O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‟llab-quvvatlashda davlatning o‟rni



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

8.3. Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‟llab-quvvatlashda davlatning o‟rni 
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va 
kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashning 
yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik sub‘ektlarining kredit resurslaridan 
foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‗rinlarini tashkil etishni 
rag‗batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish 
maqsadida 2017 yil 17 avgustda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash davlat jamg‗armasini 
tashkil etish to‗g‗risida‖gi PQ-3225-sonli qarori imzolandi. Unga ko‗ra:: 


~ 107 ~ 
1. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik 
faoliyatini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash davlat jamg‗armasi (keyingi o‗rinlarda 
— Jamg‗arma) davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va kichik tadbirkorlik 
sub‘ektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‗rsatish uning asosiy vazifasi 
etib belgilansin: 
b) kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 
foizigacha, ammo 2 milliard so‗mdan ko‗p bo‗lmagan hajmdagi kreditlari bo‗yicha 
kafil bo‗lish; 
v) tijorat banklarining kreditlari bo‗yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun 
quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish:
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‗mdan oshmaydigan miqdordagi qayta 
moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foizli 
punkt miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‗mdan oshmaydigan miqdorda, qayta 
moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub‘ektlari va keng aholi 
qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida» 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-son 
qaroriga
2-ilovada ko‗rsatilgan 
tumanlarda, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 
martdagi PF-5386-son 
Farmoni 
bilan tasdiqlangan «Obod qishloq» dasturi doirasida 
amalga oshiriladigan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‗mdan oshmaydigan miqdorda — yosh 
tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 
O‗zbekiston YOshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamg‗arib boriladigan pensiya tizimi 
mablag‗lari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‗yicha — banklar 
xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida;
xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 8 milliard so‗mdan oshmaydigan 
miqdorda — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 
3 foizdan ortiq bo‗lmagan miqdorda;
xorijiy valyutada — 2017 yil 5 sentyabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv 
bog‗lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit 
liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari bo‗yicha — belgilangan foiz 
stavkasining 50 foizi miqdorida. 
Jamg‗arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy 
valyutada kichik tadbirkorlik sub‘ektlarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlaydi. 
2. Quyidagilar Jamg‗arma resurs bazasining manbalari etib belgilansin: 
Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‗armasini va Kichik 
tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‗armasini keyinchalik tugatish va ularning 
tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‗m miqdoridagi pul 
mablag‗lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida
*
 qayd etilgan tashkilotlar badallari 
hisobidan shakllantiriladigan Jamg‗armaning boshlang‗ich badali; 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili 
tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‗lari, 2017 yilda Jamg‗arma resurs 
bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‗m; 


~ 108 ~ 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetiga yo‗naltiriladigan qismi; 
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa 
donorlarning Jamg‗arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 
jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari
Jamg‗armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan 
tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa 
manbalar. 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yildan boshlab, O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetidan Jamg‗arma resurs bazasini to‗ldirish uchun har yili 
mablag‗ ajratishni ko‗zda tutsin. 
3. Belgilansinki, Jamg‗arma kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga:
a) tijorat banklarining kreditlari bo‗yicha kafolatlar beradi, kuyidagilar nazarda 
tutilgan kreditlar bundan mustasno:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining 
aylanma mablag‗larini shakllantirish;
savdo ob‘ektlari va umumiy ovqatlanish ob‘ektlari qurilishini moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor o‗yinlari va boshqa o‗yinlarni tashkil etish, 
shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
b) tijorat banklarining kuyidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan 
kreditlari bo‗yicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiyalar beradi:
qishloq xo‗jaligida, birinchi navbatda, energiya samarador zamonaviy 
issiqxonalarni tashkil etishga, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, 
asalarichilik, uzumchilik va bog‗dorchilikni, shu jumladan intensiv bog‗larni 
rivojlantirishga;
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, meva-sabzavot 
mahsulotlarini saqlash bo‗yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportda 
tashish bilan bog‗lik logistika markazlarini tashkil etishga;
ko‗p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy 
mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan obodonlashtirish va 
ta‘mirlashga yo‗naltirilgan loyihalar;
Tadbirkorlik 
faoliyatini 
rivojlantirishni 
ko‗llab-quvvatlash 
davlat 
jamg‗armasini boshqarish bo‗yicha Kengash (keyingi o‗rinlarda — Jamg‗armani 
boshqarish bo‗yicha kengash) belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa 
yo‗nalishlaridagi loyihalar.
3
1
. SHunday tartib o‗rnatilsinki, unga muvofiq Jamg‗arma tomonidan taqdim 
etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamg‗arma mablag‗larining 10 
barobari miqdoridan oshmasligi kerak. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish