O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


 Komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o„qituvchining o„rni



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

3. Komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o„qituvchining o„rni 
 
O‗zbekiston  Prezidenta  I.A.Karimov  o‗qituvchi  burchi,  mas‘uliyati  va  uning  barkamol 
shaxsni shakllantirishdagi o‗rniga alohida e‘tibor qaratadi. 
Prezidentimiz  yoshlarga  katta  ishonch  bildirib,  O‗zbekiston  kelajagi  yoshlar  qo‗lida 
ekanligini ta‘kidlar ekan, avvalo, yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib 
yetishtirish  o‗qituvchilar  va  tarbiyachilarning  fidokorona  mehnati  bilan  bog‗liqligini  nazarda 
tutadi.  Jamiyatimiz  talab  etayotganidek  har  tomonlama  yetuk,  komil  insonni  tarbiyalab 
yetishtirishda o‗qituvchining o‗rni beqiyosdir. 
Prezident  ta‘lim-tarbiya  masalalariga  to‗xtaganda,  o‗qituvchini  ham  e‘tibordan  chetda 
qoldirmaydi. «Barkamol avlod - O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli O‗zbekiston Oliy 
Majlisining  9  sessiyasida  so‗zlagan  nutqida  jamiyatimizda  ta‘lim  berish  tizimi,  yangilanish 
jarayoni  talablari  bilan  yaqindan  bog‗lanmaganligi  sabablaridan  biri  o‗qituvchiga  borib 
taqalishini aytib o‗tadi; «Tarbiyachilarning o‗ziga zamonaviy ta‘lim berish, ularning ma‘lumotini, 
malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‗lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. 
Mening fikrimcha, ta‘lim-tarbiya tizimini o‗zgartirishdagi  asosiy muammo  ham  mana shu 
yerda.  O‗qituvchi  bolalarimizga  zamonaviy  bilim  bersin,  deb  talab  qilamiz,  ammo  zamonaviy 
bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o‗zi ana shunday bilimga ega bo‗lishi kerak»
 22

Prezident  Vazirlar  Mahkamasining  1997  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish 
yakunlari  hamda  O‗zbekiston  iqtisodiyotini  1998  yilda  isloh  qilishning  ustuvor  yo‗nalishlariga 
bag‗ishlangan  majlisidagi  ma‘ruzasida  qabul  qilingan  Milliy  dasturni  hayotga  tatbiq  etishga 
alohida diqqat qaratdi. 
Kadrlar  tayyorlash  bo‗yicha  Milliy  dasturni  amalga  oshirish  barqaror  taraqqiyotga 
erishishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi
23

                                                 
19
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 10-bet. 
20
 Hozirgi kunda ―Umid‖ va ―Ustoz‖ jamg‗armalari asosida ―Iste‘dod‖ jamg‗armasi tashkil etilgan. 
21
 О‗sha yerda. 
22
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.: Sharq, 1998, 7-bet. 


Ma‘ruzada Prezident yangi o‗quv muassasalari soni, joylanishi va ixtisosi, ularning texnik 
jihatdan  jihozlanishi,  mintaqalarning  istiqboldagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivoji,  jo‗g‗rofiy  va 
demografik  holatlarini  hisobga  olgan  holda  malakali  pedagogik  kadrlar  bilan  ta‘minlanishini 
aniqash ham ko‗zda tutish zarurligiga e‘tibor qaratdi. 
Respublika  manfaatlaridan  kelib  chiqib,  professional  mehnat  bozori  talablarini  hisobga 
olgan  holla  kasb-hunar  ta‘limi  turlari  bo‗yicha  yo‗nalishlar,  ixtisoslar  va  kasblarni  turkumlash 
mexanizmini ishlab chiqish hamda harakatga keltirish lozimligini ta‘kidladi. 
Ana  shu  talabga  asosan  ta‘limda  tayyorlanayotgan  mutaxassislar  bo‗yicha  klassifiqator 
ishlab  chiqildi  va  hozirda  ana  shu  hujjat  asosida  ta‘lim  yo‗nalishlari  bo‗yicha  mutaxassislar 
tayyorlanmoqda. 
Mamlakatimiz rahbari o‗zining «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li» (1992 y), 
«O‗zbekistan  iqtisodiy  islohotlarni  chukurlashtirish  yo‗lida»  (1995  y),  «O‗zbekistan  XXI  asr 
bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  (1997  y), 
«Millatimiz  mafkurasi  xalqni-xalq  milliatni-millat  qilishga  xizmat  qilsin»  (1998  y),  «Tarixiy 
xotirasiz  kelajak  yo‗q»  (1998  y),  «Barkamol  avlod  -  O‗zbekiston  taraqqiyotining  poydevori» 
(1998 y), «Ma‘naviy yuksalish yo‗lida» (1998 y), «O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 y) 
va keyingi qator nutq va asarlarida ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazmuni erkin, 
mustaqil  fikrlaydigan  yoshlarni  tarbiyalashga  qaratilishi  lozimligini  ta‘kidlab  o‗tadi.  «Bizga 
bitiruvchilar  emas,  maktab  ta‘limi  va  tarbiyasini  ko‗rgan  shaxslar  kerak»  -  deb  ta‘kidlaydi 
Prezidentimiz
24


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish