshi
jihozlardan foydalanish, yaroqsiz jihozlarni ishlab chiqarish tizimidan olib tashlash,
mehnatga haq to‗lashning eng ratsional va samarador (effektiv) tizimlarini qo‗llash,
korxonalarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni me‘yorlashtirish kiradi.
Perspektiv rezervlar
odatda ishlab chiqarishni qayta qurishni, yangi
texnologiyalarni tadbiq etishni va sh.o‗. larni talab etadi, buning uchun qo‗shimcha
kapital mablag‗lar va ishlarni amalga oshirish uchun ahamiyatli tarzdagi muddatlar
zarur bo‗ladi.
Unumdorlikni mohiyat jihatdan aniqlash, aynan mahsulot hajmining uni ishlab
chiqarishga sarflangan mablag‗larga bo‗lgan nisbatidan kelib chiqqan holda
~ 112 ~
unumdorlik to‗rtta holatda oshishi mumkin:
-
mahsulot hajmining oshishi, sarf-xarajatlarning esa pasayishi (klassik
holat);
-
mahsulot hajmining sarf-xarajatlarga qaraganda tez o‗sishi;
-
mahsulotning hajmi o‗zgarishsiz qoladi, sarf-xarajatlar esa pasayadi;
-
sarf-xarajatlarning pasayishiga nisbatan mahsulot hajmining kam
suratlar bilan pasayishi.
Mehnat unumdorligini o‗stirishni ta‘minlash bo‗yicha boshqarish strategiyasi
tanlash ushbu holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |