kurashini cheklab, narxni arzonlashuviga yо‗l qо‗ymaslik bilan erishish osonroq. Shuning uchun
talabni taklifga nisbatan ustun bо‗lishini sun‘iy ravishda saqlab turiladi.
Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bо‗lishi uchun zarur muhit yaratiladi. Bu muhit, eng
avvalo, mulkchilikning va xо‗jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning
о‗zaro tent mavkega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini
tanlash imkoniyatiga ega bо‗lishi ham raqobat uchun keng yо‗l ochadi.
Respublikamizda raqobat muhitini yaratish davlatning faoliyatisiz о‗z-о‗zidan amalga
oshmasligini anglagan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amaliyotga joriy
etilmoqda.
Bu, eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, turli mulk shakllarini vujudga
keltirshpni jadallashtirshpda о‗z ifodasini topadi.
Ikkinchidan, raqobatni о‗zi taqozo etadigan iqtisodiy vaziyat narxlarni erkinlashtirishni
amalga oshirishda ifodalanadi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga о‗tish, albatga sivilizatsiyalashgan raqobatni vujudga
keltiripshi talab qiladi. U davlatning iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman olganda
antimonopol yо‗l tutishini zarur qilib qо‗yadi. Shuni nazarda tutib, О‗zbekistonda monopoliyaga
qarshi meyoriy-huquqiy asos yaratildi. 1992 yili О‗zbekistan Respublikasining «Monopolistik
faoliyatni cheklash tо‗g‗risida» qonuni qabul qilindi. Qonunga qо‗shimcha ravishda uni amalga
oshirishni ta‘minlaydigan bir- qator meyoriy-uslubiy hujjatlar ham qabul qilindi. Monopoliyaga
qarshi siyosat о‗tkazish Moliya vazirligiga yuklandi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
1996 yil 15 maydagi farmoni bilan Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivojlantirish qо‗mitasi tashkil etildi. Shu qо‗mita negizida Prezident farmoni bilan 2
avgust 2000 yilda О‗zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat qо‗mitasi tashkil etildi.
О‗zbekiston monopolistik birlashma (korxona)larni davlat reyestriga kiritish uchun
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda о‗tish davrining о‗ziga xos tomonlari hisobga olindi.
Sababi respublika iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali kо‗p. Agar korxonalar ishlab
chiqargan mahsulotni hissasi umum-respublika yoki maxalliy viloyat miqyosida, tovar bozorida,
ma‘lum bir turdagi tovarlar guruhida, о‗zaro о‗rinbosar tovarlar yoki bir texnologik
maqsadlardagi mahsulotlar orasida 35 % dan ortiq bо‗lsa, bu korxona monopolistik birlashma
(korxona)lar Davlat rо‗yxatiga kiritiladi. Oziq-ovkat tovarlari guruhi uchun bunday mezon
darajasi 20 % belgilangan.
Qabul qilingan qonunga kо‗ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni
monopollashtirish, raqobatga tо‗sqinlik qilish, raqobatning g‗irrom usullarini qо‗llash man
qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda respublikamizda monopoliyaga qarshi tartibga solishning
qonuniy asoslari, meyoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi
tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xizmat qiladi.
Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslantan bozorni vujudga keltirish uchun ham nazariy,
ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak:
a) inflyatsiyani jilovlash;
b) bozorni demonopollashuvini
amalga oshirish;
v) bozor munosabatlari subyektlarini kritik massasini, ya‘ni
miqdorini yaratish;
g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish;
d) bozor tipini tо‗g‗ri tanlash. Ana shu muammolarni ijobiy hal etish mamlakatimiz
kelajagini kо‗p jihatdan belgilab beradi.
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog‗liqdir.
Raqobat bо‗lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bо‗lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti,
aytish
mumkinki, uning qonunidir».
Shuning uchun ham respublikada sog‗lom raqobat - muhitini yaratish, g‗irrom
raqobatchilarni bozorda, birinchi navbatda iste‘mol tovarlari bozorida yakka hukmron bо‗lib
olishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlarga chek qо‗yishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Firma Bozor iqtisodiyotida individual tadbirkorlik о‗ziga xos о‗rin tutadi, lekin iqtisodiy
faoliyatga nisbatan obrо‗li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mо‗ljallangan, tashkil etish kо‗lami
jihatidan salmoqli shakli - korxonadir. Aynan u xо‗jalik faoliyatining eng kо‗p tarqalgan tipik
shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bо‗lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi.
Bozor iqtisodiyogiga о‗tish jarayonida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni
barpo etish, ular faoliyatini tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari,
О‗zbekiston Respublikasida korxonalar tо‗g‗risidagi qonunida belgilab berilgan. Korxona
xо‗jalik yurituvchi subyekt sifatida mulkchilikning biron shakliga asoslangan holda iqtisodiy
jihatdan alohidalashgan xо‗jalik yurituvchi subyekt sifatida maydonga chiqadi. Korxona bozor
munosabatlarining subyekta sifatida qatnashibgina qolmay, uning obyekta hamdir. Korxona
mulkchilikning muayyan obyekta bо‗lib, uning qо‗lida resurslar va yaratilgan mahsulot mavjud.
Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning subyekti sifatida maydonga chiqadi.
Har qanday iqtisodiyot kabi bozor iqtisodiyoti ham murakkab tizim sifatida ichki tarkibga
ega. Undagi turli bо‗g‗inlarning har biri ma‘lum vazifani bajaradi. Korxona har qanday ishlab
chiqarishning birlamchi, asosiy bо‗g‗inidir. Bozor iqtisodiyotida asosiy tarkibiy birlik, xо‗jalik
yurituvchi bо‗g‗in korxona (firma) hisoblanadi. Firma bu bozor iqtisodiyotining murakkab
fanomeni. Uning ichki tuzilishi iyerarxik boshqarishga asoslangan. Aynan iyerarxik boshqarish
orqali transaksional xarajatlar minimallashtiriladi.
Korxona (firma) ishlab chiqarish resurslarini rejali asosda, ma‘lum nisbatda,
kombinatsiyada birikishini ta‘minlab, о‗z manfaatini mahsulot ishlab chiqarshi yoki xizmat
kо‗rsatish yо‗li bilan amalga oshiruvchi, xо‗jalik yurituvchi bо‗g‗in «zveno»ni ifodalaydi.
Firma ham, korxona ham xо‗jalik yurituvchi huquqiy shaxs bо‗lgani
uchun xо‗jalik
faoliyatining obyekti bо‗ladi. Shu bilan birga iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xо‗jalik
yuritish subyekti hamdir. Iqtisodiyotda, odatda,
firma kо„proq umumlashtiruvchi tushuncha
sifatida ishlatiladi.
Firma о„z ichiga bitta yoki bir necha korxona, ishlab chiqarish turini
olishi mumkin.
Korxoia esa
odatda, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga, bir xil narsa
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish omillari
korxonada birikib, bu yerda mehnat yuz beradi. Jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga
qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar kо‗rsatiladi.
Firmalarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) uchun iqtisodiy adabiyotda turli mezonlar
olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta:
mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi.
Mulkchilik bо‗yicha qarasak, ular 3 xil:
a) individual yoki xususiy firma;
b) sherikchilik
asosida tashkil topgan firma;
v) korporatsiya (aksionerlik jamiyati).
Korxona о‗z mulkiga о‗zi egalik qilishi uni erkin bо‗lishi garovidir. Korxona xо‗jalik
yurituvchi subyekt sifatida iqtisodiy mustakillikka ega. Nimani qancha, qanday usullar bilan
ishlab chiqarish, uni kimga, qayerda qanchadan sotishni, tushgan pulni qaysi maqsadda
ishlatishni korxonaning о‗zi hal qiladi.
Barcha muammolarni yechishda korxona bozorga qarab ish tutadi. U bozordagi resurslar
narxi, о‗zining tovarlari narxi, qilgan harajatlariyu oladigan foydasi miqdoriga qarab ish tutadi.
Narx-navo va xarajatlar miqdori korxonaga el qatori foyda olish imkonini bergandagina u faol
ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi -
tovarlarni yangilash sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, investitsiya va
innovatsiya bilan shug‗ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi. Korxonalar
mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xо‗jalik yuritish uslublariga kо‗ra xilma-xil bо‗lib,
asosiylari:
- xususiy firma, shirkat firmalari, mas‘uliyati cheklangan firma, davlat korxonasi, aralash
firmalar. Hozirgi paytda korxonalarning keng tarqalgan shakli - aksioner jamiyatlari yoki
korporatsiyalardir.