Iqtisodiy manfaatlar - stimullar - anglash - motivatsiya - maqsad - faoliyat tarzida yuz
beradi. Manfaatdan kelib chiqqan holda maqsad qо‗yiladi.
Insonlar gohida manfaatlariga haddan tashqari ypg‗y berishlari natijasida iqtisodiy qonunlar
amal qilishini, har qanday daromad olish uchun yetarli darajada harakat qilish lozimligini unо‗tib
qо‗yishadi. Ayniqsa, tezda boyib ketish xayolida yurganlar turli-tuman aferalar qurboni bо‗lishi
mumkin. Bu qadimgi azartli о‗yinlardan tortib turli-tuman moliyaviy piramidalarni о‗z ichiga
oladi.
Masalan, moliyaviy piramidaning Ponzi sxemasi: Amerikalik biznesmen Charlz Ponzi 1920
yili 1000 investordan 6,5 mln. dollar pul yig‗adi. U 45 kundan keyin qarzni 50 % foydasi bilan
qaytarib berish majburiyatini oladi. Bu majburiyat uning Bostondagi korxonalari pochta
kо‗ponlari bilan mustahkamlanadi. Ponzi birinchi investorlarga pullarini 50 % foydasi bilan
qaytaradi. Buning natijasvda yuqori darajadagi foyda olish haqida ovoza tarqaladi. Natijada,
kо‗plab investorlar о‗z pullarini qо‗yishni boshlashadi. Lekin tez fursatda boyib ketishni о‗ylab
pulini tikkanlarning umidlari puchga chiqadi. Chunki, birinchi bо‗lib foyda olganlarning foydasi
keyingilarning puli evaziga tо‗langan edi. Investorlar soni kamayishi bilan bu yolgonga qurilgan
«imorat» о‗z-о‗zidan yiqilib, minglab odamlar о‗z mablag‗laridan ajraldilar. Rossiyada ana
shunday piramidaga misol qilib «MMM», «Chara» va boshqalarni kо‗rsatish mumkin.
Shuning uchun yoshlarga ana shunday о‗yinlar va uning iqtisodiy oqibatlari haqida ham
tushuncha berish zarur.
Yoshlarda iqtisodiy hulq-atvor, samarali tanlovni shakllantirishda inson uchun eng
cheklangan resurs - vaqtdan samarali foydalanish va mehnatsiz hech narsaga erishib bо‗lmasligi
haqida alohida diqqat qaratish zarur.
Bilim va mehnat о‗zaro bog‗liq: ishlash uchun ma‘lum bir bilim, kо‗nikma kerak. Ularni
esa mehnatsiz egallab bо‗lmaydi.
Mehnat insonning boshqa faoliyatidan alohida ajralib turadi. Bir tomondan mehnat
insonning ehtiyojlarini qondirishga yо‗naltirilgan. Ikkinchi tomondan, bir vaqtning о‗zida uning
о‗zi ehtiyoj sanaladi, Tarbiyalash maqsadiga reallikni bilish, uni anglash, ehtiyoj bu mehnatga
ehtiyoj va undan qoniqish ekanligani tushunish va anglashni о‗rgatish kiradi.
Mehnat insonni о‗z oldiga vujudga keladigan tо‗siqlarni yengib о‗tishga о‗rgatadi. Insonni
faqat ehtiyojlarini qondirish emas, balki qiyin masalalarni yechishdan, hal qilishdan о‗zidan
qoniqish hissini tuyishi nihoyatda muhim.
Sharqda yaratilgan qator musulmon etikasining noyob namunalari ma‘naviy axloqiy
jihatdan yoshlarni mehnatevarlik ruhida tarbiyalashda asosiy mezon, qoida-qо‗llanma, namunalar
sifatida xizmat qilib kelgan.
Xalq pedagogikasida bolaning komil inson bо‗lib yetishishida mehnat tarbiyasiga, uni kasb-
korga yо‗naltirishga jiddiy e‘tibor berilgan.
Inson nima sababdan mehnat qiladi? Mehnat uning birinchi hayotiy ehtiyojimi yoki
bajarilishi lozim bо‗lgan og‗ir zaruriyatmi?
Ibtidoiy jamoa tо‗zimida insonga tabiatda bor narsani о‗zlashtirish uchun ma‘lum darajada
harakat qilish, kuch sarflash zarur bо‗lgan bо‗lsa, keyinchalik tayyor tabiiy ne‘matlarni
yetishmasligi insonni unga berilgan aql-zakovotini ishlatib, ularni о‗zi yetishtirishga yо‗lladi.
Inson tabiatdagi tayyor ne‘matlarni о‗zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan
boshlab uning mehnati sifat jihatdan yangi holatga kо‗tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi.
Bu boradagi qiyinchiliklar insonni о‗z mehnatini yengillashtirish uchun turli-tuman ish
qurollarini о‗ylab topishga, ixtiro qilishga olib keldi.
Shaxsni shaxq sifatida kamol toptirishda mehnatga teng keladigani yо‗q. U mehnatda
erishgan yutuqlari bilan faxrlanadi, о‗zining о‗rnini mehnatda anglaydi.
Har qanday mehnat ustun darajada aqliy yoki jismoniy bо‗lishi mumkin. Ularni
almashtirish dam olish bо‗ladi.
Insonning о‗z mehnatidan qoniqishi uning uchun yuqori darajadagi rag‗bat, mukofot.
Yaxshi tarbiyalangan kishigina ana shu xissiyotni tuya oladi.
Insonning ehtiyoji - murakkab motivlar, kо‗p jihatdan uning say-harakatini belgilab beradi.
Ehtiyoj bilish jarayonida rivojlanib boradi. Unda esa shaxsning о‗zi qatnashadi. Insonning
ma‘lum bir maqsadga qaratilgan say-harakatini shaxsiy hislatlari, ehtiyoj, tashqi, ma‘lum bir
vaziyatga bog‗liq omillarning о‗zaro bog‗liqligi sifatida tushuntirish mumkin. Ma‘lum bir
vaziyatning alomatlari, shaxsning undan umid qilishi yoki aksincha qurqishi, biron xavf kutishi
muvofiq ravishda uning ma‘lum bir ehtiyojini faollashtiradi, ehtiyoj esa albatta uni qoniqish
yо‗llarini qidirishga olib keladi.
Biron bir harakatning о‗zini turli-tuman sabablar va ularning turli darajadagi birlashuvi
bilan asoslab berish mumkin. Masalan, insonning ovqatlanishini faqat uning qorni ochligi bilan
izohlab bо‗lmaydi. Uning qorni tо‗q bо‗lishi, lekin, aytaylik, mezbonni xafa qilmaslik uchun yoki
ovqatning ta‘mini, sifatini aniqlash uchun yoki boshqa sabablar tufayli ovqatni yeyishi mumkin.
Ehtiyojlarning rivojlanishi say-harakatlar dinamikasini aniqlab beradi, shu bilan birga uning
о‗zi odamning hayotiy faoliyati tipi, harakteri va boshqalarga bog‗liq bо‗ladi. Shuning uchun
ham ehtiyojlar turli guruhlarga bо‗linadi.
Shaxs uchun ehtiyoj xohish, istak, qiziqish, intilish tarzida rо‗yobga chiqadi. Ehtiyojni his
qilish - xohlash, intilish uni qondirishga urinishdir.
Ehtiyoj harakteri shaxs uchun odatga aylanadi. Odat-ma‘lum bir vaziyatda insonning о‗zini
tutishi, say-harakati usuli, о‗rganish bо‗lib qolgan qiliq bо‗lib, u stixiyali tarzda shakllanishi yoki
qat‘iy yо‗naltirilgan tarbiya mahsuli bо‗lib, insonning barqaror harakteri, fe‘l-atvor
xususiyatlariga aylanadi.
Hayotda yangi ehtiyojlarni mavjud ehtiyojlarga tayanib rag‗batlantirish mumkin. Mavjud
ehtiyojlar esa shaxsning ehtiyojlarining umumiy yо‗nalishiga bog‗liq. Shaxsning umumiy
ehtiyojlari faqat yangi ehtiyojlar vujudga kelishi bilan о‗zgarishi mumkin. Yuzaki qaraganda
paradoksal vaziyat vujudga kelgandek, mantiqiy jihatdan yopiq doiradek. Lekin kо‗plab tajribalar
kо‗rsatadiki, bu doirani yorish mumkin. Buning uchun insonda yaratish, tashkil qilish, ta‘minlash
imkoni bor. Aynan ana shular tarbiyaning vazifasi. Lekin tarbiyalash uchun insonning harakterini
hisobga olish zarur.
Tarbiyalashda, ayniqsa, inson uchun ma‘lum yutuqlarga erishishga bо‗lgan ehtiyoj va
intilish muhim о‗rin tutadi. Unga о‗qish, bilish, tushunish, boshqalardan kam bо‗lmaslikka
intilishga bо‗lgan ehtiyoj kabilar kiradi.
Insonda salbiy istak, odatlar ham mavjud bо‗lib, tarbiya orqali ularni minimallashtirishga
erishish mumkin.
Inson uchun uning istak, xohishlari, maqsadlarini amalga oshmay qolishi qanday yomon
oqibatlarga olib kelishi mumkin bо‗lsa, uning istak- xohishlarining haddan ziyod qondirilishi
ham shunday salbiy oqibatlarga olib keladi. Birinchisi insonda agressiya, yashirin yoki ochiq
adovatga, turli gunoh ishlarga qо‗l urishga olib kelsa, ikkinchisi xatto, hayotga jirkanish bilan
qarash, nafratlanishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ta‘lim-tarbiya jarayonini inson ehtiyojlari haqiqiy insonga xos bо‗lish nuqtai
nazaridan yondashgan holda amalga oshirish lozim.
О‗qituvchi-pedagog yoshlarni doimo insonga xos ehtiyojlar, ularni qondirishda insoflilik,
andishalilik, halollikka undashi zarur.
Insonlarni jamiyat manfaatida о‗z manfaatlarini kо‗ra olishga о‗rgatish zarur.
A.Smit kо‗rsatadiki, ijtimoiy manfaatlar о‗z navbatida shaxsiy manfaatlarga bog‗liq. Har bir
individning о‗z hayotini yaxshilashga bо‗lgan intilishi umuman olganda muvozanat hosil qiladi.
Aynan shaxsiy manfaatlar ijtimoiy farovonlikning о‗sishiga olib keladi.
Yoshlarga iqtisodiy jihatdan ta‘lim-tarbiya berishda ehtiyojlar va ularni .qondirish, ayniqsa,
mehnat va uni ulug‗lash bilan bir qatorda ularda vaqtdan tо‗g‗ri foydalanish kо‗nikmasini hosil
qilish muhim rol о‗ynaydi.
Xalqimizda «Bola - boshidan» «Qush uyasida kо‗rganini qiladi», degan naqllar bor. Buning
ma‘nosi shuki, bola bu dunyoga kelib nimani kо‗rgan va eshitgan bо‗lsa, о‗sha narsalar, о‗sha
tarbiyalar uning ruhiyatiga ta‘sir etadi, uning tasavvо‗rini, idrokini shakllantiradi.
Odatda, aqliy va axloqiy tarbiyaga kо‗proq ahamiyat berganmiz, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy
bilimlarga unchalik e‘tibor bermaganmiz. Lekin resurslar cheklanganligi bunga majbur qiladiki,
iqtisodiy bilim olishga alohida diqqat qaratiladi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda, masalan, Germaniyada iqtisodiy tarbiyaga
kuchli e‘tibor beriladi, yoshlar tejamkorlikka, aniq hisob-kitoblarga о‗rgatiladi. Shuning uchun
ham «nemischa hisob-kitob», «nemischa aniqlik» degan iboralar keng yoyilgan.
Aholini tejamkorlikka о‗rgatish katta daromad manbaidir. Bu hislat odat tarziga kirishi,
turmush tarziga aylanishi kerak. Iqtisodiy tarbiya eng avvalo oilada, bolalar muassasalarida,
maktab, kollej, oliy о‗quv yurtlarida uzluksiz olib borilishi, iqtisodiy fikrlashni о‗rgatish,
shakllantirish zarur.
Iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch - bu insonlardir. Demak, vaziyatni tо‗g‗ri baholay
oladigan mutaxassislarni tayyorlash talab qilinadi.
Hamma iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy resurslar va omillar: yer, kapital, mehnat,
tadbirkorlik haqida tо‗xtaganda vaqtni alohida ajratib kо‗rsatish, uning inson uchun ahamiyatini
alohida ta‘kidlash zarur.
Hamma jarayon, hodisalar ma‘lum bir vaqtda amalga oshadi. Ma‘lum tovar va xizmatlar
ishlab chiqarish uchun ma‘lum bir vaqt sarflanadi. Vaqt inson uchun eng cheklangan resurs,
undan unumli foydalanish zarur.
Samarasiz, bexudaga sarflangan vaqt katta yо‗qotishlarga olib kelishi mumkin. Vaqt muhim
iqtisodiy kategoriya, uni chuqur о‗rganish talab etiladi. Buni yoshlar ongiga singdirish, ularni
kundalik hayotlarini tо‗g‗ri rejalashtirishga о‗rgatishimiz zarur. Biz ma‘lum kitob, daftarni
varaqlab qaytadan о‗qishimiz, kinofilmlardan kо‗rishimiz mumkin. Lekin о‗tgan umrimizni
qaytadan boshlashning imkoni yо‗q. Faqat xotirada qolganlarini kо‗z о‗ngimizga keltirishimiz
mumkin xolos. Vaqtni orqaga qaytarib bо‗lmaydi.
Odam qiziq, - deydi, sharq mutafakkirlaridan Abul Faroj, - boyligini yо‗qotsa xafa bо‗ladi-
yu, umri zoye ketayotganligiga parvo ham qilmaydi.
Shuning uchun ham pedagog sifatida yoshlarni vaqtni qadrlashga, har bir daqiqasidan
unumli foydalanishga о‗rgatish zarur.
Insonning har qanday faoliyati qoniqish, mamnunlik yoki zaxvat, aziyat chekish bilan yuz
beradi. U biron bir faoliyat yuritar ekan, uni amalga oshirish natijasidan mamnun bо‗lishni,
qoniqishni maqsad qilib qо‗yadi. Lekin doimo ham kutilgan natijaga erishavermaslik mumkin.
Shunin uchun yoshlarga muvaffaqiyatsizlikdan tushkunlikka tushmaslik, bajarayotgan ishga
«qо‗l siltab» ketmaslikni singdirish zarur.
Sо‗zsiz rioya qilish zarur bо‗lgan qonunlar insonning tabiati va jamoa, jamiyat, odamlarni
о‗zaro tarbiyaviy faoliyat kо‗rsatishi bilan muvofiqlashtiriladi.
Tarbiyalash qonunlari, albatta, insonning mohiyati, jamiyat, madaniyat mazmunidan kelib
chiqadi.
Pedagogika nafaqat xalq madaniyati, balki tarbiyalanuvchi va uning individualligi, hayot
tarzi, tarixi bilan bog‗liq holda shakllanadi. Madaniyat va tabiat inson va jamiyat taraqqiyotining
asosiy omillari bilan qо‗shiladi. Ularga qarshi turish emas, balki ularga suyanish lozim.
Pedagogik qonunlarni har qanday ketma-ketlikda sanab chiqish mumkin, chunki ularning
hammasi birgalikda amal qiladi. Bu qonunlar, jumladan Iqtisodiy tarbiya nazariyasiga ham
tegishli. Ular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |