Ta’lim xizmatlari ko’rsatish to’grisida
№______________Shartnoma
“
O’QUV MARKAZI” (bundan keyin “IJROCHI” deb yuritiladi) bir tomondan va _____________________ _______________________ (bundan keyin “BUYURTMACHI” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar to’g’risida shartnoma tuzdilar.
SHARTNOMA PREDMETI
Ijrochi buyurtmachiga ____________________ yonalish bo’yicha ta’lim xizmatlarini taqdim etadi va Buyurtmachi xizmatlar uchun haq to’lash majburiyatini oladi.
IJROCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Irochining huquqlari:
2.1.1. Butun o'qish davrida, o'qish kursining davomiyligini saqlagan holda, o'qituvchilar
tarkibiga o'zgartirish
kiritish;
2.1.2. Qog'oz, programma va electron shakldagi o'quv dasturlar hamda mualliflik huquqi
asosidagi qo’llanma-namunalarga intellektual mulk obyekti sifatida mulkiy huquqi bo'yicha ega
bo'lish:
2.1.3. Buyurtmachi tomonidan uzrsiz sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan darslarning o'rnini
goplamaslik.
2.1.4. Agar darslar uchun tolovlar o'z vaqtida, qisman yoki toliq to'lanmagan bo'lsa,
Buyurtmachini darslarga kiritmaslik;
2.1.5. O'quvchilarning bilimlarini muntazam ravishda hisobga olish
va nazorat qilish va ota-
onalarni natijalar bilan tanishtirish (yig'ilishlar, ochiq darslar, test sinovlari);
2.1.6. Stendda, shaxsiy suhbatda, ota-onalar yigilishida ma'lumot
shaklida maslahatlarni
berish;
2.1.7. Oraliq va yakuniy testlarni baholash tizimlarini, shakllarini,
tartibini va davomiyligini
mustaqil ravishda tanlash;
2.1.8. Darslar jadvalini buyurtmachilarga bildirishnoma orqali, darslar boshlanishidan 1 (bir)
ish
kunidan kechiktirmay, bir tomonlama o'zgartirish;
2.1.9. 7 (yetti) kishidan ko'p bo'lmagan guruhlar uchun o'quv soatlari sonini (yoki
mashg'ulotlar sonini), o' quv kursi dasturining to'liq hajmini saqlagan holda, qisqartirish;
2.1.10. Guruhdagi o'quvchilar soni 5 (besh) kishidan kam bo'lsa, Buyurtmachi bilan o'zaro
kelishgan holda, darslarni vaqtincha to'xtatib turish;
2.1.12. Guruhdagi o 'quvchilar soni Guruh o'quvchilari minimal miqdori ( besh kishi)
standartidan kam bo'lsa, guruhni tarqatib yuborish huquqini o'zida
saqlab qolish va
Buyurtmachiga boshqa guruhlarda o'qishni davom ettirishning muqobil variantlarini taklif
qilish;
2.1.13. Ta'til, O'zbekistonda nishonlanadigan bayramlar va boshqa shunga o'xshash
sabablar(m. binoga kirish ta'qiqlangan bo'lsa)ga ko'ra, sababli o'tilmagan darslar to'lovini keyingi
darslar to’loviga o’tkazish orqali darslarni vaqtincha to’xtatib turish huquqini saqlab qolish.
Bunday holda, o'tilmagan darslarning vaqti Buyurtmachi bilan kelishilgan holda o'tiladi.
2.1.14. Agar obyektiv zarurat tug'ilsa, mashg'ulotlar joyini o'zgartirish (ijara
shartlari yoki
muddatini o'zgartirilishi, ijaraga olingan bino-xonalarni ta'mirlash va h.k. sabablar tufayli);
2.1.15. Buyurtmachi tomonida to’langan to’lovni 3 (uch) ish kunidan so’ng qaytarmaslik.