xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada kuchaytirish bо‗yicha chora-tadbirlar haqidagi»
qaroriga о‗zgarishlar va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risidagi» Farmoni qabul qilinishi
tadbirkorlikni rivojlanishiga yana bir ijobiy turtki bо‗ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan
о‗rta mulkdorlar sinfi vakillarini yanada kо‗payishiga olib keldi. Yuqorida keltirilgan
ma‘lumotlar ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik biznesni rivojlantirish, rag‗batlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar, ularni rо‗yxatga olish tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng
muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bо‗yicha samarali mexanizmning
amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bо‗lgan xususiy tarmoqni yanada
rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi»
34
.
Ayniqsa, keyingi yillarda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mamlakatni isloh qilish
hamda modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarning
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta‘minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yо‗l
qо‗ymaslik maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyunda matbuotda
«Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‗g‗risida»gi Farmoni e‘lon qilindi.
Unga
kо‗ra, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy
ta‘sir choralarini faqat sud organlari orqali qо‗llanish tartibi joriy qilinadigan bо‗ldi.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya - xо‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)
belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi: Bordi-yu,
ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlansa
О‗zbekiston Respublikasi Bosh Prokо‗raturasi hо‗zuridagi Soliq va Valyutaga oid jinoyatlarga
qarshi kurash departamenti tomonidan tekshiriladi.
Farmonda nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik
subyektlarini о‗z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bо‗yicha har qanday
tekshiruvlar о‗tkazganligi
uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar bо‗lishi ta‘kidlanadi.
Davlat organlarining qonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga
xilof harakatlari yoki aksincha, qonunni himoyasi uchun harakat qilmasligi natijasida tadbirkorlik
subyektiga yetkazilgan zararning о‗rni sud qarori asosida tо‗la hajmda bevosita ana shu davlat
organlari tomonidan birinchi navbatda, ularning byudjetdan tashqari jamg‗arma mablag‗lari
hisobiga qoplanishi, sud qarori bilan aybdor bо‗lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga,
qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda yuklanishi mumkinligi qayd etiladi.
Shuningdek, Farmonda tadbirkorlik subyektlari о‗rtasidagi xо‗jalik sudi yoki hakamlar sudi
tomonidan kо‗rib chiqilishi, mutasaddi tashkilotlarni «Hakamlar sudi tо‗g‗risida» О‗zbekiston
Respublikasi Qonuni loyihasini О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga
taqdim etishi, bunda tadbirkorlik subyektlari hamda birlashmalarning о‗zlari tomonidan hakamlar
sudi tashkil etilishi nazarda tutilsin, deb kо‗rsatiladi.
Farmon asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni tayinlash va о‗tkazish
tizimini takomillashtirish, tekshirishlar sonini keskin kamaytirish, nazorat organlari mansabdor
shaxslarining ruxsat berilmagan tekshirishlar о‗tkazganligi uchun javobgarlikka tortishi nazarda
tutilishi, ayrim faoliyat turlari bilan shug‗ullanish uchun ruxsat olish tartibi tamoyilini qisqartirish
va soddalashtirish, muddatlari cheklanmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish tizimini joriy etish, sо‗zsiz respublikamizda tadbirkorlikni
yanada rivojlantirishga olib keladi, uni dastlabki statistik ma‘lumotlar tasdiqlab turibdi.
Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy о‗sish orqali xalq farovonligini ta‘minlashda
tadbirkorlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanligi buning uchun zarur sharoitlar
yaratish, xususan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligini
hisobga olib, Prezidentimiz 2005 yil 5 sentabrda «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada
qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida»gi farmonni imzoladi.
34
I.A.Karimov ―Islohotlar strategiyasi–mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2002 yilda
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy
yо‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza‖// Xalq sо‗zi, 2003, fevral, 40 son.
Farmon Prezidentimiz bu masalaga naqadar alohida diqqat qaratayotganini kо‗rsatadi.
Farmonga kо‗ra mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xо‗jaliklarining moliya-xо‗jalik
faoliyatini har tо‗rt yilda kо‗pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa har uch yilda
kо‗pi bilan bir marta reja asosida tekshirish о‗tkazilishi.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xо‗jaliklarining moliya-
xо‗jalik faoliyatini ular davlat rо‗yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida
tekshirish о‗tkazilmasligi kо‗rsatiladi. Shuningdek Farmonda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish
tizimini yanada takomillashtirishning boshqa chora-tadbirlari, chunonchi soliq organlari, nazorat
opganlarini tekshirishlarni о‗tkazishda belgilangan tartibga rioya qilishlari zarurligi, agar xо‗jalik
faoliyatiga noqonuniy aralashilgani tufayli zarar yetkazilsa, yetkazilgan zararni о‗rni qoplangan
holda
javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortilishi kо‗rsatiladi.
Tekshirishlarni tayyorlash va о‗tkazishda belgilangan tartibga qat‘iy rioya etish,
tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yо‗lidagi faoliyati
ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish О‗zbekistan Respublikasi Bosh prokо‗raturasi
zimmasiga yuklatiladi.
Farmon va uning ijrosini ta‘minlash respublikamiz iqtisodiyotida, tadbirkorlikni
rivojlanishida qay darajada ahamiyatga ega ekanligini quyidagi raqamlardan kо‗rsa bо‗ladi. 2000
yilda 142,9 ming kichik biznes korxonalari rо‗yxatga olingan bо‗lsa, 2005 yilga 308,7 mingtaga
yetdi. Kichik biznes va tadbirkorlikning respublika YAIMdagi solishtirma salmog‗i 31,0 %
bо‗lgan bо‗lsa, 2005 yilga kelib 38,2 %, 2006 yilda 42,1 % ni tashkil qildi. Hozirda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik bilan band bо‗lganlarning salmog‗i ish bilan band aholining 69,1 % ini
tashkil etadi.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
faoliyatida aholiga xizmat kо‗rsatish sohalarining ulushi yuqori. Chunonchi, savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalarning 81,5 % ini, aholiga maishiy xizmat kо‗rsatish korxonalarining 79,5 %
ini tashkil etadi. Shu bilan birga moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ularning hissasi kam.
Aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yirik korxonalar bilan uzviy bog‗langan holda
kо‗plab ish о‗rinlarini tashkil qilshni mumkin. Yirik sanoat korxonasi atrofida uning uchun
yordamchi о‗nlab, yuzlab kichik korxonalarning yuzaga kelishi, bundan esa nafaqat korxonalar,
balki mamlakat iqtisodiyoti katta manfaatlar kо‗rishini Yaponiya, AQSH, Koreya, G‗arbiy
Yevropa mamlakatlarining yirik korporatsiyalari tajribasi kо‗rsatib turibdi. Bizning
mamlakatimizda ham buning uchun imkoniyatlar va resurslar yetarli.
О‗quvchi talabalarni Prezidentning asarlari, Ma‘ruzalari va farmonlaridagi asosiy maqsad
mazmunini anglashi ularda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda muhim rol о‗ynaydi. Ularda
iqtisodchi pedagog sifatida chuqur bilim - kо‗nikma va malaka olishlari, iqtisodiy dunyoqarash,
insoniy e‘tiqod, burch va mas‘uliyatni axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda alohida ahamiyatga
ega. Shuning uchun ham Prezidentni Ma‘ruza, nutq va farmonlarini о‗rganishga alohida e‘tibor
berish lozim.
Iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim kuchli omiliga aylanar ekan, ularni
yoshlar tomonidan chuqur egallash va amaliy qо‗llashni sо‗zsiz Prezident asarlarini chuqur
о‗rganmay amalga oshirib bо‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: