6.3. Qurilishni boshqarish zamonaviy tizimi va organlari
Tizim – bu bir butunlikni tashkil qiladiki o‗zaro bog‗liq bo‗lgan elementlarning
tartiblangan kompleksidir. Bunda tizim uning elementlarida bo‗lmagan
xususiyatlarga ega bo‗ladi. Ma‘lumki, qurilish bu tarkibida doimiy o‗zgarishlar va bir
kanatdan boshqasiga o‗tishlar bo‗lib turadigan dinamik ishlab chiqarish tizimidir.
Qurilishning dasturiy masalalarini echish bilan bog‗liqlikda boruvchi bu
~ 82 ~
o‗zgarishlarni hisobga olish va ularga to‗g‗ri munosabat bildirish o‗zida boshqarish
jarayonining tashkiliy mazmunini ifodalaydi.
Boshqa tarmoqlarda bo‗lganidek qurilishda ham boshqarish tizimi ishlab
chiqarishning normal borishi va rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan barcha vazifalarni
to‗lig‗icha amalga oshirgan holdagina tizim bo‗la oladi. Buning uchun u yoki bu
vazifalarni bajarish yuklatiladigan bo‗limlar va ma‘sul shaxslarga ma‘lum vakolat va
ma‘sulyatlar berilishi kerak. Ba‘zi bir vazifalarni uno‗tish yoki to‗liq amalga
oshirmaslik
va,
ayniqsa,
ma‘suliyatsizlik boshqarishning tizim sifatida
samaradorligining tushishiga olib keladi. Tizim boshqarish ob‘yektiga samarali ta‘sir
ko‗rsata olishi uchun etarli boshqarish imkoniyatlariga ega bo‗lishi kerak. SHu bilan
birga sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarga o‗z vaqtida munosabat ko‗rsatishni
ta‘minlovchi boshqaruv tizimi moslashuvchanligini ta‘minlash zarur.
Boshqarish tizimi va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun u quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
1.
Barcha vazifalarni to‗liq, qamrab olish va ularning bosqichlar, bo‗limlar
va vazifalar bo‗yicha optimal taqsimlanishi.
2.
Boshqarishning har bir bosqichida har bir bo‗lim va ma‘sul shaxsga
ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kerakli bo‗lgan vakolatlarni ajratish.
3.
Vazifa yoki ma‘suliyatli burchlarni bajarishni ta‘minlash uchun qat‘iy
javobgarlikni o‗rnatish;
4.
Boshqaruvchanlikni ta‘minlash.
5.
Yokkaboshlik va buyruq berishning ahamiyati prinsiplariga rioya qilish.
6.
Boshqaruv xarajatlaridagi mutanosiblik, moslashuvchanlik, tejamkorlik
va o‗z-o‗zini tashkil etish.
Keltirilgan talablar ichida eng asosiysi – bu boshqaruv tizimi tejamkorligi va
faoliyatchanligidir. Bu hozirgi xo‗jalikning bozor sharoitlarida ishlab chiqarishni
xodimlarning minimal miqdori va boshqaruvning minimal sarf-xarajatlarida samarali
boshqarishda namoyon bo‗ladi. Bunda boshqaruv xodimlari va xarajatlarini xaddan
tashqari oshirib yuborish ham, kamaytirib yuborish ham noto‗g‗ri bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 apreldagi
―Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5392-sonli Farmoni va 2018 yil 2 apreldagi ―O‗zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖ gi PQ-3646-sonli
Qaroriga muvofiq islohotlar na faqat kapital qurilishda, balki mamlakatning qurilish
tarmog‗iga xizmat qiluvchi boshqa tarmoq va sohalarda ham amalga oshirilmoqda.
Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy
etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan
yangi darajaga ko‗tarishning muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda
zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga,
raqobatni rivojlantirishga, yangi sub‘ektlarning innovatsion g‗oyalar, ishlanmalar va
texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to‗sqinlik qilayotgan bir qator tizimli
muammolarni ochib berdi. Xususan:
~ 83 ~
birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori,
shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish
tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan
rivojlantirishning o‗rta muddatli va istiqbolli yo‗nalishlari belgilanmagan;
ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi
qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to‗liq kuzatib borishni ta‘minlash,
shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud
resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;
uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi
hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‗rsatishning
maksimal shaffofligi va samaradorligini ta‘minlamayapti;
to‗rtinchidan, ko‗pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi
hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma ob‘yektlarini
joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta o‗ylanmagan qarorlarni qabul
qilishga sabab bo‗lmoqda;
beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion
uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo‗llash
e‘tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob‘yektlarni
qurish sifatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda;
oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion g‗oyalar va
ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi
byudjet mablag‗laridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;
yettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli
investitsion loyihalarni, innovatsion g‗oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari
surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun
infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga etarlicha
e‘tibor berilmayapti;
sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning
amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali
ro‗yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag‗batlantirish
darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib
kelmoqda.
Arxitektura-qurilish
sohasini
boshqarishning
shaharsozlik
faoliyatiga
innovatsion
g‗oyalar,
ishlanmalar
va
ilg‗or
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish,
ko‗rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta‘minlash maqsadida, shuningdek, 2017
— 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi va O‗zbekiston Respublikasida Ma‘muriy
islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qo‗mitasi negizida O‗zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
tashkil etildi
va quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:
~ 84 ~
shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida
yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish,
qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni
ta‘minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va
qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
respublika
hududida
aholini
joylashtirishning
bosh
sxemasini,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar
hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga
oshirilishi ustidan monitoring yuritish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha
takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli
va o‗rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv
tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish,
yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‗llaniladigan va eksperimental loyihalarni va
loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza
qilish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini
yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab
chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini
ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash,
ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida o‗quv jarayonining darajasi va sifatini
tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot
muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirishga ko‗maklashish.
Vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 nafar
etib belgilandi. Hududiy bo‗linmalarda esa 796 kishi ishlaydi.
Idora litsenziyalovchi organga aylanadi. Buning uchun Qurilish sohasida
islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‗yicha
Respublika komissiyasi tugatildi. Litsenziyalar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
bilan kelishilgan holda beriladi. Litsenziyalash jarayoni soddalashtiriladi: aniq va
to‗liq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutiladi, ularga rioya etilishini nazorat
qilinadi va moddiy javobgarlik belgilanadi, shuningdek litsenziya talabgorining
litsenziya
talablari
va
shartlariga
muvofiqligini
tekshirish
mexanizmi
takomillashtiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi ―Qurilish
sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‗shimcha chora-
tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda
tadbirkorlik sub‘ektlarini qo‗llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini
joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy
~ 85 ~
manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy
texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‗rilmoqda.
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini o‗rganish ushbu sohasida
islohotlarni jadal amalga oshirishga va sog‗lom raqobat muhitini rivojlantirishga
to‗sqinlik qilayotgan muammolar borligini ko‗rsatdi.
Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga
etarlicha e‘tibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat ma‘muriy-
boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda.
Ob‘yektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud ko‗rsatma
beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni
qo‗llashga to‗sqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb
qilishni sekinlashtirmoqda.
~ 86 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |