1-Amaliy mashg‘ulot
KONVERGENT VA UFTT TARMOQLARIDA ABONENT TERMINALLAINI RAQAMALASH TAMOYILLARINI O’RGANISH
1.1. Mashg‘ulot maqsadi va mazmuni
Aloqa tarmoqlarini, ularni turlarini telefon tarmog‘ining telekommunikatsiya tarmog‘idan farqini, qit’alararo, milliy, xududiy, maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini hamda O‘zbekiston va Toshkent telekommunikatsiya tarmoqlarini qurilish tamoyillarini, numeratsiya tizimini o‘rganish.
1. Nazariy qism
Tarmoqlarni qurilish tamoyillari va numeratsiya tizimi
Aloqa tarmoqlari
Aloqa tarmoqlari abonent terminallari orasida axborot uzatish maqsadida yaratilgan. Aloqa tarmoqlari ikki kategoriyaga bo‘linadi: kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan. Agar ikki abonent orasidagi axborot uzatish vaqtida hosil qilinsa, bunday tarmoq kommunikatsiyalanadigan tarmoq deb ataladi. Kommutatsiyalanmaydigan tarmoq faqat ikki yoki bir necha aniq abonentlar orasida axborot uzatish uchun mo‘ljallangan traktga ega.
Aloqa tarmoqlari axborot uzatish traktini hosil qilish uchun ishlatilgan kanallar turi bo‘yicha bo‘linadi. Ular bir-biridan uzatish tezligi bo‘yicha imkoniyatlari qarab farqlanadi.
Aloqa tarmoqlari umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga bo‘linadi. Umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga umumdavlat tarmog‘i kiradi. Muassasaviy va lokal tarmoqlar ochiq va berk bo‘lishi mumkin, ya’ni umumdavlat tarmoqlarini chiqa oladigan va chiqa olmaydigan.
XX asrgacha abonentlar orasidagi axborot turiga qarab aloqa tarmoqlari telefon, telegraf ma’lumot uzatish, eshittirish, televidenie radio uzatish va boshqa tarmoqlariga bo‘lsa bo‘lardi. Har bir axborot turiga o‘z tarmog‘i yaratilgan.
Telefon aloqa tarmog‘i real vaqtda nutq axborotini uzatishga mo‘ljallangan. XXI asr axborotlashtirish asri hisoblanadi. Fan va texnika, bozor, iqtisodiyoti o‘sishi bilan foydalanuvchilar orasida uzatilayotgan axborot hajmi oshadi. Shuning uchun uzatish turini oshirish va tarmoqni integratsiyalash maqsadida aloqa tarmoqlarini raqamlashtirish boshlanadi.
Telekommunikatsiya tarmoqlari va butun jahon telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish uslubi
Jahonning ko‘pgina mamlakatlari kirgan, elektron aloqaning xalqaro ittifoqi yerning butun territoriyasini, ya’ni 6 qit’ani 8 elektron aloqaning bo‘laklarga bo‘lgan. Har bir bo‘lak bir necha davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini birlashtiradi. Bu bo‘laklarga kiradigan davlatlar nomi:
Shimoliy va markaziy Amerika;
Afrika;
Yevropa;
Janubiy Amerika;
Kichik Osiyo, Avstraliya, Okeaniya;
Rossiya va sobiq sovet ittifoqining ba’zi bir respublikalari;
Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq;
Hindiston va yaqin Sharq.
Elektr aloqani tashkil qilish uchun transportirovka tarmog‘ini yaratish kerak. Bu tarmoqni yaratish uchun oldin xalqaro kommutatsiya markazlarini o‘rnatish joyi aniqlanadi. Butun jahon telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish uchun har bir elektr aloqa bo‘laklarida xalqaro kommunikatsiya markazi o‘rnatiladi. Ularni bir-biri bilan bog‘lash uchun yerni sun’iy yo‘ldoshi kanallarini, elektr aloqa kabellarini (mis, simli, optik tolali aloqa liniyalari va x.k.) yoki Trans-Osiyo-Yevropa magistrali kanallarini yoki radio kanallarni ishlatish mumkin.
“KoinotEl-SGM” masofaviy abonent konsentratori (UAC) kanallarni vaqt taqsimotiga ega raqamli kommutatsiya tizimi bo‘lib, ITUga muvofiq E1 raqamli magistral liniyalari orqali umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga (PSTN) ulangan abonentga kirish uskunasi (masofali) sifatida ishlatiladi. -T G. 703.6/G.704, R1.5 yoki EDSS1 protokollari bilan.
Qo'llash sohasi
- ko'p qavatli uylarni telefonlashtirish;
- aralash (analog-raqamli) xizmatlarni ko'rsatish bilan yirik turar-joy majmualarida telefonlarni o'rnatish
aloqa;
- biznes markazlarini telefonlashtirish;
- qishloq aholi punktlari va kottej aholi punktlarida telefon aloqalarini o'rnatish.
“KoinotEl-SGM” masofaviy abonent konsentratori (UAC) kanallarni vaqt taqsimotiga ega raqamli kommutatsiya tizimi bo‘lib, ITUga muvofiq E1 raqamli magistral liniyalari orqali umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga (PSTN) ulangan abonentga kirish uskunasi (masofali) sifatida ishlatiladi. -T G. 703.6/G.704, R1.5 yoki EDSS1 protokollari bilan.
Qo'llash sohasi
- ko'p qavatli uylarni telefonlashtirish;
- aralash (analog-raqamli) xizmatlarni ko'rsatish bilan yirik turar-joy majmualarida telefonlarni o'rnatish
aloqa;
- biznes markazlarini telefonlashtirish;
- qishloq aholi punktlari va kottej aholi punktlarida telefon aloqalarini o'rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |