1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi



Download 0,79 Mb.
bet1/20
Sana02.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#630783
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-sinf javobli






I bob
1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi.
A bir tartibga B floraga C sistemaga *D A va C
2. O’zb.da tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning turi qancha?
*A 4500 B 3700 C 8000 D 500 000
3. Yer yuzida tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning turi qancha?
A 4500 B 50000 C 8000 *D 500 000
4. Botanika so’zi qaysi so’zdan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
A yunoncha “botane” - o’t
B yunoncha “botane” - o’tli
*C yunoncha “botane” - o’t-o’simlik, ko’kat
D yunoncha “botane” – o’saman, rivojlanaman
5. Botanika fanining asosiy bo’limlarini aniqlang.
1) o‘simliklar morfologiyasi; 2)genetika; 3)o‘simliklar anatomiyasi; 4)o’simliklar geografiyasi; 5)o‘simliklar fiziologiyasi; 6)o‘simliklar sistematikasi; 7) sitologiya; 8)o‘simliklar embriologiyasi; 9)geobotanika; 10)ekologiya; 11)paleobotanika; 12)algologiya; 13)lixenologiya; 14)briologiya.
A 1,2,3,4,5,6,7; B 1,3,4,5,6,8,9,10,11;
*C 1,3,5,6,8,9,10,11,12,13,14; D 2,4,7,9,13,14
6. O’simliklarni ildiz, poya va barglarini ichki tuzilishini o’rganadigan bo’limni aniqlang.
A o‘simliklar morfologiyasi;
B o‘simliklar embriologiyasi;
*C o‘simliklar anatomiyasi;
D o‘simliklar fiziologiyasi.
7. O‘simliklar morfologiyasi bo’limi nimani o’rganadi?
A o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini;
B o‘simliklarning ichki tuzilishini;
C tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi;
*D o‘simlik organlarining tashqi tuzilishini o‘rganadi.
8. O‘simliklardagi hayotiy jarayon(lar)ni belgilang.
A daraxt,buta,yarim buta va bir, ikki, ko’p yillik o’tlar;
*B mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug’latish,nafas olish, fotosintez;
C urug’ning unib chiqishi, mevalarning tarqalishi, xazonrezgilik;
D changlanish, urug’lanish, vegetativ ko’payish.
9. O‘simliklar embriologiyasi bo’limi nimani o’rganadi?
A o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini;
B o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni;
C ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi;
*D A va C.
10. Geobotanika bo’limi nimani o’rganadi?
A tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi;
*B o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini;
C nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi;
D t.j.y.
12. O’simliklarni tuproqdan mineral moddalarni qabul qilish jarayonini o’rganadigan bo’limni aniqlang.
A o‘simliklar morfologiyasi;
B o‘simliklar embriologiyasi;
C o‘simliklar anatomiyasi;
*D o‘simliklar fiziologiyasi.
13. Botanika fanining asosiy bo’limlarini o’rganish sohasi bilan juftlab yozilgan javobni aniqlang.
a) o‘simliklar morfologiyasi; b) briologiya; d)o‘simliklar anatomiyasi; e) lixenologiya; f)o‘simliklar fiziologiyasi; g)o‘simliklar sistematikasi; h) algologiya; i)o‘simliklar embriologiyasi; j)geobotanika; k)ekologiya; l)paleobotanika;
1-o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni; 2-o‘simliklarning ichki tuzilishini; 3- lishayniklarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o‘rganadi; 4-o‘simliklarning kelib chiqishi va belgilari asosida ularni alohida guruhlarga birlashtiradi; 5- mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug’latish jarayonlarini o‘rganadi. 6-o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini; 7-o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini; 8- yo‘sinlarni o‘rganadi; 9-o‘simliklarning tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatlaridagi qonuniyatlarni; 10-qazilma o‘simliklar to‘g‘risidagi fan; 11- o‘simlik organlarining tashqi tuzilishini o‘rganadi; 12-tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi; 13-suvo‘tlarni o‘rganadi; 14- ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi; 15- nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi; 16- klassifikatsiya qiladi;
A a-9,12; b-3; d-2; e-8; f-4,16; g-1,5,15; h-13; i-6,14; j-7; k-11; l-10;
B a-2; b-8; d-12; e-3; f-1,5,14; g-4,16; h-13; i-6,15; j-7; k-9,11; l-10;
*C a-11; b-8; d-2; e-3; f-1,5,15; g-4,16; h-13; i-6,14; j-7; k-9,12; l-10;
D a-11; b-8; d-2; e-3; f-1,5,14; g-4; h-13; i-6,15; j-7; k-9,12; l-10,16.
14. “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklarni belgilang.
A isiriq, chakanda, zubturum
B shuvoq, sebarga, burchoq
*C xolmon, shirach, sallagul
D yong’oq, bodom, pista, safsan
15. Chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblangan o’simliklarni belgilang.
A isiriq, chakanda, zubturum
B shuvoq, sebarga, burchoq
*C shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar
D yong’oq, bodom, pista, safsan
16. O’simliklarni o’rganish ishlarining boshlanishi kimning nomi bilan bog’liq?
A Arestotel B Beruniy *C Teofrast D ibn Sino
17. Tabobatga bag’ishlangan asarni belgilang.
*A “Kitob as-Saydana” B “Kitob ush-shifo”
C “O’simliklar anatomiyasi” D A va B javoblar
18. Qaysi asar(lar)da ko’pgina dorivor o’simliklarni tasvirlab, ularning shifobaxsh xususiyatlari ko’rsatib o’tilgan.
A “Kitob as-Saydana” B “Kitob ush-shifo”
*C B va D javoblar D “Kitob al-qonun fit-tibb”
19. O’zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan olimlarni belgilang.
1) S.A.Daminov; 2)Y.P.Korovin; 3)R.A.Alavi; 4)A.I.Vvedenskiy; 5)K.A.Zufarov; 6)Teofrast; 7) Q.Z.Zokirov; 8)Y.X.To’raqulov; 9)F.N.Rusanov; 10)V.V.Vohidov; 11)I.Q.Musaboyev; 12)A.M.Muzaffarov.
A 1,3,4,8,11; B 2,4,6,7,9,12;
C 1,3,5,6,8,10,11; *D 2,4,7,9,12.
20. Gulli o’simliklar qanday organlardan tashkil topgan?
A poya, barg, meva, urug’, gul
B ildiz, poya, barg, gul C ildiz, meva, barg, poya
*D barg, meva, urug’, gul, poya, ildiz
21. Yer yuzida gulli o’simliklarning … ta turi mavjud.
A 4500 B 500 000 C 8000 *C 250 000
22. Hamma gulli o’simliklar uchun xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A gulqo’rg’oni bo’ladi
B hayoti davomida bir necha marta gullaydi
*C o’z hayoti davomida gullab meva tugadi
D ildiz, poya va bargga ega
23. Seyshel palmasiga xos bo’lgan xususiyatlar.
1)120 oy davomida pishib yetiladi 2) mevasi yong’oq 3) mevasining og’irligi 25 kg 4)Sumatra orolida uchraydi 5)Seyshel orolida uchraydi 6)tanasida 200 l gacha suv saqlaydi
A 1,2,3,4,5,6 B 3,5 *C 1,2,3,5 D 1,3,5
24. Meksika kaktuslari tanasida qancha suv saqlaydi?
A 250 l B 200 ml C 300 l *D 200 l
25. Ajdar daraxtiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)Afrikada o`sadi 5)6000 yil yashaydi 6)5000 yil yashaydi
A 1,5 *B 2,5 C 2,6 D 3,6
26. Raffleziyaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)diametri 1 m gacha yetadi 5)ulkan gul
*A 1,4,5 B 2,4,5 C 3,4,5 D 1,4
27.Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o’sadigan, barglari arang ko’rinadigan o’simliklarni belgilang.
A archa, qizilcha *B saksovul, qandim
C archa, saksovul D qizilcha, saksovul va qandim
28. Qaysi o’simlikning poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladi?
A suv qaroqchisi *B nilufar C suv yong’og’i
D drosera
29. Hasharotlar bilan oziqlanadigan o’simlik(lar)ni belgilang.
1) suvqalampir 2) isiriq 3) suv qaroqchisi
*A 3 B 1,2 C 1,2,3 D 1,3
30. Tabiat ko’rki bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul
A 1,4,8,11 B 2,5,12,13 *C 3,6,7,10,14 D 3,6,7,10,12
31. Xolmon qaysi o’simlikning ikkinchi nomi hisoblanadi?
A sallagul B chinnigul *C jumagul D ko’zagul
32. Noyob mevali o’simliklarni belgilang.
1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul
*A 4,8,11 B 2,5,12,13 C 3,6,7,10,14 D 1,4,8,11,12
33. Tabobatimiz gavhari hisoblangan o’simliklarni belgilang.
1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul
A 1,4,8,11 *B 2,5,12,13 C 3,6,7,10,14 D 5,9,12,13
34. Gulli o’simliklarning xilma-xilligi … bilan bog’liq.
A uzoq-million yillarning o’tishi
*B ekologik sharoitning o’zgarishi
C ularning turining oshishi
D o’simliklarning moslashuvchanligi
35. 0‘simliklar tashqi muhit sharoitiga moslashib, asta sekin murakkablashib borib, ularda … paydo bo‘lgan.
A hayotiy shakllar B ekologik guruhlar *C ikki xil organlar D t.j.y.
36. Lotincha «vegetatio» so‘zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1)ko’kat; 2) yaratmoq; 3)o’sish; 4)o’t; 5)tuzmoq; 6)rivojlanish; 7)o’simlik.
A 2,5; B1,4,7; C 3,5; *D 3,6.
37. Lotincha «generate» so‘zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1)ko’kat; 2) yaratmoq; 3)o’sish; 4)o’t; 5)tuzmoq; 6)rivojlanish; 7)o’simlik.
*A 2,5; B1,4,7; C 3,5; D 3,6.
38. 0‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda mosla shishi … deyiladi.
*A hayotiy shakllar B ekologik guruhlar C ikki xil organlar D t.j.y.
39. Gulli o‘simliklar qanday hayotiy shakllariga bo‘linadi.
A daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik
*B daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik
C bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik
D daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik, liana
40. Hayotiy shakl deb nimaga aytiladi?
* A o’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga
B o’simliklarning mevasining tarqalishiga har xil shaklda moslanishiga
C faqat gulli o’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga
D o’simliklarning o’sish joyiga har xil shaklda moslanishiga
41. Gulli o’simliklar hayotiy shakliga ko’ra qanday bo’ladi?
1) daraxt 2)buta 3) yarim buta 4)o’tlar 5)bir yillik o’t 6)ko’p yillik o’t 7) 2 yillik o’t
A 1,2,3,4 *B 1,2,3,5,6,7 C 1,2,4 D 1,4,5,6,7
42. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan daraxtga xos bo’lganini belgilang.
A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik
*B bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquv vat ildizli va keng shoxshabbali, baland bo‘yli ko‘p yil lik o‘simliklar.
C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar
D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar
43. Shox-shabbasi yoyiq bo’lgan o’simliklarni belgilang.
A sada qayrag’och va majnuntol B qarag’ay va terak
*C olma,o’rik,yong’oq,shaftoli D qayrag’och va terak
44. Shox-shabbasi g’uj va tik bo’lgan o’simliklarni belgilang.
A sada qayrag’och *B qarag’ay va terak
C olma,o’rik,yong’oq,shaftoli D qayrag’och va terak
45. Shox-shabbasi sharsimon bo’lgan o’simliklarni belgilang.
*A sadaqayrag’och va shamshod B qarag’ay va terak
C qarag’ay D qayrag’och va terak
46.Gulli o’simliklarni hayotiy shakliga ko’ra juftlang?
a) daraxt b)buta c) yarim buta d)o’tlar e)bir yillik o’t f)ko’p yillik o’t g) 2 yillik o’t
1) baobab 2)itsigak 3) zubturum 4)lavlagi 5)qulupnay 6)karam 7) kungaboqar 8)maymunjon 9)qoqio’t
A a-1; b-2;c-8; e-5,7; f-3,9; g-4,6;
B a-1; b-8;c-2; d-3,4; e-7; f-5,9; g-6;
*C a-1; b-8;c-2; e-3,7; f-5,9; g-4,6;
D a-1; b-8;c-2; e-5,9; f-3,7; g-4,6
47. Archa uchun tog’ qismlariga ko’ra xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
Tog’larning o’rta qismida …(1), eng baland qismida …(2) qanday holatda bo’ladi?
A 1-0,5-1 m ko’tariladi xolos; 2-bo’ydor bo’lib o’sadi
*B 1-bo’ydor bo’lib o’sadi; 2-0,5-1 m ko’tariladi xolos
C 1-bo’ydor bo’lib o’sadi; 2-shox-shabbasi keng bo’lib o’sadi
D 1-shox-shabbasi keng bo’lib o’sadi 2-bo’ydor bo’lib o’sadi
48. Tog’da o’simliklar bo’yining yuqoriga ko’tarilgan sari pasayib borish sababi nimada?
A oftob(issiqqa)ga chidamlilik B soyasevarlik
*C doimiy shamol va qishning qattiq sovug’i
D atmosfera bosimining ko’tarilishi
49. Quyidagi xususiyatlar xos bo’lgan o’simlikni va uning hayotiy shaklini belgilang. Nihoyatda mayday bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho’llarda, qumlarda o’sadigan ajoyib tur.
A majnuntol; daraxt B saksovul; buta
*C saksovul; daraxt D shuvoq; yarim buta
51. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan butaga xos bo’lganini belgilang.
*A bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar. Ildizdagi qo‘shimcha kurtaklardan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi.
B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar
C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar
D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar
52. Tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan butalarni belgilang.
A izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq
B irg’ay, singirtak, qoraqat, na’matak, zirk, bodomcha
C anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin
*D irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak,zirk, bodomcha
53. Madaniy butalarni belgilang.
A izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq
B anor, limon, qoraqat, ligistrum, na’matak
*C anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin
D irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak, zirk, bodomcha
54. Zirkning hayotiy shaklini belgilang.
A daraxt B liana *C buta D ko’p yillik o’t
55. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan yarim butaga xos bo’lganini belgilang.
A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik
B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar
*C poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklar
D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar
56. Cho’llarda keng tarqalgan hayotiy shakli yarim buta bo’lgan yem-xashak o’simliklarini belgilang.
*A izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq
B shuvoq, sebarga, burchoq
C shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar
D irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak, zirk, bodomcha
57. Shuvoqning hayotiy shaklini belgilang.
A daraxt *B yarim buta C buta D ko’p yillik o’t
58. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan ko’p yillik o’tlarga xos bo’lganini belgilang.
A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik
B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar
C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar
*D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar
59. Ko'p yillik o'tlarni belgilang.
1)bug'doy 2)beda 3)ajriq 4)g'o'za 5)g'umay 6)sachratqi 7)zig'ir 8)mosh 9)pskom piyoz 10)kiyiko't 11)sallagul 12)qalampir 13)qoqio't 14)shirinmiya 15)iloq 16)lola 17) rayhon 18)yalpiz 19)qamish 20)andiz 21)shashir 22)sholi
A 2,3,5,6,8,9,10,11,13,14,15,16,17,18,19,20,21;
B 1,4,7,12,22; C 1,4,7,8,12, 17,22;
*D 2,3,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19,20,21;
61. Gulsafsarning hayotiy shaklini belgilang.
A 2 yillik o't B 1yillik o't C buta *D ko’p yillik o’t
62. Ikki yillik o’tlarga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan poya va barg hosil qiladigan o’simliklar
B urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan poya va ildiz hosil qiladigan o’simliklar
C urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida gul(to’pgul) va barg hosil qiladigan o’simliklar
*D urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan barg(to’pbarg) hosil qiladigan o’simliklar
63. ikki yillik o’simliklar qaysi organ(lar)ida oziq modda to’playdi?
*A ildiz va barg B poya va barg C ildiz va poya
D ildiz, poya va barg
64. ikki yillik o’simliklarda ikkinchi yili qanday jarayonlar kuzatiladi?
A yer yuzida asosan poya va barg hosil qiladi
B yer yuzida asosan poya va ildiz hosil qiladi
C yer yuzida asosan barg(to’pbarg) hosil qiladi
*D poya chiqaradi, gullab meva tugadi
65.Ikki yillik o’tlarda birinchi yili qanday jarayon yuz beradi?
1)urug’dan ko’karib chiqadi. 2).yer yuzida to’pbarg hosil qiladi 3)gul hosil qiladi 4)poya chiqaradi.
*A.1,2 B.1,2,3,4 C.1,2,4 D.4
66. Ikki yillik o’simliklarn belgilang.
*A lavlagi, sabzi,sholg’om, karam
B oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z
C sabzi, karam,lavlagi, sholg’om, piyoz
D oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z, sigirquyruq
67. Sigirquyruqning hayotiy shaklini belgilang.
A 1yillik o’t *B 2yillik o’t C buta D ko’p yillik o’t
68. Zubturumning hayotiy shaklini belgilang.
*A 1yillik o’t B 2yillik o’t C buta D ko’p yillik o’t
69. Ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi va meva(urug’) tugib, o’z hayotini tugallaydi.
*A 1yillik o’t B 2yillik o’t C buta D yarim buta
70. Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklarning juda ko‘pchiligi qaysi hayotiy shakl o‘simliklaridir.
*A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t C buta D yarim buta
71. Bir yillik o’simliklarni belgilang.
A lavlagi, sabzi,sholg’om, karam
*B qo’ytikan, momaqaldiroq, kanakunjut, kanop, makkajo’hori
C sabzi, karam,lavlagi, sholg’om, piyoz
D oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z, sigirquyruq
72. Rayhonning hayotiy shaklini belgilang.
*A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t C buta D yarim buta
73.Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan bir yillik madaniy o’simliklarni aniqlang.
A.oq sho’ra,machin B.bug’doy,jag’jag’
C.mosh,no’xat,yong’oq *D.arpa,rayhon
74. Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan madaniy bir yillik o’simliklarni belgilang.
A oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z
*Bg’o’za,bug’doy,arpa,zig’ir, yeryong’oq,mosh,sholi, no’xat, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon
C anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin
D g’o’za,bug’doy, arpa,zig’ir, yeryong’oq,mosh,sholi, no’xat, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon, momaqaldirmoq, qo’ytikan, kanakunjut, kanop
75. Juda mayda, yer yuzasidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan 1 yillik o’t(lar)ni belgilang.
A jag’-jag’ *B momaqaldirmoq, qo’ytikan C qoqio’t D boychechak
76. Bo’yi 1m ga boradigan undan ham oshadigan bir yillik o’simliklarni belgilang.
A momaqaldirmoq, qo’ytikan
B kanakunjut, zig’ir, kanop
*C kanakunjut, kanop, makkajo’xori
D anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin
77. O’t o’simliklar qanday guruhlarga ajratiladi?
1) 1yillik o’t 2)ko’p yillik o’t 3)buta 4)yarim buta
5) 2yillik o’t 6)daraxt
*A 1,2,5 B 1,2,4,5 C 1,2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5
78. Qulupnayning hayotiy shaklini belgilang.
A 1yillik o’t *B ko’p yillik o’t C buta D yarim buta
79.Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblangan yarim butalarni aniqlang?
1.beda 2.sebarga 3.saksovul 4.izen 5.shuvoq 6.yantoq 7.keyreuk
A.1,2,3,4,5,6,7 B.3,4,5,7 *C.4,5,7 D.3,4,5,6,7

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish