O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


I.A.Karimovning «О„zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо„lida»



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

2. I.A.Karimovning «О„zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо„lida» 
asarida iqtisodiy tarbiyaga oid qarashlari 
 
Prezident  I.A.Karimovning  asarlari  orasida  iqtisodiy  tafakkurni,  yangicha  fikrlash, 
dunyoqarashni  shakllantirshpda  muhim  ahamiyatga  ega,  alohida  e‘tiborga  loyiq  asarlaridan  biri 
«О‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida» asaridir. 
Muallif  bu  asarni  yozgunga  qadar  О‗zbekistonda  amalga  oshirilgan  chuqur  iqtisodiy  va 
ijtimoiy-siyosiy  о‗zgarishlarni  о‗zining  «О‗zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura», 
«Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin»  tо‗plamlari,  «О‗zbekistonning  о‗z  istiqlol  va  taraqqiyot 
yо‗li»,  «О‗zbekistan  bozor  munosabatlariga  о‗tishning  о‗ziga  xos  yо‗li»,  «О‗zbekistonning 
siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» risolalarida har tomonlama nazariy 
va  ilmiy  jihatdan  asoslab  berilgan,  yosh  va  mustaqil  О‗zbekistonimiz  oldida  turgan  g‗oyatda 
muhim  va  dolzarb  masalalar  -  mamlakatni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  isloh  qilish,  iqtisodiy 
munosabatlarni  demokratlashtirish,  kelajak  poydevori  bо‗lgan  yuksak  ma‘naviyatdan  Vatan 
ravnaqi yо‗lida foydalanish masalalari kо‗rib chiqilgan
29

Mazkur  asarda  mamlakatimizda  mustaqillik  e‘lon  qilingandan  keyin  о‗tgan  davr 
mobaynida,  ya‘ni  1995  yilga  qadar  amalga  oshirilgan  ishlarga  yakun  yasalgan,  sodir  bо‗lgan 
ijtimoiy  siljishlar  va  iqtisodiy  islohotlar,  kishilar  ongida  rо‗y  berayotgan  о‗zgarishlar  tahlil 
qilingan. 
Kitob  ikki  qismdan  iborat  bо‗lib,  «Iqtisodiy  islohotlar  birinchi  bosqichining  yakunlari  va 
saboqlari»  deb  nomlangan  birinchi  qismida  iqtisodiy  islohotlar  strategiyasi  va  taktikasini 
shakllantirish,  bozor  iqtisodiyotining  huquqiy  asoslarini  yaratish  ham  amaliy,  ham  nazariy 
jihatdan  asoslab  berilgan.  Davlat  mulkini  xususiylashtirish  hamda  kо‗p  ukladli  iqtisodiyotni 
shakllantirish,  qishloq  xо‗jaligini  isloh  qilish,  agrar  munosabatlarning  yangi  tipini  vujudga 
keltirish  masalalari  chuqur  atroflicha  kо‗rib  chiqilgan.  Institusional  о‗zgarishlarga,  ya‘ni  bozor 
iqtisodiyotiga  mos  keluvchi  yangi  tashkilotlar  va  muassasalarni  tashkil  qilish,  boshqaruvning 
ma‘muriy  buyruqbozlik  tizimiga  barham  berish  masalalariga  alohida  e‘tibor  qaratilgan. 
Shuningdek,  narxni  erkinlapggirish,  bozor  infrastrukturasini  yaratish,  tashqi  iqtisodiy  siyosatni 
erkin  yо‗lga  qо‗yish,  jahon  iqtisodiy  hamjamiyatiga  qо‗shilish,  mamlakat  ahlisi  uchun  insonga 
munosib bо‗lgan hayot va faoliyat sharoitini yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 
ta‘minlash masalalariga diqqat qaratilgan. 
                                                 
29
 I.A.Karimov ―О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida‖.T.: О‗zbekiston, 1995. 


Asarning  ikkinchi  qismi  «Iqtisodiy  islohotlar  ikkinchi  bosqichining  vazifalari  va  ustuvor 
yо‗nalishlari»  deb  nomlanadi.  Unda  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  rivojlantirish  borasida 
oldimizda  turgan  asosiy  vazifalar  kо‗rsatib  berilgan.  Bо‗lar  xususiylashtirish  jarayonlarini 
chukurlashtirish,  raqobatchilik  muhitini  shakllantirish,  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishish, 
milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyotning tarkibiy strukturasini tubdan о‗zgartirish, kuchli 
ijtimoiy  kafolatni  ta‘minlovchi  demokratik  davlatni  qaror  toptirish  vazifalaridir.  Kitobda  bu 
vazifalarni  bajarishning  nazariy  va  amaliy  asoslari  kо‗rsatib,  ustuvor  yо‗nalishlari  aniq  ifodalab 
berilgan. 
Bu  asar  yoshlarimizda  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirishda  muhim  rol  о‗ynaydi,  ularning 
iqtisodiyotni  rivojlantirishning  yangi  yо‗llarini,  bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlarini  о‗rganishlari 
uchun nazariy-mstodologik qо‗llanma bо‗lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiy  talim  tarbiya  berishda  Prezidentning  «О‗zbekiston  XXI  asr  bо‗sag‗asida: 
havfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  asari  ham  alohida  о‗rin 
tutadi
30

Bu asarni chuqur о‗rganmay mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun 
mohiyati, ahamiyatini tushunish qiyin. Shuning uchun ham о‗quvchi talabalarni ana shu asarlarni 
puxta о‗rganishlariga e‘tibor berish lozim. Chunki busiz yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tо‗laqonli 
ravishda shakllantirib bо‗lmaydi. 
Asar  ikki  bobdan  iborat  bо‗lib,  birinchi  bob  «Xavfsizlikka  tahdid»  deb  ataladi.  Unda 
mamlakatimiz  xavfsizligiga  nimalar  tahdid  qilayotgani  chuqur  tadqiq  qilinib,  har  tomonlama 
asoslab  beriladi.  Mazkur  bobda  mintaqaviy  mojarolar,  diniy  ekstrimizm  va  fundamentalizm, 
buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik,  etnik  va  millatlararo  ziddiyatlarning 
barqarorlik va xavfsizlikka tahdidi qay darajada ekanligi kо‗rsatib beriladi. 
Shuningdek,  korrupsiya  va  jinoyatchilik,  mahalliychilik  va  urug‗-aymoqchilik 
munosabatlari, ekologik muammolarga alohida diqqat-e‘tibor qaratiladi. 
Asarning ikkinchi bobi «Barqarorlik shartlari hamda taraqqiyot kafolatlari» deb atalib, unda 
respublikamizda  barqarorlikka  erishishning  asosiy  shartlari  hamda  mamlakatimiz  taraqqiyotini 
ta‘minlashning kafolatlari kо‗rsatiladi. 
Tо‗la  mustaqillik  о‗z  ichiga  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ma‘naviy,  hududiy  va  harbiy 
mustaqillikni ham о‗z ichiga oladi. Iqtisodiy mustaqillikka erishish mamlakatimizni har jihatdan 
mustaqillikni ta‘minlashning asosidir. 
«О‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) risolasida ham iqtisodiyotda raqobat muhitini 
shakllantirish,  valyuta  muhiti  va  bozorni  erkinlashtirish,  xorij  sarmoyalarini  jalb  etish,  turli 
nazorat va tekshiruvlarni cheklash kabi muhim iqtisodiy masalalar kо‗rib chiqilgan. 
Taraqqiyotimizning,  aholi  farovonligi,  yuksaltirishning  muhim  omili  bu  malakali 
mutaxassis  kadrlardir.  Iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy  о‗zgarishlarni  amalga  oshirish,  ishlab 
chiqarishni  davomiy  ravishda  modernizatsiyalash  va  texnologik  jihatdan  yangilab  borish, 
iqtisodiyotni  isloh  qilish  umuman  olganda  mamlakatimiz  oldiga  qо‗yilgan  strategik  va  boshqa 
vazifalarni qay darajada bajarilishi aynan tayyorlagan kadrlarimizga bog‗liq. 
Hozirgi  tezkor  texnikaviy  taraqqiyot  davrida  zamonaviy  texnologiyalar  qisqa  vaqt  5-7  yil 
mobaynida eskirib, ularni о‗rnini yangi takomillashgan texnologiyalar egallamoqda. 
Shuning  uchun  jahonda  yirik  transmilliy  korporatsiyalar  ham  kadrlar  tayyorlash  va 
malakasini oshirish nihoyatda katta e‘tibor beradi, eng asosiysi esa buning uchun katta mablag‗ 
ajratilmoqda.  Prezidentimiz  о‗z  asarlarida  yozganlaridek,  ularda  «lavozim  uchun  emas,  balki 
malaka uchun haq tо‗lanadi. Biz ham ana shunday tizimni yaratishimiz darkor»
 31

 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish