Mavzu-2 Biznesda axborot tizimlarining o’rni.
Режа:
Dasturchilar tizim taxlilchilari, axborot tizimlari raxbarlari.(cio)”
Buxgalteriya axborotlar tizimi
Bank axborot tizimlari
Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne’matlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning
rivojlanib borishi bilan boshqarish murakkablashadiki, o’z navbatida, u ahborot
tizimlarini takomilashtirish va rivojlantirishni ragbat-lantiradi.
Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo
uning iqtisodiy ob’ektni boshqarish tizimidagi tutgan o’rnini aniqlab olish lozim. Bu ob’ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog’liqdir.
Boshqarishga ehtiyoj umumiy maqsadlarga erishish uchun birlashgan jamoaning ayrim a’zolari hatti-xarakatini muvofiqlashtirish zaruriyati tug’ilgandagina yuzaga keladi. Bunday maqsadlar quyidagicha bo’lishi mumkin: raqobat ko’rashida boshqaruv ob’ektining yaxshi ishlashi yoki omon qolishi, eng ko’p foyda olish, xalqaro bozorga chiqish va hokazolarni ta’minlashdir. Maqsadlar avvaliga umumlashgan xususiyatga ega bo’ladi, so’ngra tuzatishlar jarayonida ular maqsadli funksiyalar kurinishida boshqaruv apparati tomonidan formallashadi.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan
bog’langach, to’g’ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yo’naltiriladigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa teskari yo’qalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi xaqidagi Hisobot axboroti oqimida o’z aksini topadi.
Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, atrof muhit xaqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi. Hisobot axboroti boshqaruv ob’ekti tomonidan shakllantiriladi va ichki iqtisodiy vaziyat, shuningdek o’nga tashqi muhit ta’siri darajasi (tulovlarning ushlanib qolinishi, energiya uzatish, ob-havo sharoitlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning buzilishi va boshqalar)ni aks yettiradi. Shunday qilib, tashqi muhit nafaqat boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko’rsatadi, balki u qarorlarni tashqi omillar (bozorning holati, raqobatcxilikning mavjudligi, foiz stavkalari darajasi, inflyasiya darajasi, soliq va bojxona siyosati)ga bog’liq bo’lgan boshqaruv apparatiga ham axborot etkazib beradi.
Oborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lu-motlarni uzatish va saqlash, Shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi.
Boshqaruv konturida axborot hajmlarining oshib borishi, uni qayta ishlashning murakkablashishi avvaliga kompyuterlarni alohida operatsiyalarda tadbik qilish, so’ngra ularni qo’llashni kengaytirishga olib keldi. An’anaviy axborot tizimi sifat jihatidan o’zgara boshladi. Boshqaruv apparatida hisoblash texnikasi vositalarini qo’llash asosida yagona funksiyasi ishonchli axborot bilan boshqarish jarayonini ta’minlash bo’lgan yangi tuzilma bo’linmasi paydo bo’ldi. Shu tarzda boshqaruv konturida yangi axborot oqimlari paydo bo’ldi, eski oqimlar esa, o’z yo’nalishini qisman o’zgartirdi. An’anaviy axborot tizimining bir qismi axborotni qayta ishlashni tobora ko’proq avtomatlashtirish yo’nalishida sekin-asta, lekin izcxil ravishda shakllana boshladi.
qo’llanish sohasiga ko’ra bunday tizimlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:
texnik axborot tizimlari;
iqtisodiy axborot tizimlari;
ijtimoiy sohalardagi axborot tizimlari va boshqalar. Bundan keyin faqat
iqtisodiy xususiyatga ega axborot tizimlari xaqida so’z yuritilar ekan, iqtisodiy
axborot tizimlari (IAT) va .(cio)”tushunchasini sharxlash lozim. Foydalanuvcxilar so’rovi bo’yicha iqtisodiy axborotni saqlash, izlash va berish uchun mo’ljallangan tizimni mazkur tushunchada ifodalaymiz. IAT yordamida, afsuski, ob’ektni boshqarish uchun foydalanadigan har qanday axborotni ham qayta ishlash mumkin emas. chunki istalgan korxonada qarorlarni qabul qilishda muhim rol o’ynovchi ulkan axborot oqimlari bor. Lekin ularni kompyuterlar yordamida qayta ishlash mumkin emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |