10-Amaliy: Yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarni almashtirish.
Rekonstruktsiya qilinadigan orayopma konstruktsiyalariga mustahkamlik, bikrlik, o’tga bardoshlilik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi talablari qo’yiladi. Undan tashqarii ular tejamli va montajda sodda bo’lishi lozim. Bu talablarga temirbeton orayopmalari ko’proq javob beradi, ammo ularning rekonstruktsiya qilinadigan uylarda qo’llanilishi ayrim qiyinchiliklar tug’diradi, xususan eski rekonstruktsiya qilinadigan uylarning shakli hozirgi zamon industrial konstruktsiyalarning qabul qilingan unifikatsiyasiga javob bermaydi.
Rekonstruktsiyada orayopmani almashtirishga bo’lgan ehtiyoj esa ko’pincha eski binolardagi mavjud yog’och orayopmadir. Kam qavatli binolarda, hamda uy anchagina puturdan ketgan bo’lsa, u holda yog’och orayopmani umrboqiyligi ko’proq temirbetonga almashtirish maqsadga muvofiq emas. Remontda nuqsonli balkalar yo’qotiladi, uzaytirib yoki sun’iy qayta tiklab, ya’ni zararlangan uchastkalarni maxsus qo’yilmalar bilan almashtirilib o’rnatiladi. Yog’och orayopmalarni tovushizolyatsiyasini sezilarli oshirishga va shu bilan bir qatorda uni namdan himoya qilishga qalinligi 2-3 sm li ezilgan loyni qum bilan aralashtirib surkash orqali erishish mumkin. Samarali surkagichning tarkibi quyidagicha: (loy – 5 qism, qum – 2 qism, kipiq - 6 qism, smola – 1 qism, suv – 2 qism).
Bu holda shift listli materialdan yoki ho’l suvoq bilan barpo qilinadi. Yog’och balkalarga qo’yilgan yengilbeton orayopmalar nisbatan yuqori olovbardoshlikka ega. Orayopma zichligi 600-700 kg/m3 bo’lgan shlakbeton bloklardan iboratdir. Balkaning tayanch qismini saqlash uchun uyalar kigiz yoki qorishma to’ldirilgan yog’och po’kagi bilan isitiladi. Orayopmalarni almashtirishda samarali yechim yig’ma yoki yaxlitquyma variantlardir (20.1-rasm).
20.1-rasm. SHveller ko’rinishidagi temirbeton progonli orayopmalarni almashtirish uchun konstruktsiyalar: 1-taxta pol; 2-yog’och laga; 3-isitkich; 4-engil beton tiqma plitka; 5-shveller ko’rinishidagi temirbeton progon.
Bunday yechimlarda asosiy yuk ko’taruvchi elementlar bo’lib 500-750 mm oraliqda o’rnatiladigan, kesim yuzasi to’g’ri to’rtburchakli yoki trapetsiyasimon temirbeton balkalardir. Ularga yengilbeton g’ovakli bloklar qo’yib chiqariladi. Balkalar bilan bloklar orasidagi tirqishlar V10, V15 sinfli (M150, M200) beton bilan to’ldiriladi. Devorda chuqurcha qilishning iloji bo’lmaganda to’shamaning tayanishi uchun oldindan zo’riqtirilgan qo’yilma qovurg’ali g’ovakli plitalar qo’llaniladi. Ularning qo’yilma qovurg’alari termaning uyasiga o’rnatiladi. Karkasli binolarda orayopmalarni almashtirish amalda barcha regionlardagi qurilish industriyasi seriyali ishlab chiqaradigan qovurg’ali yoki kovakli plitalar bilan amalga oshiriladi. Bino va inshootlarni rekonstruktsiyalashda ko’pikli beton konstrukiyalarni qo’llash orqali orayopma massasini imkoni boricha pasaytirish juda muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |