O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


-Ma‟ruza: YOSHLARGA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA BERISHDA



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

4-Ma‟ruza: YOSHLARGA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA BERISHDA 
I.A.KARIMOV ASARLARIDAN FOYDALANISH  
 
Reja 
 
1. Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda I.A.Karimov asarlaridan foydalanish 
2.  I.A.Karimovning  «О‗zbekistan  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yо‗lida»  asarida 
iqtisodiy tarbiyaga oid qarashlari 
3. Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentimizning ma‘ruza va nutqlaridan foydalanish 
4. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror о‗sishida tadbirkorlik faoliyatining ahamiyati 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Iqtisodiy  g‗oya,  milliy  g‗oya,  mafkura, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mustaqil fikrlash, strategik maqsad, dunyoqarashni о‗zgartirish, 
besh tamoyil, iqtisodiy islohotlar, farmon. 
 
1. Yoshlarga iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishda I.A.Karimov asarlaridan foydalanish 
 
Yoshlarga  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya  berishda  Prezidentimiz  asarlaridan  foydalanish  alohida 
о‗rin  tutadi.  Chunki  ularda  iqtisodiy  g‗oya,
 
uni  amalga  oshirishning  strategiyasi  va  taktikasi 
mujassamlashgan. 
Qisqa davr mobaynida Respublikamiz taraqqiyot yо‗lidan borib ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida kо‗zga tashlanarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Buni hech kim inkor eta olmaydi. 
Mamlakatimizda о‗tkazilgan islohotlarning mohiyatiga yetish ularning ahamiyatini, hozirgi 
paytda  ularni  yanada  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni  yanada  erkinlashtirishning  mazmunini 
anglash, his qilish uchun Prezident asarlarini о‗rganish, chuqur mushohada qilish talab etiladi. 
Ularni uch guruhga bо‗lib о‗rganish mumkin: Prezident asarlari, nutqlari va farmonlari. 
Mamlakatimiz  rahbari  I.A.Karimovning  deyarli  barcha  nutq  va  asarlarida  iqtisodiyot 
masalasi  alohida  о‗rin  tutadi.  «О‗zbekistonning  о‗z  istiqlol  va  taraqqiyot  yо‗li»  (1992)  asarida 
«Ichki  siyosatning  negizi  -  inson  manfaatlariga  qaratilgan  mehnatni  rag‗batlantirish,  kuchli 
mexanizmga  ega  bо‗lgan  davlat  yо‗li  bilan  himoya  qiladigan  bozor  iqtisodiyotini  qurishdan 
iboratdir». 
«О‗zbekiston  iqtisodiy  siyosatning  ustuvor  yо‗nalishlari»  (1993)  risolasida  esa 
«О‗zbekiston  tanlab  olgan  yо‗li  respublika  va  uning  xalqining  manfaatlariga  nihoyatda  mos 
keladigan,  ijtimoiy  jihatdan  yо‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishga  qaratilgan 
iqtisoddir», - deb kо‗rsatadi. 
«О‗zbekistonning  bozor  munosabatlariga  о‗tishnin  о‗ziga  xos  yо‗li»  (1993)  asarida  esa 
О‗zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish va mustaqil demokratik davlat qurish dasturining о‗ziga 
xos bо‗lgan besh tamoyili:  
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.  
2. Davlat - bosh islohotchi.  
3. Qonunlarning ustuvorligi.  
4. Bozor iqgisodiyotiga о‗tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.  
5.  Bozor  iqtisodiyotiga  asta-sski,  bosqichma-bosqich  о‗tish  kо‗rsatiladi  va  ularga  amal 
qilish zaruriyati asoslab beriladi. 
О‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandai sо‗ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
huquqiy-demokpatik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishni  asosiy  maqsad  qilib  belgiladi. 
Shu  maqsadga    kо‗ra  bozor  munosabatlariga  о‗tishning  «о‗zbek  modeli»  asosida  erkin  bozor 
iqtisodiyoti barpo etilmoqda. 
Besh  tamoyilning  hammasini  ham  ta‘kidlab  о‗tish  lozimki,  demokratik  va  iqtisodiy 
о‗zgarishlarni  muvaffaqiyatli  isloh  qilib  borishda  birday  muhim  ahamiyatta  egadir.  Shu  bilan 
birga bozor bosqichma-bosqich о‗tish tamoyili alohida ahamiyatga ega. Bu tamoyillardan biridir. 
U iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va harakterini belgilab beradi. 


Mazkur  tamoyillarning  biri  bu  bozor  munosabatlariga  о‗tishda  davlatning  bosh  islohotchi 
ekanligini  belgilovchi  tamoyil  hisoblanadi.  Chunki  о‗tish  jarayonida  islohotlarni  amalga 
oshirishda davlat muhim rol о‗ynaydi. 
Bu  tamoyil  mazmuni:  h,ozirgi  davrda  davlatning  asosiy  vazifasi  iqtisodiy,  ijtimioy  - 
madaniy, ma‘muriy - siyosiy sohalarni tartibga solishga qaratilgan. 
О‗tish  davrida  davlatning  roli  pasaymasdan  aksincha  kо‗payadi.  Masalan,  ikkinchi  jahon 
urushidan sо‗ng Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda iqtisodiyotni boshqarish asosan 
davlat  о‗z  qо‗liga  olgan.  Lekin  bunda  davlat  bozor  iqtisodiyotiga  qarshi  turmaydi,  balki  uning 
rivojlanishi uchun tegishli iqtisodiy va huquqiy sharoit yaratib beradi. 
Davlat  bozor  munosabatlariga  о‗tishda  insofli  raqobat  muhitini  yaratish,  monopolistik 
faoliyatni cheklashda katta rol о‗ynaydi. 
Mustaqillik  qо‗lga  kiritilganidan  buyon  о‗zgarishlarga  xos  iqtisodiy  munosabatlarga  mos 
yangi davlat boshqaruvi tizimi yaratishni taqozo etdi. 
Jahon  tajribasi  kо‗rsatadiki,  har  qanday  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti  kо‗p 
jihatdan ma‘muriy apparat ishini nechog‗lik samaradorli bо‗lishiga bog‗liqdir. Ulkan byurokratik 
apparat  rivojlanishga  tо‗sqinlik  qiladi  hamda  davlatning  bozor  islohotlari  ijtimoiy  vazifalarni 
bajarishga  doir  say-harakatlariga  halaqit  beradi.  Ana  shularni  hisobga  olgan  holda 
mamlakatimizda institusional islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon tо‗xtab qolgani yо‗q. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish