O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


 I.A.Karimov iqtisodiy islohotlar va yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

2. I.A.Karimov iqtisodiy islohotlar va yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish 
haqida 
 
Istiqlolning  ilk  kunlaridanoq  Prezidentimiz  mamlakatimizda  komil  inson  tarbiyasi,  kadrlar 
tayyorlashga  alohida  e‘tibor  berilishi  zarurligini  o‗qtirib  keladi.  Buyuk  ma‘naviyatimizni 
yuksaltirish,  ta‘lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish,  uning  zaminini  mustahkamlash,  zamon 
talablari darajasiga ko‗tarish, jahon andozalari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlashni yo‗lga 
qo‗yish uchun mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 
 
 
Uning  «...  kelajak  avlod  haqida  qayg‗urish,  sog‗lom,  barkamol  naslni  tarbiyalab 
yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimizdir», «Bilimga chanqoq, iste‘dodli yoshlarni 
tanlab, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir», «Biz o‗z iste‘dodli, 
fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho‗qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz 
zarur»,  «Mening  eng  katta  ishonchim  va  umidim  yoshlardan»  ,  «Farzandlarimiz  bizdan  ko‗ra 
kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli  bo‗lishlari shart»  - kabi  yoshlar va  ularni  ta‘lim-tarbiyasi 
haqidagi  fikrlarida o‗z ifodasini topadi. Prezidentimiz, ayniqsa,  yoshlar tarbiyasi  jamiyat  uchun 
o‗ta dolzarb masala ekanligiga alohida diqqat qaratadi. 
«Men - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot, yo halokat, 
yo sadoqat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko‗p mushohada qilaman. 
Buyuk  mutafakkirning  bu  so‗zlari  asrimiz  boshida  millatimiz  uchun  qanchalar  muhim  va 
dolzarb bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‗ra muhim 
va dolzarbdir»
18

                                                 
16
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 3-bet. 
17
 I.A.Karimov ―Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q‖. T.: Sharq, 1998, 7-bet.
 
18
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 3-bet. 
Milliy mafkuraning bosh va asosiy g‗oyalari 
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
Yurt 
xavfsizligi va 
tinchligi 
Vatan 
ravnaqi 
Barqaror iqtisodiy о‗sish 
orqali xalq faravonligini 
ta‘minlash 
Komil 
insonni 
tarbiyalash 
Millatlararo totuvlik 
Ijtimoiy hamkorlik 
Diniy bag‗rikenglik 


O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining  IX  sessiyasida  (1997  yil  29.08)  O‗zbekistan 
Respublikasining  «Ta‘lim  to‗g‗risida»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‗g‗risida»gi 
qonunlarning  qabul  qilinishi  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  demokratik  va  iqtisodiy 
o‗zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  kadrlar  tayyorlash  tizimini  keng  ko‗lamda  isloh  qilishning 
ibtidosi bo‗ddi. 
Sessiyada  Prezidentimiz  I.A.Karimov  nutq  so‗zlab  bu  qabul  qilinayotgan  qonunning  va 
milliy  dasturning  ahamiyati  haqida  o‗z  fikr-mulohazalarini  bildirdi.  Jumladan,  shu  davrgacha 
qilingan ishlar haqida to‗xtalib o‗tdi. 
Maktab  sohasida  «Ta‘lim  haqida  qonun»ga  ko‗ra  1996-97  o‗quv  yilidan  boshlab 
maktablarning  birinchi  sinflarida  o‗qish  yangi  alifboda  olib  boriladigan  bo‗ldi.  Yangi  imlo 
alifboda o‗qitish uchun zarur dastur, qo‗llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 
ga yaqin yangi turdagi ta‘lim muassasalari ochildi. Oliy o‗quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil 
etiddi.  800  ga  yaqin  o‗quvchilar  chet  ellarda  ta‘lim  oldi,  ko‗pgina  o‗quvchilar  xorijiy 
davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganish maqsadida chet davlatlarga borib qaytdi
19

So‗ngra  Prezidentimiz  ta‘lim  tizimida  joriy  qilingan  boshqa  qator  yangiliklar  hamda 
respublikamizda  tashkil  etilgan  «Mahalla»,  «Kamolot»,  «Sog‗lom  avlod  uchun»,  «Nuroniy», 
«Ulug‗bek», «Umid», «Ustoz»
20
 jamg‗armalarining ta‘lim-tarbiya sohasidagi ezgu ishlarini, o‗sib 
kelayotgan  avlodni  jismonan  sog‗lom  va  ma‘naviy  jihatdan  barkamol  qilib  tarbiyalashga 
qo‗shayotgan hissalari haqida to‗xtalib o‗tdi. 
Ijobiy ishlar bilan birga masalaning ikkinchi tomoni - salbiy jihatlariga ham e‘tibor berishni 
lozimligini ta‘kidladi. 
«Avvalo, shuni ta‘kidlashimiz kerakki, biz eski sho‗rolar zamonidan qolgan ta‘lim-tarbiya 
tizimiga xos mafkuraviy qarashdan va sarqitlardan hali beri qutilganimiz yo‗q‖
 21

 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish