5-Ma‟ruza: . IQTISODIY XULQ-ATVORNING PEDAGOGIK -PSIXOLOGIK
ASOSLARI
Reja
1. Iqtisodiy xulq-atvorning psixologik va pedagogik asoslari
2. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllantirish ta‘lim maqsadlaridan biri sifatida
3. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining atamalari va ularning shaxs hulq-atvorini
shakllantirishdagi о‗rni
4. Marjinalizm: naflilik va xaridor tanlovi nazariyasi. Iqtisodiy xulq-atvorning shakllanishi
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Bixeviorizm, stimul, reaksiya, motivatsiya,
manfaatlar, madsad, faoliyat, natija, ekstroversiya, introversiya, ehtiyojlar, qiziqish, xulq-atvor,
tanlov, mehnat, vaqt, pedagogik qonunlar, iqtisodiy atamalar, bitim, firma, raqobat, tadbirkorlik,
marjinalizm, naflilik, meyoriy naflilik, befarqlik egri chizig‗i, byudjet chizig‗i,
1. Iqtisodiy xulq-atvorning psixologik va pedagogik asoslari
Ma‘lumki, ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishdagi
ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar insonni har tomonlama kamolotga yetkazishga, turmush darajasi,
farovonlikni ta‘minlashga qaratilgan. «Chunki, hayot bor ekan, inson bor ekan har qaysi toifa
о‗zining manfaatlarini qandaydir yо‗llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni
qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan
masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bо‗lsa qonuniy yо‗llar bilan о‗z maqsadlariga erishishga
intiladi»
35
.
Inson о‗z oldiga qо‗ygan maqsadiga yetishga intilar ekan, uning faoliyati zaminida о‗z
oilasining moddiy sharoiti hamda manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega.
Ma‘lumki, pedagogikaning metodologik asosi falsafa bо‗lib, kо‗plab pedagogik
konsepsiyalar, tarbiya tizimi falsafiy nazariyalarga asoslanadi. Hozirgi zamon pedagogik
konsepsiyalar: pragmatizm, neopozitivizm, eksiztensializm, neotomizm, bixeviorizm muvofiq
ravishdagi falsafiy yо‗nalishlarga tayanadi.
Ularning orasida insonda iqtisodiy fikrlash, tafakkurni shakllantirish masalalariga alohida
diqqat qaratgan yо‗nalish bixeviorizm
36
hisoblanadi.
Bixeviorizm - psixologik-pedagogik konsepsiya bо‗lib, insonga texnokratik tarbiya berish
nuqtai nazaridan yondashadi. U inson haqidagi fandagi erishilgan yutuqlarga asoslanib, uning
35
I.A.Karimov ―Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh
qilishdir‖. T.: О‗zbekiston, 2005, 12-13-betlar.
36
Inglizcha. Bihavior-о‗zini tutish, sa‘i-harakat, tanlov.
manfaatlari, ehtiyojlari, qobiliyati, say-harakati va tanloviga ta‘sir etuvchi omillarni tadqiq etadi
va bunda zamonaviy metodlardan foydalanadi.
Klassik bixeviorizmga taniqli amerikalik filosof va psixolog J.Uotson asos solgan. U
insonning say-harakati, tanlovi, reaksiyasi stimulga, uning ruxiyati psixologiyasiga ta‘sir
qilishiga, unda qandaydir his-tuyg‗ular uyg‗onishiga, qо‗zg‗atilishiga bog‗liqligi haqidagi
qoidalar bilan fanni boyitadi.
Inson faoliyati motivatsiyaga asoslanadi. Motivatsiya - biologik jihatdan insonning irsiy va
tо‗plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga
yо‗naltirilgan, undaydigan tuyg‗u. Motiv esa insonning biron bir faoliyat yuritishga
yо‗naltiruvchi, undovchi ichki his-tuyg‗u bо‗lib, u ehtiyoj, xohish, qiziqish, intilish bо‗lishi
mumkin.
Insonning turli-tuman darajadagi aqliy va jismoniy qobiliyati, irodasi bir butun bо‗lib
birlashuvi natijasi motivatsiya bilan birgalikda uni harakatga soluvchi kuch bо‗lib namoyon
bо‗ladi.
Shaxsning xulq-atvori shakllanishi qator omillarga bog‗liq.
Ular:
• Shaxsning tabiiy fazilati, tabiatan berilgan о‗ziga xos psixologik xususiyatlari.
• Shaxsning о‗ziga xos boshqarish tizimi - «men obrazi».
• Uni о‗rab turgan atrof-muhit va boshqalar.
Shaxsning tabiiy hislatlari tug‗ilgan vaqtidan boshlab mavjud bо‗lib, uning faolligi,
ta‘sirchanligi, о‗zini namoyon qilishi va boshqalarda ifodalanadi. Ta‘sirchanlik shaxsning asabi
qо‗zg‗aluvchanligining turli darajasida, uning atrofi, olamga bо‗lgan munosabatini kо‗rsatib
beruvchi his-tuyg‗ularining shiddatkorligida namoyon bо‗ladi. XX asr 20-yillarining boshlarida
shvetsariyalik psixolog K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini «ekstraversiya» va
«intraversiya» tushunchalari orqali ta‘riflab berishni taklif etdi.
Ekstroversiya (extra-tashqari) insonning shunday psixologik harakatlarini kо‗rsatib
beradiki, bunda u о‗zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlariga qaratadi. Ba‘zan buni
о‗zining ichki his-tuyg‗ulari, qiziqishlari, о‗zining shaxsiy ahamiyatini pasaytirish, e‘tibor
bermaslik evaziga ham amalga oshiradi.
Ekstravertlarga
hulq-atvorning
ta‘sirchanlik,
samimiylik,
tashabbus
kо‗rsatish,
kommunikAbellik, ya‘ni boshqalar bilan tezda til topishib ketish kabilar xos.
Introversiya (intro-ichki) shaxsning о‗z mafaatlariga, ichki olamiga, о‗z qarashlariga diqqat-
e‘tibor qilish bilan ajralib turadi.
Introversiya - ekstroversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qо‗shilib kelishi shaxs
temperamentlarini
37
belgilab beradi.
Tempramentning eng mashhur turlari (sangvinik, melanxolik, flegmatik, xolerik) miloddan
avvalgi asrda Gippokrat tomonidan joriy qilingan bо‗lib, ularning nomlari hanо‗zgacha saqlanib
qolgan, lekin mazmuni о‗zgargan.
Shaxsning tavsifi uning harakteri, ya‘ni insonning hulq-atvorini uning ishga, narsalarga,
boshqa kishilar va о‗ziga munosabatini belgilab beradigan borqaror psixologik xususiyatlar
yig‗indisidir.
Shuningdek, harakterga xos xususiyatlarning qarama-qarshiligini: prinsipiallik-prinsipsizlik,
saxiylik - isrofgarlik, mehnatsevarlik - dangasalik, puxtalik — pala-partishlik va hokazolarda
ifodalanadi.
Shaxsning tabiatan beriladigan hislati bilan bog‗liq psixologik xususiyatlari orasida alohida
ajralib turuvchi hislati bu uning qobiliyatidir.
Qobiliyat - shaxsning о‗zida bilim, malaka, kо‗nikmalarni hosil qilish tezligi, biron bir
faoliyat, ishni bajara olish imkoniyati, layoqatini ifodalaydi.
Shaxsning hulq-atvorini belgilovchi ikkinchi tomon uning ehtiyojlaridir.
37
Temperament – lot. Temperamentum – qismlarining tegishli nisbati, mutanosiblik, Uni psixologiya fanida
chuqur о‗rganiladi.
Ehtiyojlar manfaatni, manfaat esa maqsadni keltirib chiqaradi. Inson maqsadini amalga
oshirishga intilishi motivatsiya, motivatsiya esa iqtisodiy stimullarni, ya‘ni rag‗batlantiruvchi
kuchlarni yuzaga keltiradi.
Shunday qilib, insonning xulq-atvorini bir tomondan tabiatdan berilgan qobiliyat,
temperament belgilasa, ikkinchi tomondan uni ehtiyojlari va ularni qondirishning obyektiv
zaruriyati belgilaydi va bir butun holda inson shaxsida gavdalanadi.
Inson ehtiyojining xilma-xilligi uning faoliyati sababini tashkil etadi. Ma‘lum bir
mutaxassislikni egallash va muvafaqqiyatli faoliyat yuritish uchun qiziqish ham muhim
ahamiyatga egadir.
Agar shaxs о‗zi bajarayotgan ishga qiziqmasa uni kо‗pincha xafsalasizlik bilan «qо‗ldan
ketgancha» bajaradi. Shuning uchun ham xalqimizda «Bо‗ynidan boylangan it ovga yaramaydi»-
degan naql bor.
Qiziqish - insonning u yoki bu narsaga, ishga diqqat-e‘tibor qaratishi, ixlos qо‗yishi, agar u
bajaradigan ish bо‗lsa bajarishga astoydil kirishishi, xullas inson ehtiyojining namoyon bо‗lishini
о‗ziga xos shakli bо‗lib, u kishida ijobiy his-tuyg‗u uyg‗otadi.
Insonning murakkabligini yana bir namoyishi sifatida uni nafaqat manfaat balki, biron-bir
narsaga, faoliyatga qiziqishi hozirgi iborada «hobbi»si bо‗lishi ham о‗ziga xos ehtiyoj bо‗lib
namoyon bо‗ladi.
Insonning qiziqishi nihoyatda xilma-xil. Masalan: musiqa, rasm chizish, texnikaga, badiiy
adabiyot, sportga qiliqish va hokazo. Xullas, bu rо‗yxatni о‗zoq davom ettirish mumkin.
Inson о‗z qiziqishi tufayli biron bir maqsad qо‗yadiki, uni amalga oshirish oxir-oqibat
ehtiyojlarni qondirish, ya‘ni iste‘molga borib taqaladi.
«Ehtiyojlar - sabab - qiziqish obyekti - faoliyat maqsadi -ehtiyojlarni qondirish» tarzida yuz
beradi.
Qiziqish insonning faqatgina ichki his-tuyg‗usi bо‗lib qolmay, unga tashqi muhit ham katta
ta‘sir kо‗rsatadi. Insonning xulq-atvori, о‗zini tutishi tanlovi murakkab jarayon bо‗lib, uning
motivlari eng avvalo, ehtiyojlar bilan bog‗liq.
Insonning u yoki bu harakatini amalga oshirish, u yoki bu narsani tanlashida о‗z nuqtai
nazari, boshqalardan farqlanuvchi о‗z motivatsiyasi bor.
Har bir insonning intilishi, qiziqish xohishi asosini hayotga, yashashga bо‗lgan intilish
tashkil etadi. U esa insonni zurriyot qoldirishga va о‗zini о‗zi saqlash instintktida ifodalanadi. U
о‗z navbatida boshqa intilish va qiziqishlarni taqozo qiladi va boshqalari bilan bog‗lanib ketadi.
Insonlar say-harakati, tanlovi sabablarini tadqiq qilgan taniqli olimlardan biri Maks Veber
(1864-1926, sotsiolog, tarixchi) bо‗lib, u о‗zining iqtisodiy-ijtimoiy hayotga liberal yondashishi
bilan ajralib turadi.
M.Veber sotsiologiya asoschilaridan biri bо‗lib inson faoliyatini 4 tipga bо‗ladi.
Birinchi, harakat muayyan maqsadga aniq samarali yо‗naltirilgan (zweckrationell). Mavjud
vosita, mablag‗lar kutilgan maqsadga yetishish uchun ishlatiladi. Ikkinchi, qadriyatlar nuqtai
nazaridan ratsional (wertrationell), uchinchi, muayyan extiros va emotsiyalar (affektrationell),
tо‗rtinchi, takrorlanuvchi an‘analar va urf-odatlar nuqtai nazaridan ratsional (traditionell).
Ularning barchasi bir butun bо‗lib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettiradi.
Birinchi tipga ajratilgan faoliyat oqilona, samarali. U ongli va aniq qо‗yilgan maqsadni
amalga oshirishga qaratilgan bо‗lib, shu maqsadga yetaklovchi vositalardan ham foydalaniladi.
Harakatning ikkinchi tili shu ma‘noda oqilonaki, u harakat qilayotgan shaxsning axloqiy
yoki diniy qarashlari yoki nimani qadrlashi nuqtai nazaridan yondashiladi. U kо‗pincha
yozilmagan qonun-qoidalardan iborat bо‗lishi mumkin. Masalan, chо‗kayotgan kemani uning
kapitani hammadan keyin oxirida tark etadi.
Uchinchi tip harakat g‗ayri tabiiy rag‗batga bо‗lgan nazoratsiz reaksiya tarzida yoki asabiy
tarzda yuz berib, oqilona harakatlar bilan о‗ylanmay qilingan harakatlar orasida turadi.
Tо‗rtinchi tip harakat urf-odat, an‘analar asosida о‗ylamay qilingan harakatlar bо‗lib, ularni
oqilona harakat darajasiga kiritib bо‗lmaydi.
M. Veber g‗arbning о‗ziga xos ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini boshqa sivilizatsiyalarga
solishtirib, faqat g‗arbda insonlar uchun umum ahamiyatga ega fan vujudga keldi. Empirik
bilimlar, falsafiy va teologik qarashlar, donishmandlik, boshqa madaniyatlar, ayniqsa, Xitoy,
Hindiston, Misrda mavjud bо‗lgan. Ammo bu yerda о‗zlashtirilgan bilimlar matematik asosga
«ratsional dalillar» tajribalar va ilmiy tushunchalarga ega bо‗lmagan.
Uning fikricha tajriba asosida vujudga kelgan bilimlar bilan taxminiy bilimlarni aralashtirib
yubormaslik kerak. U G‗arbda kapitalizmni vujudga kelishida protestantlik oqimining roli
kattaligini ta‘kidlaydi.
U har qanday davrning axloqi harakatning ma‘lum bir qismini tashkil etadi va u iqtisodiy
ratsional hayot tarzini shakllanishiga, yuzaga kelishiga tо‗siq bо‗lishi mumkin.
Shunday qilib, inson harakatining murakkab motivlari ehtiyojlarda ifodalanadi. Aynan
ehtiyojlar ularning say-harakati, xulq-atvori va tanlovini belgilaydi.
Demak, inson shaxs tarbiyasida, unda iqtisodiy tafakkurni shakllanishida ana shu jarayonni
nazardan qochirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |