1
1-ma’ruza. Konstruktsiyalar, binolar va inshootlarni sinash va
tekshirishning mohiyati (2 soat).
Kirish.Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsadi va vazifalari. Inshootlarni
tekshirish va sinash uslublari. Bino va inshootlarni sinash usullarining taraqqiyot
yo’llari.
1.1.Kirish
Qurilish doirasi og’ishmay o’sib borayotgan turli-tuman muhandislik
masalalarini yechishda bino va inshoot konstruktsiyalari ishini tahlil etishning
eksperimental uslublaridan keng foydalanilmoqda.
Bino va inshootlar konstruktsiyasini sinashga bo’lgan extiyoj xar xil
sharoitlarda, shu jumladan nazariy yo’l bilan hal qilish mumkin bo’lmay qolgan
sharoitda vujudga keladi. Bunday xollarda ashyolar, konstruktsiyalar, umuman bino va
inshootlarning ishlashini tahlil etishning eksperimental usullari barcha qabul qilingan
xisobiy shart-sharoitni tekshirishning pirovard bosqichiga aylanib qoladi. SHuning
uchun ular xozirgi zamon qurilishining nazariyasi va amaliyoti uchun nixoyatda muxim
axamiyat kasb etadi.
Qurilish mahsulotlari va qurilmalarini ishlab-chiqarishni rivojlantirish uchun,
ularni ishlab-chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, sifatini, ishonchliligini, uzoq
yashovchanligini va zavod sharoitida tayyorlanishini oshirish lozim. Yuqoridagilarni
amalga oshirish uchun esa, birinchi navbatda doimiy va aniq faoliyat ko’rsatadigan
ishlab chiqarish nazorati va zamonaviy sinov uskunalari hamda priborlar yordamida
amalga oshiriladigan ishlab chiqarish sinovlarini yo’lga qo’yish lozim.
Mahsulotni yuqori sifatiga qurilish materiallari va konstruktsiyalarini sinash va
nazoratini eng yangi usullarda amalga oshirish orqali erishish mumkin. Qurilish
yo’nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda xam bu masalalarga alohida e’tibor berish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari qurilish yo’nalishi bakalavrlari
laboratoriya va ishlab-chiqarish sinov usullarini o’tkazishni bilmog’i, buzmasdan sinov
o’tkazish usullarini yangi usullarini o’zlashtirmog’i va alohida olingan mahsulot uchun
uni qo’llay olmog’i hamda natijalarni qayta ishlab, ob’ektiv baholay olishi lozim.
Ushbu ma’ruzalar matnida qurilish materiallari, konstruktsiyalarini laboratoriya
va ishlab chiqarish sinovlarini zamonaviy usullari, o’lchov uskunalari va sinov
mashinalari turlari keltirilgan. Bundan tashqari asosiy diqqat e’tiborni buzmasdan
sinash usullarini mexanik, elektron-akustik, radiometrik, rentgen, elektromagnit
usullariga qaratilgan. Bu usullar yordamida material va konstruktsiyalarni
ekspluatatsiya qilish sharoitiga putur yetkazilmagan holda, uni tuzilishi, xususiyatlari
o’rganilib, konstruktsiya va uni tashkil qilgan materiallar fizik-mexanik xossalari
to’g’risida to’laroq ma’lumotlar olish mumkin.
2
Ishlab chiqarish sharoitida buzmasdan sinash usullarini qo’llanishi nafaqat har
bir mahsulotni mustahkamlik xususiyatlarini, balki uni alohida qismlarini xam
o’rganish mumkin.
Kapital qurilishni rivojlanishi mustaqil Respublikamiz rivojlanishiga asos
bo’ladigan yo’nalishlardan biridir. Kapital qurilishni rivojalanishi esa, yuqori talablarga
javob bera oladigan qurilish materiallari va konstruktsiyalari yaratish bilan bevosita
bog’liq hisoblanadi.
Tayyorlanayotgan mahsulotni yuqori sifatini ta’minlash uchun yuqori
samaradorli, doimiy ishlaydigan texnik nazoratni tashkil qilish lozim.
Sifat nazoratini asosiy elementi, bu ishlab chiqarish bo’linmalari va korxona
laboratoriyalarida hamda qurilish tresti va markaziy ilmiy tadqiqot institutlari
laboratoriyalarida o’tkaziladigan sinovlar hisoblanadi.
Inshootlar konstruktsiyasini loyihalash nazariyasining yutuqlari ajoyib va dadil
yechimlarga olib keladi. Bugungi kunda mutaxassislar oldiga jaxon qurilish amaliyoti
darajasida bino va inshootlarni barpo etish masalasini qo’ymoqda.
SHunday qilib bino va inshootlar konstruktsiyasini sinashni tajriba ishlariga
asoslangan xolda olib boriluvchi chuqur nazariy tahlil deb qarash to’g’ri bo’lar edi.
Sinash ob’ektining sifatiga, tahlilning maqsad va vazifasiga ko’ra bino va
inshootlarni eksperimental tahlilini yo’lga qo’yish, real sharoitlarda inshootning
naturaviy sinovidan ashyolarining xossasi, va naturaviy inshoot ashyolari xossalaridan
farqlanuvchi ashyolardan tayyorlangan modellarni sinashgacha bo’lgan turli-tuman
ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Yangi yaratiladigan inshootlarning nixoyatda murakkabligidan, ularni avval
modellarda sinash keng tarqalgan. O’xshashlik nazariyasi, modellar tayyorlash, ularni
sinash uslubi, modellarning sinov natijalarini taxlil etish kabi ilmiy va konstruktorlik-
texnologik muammolarining sintezidan iborat bo’lgan qurilish konstruktsiyalari va
inshootlarini modellashtirish- qurilish fanidagi aloxida yo’nalishni yaratilganligi
xaqida ko’p gapirish mumkin.
Bino va inshootlar konstruktsiyasini sinashning xozirgi zamon bosqichida
nazariya va amaliyotning ravnaqi mexanik va radiotexnik usullarning yig’indisidan
iborat deyish mumkin. Mexanik usullar konstruktsiyalarni mavjud yuk ta’sirida tadqiq
etishga asoslangan.
Sinashning radiotexnik usullari esa konstruktsiyalarni zo’riqish - deformatsiya
xolatini tadqiq etishga asoslangan.
So’nggi yillar tajribasi shuni ko’rsatdiki, konstruktsiyalarni sinashning mexanik
va radiotexnik usullari bir-birini sezilarli darajada to’ldirib, ularni qurilishda
qo’llashning amaliy soxalarini kengaytiradi.
Bino, inshootlar va konstruktsiyalarni sinash fan sifatida boshqa qurilish
soxasidagi fanlardan keyinroq shakllandi, biroq ayrim xollarda inshootlarni sinash
3
qadimdan amalga oshirilgan.
Inshootlarni sinash konstruktsiya xolatiga baxo berish, xamda nazariy
xisoblarning to’g’iligi va aniqligini tekshirish extiyojidan paydo bo’lgan.
Sinash konstruktsiyasining yuk ko’taruvchanligiga nazariy jixatdan xisobga
olish mumkin bo’lmagan; konstruktsiyaning turli variantlarini solishtirish uchun
ma’lumotlar yetishmaganida, bino karkasi ayrim elementlarini fazoviy ishlashini yuk
ko’taruvchanligiga ta’sirini, xamda turlicha ikki konstruktsiyaning (masalan metalldan
bo’lgan balka yoki fermalarning temir beton plitalar bilan birga ishlashi) birgalikda
ishlashi samarasini ko’rsatish kabi omillarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi.
Inshoot xolatini baxolash yo qurilish ishlab chiqarish jarayonlari bilan, yo
konstruktsiyani tiklash yoki kuchaytirish bilan bog’langan.
Sinov yukining turiga ko’ra sinovning 2 asosiy usuli mavjud: statik (statik yuk
bilan sinash) va dinamik (dinamik yuk bilan sinash).
Dinamik sinovlarni ekspluatatsiyaviy dinamik - zarbli, vibratsiyali yoki
vibrodinamik yuklar bilan amalga oshiriladi.
Inshoot va konstruktsiyalar sinovini yoki maxsus sinov laboratoriyalarda
(laboratoriya sinovi) yoki dala sharoitlarida (dala sinovlari) o’tkaziladi.
Laboratoriya sinovlari dala sinovlariga qaraganda aniqroq natijalar beradi,
chunki bu xolda aniqroq sinov asboblaridan foydalaniladi va sinash uchun ma’qulroq
sharoit yaratish mumkin. Ammo shuni xam aytish lozimki, laboratoriyada xamma vaqt
xam konstruktsiya ishining naturaviy sharoitiga mos keladigan sharoitni yaratish
imkoni bo’lmaydi.
Xozirgi vaqtda ekspluatatsiya qilinayotgan inshoot va konstruktsiya qismlarini
sinash uchun ko’chma laboratoriyalardan (temir yo’l platformalari yoki
avtomobillardan) foydalaniladi.
Sinash yukini kattaligi bo’yicha ikki turdagi sinovlar bor: ekspluatatsiyaviy yuk
ta’siriga va buzuvchi yuk ta’siriga sinash. U yoki bu yuk turini tanlash sinov vazifasiga
bog’liq.
Ekspluatatsiyaviy yuk ostida turgan konstruktsiya va inshootlar sinash
natijalarini nazariy xisoblashlar bilan solishtirish ularni xaqiqiy ishlashi xaqida fikr
yuritish imkonini beradi. Konstruktsiya yoki inshootni buzuvchi yuk bilan sinash
ekspluatatsiyaviy yuk chegerasini aniqlash imkonini beradi.
Laboratoriya sharoitlarida sinovlarning ikki turi mavjud; naturaviy sinov-sinov
ob’ekti naturaviy ulchamda bajariladi va modellarda sinash.
Sinov natijalarining aniqligi nuqtai nazaridan afzallik naturaviy sinovlarga
beriladi, chunki model sinov natijalari konstruktsiyaning naturaviy o’lchamlariga
o’tkazilganida ayrim xatoliklar paydo bo’lishi mumkin. Ammo kichraytirilgan
modellarni sinash tayyorlash mexnat sarfliligini va ashyo sarfini kamaytiradi.
Nixoyat, qurilish eksperimentining xozirgi zamon xolati oldida turgan
4
maqsadlarga yo’naltirishni rivoji bilan ajralib turadi. Ashyolarning fizik-mexanik
xossalarini, konstruktsiya elementlaridagi 3 zo’riqish deformatsiya xolatlarini aniqlash
xozirgacha sinovlarda va ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladilar va faqat ayrim
xollardagina bino qurilishi va ekspluatatsiyasida sifatni tekshirishda ishlatilar edi.
Xozir esa sinovlar qator xollarda qurilish jarayonining ajralmas qismi bo’lib qolayapti.
Hozirgi paytda ishlab chiqaruvchilarga xam, quruvchilarga xam, inshoot va
binolarni barpo etishda va ekspluatatsiya qilishda sifatni baxolashning zamonaviy
usullari xaqida ma’lumotlar kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |