O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

 
 
                                                 
30
  I.A.Karimov  ―О‗zbekiston  XXI  asr  bо‗sag‗asida:  havfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari‖. T.: О‗zbekiston, 1997. 
31
 I.A.Karimov ―Islohotlar strategiyasi – mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir‖// Toshkent oqshomi, 
2003, 18 fevral, 5-bet. 


3. Iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishda Prezidentimizning ma‟ruza va nutqlaridan 
foydalanish 
 
Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentimizning Ma‘ruza va nutqlari alohida о‗rin tutadi. 
Prezident  qator  nutq  va  Ma‘ruzalarida  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi,  barqaror  о‗sib 
borish  -  bu  qishloq  xо‗jaligi  bо‗ladimi,  sanoat  yoki  xizmat  kо‗rsatish  sohasi  bо‗ladimi  -  shu 
tarmoqlarda ishlayotgan odamlarning doimo sezgir va izlanuvchan bо‗lishini, bugungi kun talab 
qiladigan kasb-hunarlarni о‗rganishini, о‗z malaka va saviyasini muttasil oshirib borishini, zamon 
bilan  teng  qadam  tashlash  zarurligini  uqtiradi.  Bu  ayniqsa,  Yaponiya  va  Koreya  singari  tabiiy 
boylikka  deyarli  ega  bо‗lmagan  mamlakatlar  tajribasidan  kо‗p  narsani  о‗rganishimiz  mumkin. 
Ulardagi murakkab sharoit, cheklangan resurlar doimo о‗ylab puxta ish qilishni, aqlni ishlatishni, 
har  qanday  sharoitda  imkon  topishni  zarur  qilib  qо‗yadiki,  ularni  qо‗lga  kiritayotgan  yutuqlari 
ana shu zaruriyatni qanday amalga oshirayotganlarini kо‗rsatib turibdi. Bu jihatdan qarasak bizda 
imkoniyatlar nihoyatda katta. 
Prezidentning «Yangicha hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan kо‗rib bо‗lmaydi» 
nomli Ma‘ruzasida davlat qurilishi, davlat boshqaruvi islohotlarining asosiy maqsadi va vazifalari 
kо‗rsatib о‗tib ijro hokimiyati bо‗lmish hukumat faoliyatining mas‘uliyati va samarasini oshirish 
zarurligi haqida fikrlar bildirildi. 
О‗zbekiston  Respublikasida  hozirgi  kunda  davlat  boshqaruvi  islohotlari  siyosiy 
yо‗nalishlarini quyidagi sohalarda amalga oshirilishini kо‗rsatib о‗tish mumkin. 
Iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolining qisqarishi - yangi davlat tuzilmalarining xо‗jalik 
yurituvchi subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga barham berishdir. 
Iqtisodchi  mutaxassislar  va  iqtisodchi  pedagoglar  uchun  ayniqsa,  Prezidentimizning  14 
fevral kuni О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilda respublikamiz ijtimoiy 
iqtisodiy  rivojlanish  yakunlari  ni  iqtisodiy  islohotlarning  borishini  baholash  hamda  2002  yilda 
islohotlarni  chuqurlashtirishning  asosiy  yо‗nalishlariga  bag‗ishlangan  majlisida  «Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish,  resurslardan  tejamkorlik  bilan  foydalanish  -  bosh  yо‗limiz»  mavzusida  qilgan 
ma‘ruzasi alohida ahamiyatga ega
32

Mamlakatimizning  ulkan  moddiy  va  tabiiy  resurslaridan  tejab  tergab  samarali  va  oqilona 
foydalanishga  alohida  diqqat  qaratadi.  U  biz  uchun  tabiatning  bebaho  ne‘matini  xalqimizning 
boyligi  bо‗lmish  ekin  eqiladigan  yerlardan  sug‗orish  va  ichimlik  suvidan,  yonilgi  –  energetika, 
mineral xom ashyo va boshqa resurslardan tо‗g‗ri va asrab avaylab foydalanish haqida qayg‗urib 
yurtimizga  tashrif  buyurgan  chet  ellik  hamkorlarimiz  ham  bizning  resurslarni  tejash  masalasiga 
bо‗lgan beparvo munosabatlarimizni kо‗rib hayron bо‗lishlarini kо‗rsatib о‗tadi. Eng boy gullab 
yashnayotgan  mamlakatlarda  ham  resurslarga  bu  qadar  mas‘uliyatsizlikka,  bu  qadar 
isrofgarchilikka  yо‗l  qо‗ymasligini  ta‘kidlaydi.  Prezident  eng  bebaho  boyligimiz  yerdan 
foydalanishdagi  kamchiliklarga  alohida  tо‗xtalib,  о‗tkazilgan  tekshiruvlar  natijasida  toqat  qilib 
bо‗lmaydigan xо‗jasizlik faktlari aniqlanganini kо‗rsatib berdi. О‗zbekistan yerlarining faqatgina 
10 %dan qishloq xо‗jaligi mahsulotlari  yetishtirish maqsadida foydalanish mumkin, suv yerdan 
keyingi  yana  bir  bebaho  boyligimiz,  chunki  dehqonchilik  sug‗oriladigan  yerlarda  qilinadi. 
Qurg‗oqchilik yillarida suvning qadri naqadar balandligini yanada chuqurroq his qilinadi.  
Yerlarni  sug‗orishga  yaroqli  suvdan  tejab-tergab,  samarali  foydalanish,  sug‗orish  va 
irrigatsiyaning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga 
bu borada  yaxshi natijalarga erisha olganlarni  esa rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
belgilash zarurligini kо‗rsatib о‗tadi. 
Qadimdan  mamlakatimiz  hududida  suv  hayot  manbai  sifatida  qadrlangan,  tirikchilikni 
birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab-avaylab, tejab tergab sarflangan. Bu qarashlar 
о‗z mohiyatini bugun ham yо‗qotgan emas. Mamlakatimiz qishloq xо‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni  suvsiz  tasavvur  etish  mumkin  emas.  Hozirgi  sharoitda  suvdan  tejab  tergab 
foydalanish yana ham dolzarb masala bо‗lib turibdi, 
                                                 
32
  I.A.Karimov  ―Iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  resurslardan  tejamkorlik  bilan  foydalanish  –  bosh  yо‗limiz‖// 
Toshkent oqshomi, 2002, 15 fevral. 


Hisob-kitoblarga  kо‗ra  yiliga  о‗rtacha  95  mlrd.m
3
  suv  talab  qilinadi.  Foydalaniladigan 
suvning 85 esa qishloq xо‗jaligida ishlatiladi. Dehqonchilikka mо‗ljallangan yerlarning 98 % 
ini sо‗g‗oriladigan maydonlar tashkil etadi. Markaziy Osiyo respublikalarida iste‘mol qilinadigan 
suvning  deyarli  yarmi  respublikamiz  tomonidan  istemol  qilinadi.  Mamlakatimizda  yerdan, 
suvdan  tejab-tergab  samarali  foydalanilmasa  kelgusida  muammolar  kelib  chiqishini  hisobga 
olgan holda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xо‗jaligida 
iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  yо‗nalishlari  tо‗g‗risida»gi  PF-3226  sonli 
farmoniga  asosan  respublikada  fermer  xо‗jaliklarini  rivojlantirish  ustuvor  yо‗nalish  deb 
belgilandi.  Farmonga muvofiq respublika qishloq va suv xо‗jaligida о‗tkazilayottan islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish kо‗zda tutiladi. Soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 2003  yil 28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320 sonli qarorlari qabul qilindi. 
Respublika  suv  resurslarini  ma‘muriy-hududiy  boshqarish  prinsipidan  xavzaviy  boshqarish 
prinsipiga  о‗tkazildi.  Suvdan  foydalanuvchilar  uyushmasi  «SFYU»  tashkil  etildi  va  ular 
faoliyatini  yо‗lga  qо‗yish  uchun  qonunchilik  bazasi  yaratildi.  Respublika  Vazirlar 
Mahkamasining  2002  yil  5  yanvardagi  8-sonli  qaroriga  asosan  suvdan  foydalanuvchilar 
yyushmalari  xizmatlari  qо‗shilgan  qiymat  solig‗i,  foyda  va  mulk  solig‗i  hisoblanishi  va 
tо‗lashdan 2 yil muddatga, О‗zbekiston Respublikasi prezidentining 2003 yil 27 oktabrdagi PF-
3342  farmoniga  asosan  suvdan  foydalanuvchilar  uyushmasining  xizmatlari  qо‗shilgan  qiymat 
solig‗i, daromad va mulk solig‗ini tо‗lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi. 
Alohida  e‘tibor  talab  qilinadigan  yana  bir  muhim  masala  ichimlik  suvini  tejash  masalasi 
bо‗lib,  u  hozirgi  paytda  hayot  manbai  sifatida  yer  kurrasi  aholisini  tashvishga  solmoqda. 
Ma‘lumki, yer yuzidagi suvning atigi 1 % ini ichimlik suvi tashkil etadi. U qimmatbaho va noyob 
tabiiy resurs. Uni hech qanday boshqa resurs bilan almashtirib bо‗lmaydi. Shuning  uchun har bir 
kishi undan tejab tergab foydalanishi zarur. 
Biz hozirning о‗zidayoq butun mintaqalarda, xususan, Qoraqalpog‗iston,  Xorazm, Byxopo 
viloyatlarida, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida sifatli ichimlik suv 
ta‘minoti  bilan  bog‗liq  muammolarga  duch  kelayotganimiz  qator  hududlarda  ichimlik  suviga 
katta  ehtiyoj  sezilayotganiga  qaramay  suvni  isrof  qilish,  undan  nazoratsiz  foydalanish  davom 
etayotganiga  e‘tibor  qaratiladi.  Bu  masala    о‗rganilganda  aholi  tomonidan  suv  sarflanishining 
amaldagi miqdori belgilangan meyorlardan 2-3 baravar ortiq ekani ayon bо‗ldi
33

О‗tgan yillar mobaynida aholini ichimlik suvini tejashga undovchi asosiy chora sifatida suv 
sarfini  hisobga  oluvchi  moslama  о‗lchagichlarni  о‗rnatishga  alohida  diqqat  qaratilgan  bо‗lsada, 
hali  respublikamizda  bu  borada  muammolar  kо‗p.  Hanо‗zgacha  ichimlik  suvidan  texnik 
maqsadlarda sug‗orish uchun ishlatilayapti. Aholimiz orasida hali suvni isrof bо‗lishiga loqaydlik 
bilan qarovchilar talaygina. 
Demak,  tarbiya  jarayonida  har  bir  о‗quvchi  -  talabaga  kerak  bо‗lsa  yoshi  kattalarga  ham 
suvni isrof qilish katta gunoh ekanligini uqtirish zarur. 
Bu borada biz resurslardan tejab tergab foydalanishni nemis va yaponlardan о‗rganishimiz 
kerak.  Masalan,  oddiy  misol,  ular  suv  ortiqcha  isrof  bо‗lmasligi  uchun  tish  yuvganlarida 
vodoprovodni jumragidan ishlatmay suvni alohida stakanga olib ishlatishar ekan. 
Resurslarni  tejash  haqida  gap  ketganda  energetika  resurslariga  alohida  diqqat  qaratish 
lozim. Ayniqsa, tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa energiya manbalaridan tejamkorlik bilan 
foydalanilmayotgani ta‘kidlab о‗tiladi. Moddiy resurslardan xо‗jasizlarcha, mas‘uliyatsizlik bilan 
foydalanish  mahsulot  ishlab  chiqarishga  ketadigan  material  va  energiya  sarfining  oshishiga,  bu 
esa о‗z navbatida ana shu mahsulot tannarxining qimmatlashuviga olib keladi. Tovar-xizmatning 
narxi oshib ketadi va oqibatda raqobatga bardosh bera olmaydi. Ana shu kamchiliklarni hisobga 
olgan  holda  ahvolni  о‗rganib  2010  yilgacha  bо‗lgan  davrda  resurslardan  oqilona  tejab-tergab 
foydalanish  bо‗yicha  maxsus  dastur  ishlab  chiqildi.  Lekin  bu  borada  bajariladigan  ishlar  hali 
kо‗p. 
                                                 
33
  I.A.Karimov  ―Iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  resurslardan  tejamkorlik  bilan  foydalanish  –  bosh  yо‗limiz‖// 
Toshkent oqshomi, 2002, 15 fevral, 2-bet. 


Respublikamizda quyosh energiyasidan foydalanishga katta e‘tibor qaratilishi kerak. Qator 
yevropa mamlakatlarida quyosh energiyasi mamlakatning umumiy energiya sarfi tarkibida 15 % 
gacha ulushni tashkil etadi. Respublikamizda quyoshli kunlar ularga nisbatan 2-2,5 baravar kо‗p 
bо‗lgani  holda  bizda  bu  kо‗rsatkich  1  %  atrofida.  Demak,  bu  borada  ishga  solinmagan 
imkoniyatlar talaygina. 
Bо‗larni о‗quvchi - talabalar ongiga singdirish, ularni ana shu sohada yangiliklar, ixtirolar 
yaratishga undash, qiziqtirish lozim. 
Yoshlarga  ta‘lim-tarbiya  berishda  Prezidentning  an‘anaviy  yil  yakunlari  va  yangi  yil 
vazifalariga  bag‗ishlab  о‗tkaziladigan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  Ma‘ruzalari  muhim 
rol  о‗ynaydi.  Bu  Ma‘ruzalarda  yо‗l  qо‗yilgan  kamchiliklar  alohida  ta‘kidlanadi  va  yangi  yilda 
mamlakat oldida turgan vazifalar, eng muhim ustuvor yо‗nalishlari belgilab beriladi. 
Bunda oldimizga qо‗ygan asosiy maqsadni amalga oshirish uchun nimalarga alohida e‘tibor 
berishimiz  kо‗rsatilib,  uni  amalga  oshirish  uchun  asosiy  ustuvor  yо‗nalishlar  belgilab  beriladi. 
Bunda nima sababdan aynan ana shu sohalar yoki yо‗nalishlar ustuvor yо‗nalish tarzida alohida 
ajratib kо‗rsatilishi sabablarini yoshlar ongiga yetkazish muhim ahamiyatga ega. 
Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar iqtisodiyotni rivojlantirishda yangi 
marralar  tomon  harakatlantiruvchi,  yо‗naltiruvchi  kuch,  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta‘minlashning dasturi amali bо‗lib hisoblanadi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni barchasi, ayniqsa, talaba, о‗quvchi 
yoshlarning  teran  anglashi,  kechayotgan  iqtisodiy  о‗zgarish  va  jarayonlar  tо‗g‗risida  keng 
tasavvurga  ega bо‗lish,  о‗z mehnatlari va bunyodkorlik ishlari bilan о‗z hissalarini qо‗shishlari 
davr talabi ekanligini his qilishlari lozim. 
Yoshlarga  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya  berishda  Prezident  Farmonlari  ham  о‗ziga  xos  о‗rin 
tutadi. 
Ma‘lumki,  Prezident Farmonlari  qonun kuchiga ega bо‗lgan buyruq bо‗lib, odatda, davlat 
rahbari  mamlakatdagi  mavjud  holat,  qabul  qilingan  qonunlarda  hayot  oqimi,  shiddatini  tez 
о‗zgarishi tufayli hamma narsani ham hisobga olib bо‗lmasligini nazarda tutgan holda, u yoki bu 
muammoni, masalani tezda hal qilinishi lozimligini hisobga olgan holda beriladi. 
Farmonda  uni  amalga  oshirish  mexanizmini  ishlab  chiqish  ham  kо‗rsatiladi.  Dars 
jarayonida ana shunday farmonlardan misol qilinishi, о‗quvchi-talabalar diqqatini nima sababdan 
mazkur  farmon  qabul  qilingani,  mavjud  muammo,  masalani  yechishda  qanday  rol  о‗ynashini 
о‗rganishga qaratish lozim. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish