O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

Mehnat sarflari
bajarilgan kishi – soatlar soni bilan ancha aniq ifodalanadi. 
Lekin ularni hisoblash juda ko‗p mehnatni talab qiladi.
Kishi – kunlar mehnat sarflarining kishi – soatlarda o‗lchangandagiga 
qaraganda kamroq bo‗lgan natijani beradi, chunki kishi – kunlar ichki smenali to‗xtab 
qolishlarni hisobga olmaydi. 
Ishchi xodimlarning o‗rtacha oylik soni kishi – kunlariga qaraganda kun 
mobaynidagi to‗xtalishlarni hisobga olmaydi, shunga qaramasdan aynan ishchi-
xodimlarning o‗rtacha oylik sonidan yillik mehnat unumdorligini hisoblashda 
foydalaniladi, chunki bu turli korxonalarning, tarmoqlarning va umuman mamlakat 
bo‗yicha ko‗rsatkichlarning qiyoslanishini ta‘minlaydi. Korxona xo‗jalik faoliyatini 
ichki ishlab chiqarish bo‗yicha tahlil qilishda soatli va kunlik mehnat unumdorligi 
ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. SHunday qilib, unumdorlikni aniqlash uchun 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflarining tegishli ko‗rsatkichlari 
tanlanadi va birinchi ko‗rsatkichlar ikkinchi ko‗rsatkichlarga bo‗linadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari ko‗rsatkichlarining 
ustunligi va kmachiliklarini tahlil qilish asosida shuni ta‘kidlash joizki, ularni 
mumkin bo‗lgan har qanday uyg‗unlashtirish ma‘lum bir iqtisodiy mazmunni kasb 
etadi, ularni tanlash esa mehnat unumdorligi darajasini o‗lchashning konkret 
masalalari bilan aniqlanadi. Kornxonada unumdorlikni aniqlashning eng keng 
qo‗llaniladigan (universal) usuli yil davomida o‗rtacha ro‗yxat bo‗yicha shu korxona 
bitta ishchisiga to‗g‗ri keladigan korxona tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan sof 
mahsulotning miqdorini hisoblashdan iboratdir.
Mehnat unumdorligining boshqa ko‗rsatkichi – mehnat sig‗imi - mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga to‗g‗ri keladigan jonli mehnat sarfining yig‗indisini 
belgilaydi. 
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bo‗yicha mehnat sig‗imini aniqlash uchun 
hamma ishlab chiqarishga sarflangan sarf – xarajatlarni ma‘lum vaqtda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmiga bo‗lish kerak bo‗ladi. Mehnat sig‗imi ko‗rsatkichi 
qaralayotgan qurilishga aloqador bo‗lmagan boshqa omillarning ta‘siriga 
uchramaydi. SHuning uchun mahsulot (ish)ning faktli mehnat sig‗imi narxli ishlab 
chiqarish ko‗rsatkichiga nisbatan ancha to‗g‗ri bo‗lib, mehnat unumdorligining 
darajasi va dinamikasini tavsiflab beradi.
Mehnatni rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida alohida operatsiyalar, 
buyumlar, ishlarning mehnat sig‗imi hisoblanadi. 
Texnologik mehnat sig‗imi (T
1
) asosiy ishchi-bajaruvchilar va vaqtbay 
ishlaydiganlarning mehnat sarflari bilan aniqlanadi. U ishlab chiqarish operatsiyalari, 
detallar, tugunlar va tayyor mahsulotlar bo‗yicha hisoblanadi. 
Xizmat ko‗rsatish bo‗yicha mehnat sig‗imi (T
2
) asosiy sexlarning yordamchi 
ishchilarining hamda yordamchi sexlar va bo‗limlardagi ishchilarning, ishlab 
chiqarishga xizmat ko‗rsatayotgan hamma ishchilarining mehnat sig‗imini namoyon 
etadi. Uni har bir operatsiya, buyum bo‗yicha yoki buyumning texnologik mehnat 
sig‗imiga proporsional hisoblash mumkin. 
Ishlab chiqarish bo‗yicha mehnat sig‗imi (T
3
) texnologik va xizmat ko‗rsatish 


~ 116 ~ 
bo‗yicha mehnat sig‗imlari yig‗indisidan tashkil topadi, ya‘ni bu asosiy va yordamchi 
ishchilarning ish birligini bajarishga sarflagan mehnatini ifodalaydi. 
Boshqarish bo‗yicha mehnat sig‗imi (T
3
) rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar 
tomonidan sarflangan mehnat yig‗indisidan iborat bo‗ladi. Bunday sarflarning bir 
qismi bevosita buyumlarning tayyorlanishi bilan bog‗liq bo‗lib, bu buyumlarga 
bevosita (bevosita) tegishli bo‗ladi, mehnat sarflarining boshqa qismi esa 
buyumlarning tayyorlanishiga bevosita bog‗liq bo‗lmaydi, ishlab chiqarish mehnat 
sig‗imiga proporsional bo‗lgan holatda bumlarning tayyorlanishiga tegishli bo‗ladi. 
Eng yaxshisi, mahsulotning to‗liq mehnat sig‗imi ko‗rsatkichidan foydalanish 
juda qulay bo‗lib, bu ko‗rsatkich barcha kategoriyalardagi ishchilarning mehnat 
sarflar (kishi-soatlar)ini o‗z ichiga oladi va u quyidagi formula bo‗yicha hisoblanadi 
(9.3) 
Mehnat sig‗imi hisoblash usuliga bog‗liq ravishda me‘yoriy, faktli, rejali 
mehnat sig‗imlariga ajratiladi. 
Mehnat sig‗imi ko‗rsatkichlari mehnat unumdorligining darajasini hisoblash, 
yangi konstruksiyalar, materiallar va texnologik jarayonlarni qo‗llashning 
samaradorligini hamda qurilish–montaj ishlarining mexanizatsiyalashganligini 
baholash uchun zururdir. Mehnat sig‗imi ko‗rsatkichlaridan qurilishda mehnat 
resurslariga bo‗lgan ehtiyojlarni hisoblashda foydalaniladi. 
Mehnat unumdorligini hisoblash (o‗lchash)ning metodlarini har doim 
takomillashtirib borish taqoza etiladi, shu bilan u yoki boshqa omillardan masadli 
yo‗nalishda foydalanishni va konkret iqtisodiy maqsadlarni hisobga olgan holda 
mehnat sig‗imining samradorligi (natijaviyligi)ni ob‘yektiv (xolisona) baholashga 
erishish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida boshqarishning zamonaviy 
iqtisodiy metodlarida shunday o‗lcham birliklarini izlab topish bo‗yicha izlanishlar 
olib borilmoqdaki, ular natijalar va sarf-xarajatlarni bir-biriga bog‗lash orqali alohida 
ishchilarning xo‗jalik hisobidagi fanfaatlarini hisobga olgani kabi butun jamiyatning 
ham manfaatini ifodalamog‗i lozim. Natija sifatida foyda, daromad tushunilsa, sarf 
sifatida esa mehnatga haq to‗lash fondi tushuniladi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish