O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
6.2. Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari 
Oldin aytib o‗tishgandek, qurilish – bu dinamik sistema. Bu sistemaning 
faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi ham ichki imkoniyatlar va resurslarga, ham tashqi 
muhitga bog‗liq. Amaliyotda tashqi muhit va avvalambor qurilish tashkilotlarining 
buyurtmasilar mablag‗lariga bog‗liqligi tizim sifatida boshqarish samaradorligiga 
jiddiy ta‘sir qiladi. Bu esa o‗z navbatida, ko‗pincha qurilishdagi boshqarish maqsad 
funksiyalariga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi v ko‗p hollarda boshqarishning oldindan 
berilgan parametrlariga ma‘lum o‗zgarishlar kiritishni talab qiladi. Lekin bu bilan 
maqsad funksiyalari o‗zgarmaydi. Tabiiyki, maqsad va vazifalarsiz boshqarish 
bo‗lmaydi. Boshqarish, doim fan xususiyatlariga ega bo‗ladi. 
Bundan kelib chiqib, boshqarish maqsadi deganda, nafaqat qurilish balki, 
bugun jamoat amaliyotida, erishilishi zarur bo‗lgan qandaydir ideal, oldindan 
berilgan natijani tushunish kerak. Qurilishda – bu ob‘yektni ekspluatatsiyaga berish, 
uni buyurtmachi (investor)ga topshirish va ko‗zlangan foydani olish. Bu maqsad esa 
biz hohlaganimizdek oson, tez va muammolarsiz ham bo‗lmaydi. Qurilishda 
boshqarish ko‗p maqsadli xususiyatga ega bo‗ladi. 
Har bir maqsadga ma‘lum talablar qo‗yiladi, ularga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 

Maqsadning ilmiy va amaliy asoslanganligi; 

Maqsadning aniqlanganligi, ifodalanganligi va yo‗naltirilganligi; 

Amalga oshirish imkoniyatlari va sharoitlarini hisobga olinishi, ya‘ni 
qo‗yilgan maqsad amalga oshiriligi darajasi. 
Amaliyotda qo‗yilgan maqsad uni bajarish usullari sifatida namoyon 
bo‗ladigan masalalar bilan aniqlashtiriladi. SHuning uchun boshqaruv yechimlarini 
aniqlashda maqsad va masalalar yonma-yon keladi, bir birini to‗ldiradi. O‗z 


~ 81 ~ 
mohiyatiga ko‗ra esa masala (masalalar) – bu echilishi kerak bo‗lgan masalalar, 
shuningdek bu yechim uchun zarur bo‗lgan sharoitlar to‗plamidir. 
Qurilishda boshqarishning asosiy masalalari quyidagilar: 

Ilmiy-texnik progressni tezlashtirish va ishlab chiqarishga mahalliy va 
xorijiy qurilish amaliyotining zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish; 

Mashina texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni kkeng qo‗llash va shu 
asosda qurilishda qo‗l mehnati hissasini qisqartirish; 

qurilayotgan binolar industrial darajasini oshirish, ular sifatini oshirish 
va qurilish muddatlarini qisqartirish; 

resurslar tejamkorligini ta‘minlash va har qanday yo‗qotish va noishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytirish; 

kapital qurilishning texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini yaxshilash. 
Boshqarish maqsad va masalalardan uning vazifalarini farqlash kerak. 
Boshqarish vazifalari boshqarish mexnizmining taqsimlanishi jarayonidagi 
boshqarish faoliyati turlaridan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, boshqarish, tizim 
sifatida, faqat boshqarish vazifalari bajarilgan holdagina muvaffaqiyatli amal qiladi. 
Ilmiy tasniflashga muvofiq qurilishdagi boshqarish vazifalariga quyidagilar 
kiradi: 
1.
Rejalashtirish q qurilish ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadi va 
masalalari tizimini aniqlab olish; 
2.
Prognozlashtirish - qurilish amal faoliyati va rivojlanishning ehtimoliy 
maqsadlarini aniqlash; 
3.
Tartiblash - qurilish sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatidagi 
chetlanishlarni yo‗qotish jarayoni; 
4.
Tashkillashtirish – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim elementlarini 
asoslash va tanlab olish, shuningdek ular orasida mutanosiblikni o‗rnatish; 
5.
Nazorat – faoliyatning joriy ko‗rsatkichlari va o‗rganilgan masala va 
dasturlarning mos kelish darajasini aniqlash; 
6.
Hisob va tahlil – ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash va qayta ishlash, 
shuningdek, xulosalar chiqarish va ishlab chiqarish tizimi faoliyatini baholash. 
7.
Ijobiy yutuqlarni qo‗llab-quvvatlash. 
Yuqoridagi umumiy vazifalardan tashqari qurilishda ishlab chiqarish sikllari, 
qurilish jarayonlari, yo‗nalganligi – faoliyat ko‗rsatish va perspektiv rivojlanishga 
qaratilgan, aloqalar – ichki va tashqi va boshqa qurilishni boshqarishning maxsus 
funksiyalari umumiylarini to‗ldiradi va rivojlantiradi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish