II BOB. HUJAYRA VA TO’QIMA
1. …- organizm (hayotning) asosi.
A organ B kimyoviy element *C hujayra D atom
2. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgini aniqlang.
*A hujayradan tuzilganligi
B hujayraning mitotic bo'linib ko'payishi
C tanasining organ, to'qima va hujayradan tuzilganligi
D harakatlanish
3. Tirik organizmlarning eng mayda tarkibiy qismi?
A organ B molekula *C hujayra D atom
4. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan-
A molekula B oqsil tuzilmasi *C hujayra D atom
5. O'simliklarning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan ular … jihatdan farq qilsa ham, … jihatdan o'xshaydi.
A ichki; tashqi *B shakl; ichki C ichki; funksiya
D kimyoviy tarkib; ichki
6. Hujayra haqidagi fan -
*Asitologiya B gistologiya C biologiya D ornitologiya
7. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashganligiga qarab qaysi xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi?
1)shakli 2)ranggi 3)yirik-maydaligi 4)ichki tuzilishi 5)funksiyasi
*A hammasi B 1,2,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3,5;
8. O'simliklar hujayra tuzilish darajasiga ko'ra qanday bo'ladi?
A eukariot yoki prokariot *B bir yoki ko'p hujayrali
C bir, ko'p hujayrali yoki kolonial
D hujayrali va hujayrasiz
9. …(1) hujayra ba'zi bir tuban o'simliklarda, …(2) hujayra esa yuksak o'simliklarda bo'ladi.
A 1-prokariot; 2-eukariot *B 1-bir; 2-ko'p
C 1-bir; 2-ko'p yoki kolonial hujayralar;
D 1-organoidsiz; 2-organoidli;
10. Hujayra kim tomonidan qachon kashf etilgan?
A ingliz fizigi Robert Guk 1635-yil
B ingliz fizigi Robert Braun 1635-yil
*C ingliz fizigi Robert Guk 1665-yil
D ingliz fizigi Robert Braun 1831-yil
11. Hujayra qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
A sitoplazma va yadro
*B hujayra qobig'I, sitoplazma, yadro
C hujayra ichidagi tirik qism va yadro
D hujayra qobig'I va hujayra ichidagi tirik qism
12. Hujayra tarkibidagi qaysi qismi tiniq va mustahkam bo'ladi?
*A hujayra qobig’i B sitoplazma C yadro D plastida
13. Hujayra qobig’iga qaysi modda mustahkamlik berib turadi?
A fosfolipid B kleykobina C suberin *D klechatka
14. Hujayra qobig’I qanday vazifa(lar)ni bajaradi?
1)hujayra ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o’rab turadi 2)tashqi ta’sirdan himoya qiladi 3)hujayraga mustahkamlik beradi 4)hujayra shaklini saqlab turadi 5)hujayrani tashqi muhit bilan bog’lab turadi
A 1,2,3,4 *B 1,2,3,4,5 C 1,2,3 D 1,4,5
15. Hujayraning asosiy tarkibiy qismini belgilang.
*A sitoplazma B yadro C hujayra qobig’i D plastida
16. Sitoplazmaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)rangsiz 2)rangli 3)tiniq 4)suyuq 5)quyuq 6)shilimshiq 7)doim harakatlanib turadi 8)harakatsiz
*A 1,3,4,6,7 B 1,3,4,6,8 C 1,3,5,6,7 D 2,3,4,6,8
17.Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holdagi doimo harakatlanib turadigan qismi.
A hujayra qobig`I B yadro *C sitoplazma D plastida
18. Ko‘kyashil suvo‘tlar, bakteriyalarning … shakllan magan?
A hujayra qobig’i B sitoplazma *C yadro D plastida
19. U hujayra bo’linishida muhim rol o’ynaydi-
Ahujayra qobig’I B sitoplazma *C yadro D plastida
20. Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi?
1)yashil suvo’tlar 2)ko’k-yashil suvo’t 3)achitqi zamburug’i 4)bakteriya 5)ayrim zamburug’lar
A 1,3,5 *B 2,4 C 2,4,5 D 1,4,5
21.Yadroning shakli va hajmi uning qanday xususiyatlariga bog’liq?
1)hujayraning holati 2)bajaradigan vazifasiga 3)hujayraning yirik maydaligiga 4)hujayraning yoshiga 5)yashash sharoitiga 6.to`qimaning turi
A 1,2,3 B 2,3,4 *C 1,3,4,5,6 D 1,4,5
22. Hujayraning tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin turadigan organoidini belgilang.
A hujayra qobig’I B ribosoma *C yadro D plastida
23. Irsiy belgilarning keyingi avlodga o’tishiga muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujayraning bo’linishida muhim ahamiyatli hujayra organoidini belgilang.
A hujayra qobig’I B sitoplazma *C yadro D plastida
24. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri, ular faqat o’simliklar uchun xos.
A vakuola B sentriola C ribosoma *D plastida
25. Plastidalarning necha xili mavjud va ular qanday bo’ladi?
A 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (rangsiz), leykoplast (zarg'aldoq, qizg'ish)
B 3 xil; xloroplast (zarg'aldoq, qizg'ish), xromoplast (yashil), leykoplast (rangsiz)
*C 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, qizg'ish), leykoplast (rangsiz)
D 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, yashil-ko'k), leykoplast (rangsiz)
26. Qaysi plastida(lar) o'simliklarga (barg, poya, gul va mevalarga) rang beradi?
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 *B 1,2 C 1 D 2
27. O'simlik mevasiga rang beruvchi plastida(lar)ni belgilang.
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 *D 2
28. Qaysi plastida(lar) tufayli o'simlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi?
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 *D 2
29. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliqni belgilang.
A granula B lizosoma *C vakuola D yadro
30. Yashil xlorofill pigmentga ega plastidani aniqlang.
A leykoplast *B xloroplast C xromoplast D kariotin
31. Zaxira moddalar saqlaydigan plastidani belgilang.
*A leykoplast B xloroplast C xromoplast D kariotin
32. Xromoplastlarda qanday rangli plastidalar uchraydi.
A qizil B yashil C sariq *D A va C
33. O’simliklarda qaysi plastidada fotosintez jarayoni boradi.
A leykoplast *B xloroplast C xromoplast D kariotin
35. Hujayra shirasi tarkibida …%suv va unda erigan ko'pgina moddalar hamda oqsil, moy, shakar bo'ladi.
*A 70-95 B 75-90 C 80-90 D 85-90
36.Meva ta'mining achchiq, shirin yoki nordon bo'lishi nimaga bog'liq?
*A hujayra shirasi B yadro C sitoplazma
D hujayra tarkibidagi suvning miqdoriga
37. Piyoz hujayralari qaysi jihatlari bilan boshqa o'simliklarning hujayralaridan farq qiladi?
A hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, xloroplastlarga boyligi
*B hujayralari shaklining cho'ziqligi, zichroq joylash-ganligi, leykoplastlarga boyligi
C hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, plastidalarining rangsizligi
D hujayralari shaklining yumaloq ekanligi, zich joylashganligi, plastidalarining rangsizligi
38. Ko'pchilik o'simliklar hujayrasining o'lchami qanday bo'ladi?
*A kichkina B yirik
C eni bo'yidan bir necha marta katta
D bo'yi enidan bir necha marta katta
39. Chigit yuzasidagi tola-tuk nechta hujayradan iborat va u(lar)ning uzunligi?
A 1ta; 2-3 sm; *B 1 ta; 3-4sm; C 2 ta; 3-4 sm;
D bir nechta; 3-4 sm
40. Hujayralar qaysi xususiyatiga qarab xilma-xil tuzilgan bo'ladi?
A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli
*D B va C
41. Hujayralar qaysi jihatdan bir-biridan farq qilmaydi?
*A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli
D B va C
42. Qaysi o’simlik hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin.
1)limon; 2)xlorella; 3)tarvuz; 4)pomidor; 5)xlamidomonada; 6)elodiya; 7)mandarin.
A 2,5 B 1,3,4 C1,2,5,6 *D 1,3,4,7
43. Bir hujayrali tuban o’simliklarni aniqlang
1)limon; 2)xlorella; 3)tarvuz; 4)pomidor; 5)xlamidomonada; 6)elodiya; 7)mandarin.
*A 2,5 B 1,3,4 C1,2,5,6 D 1,3,4,7
44. Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlikda kuzatish mumkin –
A piyoz *B elodeya C pomidor D chigit tolasi
45. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparatni butunligicha mikroskop ostida ko’rish mumkin?
A suvda o’sganligi uchun
B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun
*C barglari shaffof bo’lgani uchun
D suv tomchisida tabiiy sharoitdagidek tirik ko’ringani uchun
46. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi?
*A suvda o’sganligi uchun
B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun
C suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun
D hujayrasining ko’p qismini suv tashkil qilganligi uchun
47. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi?
A hujayralararo modda *B hujayra qobig'idagi teshik
C sitoplazma D yadro
48. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini qaysi tajriba yordamida kuzatish mumkin?
A elodeyadan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib
B piyozdan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib
*C mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan xamir solib yodli suvli tushirish orqali
D ildiz bo'laklaridan ko'ndalangiga yupqa kesma tayyorlab uni suv tomchisi yoki glitseringa qo'yib
49. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini kuzatish tajribasida nima hujayra qobig'I vazifasini o'taydi?
A piyoz qobig'I B elodeya bargi po'sti
*C mayda ko'rinmas teshikchali sellofan
D xamirning tashqi yuzasi
50. Mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib yodli suvli tushirganda xamir qanday rangga kiradi?
A sariq *B ko'k C oq D qizil
51. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri …
*A o'sish va bo'linish B oziqlanish
C harakatlanish D o'zgaruvchanlik
52. Hujayra qobig'I hujayraning yoshiga qarab ….
A yupqalashadi *B qalinlashadi C o'zgarmaydi
D mo'rtlashadi va ko'p joyni egallaydi
53. Qari hujayralardagi sitoplazmaning vakuolga nisbati to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.
A sitoplazma vakuolga qaraganda ko'proq joyni egallaydi
*B vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi
C vakuol va sitoplazma teng nisbatda butun hujayrani qoplab olgan bo'ladi
D yosh hujayralarnikidek bo'ladi
54. Qanday belgi orqali yosh va qari hujayralarni ajratish mumkin?
A hujara qobig'ining qalin yoki yupqaligiga qarab
B sitoplazma va vakuolning nisbatiga qarab
C sitoplazma va yadroning nisbatiga qarab
*D Ava B
55. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda qaysi organoidlari yo'qoladi va ularning o'rnini nima egallaydi bu o'z navbatida qari hujayraning nobud bo'lishiga olib keladi?
A yadro yo'qolib uning o'rnini sitoplazma egallaydi
B yadro va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini vakuol egallaydi
C yadro yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
*D yadro va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
56.Qanday hujayralarda bo'linib ko'payish kuzatiladi?
A barcha hujayralarda B faqat yosh hujayralarda
*C faqat hosil qiluvchi to’qima hujayralari
D barcha tirik hujayralar
57. hujayraning bo'linishida qaysi organoid katta rol o'ynaydi?
*A yadro B sitoplazma C hujayra qobig'i D xromosoma
58. Hujayradagi bo'linish jarayoninining ketma-ketligini to'g'ri belgilang.
1)yadro yiriklashadi 2)yadro ikkiga ajraladi 3)bo'lingan yadro bo'laklari parda bilan qoplanadi 4)sitoplazmada to'siq paydo bo'ladi 5)ona hujayradan 2ta yosh hujayra paydo bo'ladi
A 2,3,4,1,5 *B 1,2,3,4,5 C 1,2,4,3,5 D 1,2,4,5,3
59. Ona hujayradan 2 ta yangi yosh hujayralarning hosil bo'lishida plastidalarning ikki hujayraga taqsimlanish jarayonini to'g'ri belgilang.
A hosil bo'lgan hujayralarning faqat bittasida plastida bo'ladi ikkinchisida esa keyinchalik paydo bo'ladi
*B plastidalar teng ikkiga ajralib yosh hujayralarga o'tadi
C xloro va xromoplastlar noteng taqsimlanib faqat leykoplastlar teng ikkiga bo'linib yosh hujayralarga o'tadi
D plastidalar bo'linish jarayonida parchalanib ketadi, bo'linish tugagach har bir yosh hujayralarda yana paydo bo'ladi
60. Ona hujayraning bo'linishidan hosil bo'lgan yosh hujayralar qaysi oziq moddaning hisobiga o'sishda davom etadi?
*A o'zidagi oziq modda
B ona hujayrada zaxiralangan oziq modda
C yondosh hujayralardagi oziq modda
D hujayralararo modda hisobiga
61. Elodeya o‘simligidagi sitoplazma harakati nima ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
A yorug’lik *B harorat C suv D oziq moddalar
62. To'qima tushunchasi kim tomonidan qachon fanga kiritilgan?
A ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1831-yil
B ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1632-yil
C ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1681-yil
*D ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1682-yil
63. 0‘simliklarning bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi nima deyiladi.
A to’qima *B organ C hujayra D organlar sistemasi
64. 1-elaksimon naylar va 2-lub tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?
a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima
A 1-a; 2-b; *B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;
66. 1-o’tkazuvchi naylar va 2-yog’ochlik tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?
a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima
A 1-a; 2-b; *B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;
67.Hosil qiluvchi to`qima yana qanday nomlanadi?
A.xlorenxima *B.meristema C.kollenxima D.libriform
68. Hosil qiluvchi to`qima hujayralariga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4) tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar
8) tirik hujayralar;
A.2,3,6,7 *B.4,7 C.1,2,3,6,8 D.2,3,5,6,7
70. Novda va ildizlarning 1-uchki va 2-ichki qismlarida joylashgan meristemalarni aniqlang.
A 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-ildizning bo’linuvchi zonasi
B 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-kambiy
*C 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning bo’linuvchi zonasi; 2-kambiy.
D C 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning o’suvchi zonasi; 2-floema.
71. Poya va ildizning po‘stlog‘i (floema) va yog‘ochligi (ksilema) orasida joylashgan to‘qimani aniqlang
A.periderma B.xlorofilli parenxima C.xlorenxima *D.meristema
72. Poya va ildizda halqa shaklida joylashgan to’qimani belgilang
A.periderma *B.kambiy C.xlorenxima D. assimilyatsion
73. Asosiy to`qima tarkibiga kiruvchi to`qimalarni aniqlang?
A.assimilyatsion B.suv to’plovchi C.jamg’aruvchi *D.barchasi
74. Assimilyatsion to`qima yana qanday nomlanadi?
A.periderma B.xlorofilli parenxima *C.xlorenxima
D.A va C
75.Xlorenxima qayerda joylashgan?
A.poya va ildizlarda B. ildiz, barg va novdalarda C.po`stloqda *D.yashil barg va yashil novdalarda
76. Quyidagi qaysi o`simlik(lar)da suv to’plovchi parenxima hujayralar mavjud?
1.sarsazan 2.buzoqbosh 3.kaktus 4.baliqko`z
A.1,3 B.2,4 C.1,2,3,4 *D.3
78. Daraxtlarning tanasi, ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, mevalar va urug‘larda yaxshi rivojlangan to’qima hujayralarini aniqlang.
A.periderma B.xlorofilli parenxima *C jamg’aruvchi parenxima D suv to‘plovchi parenxima
79. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra qaysi to‘qima bir necha xil bo‘ladi?
*A asosiy B qoplovchi C o‘tkazuvchi D mexanik
80. Cho‘llarda o‘suvchi ayrim o‘simliklar poyasi va bargida qanday hujayralar mavjud.
A havoni jamg‘aruvchi *B suv to‘plovchi parenxima C xlorofilli parenxima D.libriform
81.Epiderma uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4)tirik hujayralar; 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar yig‘indisidan iborat bo’lib, tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar.
A.2,3,6,7 B.4,7 C.1,2,3 *D. 5
82. O‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradigan to’qima?
A asosiy *B qoplovchi C o‘tkazuvchi D mexanik
83. … barg va yosh novdalarni qoplab turadi.
A po‘kak *B epiderma C periderma D po ‘stloq
84. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan … qoplanadi
A maxsus yog‘simon modda bilan
*B kutikula yoki mum bilan
C oqsilli qobiq bilan D klechatka bilan
85. Epiderma …. bilan almashinadi.
*A ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma
B ikkilamchi qoplovchi to‘qima po’stloq
C ikkilamchi qoplovchi to‘qima po’kak
D ikkilamchi qoplovchi to‘qima klechatka
86. Qaysi qoplovchi to’qima po‘kak va boshqa hujayralardan tarkib topgan.
A po‘kak B epiderma *C periderma D po ‘stloq
87. Qaysi o‘simliklarning poya va ildizlarida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashinadi.
1)bug'doy 2)beda 3)qulupnay 4)g'o'za 5)g'umay 6)itsigak 7)zig'ir 8)mosh 9)pskom piyoz 10)maymunjon 11)sallagul 12)qalampir 13)qoqio't 14)shirinmiya 15)iloq 16)baobab 17) rayhon 18)yalpiz 19)qamish 20)andiz 21)zubturim 22)sholi
A 2,3,5,9,11,13,14,15, 17,18,19,20,21;
B 1,4,7,12,22; C 1,4,7,8,12, 17,21, 22;
*D 2,3,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19,20
88. Qaysi qavat o‘lik hujayralardan iborat bo‘lib, uning qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan.
*A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq
89. Nima uchun po‘kak o‘zidan suv va gazlarni o‘tkazmaydi.
A kutikula yoki mum bilan qoplangan
B epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashingan *C qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan D t.j.y.
90. Daraxt va butalarning tanasi va ildizida har yili qaysi to‘qimaning yangi qavati shakllanadi.
*A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq
91. O’simliklarni suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishini belgilang.
*A kutikula yoki mum bilan qoplanganligi
B epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashinganligi
C qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilganligi D t.j.y
92. Qaysi hujayralar gaz almashinuvi va suv bug‘latishda ishtirok etadi.
A havoni jamg‘aruvchi B suv to‘plovchi parenxima *C loviyasimon D.po’stloq
93. Nima sababli daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda yoriqlar paydo bo‘ladi.
A qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan
*B po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmaganligi
C epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashinganligi
D kutikula yoki mum bilan qoplanganligi
94.Qaysi hujayralari orasida yasmiqchalar shakllanadi.
*A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq
95. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlardan saqlashdan iborat.
*A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq
96. To’qimalarni ularning vazifasi bilan juftlang.
a)hosil qiluvchi to ‘qima, b)qoplovchi to ‘qima, c)asosiy to‘qima, d)ajratuvchi to ‘qima, e)o‘tkazuvchi to ‘qima, f)mexanik to ‘qima.
1-o‘simlik tanasida moddalarning harakatlanishini ta’minlaydi; 2-o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradi; 3-o‘simlik organlariga mustahkamlik (tayanch) beradi; 4-uglevod, oqsil va boshqa moddalarni to‘playdi; 5-novda va ildizlarning bo’yiga va eniga o’sishini ta’minlaydi; 6-moddalarni ajratib chiqaradi
A a-5; b-6; c-4; d-2; e-1; f-3;
*B a-5; b-2; c-4; d-6; e-1; f-3;
C a-5; b-2; c-1; d-6; e-4; f-3;
D a-4; b-5; d-6; e-3; f-1;
97. O‘simlik tanasida moddalarning harakatlanishini nimalar ta’minlaydi?
A ksilema naylari B lub va yog‘ochlik tolalari C floema naylari *D A va C
98. Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga nimalar orqali harakatlanadi.
A elaksimon naylar *B o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar
C floema naylari D A va C
99. Yo‘ldosh hujayralar qaysi hujayralar yonida joylashgan?
*A elaksimon nay B yog‘ochlik tolalari C o’tkazuvchi nay D A va C
100. Yo‘ldosh hujayralar qaysi hujayralar orasida joylashgan?
A elaksimon nay B lub tolasi C lub parenximasi *D A va C
101. Qaysi hujayralari yadroga ega emas?
*A elaksimon nay B lub tolasi C lub parenximasi D A va C
103. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang.
A Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.
*B Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi
C Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi
D Ksilemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.
104. Kslemaning tarkibiy qismlarini aniqlang.
1-tukcha; 2-lub tolasi; 3-o’tkazuvchi nay; 4-yo’ldosh hujayra; 5-og’izcha; 6-yog’ochlik parenximasi; 7-elaksimon nay; 8-yog’ochlik tolasi; 9-loviyasimon hujayra; 10- lub parenximasi; 11-epiderma hujayralari.
A 1,5,9,11; B 2,4,7,10; *C 3,6,8; D 2,3,4.
105. Epidermaning tarkibiy qismlarini aniqlang.
1-tukcha; 2-lub tolasi; 3-o’tkazuvchi nay; 4-yo’ldosh hujayra; 5-og’izcha; 6-yog’ochlik parenximasi; 7-elaksimon nay; 8-yog’ochlik tolasi; 9-loviyasimon hujayra; 10- lub parenximasi; 11-epiderma hujayralari.
*A 1,5,9,11; B 2,4,7,10; C 3,6,8; D 2,3,4.
106. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang.
A Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.
B Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkazilmaydi
C Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi
*D Ksilemada o’lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.
108. Kollenxima o`simlikning qaysi qismida bo`ladi?
A.yosh poya va ildizlari B.poya va novdalari *C.yosh poya va barg bandlari D.po`stloq
109. Quyidagilardan mexanik to'qimaga mansublarini belgilang.
1)elaksimon naylar 2)poyaning po'stloq tolalari 3)ildizning yog'ochlik tolalari 4) poyaning yog'ochlik tolalari 5)ildizning po'slog'idagi tolalar 6)lub tolalari 7)naylar
*A 2,3,4,5,6 B 2,3,4,5 C 1,6,7 D 2,3,4,5,6,7
110. Bu to'qima orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi - …
*A o'tkazuvchi B mexanik C asosiy D assimilyatsion
111. Tirik va o’lik hujayralarga ega bo’lgan to’qimalarni belgilang.
A) hosil qiluvchi, asosiy, o’tkazuvchi *B)mexanik,o’tkazuvchi,qoplovchi
C)qoplovchi,hosil qiluvchi,mexanik
D)assimillatsion,o’tkazuvchi,mexanik
112. O‘lik, qalin qobiqli hujayralarni aniqlang.
A lub tolalari B yog‘ochlik tolalari
*C sklereid hujayralar D hammasi
113. xloroplastga ega hujayralarni aniqlang.
1-assimilatsion to‘qima hujayralari; 2-shaffof hujayralar; 3-po‘kak hujayralari; 4-yo‘ldosh hujayralar; 5-kollenxima; 6-sklereid hujayralar; 7- loviyasimon hujayra.
A 1,4,5; B 2,3,6; C 1,5,7; *D 5,6.
114. To’g’ri juftlikni aniqlang. a)sklereid; b)sklerenxima; c)kollenxima.
1-tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. 2-o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat bo‘lib, ikki turga bo‘linadi: uzun ingichka lub tolalari, yog‘ochlik tolalari va yumaloq sklereid hujayralar. 3- urug‘larning qobig‘i (yong‘oq, olcha, o‘rik) da, meva eti (nok, behi)da bo‘ladi.
A a-1;b-2;c-3. B a-2;b-3;c-1.
*C a-3;b-2;c-1. D a-2;b-3;c-1.
115. Ajratuvchi to‘qima hujayralari qanday moddalarni ajratib chiqaradi. 1-suberin; 2- nektar; 3-kutikula; 4- fitonsid; 5-yog‘simon modda; 6- smola; 7-mum; 8-mineral tuzlar; 9-efir moylari; 10-kauchuk.
A 1,3,6,8; B 2,4,6,7,9. *C 2,4,9,10. D1,3,5,9,10.
116. O’simlik bargi va nodasida uchrovchi to’qimalarni aniqlang.
A Epiderma to‘qimasi; B Kollenxima;
C Assimilatsion to‘qim; *D Barchasi
117. O’lik hujayrali to’qimalarni aniqlang.
1-uchki hosil qiluvchi to‘qima; 2-yon hosil qiluvchi to‘qima; 3-assimilatsion to‘qima; 4-epiderma to‘qimasi; 5-po‘kak; 6-po‘stloq; 7-ksilema; 8-floema; 9-kollenxima; 10-sklerenxima; 11-sklereid.
A 1,2,3,4,8; *B 5,6,7,10,11; C 1,3,4,8,9; D 9,10,11.
118. Qaysi to‘qima hujayralari poya va ildizda halqa shaklida joylashadi?
A mexanik B o’tkazuvchi C qoplovchi *D meristema
III BOB. ILDIZ
1. Ildizlarning shakl o`zgarishlari nima deyiladi?
A.asosiy ildiz *B.metamorfoz
C.qo`shimcha ildiz D.A va C
2. Gulli o'simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi nima deb ataladi?
A rizoid B ildizpoya *C ildiz D shakli o'zgargan poya
3. Ildizga xos muhim xususiyatni belgilang.
A kurtak hosil qilmaydi *B barg hosil qilmaydi
C gul hosil qilmaydi D tuproq ostida joylashgan bo'ladi
4.O'simliklarda ildiz qanday vazifa(lar)ni bajaradi?
1)vegetativ ko'payishda ishtirok etadi 2)suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi 3)oziq moddalar to'playdi 4) o‘simlikni tuproqqa biriktiradi
A 2,4 B 1,2,3 *C 1,2,3,4 D 2,3
5. Ildizlar, odatda, … ildizlarga bo'linadi.
A popuk va o'q ildiz B asosiy va qo'shimcha
C asosin va yon *D asosiy, qo'shimcha va yon
6. Murtakdagi boshlang'ich ildizning bevosita o'sishidan qaysi ildiz hosil bo'ladi?
*A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
7. Poyadan va bargdan qaysi ildiz hosil bo'ladi?
A asosiy B o'q C yon *D qo'shimcha
8. Yon ildiz qaysi ildizdan hosil bo'ladi?
A asosiy B o'q *C A va D D qo'shimcha
9. Begoniyaning ildiz turini aniqlang.
A asosiy B o'q C yon *D qo'shimcha
10. Popuk ildiz tizimi qaysi ildiz turlariga ega.
A asosiy *B C va D C yon D qo'shimcha
11. O’q ildiz tizimi qaysi ildiz turlariga ega.
A asosiy B o'q *C A va D D yon
12. Ildiz novdadan farq qilib, …. hosil qilmaydi.
A kurtak *B barg C yillik halqa D gul
13. Asosiy ildizning shoxlanishi natijasida qaysi ildiz hosil bo'ladi?
A popuk *B yon C qo'shimcha D o'q
14.Bir tup o'simlikning asosiy, yon va qo'shimcha ildizlari yig'indisi nima deb ataladi?
A ildiz tizimi B ildiz sistemasi C o’qildiz
*D A va B
15. Ildiz tizimining o’lchami va tuzilishi nimalarga bog’liq?
1)o’simlik turiga 2)tuproq unumdorligiga 3)ildizning shoxlanishiga 4)qo’shimcha ildizlarga
*A 1,2,3,4 B 1,3 C 1,3,4 D 1,2
16.Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nima(lar)ga bog’liq?
1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga
2)ildizining shoxlanishiga 3)tashqi muhit omillariga 4)tuproq unumdorligiga 5) qo`shimcha ildizlarga 6) o`simliklar turiga
A1,3,4,6 B 2,3,4,5,6 C 2,3,4,6 *D 2,4,5,6
17.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
*A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
18.Murtakdagi boshlang’ich ildiz rivojlanishi jarayonida o’sishda davom etsa, undan … ildiz hosil bo’ladi.
*A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
19.O’q ildiz tizimi qaysi o’simliklar guruhiga xos?
*A ikki pallali B bir pallali C ochiq urug’li
D qirqquloqlar
21. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan madaniy bo’lmaganlarini belgilang.
1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak
A 8 B 1,8,13 *C 3,8,13 D2,3,8
22. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan madaniylarini belgilang.
1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak
A1,2,3,4,5,6,7,9,10,11,12,13*B 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12
C 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12,13 D 2,4,5,6,7,9,10,11,12
23.Oziq moddalarni to’plovchi ildizlar-ildizmevalarni hosil qiluvchilarni belgilang.
1)asosiy 2)o'q 3)yon 4)qo'shimcha
A faqat 1 B faqat 2 *C 1,2 D 1,3
24. Ovqatga ishlatiladigan, ildizida oziq moddalar to'planadigan o'simliklarni belgilang.
1)qizil lavlagi 2)sabzi 3)rediska 4)turp 5)sholg'om
6)karam 7)piyoz 8)kartoshka
*A 1,2,3,4,5 B1,2,3,4,5,8 C 1,2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5,7
25.Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa qanday jarayon sodir bo'ladi?
1) murtakdagi boshlang'ich poyadan bir-biriga o'xshash bir to'p mayda yon ildizlar o'sib chiqadi 2)boshlang'ich poyada, poyaning yerga yaqin yoki yerga tegib turgan qismidan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 3)popuk ildiz tizimi hosil bo'ladi
A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 *D faqat 3
26.Popuk ildiz tizimi o'simliklarning qaysi guruhiga xos?
A ikki pallali *B bir pallali C ochiq urug’li
D qirqquloqlar
28. Bug'doydoshlarning rivojlanish jarayonida qaysi ildiz(tizim)i ko'p yashamaydi ko'p o'tmay nobud bo'ladi?
A yon B o'q ildiz *C asosiy D qo'shimcha
29. Bug'doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab qaysi ildiz rivojlanadi?
A yon B o'q ildiz *C asosiy D qo'shimcha
30. Bug'doyning murtagidan o'sib chiqqan asosiy ildiz nobud bo'lgach bir to'da mayda, bir-biriga o'xshash ildizlar rivojlanadi. Shu ildizlarning nomini belgilang.
A yon B o'q ildiz C asosiy *D qo'shimcha
31. Qo'shimcha ildiz tizimi deb nimaga aytiladi?
A boshlang'ich poyadan o'sib chiqqan ildizlar
B boshlang'ich ildizdan o'sib chiqqan ildizlar
C poyaning yerga tegib turgan yoki yerga yaqin qismidan rivojlangan ildizlar *D A va C
32.Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan bir urug'pallali o'simliklarni belgilang.
1)makkajo'xori 2)qulupnay 3)kartoshka 4)ajriq 5)bug'doy
A 1,2,3,4 B 1,4 C 2,3 * D 1,4,5
33. Ildizlar tuzilishiga ko'ra qanday bo'ladi?
A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
*B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
34. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang.
1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.
A 1,2,3,4 B 2,4,7 C 2,6 *D 2,4,6,7
35 Ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra qanday ildizlarga bo‘linadi
A asosiy B yon C qo‘shimcha *D A,B,C
36. O’simlikka tuproq tortilganda qaysi ildiz hosil bo‘ladi?
A asosiy B o'q C yon *D qo'shimcha
37.Ildizdan preparat tayyorlab mikroskop ustida ko'rish uchun nima qilinadi?
A ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
B uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
*C ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
D uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
38. Ildizdan kesib olingan yupqa parrak buyum oynasiga qaysi modda(lar) ustiga qo'yiladi?
A spirt B gliserin C suv tomchisi *D B va C
39. Ildiz tukchasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bitta uzun hujayradan tuzilgan 2)yupqa qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan 3) yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4) qalin qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)tukchalar orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalari shimib olinadi
A 1,2,6 *B 1,3,6 C 1,4,6 D 1,5,6
40. Ildiz tukchasiga xos xususiyatlar keltirilgan javobni belgilang.
1)1 ta uzun hujayradan tashkil topgan
2) 1 ta hujayradan tashkil topgan
3) yupqa qobiq,sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4)qalin qobiq, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)hayoti 10-12 kun davom etadi 7) ildizning shimuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi 8) ildizning o’suvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi
*A 1,3,6,7 B1,5,6,8 C 2,3,6,7 D1,4,6,7
41. Chigit yuzasidagi tuklar va ildiz tukchalari uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
A bir yadroli bo’ladi
B tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi
*C bitta uzun hujayradan tuzilgan bo’ladi
D A va C
42.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?
*A 10-12 kun B 10-20 kun C 20-25kun D 10-15kun
43.Yangi ildiz tukchasi ildizning qaysi qismidan hosil bo'ladi?
A ildiz po'sti B bo'linuvchi qism C o'suvchi qism
*D shimuvchi qism
44. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan bir yillik o'simliklarni belgilang.
1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.
A 1,3,4,5 *B 1,3,5 C 2,6 D 2,6,7
45.Nima sababli ildiz tukchalari tuproqning ichkari qatlamlarigacha kirib borib o'simlikni kerakli oziq bilan ta'minlab turadi?
A uzun hujayradan tuzilganligi uchun
*B uzluksiz yangi ildiz tukchalari hosil bo'lganligi uchun
C yon ildizlarda ham mavjud bo'lganligi uchun
D juda ham ingichka mayda yoriqlarga kira olganligi uchun
47. Ildizning qaysi qismida-hujayralari orasida ildizdagi hujayralar uchun nafas olishda muhim hisoblangan havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlar bo'ladi?
A o'tkazuvchi qism Bnaylar *C po'st Dso'ruvchi qism
48. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning mikroskopda ko'rinishini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang.
A po'sti, tukchalari; naylari
B bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
*C tukchalari, po'sti; naylar
D bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
49. Ko'ndalang kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'rinadi bu teshikchalarning ildizdagi vazifasi nimadan iborat va ular qanday ataladi?
A moddalarni o'tkazish; elaksimon naylar
*B moddalarni o'tkazish; naylar
C so'rish;ildiz tukchasi
D moddalarni jamg'arish; o'zak
50. Ildiz qinchasi qaysi qismdagi yosh, nozik hujayralarni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi?
*A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi
51. Yosh ildiz uzunasiga kesib qaralsa bir-biridan farq qiluvchi nechta qism farqlanadi?
A 5 * B 4 C 3 D 2
52. Ildizning uchini … o'rab turadi.
*A ildiz qinchasi B o'suvchi qism C so'ruvchi qism
D po'kak
53. Ildiz qismlari(zonalari) nechta va ular qanday ataladi (to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring)?
A 5; ildiz qinchasi; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
*B 4; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi;
C 4; ildiz qinchasi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
D 4; o'suvchi; bo'linuvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
54,Ildiz tukchalari qaysi zonada ko`p bo`ladi?
A bo`linuvchi B o`tkazuvchi *C so`ruvchi D o`suvchi
55.O'simliklarning ildizi poyadan atrofga-yon tomonga qancha masofagacha yoyilishini to'g'ri belgilang.
1)Yong’oq 2)makkajo’xori 3)juzg’un 4)yantoq 5)piyoz
a)30 m b)20-30 m c)2 m d)60-70sm e)50-60sm
*A 1-a; 2-c; 3-e; 4-b; 5-d; B 2-c; 5-d;
C 1-b; 2-c; 3-a; 5-d; D t.j.y
56. Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 70 B 200 *C 700 D 100
57. Makkajo’xorining 5mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 7000 B 200 C 700 *D 3500
58.To’g’ri javobni belgilang.
*A o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’smaydi
B o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’sadi
C o’simlikning yer usti qismiga qaraganda yer osti qismi tez o’smaydi
D o’simlikning yer osi va yer usti qismi bir xil tezlikda o’sadi
59. g’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?
A 3-4sm B 3-4 mm *C 2-3 sm D 2-3 mm
60. Ildizning o’sishi qaysi qism(lar)dagi hujayralarning bo’linishi hisobiga sodir bo’ladi?
*A uchidagi B o’rta qismidagi C asosidagi
D ildizning butun hamma qismlaridagi
61.Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, …
A o’simlik qurib qoladi
*B ildiz bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi –asosiy kuch yon ildizlarga beriladi
C ildiz eniga o’sishdan to’xtab bo’yiga o’sadi–kuch asosiy ildizga beriladi
D o’simlik bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi
62.Ildiz uchining chilpishning ahamiyatini belgilang.
1)yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqori qatlamlariga kirib boradi 2) ildiz pastki nam-suvga boy qatlamlarga kirib boradi 3)ildiz baqquvat bo’lib o’sadi
A 1,2,3 *B 1,3 C 2,3 D 1,2
63.Dehqonlar qaysi o’simliklardan mo’l hosil olish uchun ildizining uchini chilpishadi?
1)g’o’za 2)bulg’or qalampiri 3)karam 4)pomidor
A 1,2,3,4 *B 2,3,4 C 1,3,4 D 2,4
64. O’simliklarni urug’idan o’stirib, so’ngra uni boshqa joyga ko’chirishning sababi nimada?
A mo’l hosil olish B urug’idan sekin unishi
C vegetativ ko’paytirish *D ildiz uchini chilpish
65. Ildizning qaysi qismi hujayralarining ustki qatlami doimiy nobud bo’lib, yana yangidan hujayralar bo’linib hosil bo’lib turadi?
*A bo'linuvchi B so'ruvchi C o'tkazuvchi
D ildiz qinchasi
66. Ildizning bo’yiga o’sishini qaysi qismidagi hujayralar ta’minlaydi?
*A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi
67.quyidagilardan qaysi bir(lar)ida havo kam bo’ladi?
1)qum 2)tuproq 3)toshloq 4)qatqaloq
A 1,3 B 1,2 *C 4 D 2,4
68.Ildiz tukchasi va ildiz po`st hujayrasi uchun umumiy xususiyat?
*A.qobig`i yupqa bo`lgan tirik hujayra
B.hujayralari yumaloq va tirik
C.yirik yadro
D.hujayra shakli, mag`zi yirik
69.Yadrosi yirik bo`ladigan hujayra uchun xos bolgan xususiyatlarni aniqlang?
A.shakli yumaloq B.ko`p qavatli bo`lib joylashmagan *C.hujayra qobig`I yupqa D.B va C
70. Makkajo’xorining 3mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 7000 B 200 C 700 *D 2100
71.G`o`za(I) va bug`doy(II) asosiy ildiziga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1.yo`g`on 2.boshlang`ich poyadan hosil bo`ladi 3.boshlang`ich ildizdan hosil bo`ladi 4.uzun 5.mayda
A.I-1,3 II-1,2,5 *B.I-1,3,4 II-2,5
C.I-1,2,4 II-3,5 D.I-1,3,4 II-3
72. Gulli o’simliklarning ildizmeva hosil bo’lishida bevosita ishtirok etuvchi organlarini belgilang.
*A asosiy ildiz
B asosiy ildiz va yon ildiz
C asosiy va qo’shimcha ildizlar
D poyaning ma’lum bir qismi, asosiy va qo’shimcha ildizlar
73.Metamorfozlashgan ildizlarga mos keluvchi tog`ri javoblar berilgan qatorni aniqlang?
1.saksovul 2.sabzi 3.makkajo`xori 4.ajriq 5.qizil lavlagi 6.sholg`om 7.yantoq 8.kartoshka 9.rediska
A.2,3,4,5,6,8,9 B.1,3,4,5,6,9 *C.2,5,6,9 D.2,4,6,8
74. Poyadan chiqqan qo‘shimcha ildizlar bo‘lib, uni tik tutib turishga yordam beradigan ildiz.
A ildizmeva; *B tayanch ildiz; C havo ildiz; D popuk ildiz.
75. Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik tayanch ildizli o’simlikni aniqlang.
A kanakunjut *B makkajo‘xori C kanop D oqjo‘xori
76. Bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquvvat ildizli va keng shoxshabbali, baland bo‘yli ko‘p yillik, tayanch ildizli o‘simlikni aniqlang.
A baobab *B ban’yan C bodom D bodomcha
77. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik, bir urug’pallali o'simlik(lar)ni belgilang.
1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.
A 2,4 B 1,3,4,5,6 *C 4 D 2,4,7
78. Tropiklarda o‘sadigan ayrim o‘simliklarning qanday ildizlari bo‘ladi.
A ildizmeva; B tayanch ildiz; *C havo ildiz; D popuk ildiz
79. Metamorfozlashgan ildiz(lar)ni aniqlang.
A ildizmeva B tayanch ildiz C havo ildiz *D barchasi
N O V D A
1. Novda nima ?
A daraxtlarning o'zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi
B butalar (yarim buta)ning o'zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi
C urug'dan unib chiqqan bir yillik nihol *D hammasi
2. Novdaga barglar birikadigan joy qanday ataladi?
*A bo'g'im B bo'g'im oralig'i C barg qo'ltig'i
D o'sish konusi
3.Novdaning ikkita barg oralig'i qismi qanday ataladi?
A bo'g'im *B bo'g'im oralig'i C barg qo'ltig'i
D o'sish konusi
4.Kurtak qayerda joylashadi?
A bo'g'im B bo'g'im oralig'i *C barg qo'ltig'i
D o'sish konusi
5. Nima uchun kuz yaqinlashishi bilan novdalarning yashil rangi o’zgarib, qo’ng’ir va qizg’ish rangga kiradi?
A xazonrezgilik boshlanadi
B po’kak qalinlashadi ostida po’st hosil bo’ladi
*C po’st qalinlashadi ostida po’kak hosil bo’ladi
D barglari to’kilib ketadi
6.Novdalar necha xil va qanday bo'ladi?
A 3; bargli, kurtakli va gulli
B 2; vegetativ va generativ
C 2; vegetativ va gulli
*D B va C
8. Novdaning o’zak organini aniqlang
*A poya; B barg C kurtak D ildiz
9. … - bu boshlang’ich poya.
A barg B urug’ *C kurtak D poya
10. Qaysi turdagi kurtak o’simliklarning boshlang’ich bargli novdasi hisoblanadi?
A generativ *Bvegetativ C yon kurtak D uchki kurtak
11. Qaysi turdagi kurtak boshlang’ich to’pgul yoki guldir?
*A generativ B vegetativ C yon kurtak D uchki kurtak
12.Har qanday novda … dan hosil bo’ladi
A generativ kurtak B vegetativ kurtak *C kurtak D uchki kurtak
13.Kurtaklari yirik, bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simlikni belgilang?
A terak B na’matak *C nastarin D tut
14. Qaysi o’simliklarning kurtagi yirik?
*A chinor, nastarin, soxta kashtan, terak
B terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och
C chinor, soxta kashtan, terak, na’matak
D tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut
15. Qaysi o’simliklarning kurtagi nisbatan mayda?
A chinor, nastarin, soxta kashtan, terak
B terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och
C chinor, soxta kashtan, terak, na’matak
*D tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut
16. Kurtaklarning yirik, maydaligi-shakliga qarab o’simliklar olamida nimani aniqlash mumkin?
A gul yoki barg hosil qilishini
B haroratning iliq yoki sovuq bo’lishini
*C o’simlik turini D qaysi oilaga mansubligini
17. Kurtaklar novdada joylashishiga ko’ra qanday bo’ladi?
*A ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadigan
B uchki va yon C uchki, yon va qo’shimcha
D ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadigan va uchki, yon
18. Terakning kurtaklari novdada qanday joylashgan bo’ladi?
*A ketma-ket B qarama-qarshi C halqa hosil qilib
D ketma-ket va qarama-qarshi
19.Terakning eng uchidagi kurtaklari …, pastdagilari esa … holatda bo’ladi.
*A yirik; maydaroq B maydaroq; yirik C uchki; yon
D gul hosil qiluvchi; barghosil qiluvchi
20. Terakning kurtaklari tashqi tomondan nima bilan o’ralgan bo’ladi?
A pishiq qobiq B tangacha barg
C boshlang’ich barg va poya *D A va B
21. Terak kurtaklarini qoplab turadigan tangacha barglarning vazifasi nimadan iborat?
A qishning qattiq sovug’idan himoya qilish
B kasallik tug’diruvchi bakteriya, zamburug’lardan himoya qilish
*C A va B
D kurtakni tashqi muhit bilan bog’lab turish
22.Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig’i ostida joylashgan …ni va zich bo’lib joylashgan … ni ko’rish mumkin.
A boshlang’ich barg; boshlang’ich poya
B murtak; boshlang’ich barg
C boshlang’ich barg; murtak
*D boshlang’ich poya; boshlang’ich barg
23. kurtaklarning yaxshi o’sishi nimaga bog’liq?
A haroratga B oziq moddalar bilan ta’minlanganiga
C tashqi muhitga * D tinim davrining o’taganligiga
24.Kech kuzda barglar to’kilgandan keyin daraxt va butalarning shoxlaridan kesib olib suvga solib qo’yilsa qanday holat kuzatiladi?
A kurtaklaridan gul yoki barg-novdalar bo’rtadi
B ildiz chiqaradi
*C kurtaklari ko’p vaqtgacha bo’rtmay turaveradi
D kurtaklarning fazasi qisqaradi tez bo’rtadi
25. Yanvarning ikkinchi yarmi-fevraldan daraxt yoki butalarning shoxchalari suvga solib qo’yilsa qanday holat kuzatiladi?
*A kurtaklar tez o’sa boshlaydi
B ildiz chiqaradi
C kurtaklari ko’p vaqtgacha bo’rtmay turaveradi
D kurtaklaridan o’z vaqtida gul yoki barg-novdalar bo’rtadi
26. Kurtaklarning bo’rtib yangi gul yoki barg chiqarishigacha bo’lgan davri qanday ataladi?
A tinim davri *B faza C diapauza D xazonrezgilik
27. Dastlab generativ so’ngra vegetativ kurtaklari yoziladigan o’simliklarni belgilang.
A tut, jiyda,atirgul, na’matak, terak, chinor
B na’matak, tol, jiyda, terak, chinor,atirgul
*C shaftoli, bodom, o’rik
D olxo’ri, bodom, o’rik, atirgul
28. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar … , barg qo‘ltig‘ida joylashganlari … deb ataladi. Shuningdek, … kurtaklar (ildizda, bargda) ham bo’ladi.
A yon kurtak, uchki kurtak, qo’shimcha kurtak;
B uchki kurtak, qo’shimcha kurtak, yon kurtak;
B qo’shimcha kurtak, yon kurtak, uchki kurtak;
*D uchki kurtak, yon kurtak, qo’shimcha kurtak;
29. …ga qarab poyalar turli xil bo’ladi.
A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga
C yog’och yoki o’t poyaligiga *D A va B
30. Poyalar tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A kalta va uzun *B yog’och va o’t poya
C shoxlanganva shoxlanmagan
D tik o’suvchi, ko’tarilib o’suvchi, o’raluvchi, ilashuvchi, yoyilib o’suvchi, o’rmalovchi
31. Quyidagi o’simliklardan har yili kurtak hosil qiladiganini belgilang.
A arpa, ituzum *B terak, qayrag’och
C ituzum, qayrag’och D arpa, terak
32. Quyidagi o’simliklardan har yili kurtak hosil qilmaydiganini belgilang.
*A arpa, ituzum B terak, qayrag’och
C ituzum, qayrag’och D arpa, terak
33. Yer usti poylalari ko’pincha bir mavsum yashaydigan o’simliklarni belgilang.
*A arpa, ituzum B terak, qayrag’och
C ituzum, qayrag’och D arpa, terak
34. Juda kalta poyali o’simlikni belgilang.
A pechak *B piyoz C qo’ytikan D lola
35. O’simliklarni bo’y uzunliklari bilan birga juftlab yozing.
1)mirzaterak 2)rotang palma 3)sekvoyadendron
4) evkalipt
a)20-30m b)20-25m c)110-140m d)150-155 m e)200m f)400m
*A 1-b; 2-f; 3-c; 4-d; B 1-b; 2-f; 3-d; 4-c;
C 1-a; 2-e; 3-c; 4-d; D 1-a; 2-f; 3-d; 4-c;
37. Juftlab yozing. Shoxlangan poya(a) va shoxlanmagan poya(b)li o’simliklar 1)olma 2)palma 3)jiyda 4)do’lana 5)yong’oq
A a-3,4; b-1,5 B a-3,4; b-2; *C a-1,5; b-2;
D a-1,4; b-2
38. Poyalar o’sishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A kalta va uzun B yog’och va o’t poya
C tik o’suvchi, ko’tarilib o’suvchi, o’raluvchi
*D tik o’suvchi, ko’tarilib o’suvchi, o’raluvchi, ilashuvchi, yoyilib o’suvchi, o’rmalovchi
39. Tik o’suvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok
A 2 B 1,2,3 *C 1,3,4 D 5,8
40.Ko’tarilib o’suvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok
*A 2 B 1,2,3 C 1,3,4 D 5,8
41.O’raluvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja
A 2 B 9,10 C 8 *D 5,7
42. Qaysi turdagi poyaga ega bo’lgan o’simliklar bironta o’simlik yoki tayanchga o’ralib oladi?
A ilashuvchi B o’rmalovchi *C o’raluvchi
D palak yoyib o’suvchi
43.Gajaklari yordamida ilashib o’sadigan o’simlik(lar)ni belgilang.
A qovoq B no’xat C tok *D hammasi
44. Chirmashuvchi poyali o’simlikni belgilang.
*A rotang palma B qulupnay, g’ozpanja C tok
D qo’ypechak, karnaygul
45. Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan o’simliklarni belgilang.
1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja
A 9,10 B 8 C 1,2,3,4,6 *D 5,7
46. Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan poya turini belgilang.
A yoyilib o’suvchi *B o’raluvchi C ilashuvchi
D o’rmalovchi
48. Qaysi turdagi poya yer yuziga qo’shimcha ildizlar chiqarib o’sadi?
A yoyilib o’suvchi B o’raluvchi C ilashuvchi
*D o’rmalovchi
49. O’rmalovchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja
*A 9,10 B 8 C 1,2,3,4,6 D 5,7
50.Qo’shimcha ildizga ega bo’lgan o’simlik(lar)ni belgilang.
1)bug’doy 2)kartoshka 3)ajriq 4)qulupnay 5)makkajo’xori 6)g’ozpanja
*A 1,2,3,4,5,6 B 2,3,4,5 C 1,2,3,4,5 D 6
51. Ipsimon poyali o’simlikni belgilang.
A burchoq *B pechak C qulupnay D hilol
52. Poyasining yog’onligi 4-6 m(1), 8-10m(2) ga yetadigan o’simliklarni belgilang.
a) baobab b) chinor c) yong’oq
*A 1-c; 2-b; B 1-a; 2-b; C 1-b 2-c; D 1-c; 2-a;
53. ... ma`lum bir maydonda ko`p sondagi o`simlik turlariga o`sish imkonini beradi
A o’simliklarning o’troq hayot kechirishi
*B poyalarning xilma-xil ko`rinishlari
C changlanish jarayonining turli o’simlikda turli vaqtda sodir bo’lishi
D oziqlanish usulining avtotrof ekanligi
55.O’simliklarning poyasining ichki tuzilishi nimalarga bog’liq?
1)o’simlikning tuban yoki yuksak o’simlik ekanligiga 2) hayotiy shakllga 3)o’sish sharoitiga 4)bir yoki ikki urug’pallali ekanligiga 5)qaysi sistematik birlikka mansub ekanligiga
A hammasi B 2,5 C 1,2,4,5 *D 2,4,5
56. Yosh tut poyasining yuzasi nima bilan qoplangan?
A bir qavatli po’st parenxemasi
B bir necha qavatli po’stloq *C bir qavatli epiderma
D bir necha qavatli epiderma
57.Po’st parenximasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)epidermaning ustida joylashgan 2)epidermaning ostida joylashgan 3)asosiy to’qimadan tuzilgan 4)qoplovchi to’qimadan tuzilgan 5)ko’p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko’p qavatli o’lik va tirik hujayralardan tuzilgan 7)bir qavatli tirik hujayralardan tuzilgan
A 1,4,7 B 2,4,5 C 2,3,6 *D 2,3,5
58. Po’st parenximasiga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)epidermaning ustida joylashgan 2)epidermaning ostida joylashgan 3)asosiy to’qimadan tuzilgan 4)qoplovchi to’qimadan tuzilgan 5)ko’p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko’p qavatli o’lik va tirik hujayralardan tuzilgan 7)bir qavatli tirik hujayralardan tuzilgan
A 1,3,5,6 B 2,4,6,7 *C 1,4,6,7 D 1,4,5,6
59.Poyaning ichki qismlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.
1)o’zak 2)kambiy 3)lub 4)ksilema 5)po’st
*A 5,3,2,4,1 B 5,2,3,4,1 C 5,3,4,2,1 D 1,2,3,4,5
60. Tut poyasidagi yasmiqchalarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bahor oylarida hosil bo'ladi 2) yozning ikkinchi yarmida hosil bo'ladi 3)yashil rangda 4)qo'ng'ir rangda 5) nafas olish vazifasini bajaradi 6)bug'latish vazifasini bajaradi
A 1,3,5 B 2,4,6 C 1,4,5 *D 2,4,5
61. Tut poyasidagi yasmiqchalarga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.
1) bahor oylarida hosil bo'ladi 2) yozning ikkinchi yarmida hosil bo'ladi 3)yashil rangda 4)qo'ng'ir rangda 5) nafas olish vazifasini bajaradi 6)bug'latish vazifasini bajaradi
A 1,3,5 B 2,4,6 C 1,4,5 *D 1,3,6
62. … asta-sekin po'kaklasha boradi va …ni hosil qiladi.
A po'stloq; po'st *B po'st; po'stloq C epiderma; po'st
D po'stloq; po'kak
63. Po’kak qalinlashgan sari ... dagi tirik hujayralar kamayib boradi.
A po’st * B po’stloq C epiderma D po’kak
64. Daraxtlarning qaysi qismlarini qalin po'stloq qoplab turadi va uning vazifasi nimadan iborat?
A tanada; himoya va tashqi muhit bilan bog'lash
B tanada va eski shoxlarda; himoya va tashqi muhit bilan bog'lash
C tanada; himoya qilish
*D tanada va eski shoxlarda; himoya qilish
65.Tut novdasining po'stlog'iga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A qalin va mo'rt B qalin va pishiq
*C egiluvchan va pishiq D egiluvchan va mo'rt
66. Tut novdasi po'stlog'ining pishiqligi nimaga bog'liq?
A ksilema B floema C kambiy *D lub tola
67. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.
A asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)
B o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)
*C asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)
D o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)
68.Qaysi daraxtda lub tolalari ko'p?
*A tut B kanop C zig'ir D hammasi
69. Qaysi ko'p yillik o'simlik(lar)da lub tolalari ko'p?
*A tut B kanop C zig'ir D kanop va zig'ir
70.Elaksimon naylarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)lub tolalari orasida joylashgan 2)po'stloq orasida joylashgan 3)o'simlikning pishiqligi va egiluvchanligini ta'minlaydi 4)teshikli to'siqlar bilan bo'lingan cho'ziq ingichka naychalar 5)barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi 6)Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi
A 1,3,4,5 *B 1,4,5 C 1,4,6 D 2,3,4
71. Elaksimon naylarga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)lub tolalari orasida joylashgan 2)po'stloq orasida joylashgan 3)o'simlikning pishiqligi va egiluvchanligini ta'minlaydi 4)teshikli to'siqlar bilan bo'lingan cho'ziq ingichka naychalar 5)barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi 6)Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi
A 1,3,4,5 B 1,4,5 *C 2,3,6 D 2,6
72.Floema ostida o’simlikning qaysi qismini ko’rish mumkin bo’ladi?
A lub qavatini B yog’ochlashmagan oq rangli qismni
C yog’ochlashgan qo’ng’ir rangli qismni
*D yog’ochlashgan oq rangli qismni
73. O’simliklarning yog’ochlashgan oq qismi o’simlik turiga binoan qanday bo’ladi?
*A qattiq va yumshoq B og’ir va yengil
C uzun va kalta D qattiq, yumshoq, og’ir va yengil
75. Mebel va uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda qaysi daraxtlardan foydalanilmaydi?
A yulg’un, eman, saksovul, chinor, zarang, yong’oq, qayrag’och
*B tol, jiyda, terak C tut, tol, jiyda
D saksovul, yulg’un, eman, o’rik, zarang, yong’oq, qayrag’och
76.Yog’ochlikdagi o’tkazuvchi naylarning vazifasini belgilang.
A barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi
*B Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi
C o'simlikka pishiqligi va egiluvchanlik beradi
D o’simlikning qattiqligini ta’minlaydi
77. Lub va yog’ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar to’plami qanday ataladi?
A floema B elaksimon naylar *C kambiy D o’zak
78. Kambiy hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)doimo bo’linib turadi 2)yosh hujayralar 3)nozik hujayralar 4)poyaning eniga o’sishini ta’minlaydi 5)lub bilan yog’ochlik o’rtasida joylashgan 6)yog’ochlik ko’ndalang kesilganda uning markaziy qismida joylashgan bo’ladi 7)bo’linish xususiyati cheklangan
*A 1,2,3,4,5 B 1,2,3,4,5,6 C 2,3,4,5,6,7 D 2,3,4,5,7
79.Agar yog’ochlik ko’ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan … ni ko’rish mumkin.
A floema B elaksimon naylar C kambiy *D o’zak
80.Yosh novdalarda o’zak hujayralari qanday holatda bo’ladi?
A o’zak hujayralar hali shakllanmagan bo’ladi
*B tirik holatda C bo’sh, yumshoq yoki chirigan
D hujayralar o’lik holatda tanada kovak hosil qiladi
81. Qaysi turdagi o’zak hujayralari o’zida organik moddalarni to’playdi?
A hammasida to’planadi * B tirik holatdagilari
C bo’sh, yumshoq yoki chiriganlari
D tanada kovak hosil qiladiganlari
82. Poya ichki tuzilishiga ko’ra qanday qismlardan tashkil topgan?
1)po’st 2)po’kak 3)lub 4)kambiy 5)yog’ochlik 6)o’zak
A 1,3,4,5 B 1,3,4,5,6 C 1,2,3,4,5 *D 1,2,3,4,5,6
83. Ksilema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.
A asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)
*B o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)
C asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)
D o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)
84. 0‘zak qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.
A asosiy (jamg’aruvchi) *B asosiy (parenxima)
C o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) D ajratuvchi
85. Poyaning bajaradigan funksiyalarini belgilang.
1)moddalar transporti 2)oziq moddalar jamg’aradi 3)vegetativ ko’payishda xizmat qiladi, 4)tayanch
A 1,4 B 1,2 *C 1,2,3,4 D 1,3,4
86. Poya qayerdan hosil bo’ladi?
A murtakdagi boshlang’ich ildizcha
*B murtakdagi boshlang’ich poyacha
C o’sish konusi
D t.j.y
87.Poyaning o’sishi va uzayishini qaysi turdagi kurtak ta’minlaydi?
A qo’shimcha B yon *C uchki D o’sish konusi
88.Agar poya uchidagi kurtakning boshlang’ich barglari yulib tashlansa, … ni ko’rish mumkin.
A boshlang’ich poya *B o’sish konusi
C boshlang’ich kurtak D murtak
89. O’sish konusi hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yupqa qobiqli 2)hujayralari doimo bo’linib turadi
3)bo’linishi natijasida poya bo’yiga o’sadi 4)bo’linish xususiyati cheklangan
*A 1,2,3 B 1,3,4 C 2,3 D 3,4
90.O’sish konusidagi hujayralarga xos xususiyat 1)yupqa qobiqli 2)qalin qobiqli 3)ontogenezning ma’lum davrida bo’linib ko’payadi 4)doimo bo’linib turadi 5)poya qismlarini hosil qiladi 6) ildiz qismlarini hosil qiladi
*A 1,4,5 B 2,4,6 C 1,4,5,6 D 2,4
91. Kambiy hujayralari qachon bo’lina boshlaydi?
*A bahorda B yomg’irdan keyin
C oziq modda va suv bilan ta’minlangach
D yozda
92.Kambiy hujayralarining bo’linishi qanday kechadi?
*A har bir hujayra uzunasiga 2 ga bo’linadi, ular o’sib yetilgach yana 2 ga bo’linadi
B har bir hujayra ko’ndalangiga 2 ga bo’linadi, ular o’sib yetilgach yana 2 ga bo’linadi
C har bir hujayrasi bir necha bo’laklarga bo’linib ketadi, ular o’sib yetilgach yana 2 ga bo’linadi
D uzunasiga va ko’ndalangiga bo’linish navbatlashadi
93. Kambiy qavati bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralarning ko’p qismi … tomonga qarab o’sib … hujayralariga aylanadi.
*A ichki; yog’ochlik B ichki; lub C tashqi; lub
D tashqi; yog’ochlik
94. Kambiy qavati bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralarning kamroq qismi … tomonga qarab o’sib … hujayralariga aylanadi.
A ichki; yog’ochlik B ichki; lub *C tashqi; lub
D tashqi; yog’ochlik
95. Kambiyning bo’linishi natijasida poyaning… qavatlari hosil bo’ladi?
a)po’kak b)lub c)o’zak d)epiderma e)ksilema
*A b,e B hammasi C d,e D b,c,e
96.Qaysi vaqtda kambiyning bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralar yirik bo’ladi?
*A bahorda B kuzda C yozda D qishda
97. Qaysi vaqtda kambiyning bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralar maydalashadi?
A bahorda B kuzda *C yozda D qishda
98. Kambiy hujayralarining bo’linishi qaysi fasldan boshlanadi va qaysi faslda bu bo’linish to’xtaydi?
*A bahor; kuz B bahor; qish; C yoz; kuz; D yoz; qish
99.Yillik halqaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yog’ochlikning 1 yil davomida hosil qilgan halqasi
2)kambiy qavatining 1 yil davomida hosil qilgan halqasi 3) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqasini tashqi tomondan o’rab turadi 4) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqalarining ichki tomonida joylashadi
*A 1,3 B 2,3 C 1,4 D 2,4
100. Yillik halqaga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)yog’ochlikning 1 yil davomida hosil qilgan halqasi
2)kambiy qavatining 1 yil davomida hosil qilgan halqasi 3) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqasini tashqi tomondan o’rab turadi 4) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqalarining ichki tomonida joylashadi
A 1,3 B 2,3 *C 1,4 D 2,4
102. O’sish konusidagi hujayralarga xos bo'lmagan xususiyat
1)yupqa qobiqli 2)qalin qobiqli 3)ontogenezning ma’lum davrida bo’linib ko’payadi 4)doimo bo’linib turadi 5)poya qismlarini hosil qiladi 6) ildiz qismlarini hosil qiladi
A 1,4,5 *B 2,3,6 C 1,4,5,6 D 2,3
103. O’sish konusi va ildiz po’st hujayralari uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang
1) tirik hujayralardan tashkil topgan 2)doim bo’linib turadi 3) yupqa qobiqqa ega 4) o’lik hujayralardan tashkil topgan 5)elastik xususiyatga ega 6) umumiy bo’lgan jihat keltirilmagan
A 6 B 1 C 2,3 *D 1,3
105. O’simliklar hayoti davomida bo’linib turadigan(1) hosil bo’lgandan so’ng qayta bo’linmaydigan (2) hujayralarni belgilang.
a) ildiz qinchasi hujayralari b) o’sish konusi hujayralari c)kambiy hujayralari d)yog’ochlik qism hujayralari e)po’stloq hujayralari f)ildiz tukchalari
*A 1-a,b,f; 2-c,d,e; B 1-a,b,c,e; 2-d,f;
C 1-b,c; 2-a,d,e,f; D 1-b,c,d; 2-a,e,f;
106. Yon novdalarning bo’yiga o’sishini qaysi turdagi kurtaklar ta’minlaydi?
A qo’shimcha B yon *C uchki D o’sish konusi
107.Poyadagi hujayralarning tez o’sishi va tez bo’linishi nimaga bog’liq?
A tinim davrini o’tashiga
*B o’suvchi qismdagi hujayralarning oziq moddalarga qanchalik boy bo’lishiga
C yondosh hujayralarning oziq moddalarga qanchalik boy bo’lishiga
D tashqi muhit omillariga
108. Agar poyaning o’sish nuqtasi chilpib tashlansa, qanday holat kuzatiladi?
A bo’yiga o’sishi tezlashadi B o’sishi sekinlashadi
*C bo’yiga o’sishdan to’xtaydi o’simlik bo’yiga o’smaydi
D hech qanday o’zgarish kuzatilmaydi
109. Qaysi o`simliklarni poyasi uchki qismini chilpish orqali mo`l hosil olinadi?
1.karam 2. bulg`or qalampiri 3. g`o`za 4.pomidor
A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,4 * D)3
110. Shira harakati qaysi faslda boshlanadi?
A yoz *B bahor C kuz D qish
111. Nima sababdan yoz oylarida g’o’za ayrim organlarini to’kib yuboradi?
A issiq havoda o’sish noqulay bo’lganligi uchun
B suv-namlik yetishmaganligi uchun
*C oziqning ko’p qismi g’o’za shoxlarining o’suvchi uchki qismiga sarflanganligi uchun
D hammasi
112. O’simliklar … ga qarab turlicha tezlikda o’sadi.
1)tuban yoki yuksakligiga 2)hayotiy shakliga 3)o’sish sharoitiga 4)tuproq unumdorligiga 5) o`simliklar turiga
*A 3,5 B 2,5 C 1,4,5 D 2,3
113.Tog’larda tarqalgan 5 yoshli archaning bo’yi qanchaga yetadi?
A 15-20 sm B 10-15 mm C 5-10 sm *D 10-15 sm
114. Ilashib o’suvchi o’simlik –tok bir yozning o’zida qancha o’sadi?
A 20 m B 10-15 m *C 10 m D 0,5-1 m
115.O’zb.da tez o’sadigan daraxtlarni belgilang.
A chinor, tol, terak, shotut, yong’oq
B nok, do’lana, qatrong’i, pista
C archa, shamshod, nok
*D tol, terak, gilos,chinor, yong’oq
116. O’zb.da nisbatan sekin o’sadigan daraxtlarni belgilang.
A chinor, tol, terak, shotut, yong’oq
*B nok, do’lana, qatrong’i, pista
C archa, shamshod, nok, pista
D tol, terak, gilos,chinor, yong’oq
117. Daraxtlar uchki kurtaklarda joylashgan … to’qimaning hujayralari bo’linishi hisobiga bo’yiga o’sadi.
A asosiy B mexanik *C hosil qiluvchi D kambiy
118. Avstraliya evkaliptining bo’y uzunligini to’g’ri belgilang.
1)150 m 2)110-140 m 3)155 m 4)142 m 5) 46 m
A 1,2 *B 1,3 C 1,4 D 2,4
119. Sekvoyadendronning bo’y uzunligini to’g’ri belgilang.
1)150 m 2)110-140 m 3)155 m 4)142 m 5) 46 m
A 1,2 B 1,3 C 1,4 *D 2
120. Sekvoyadendronning pastki qismining aylanasini belgilang.
A 10-11 m B 13,5 m C 49 m *D 46 m
121. Sekvoyadendronning bitta qubbasida nechta urug’ bo’ladi?
A 196 ming *B 200 C 200 ming D 196
122. Sekvoyadendronning nechta urug’i 1 kg ni tashkil etadi?
*A 196 ming B 200 C 200 ming D 196
123. Sekvoyadendronning nechta urug’i 1 g ni tashkil etadi?
A 196 ming B 200 C 200 ming *D 196
124. Novdaning qaysi qavatidan organik moddalar harakatlanadi?
A ksilema *B floema C o’zak D po’st
125. Novdaning qaysi qavatida organik moddalar to’planadi?
A ksilema B floema *C o’zak D po’st
125. Novdaning qaysi qavatida organik moddalar hosil bo’ladi?
A ksilema B floema C o’zak D *epiderma
126. Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik, poyasida lub tolalari yaxshi rivojlangan o‘simlikni aniqlang.
A rayhon *B kanop C zig'ir D kanop va zig'ir
128. Yog’ochligi yumshoq tez o’sadigan daraxt(lar)ni aniqlang.
A terak B tol C chinor *D A va B
130. Kurtagi nisbatan mayda, tez o’suvchi yog’ochligi yumshoq bo’lgan o’simlik.
A terak *B tol C tut D o’rik
131. Kurtagi nisbatan mayda, yog’ochligi qattiq bo’lgan o’simliklar.
A eman, yong’oq *B qayrag’och, o’rik C tut, zarang D saksovul, yulg’un
132. Dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladigan, kurtagi nisbatan mayda bo’lgan yog’ochligi qattiq o’simlikni belgilang.
A olma B bodom C tut *D o’rik
133. Yumaloq sklerenximaga ega sekin o’sadigan daraxtni aniqlang
A behi B pista *C nok D do’lana
134. Chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblangan yog’ochligi qattiq o’simlikni aniqlang.
A tut B zarang *C saksovul D yulg’un
135. Poyaning ichki tuzilishini o’rganuvchi botanika bo’limi.
A o‘simliklar morfologiyasi
*B 0‘simliklar anatomiyasi
C o‘simliklar fiziologiyasi
D 0‘simliklar embriologiyasi
B A R G
1. … novdaning yon vegetativ organi.
*A bargi B poyasi C ildizi D guli
2 . Transpiratsiya nima?
A nafas olish B ildizdan suvning so’rilishi
*C bargning suv bug’latishi D barglarning to‘kilishi
3. Barg o'simliklar hayotida qanday funksiyalarni bajaradi?
1)fotosintez 2)suvni bug'latadi 3)gazlar almashinuvi 4)vegetativ ko’payish 5)transpiratsiya
A 2,3,5 *B 1,2,3,4,5 C 1,3,4 D 1,2,5
4. Barg nechta va qanday qismlardan tashkil topgan?
*A 2; barg yaprog'i, barg bandi
B 3; barg yaprog'i, barg bandi, yon barg
C 3; barg yaprog'i, barg bandi va barg tomirlari
D 2; barg yaprog'i va barg tomirlari
5.Yon bargchalar qayerda joylashgan bo'ladi?
A barg yaprog'ining chetki qismida
B bitta barg bandida barg yaprog'ining bandga birikkan joyida
*C barg bandining pastki qismida
D barg yaprog'ining tomirlanishi boshlanuvchi qismida
6. Bandsiz bargda bo'lmaydi -
A barg yaprog'i *B barg bandi C tomirlar D yonbarg
7.Barglar poyaga yoki novdaga odatda … bilan birikadi.
A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg
*C barg bandi D C va B
8. Bandsiz barglar poyaga … bilan birikadi
*A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg
C barg qinchasi D tilchasi
9. Qaysi turdagi barglar tabiatda ko'p tarqalgan?
*A bandli barglar B bandsiz barglar
C yonbargli barglar D yonbargsiz barglar
10.Olma bargiga xos bo’lmagan xususiyatni belgilang
A yon barglar B to’rsimon tomirlanish
C poyada ketma-ket joylashgan
*D keltirilgan barcha xususiyat olma bargiga xos
11.Bandli barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.
1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12)anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi
A 2,4,7,10,11,14,15,17 *B 1,3,5,6,8,9,12,13,16
C 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D 2,4,7,10,11,14,15,17
13.Uch bargchali murakkab bargga ega bir yillik(a) va ko’p yillik(b) o’simliklarni belgilang.
1)sebarga 2)beda 3)loviya 4)mosh 5)qulupnay
Aa-2,5 b-3,4 B a-1,3 b-2,5 C a-3,4 b-5 *D a-3,4 b-1,2,5
14. Bargning quyidagi funksiyalarni amalga oshirishini: fotosintez, suv bug‘latish transpiratsiya, gaz almashinuvi botanikaning qaysi bo’limi o’rganadi
A o‘simliklar morfologiyasi
B o‘simliklar anatomiyasi
*C o‘simliklar fiziologiyasi
D 0‘simliklar embriologiyasi
15. Bargning qaysi tuzilmasi tufayli barg mustahkam bo’ladi?
A naylar B po’st C barg bandi *D tomirlar
16. Nimaga qarab barglar turlicha shoxlanadi?
*A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga
C bargning turiga D hayotiy shakliga
17. Barglarning qaysi jihati o’simlik turlarini farqlashda muhim rol o’ynaydi?
A bargning keng yoki ingichkaligiga
B bargning turiga *C tomirlanish xususiyatiga
D bandli yoki bandsiz ekanligiga
18.Ikki urug’pallali o’simliklarni bir urug’pallali o’simliklardan farqlashda asosan nimaga e’tibor beriladi?
A gulqo’rg’on tuzilishiga B bargining shakliga
C poyaning ichki tuzilishiga
*D bargning tomirlanishiga
19. Ikki urug’pallalilar(1) va bir urug’pallali(2) o’simliklarning bargi qanday tomirlanadi?
a)patsimon b)parallel c)yoysimon d)panjasimon (to’rsimon)
A 1-a,b; 2-c,d; *B 1-a,d; 2-b,c; C 1-b,c; 2-a,d;
D 1-c,d; 2-a,b;
20.Qaysi o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan?
1) olg’i 2)xolmon 3)bodiyon 4)kovrak 5)alqor 6)ajriq
A 1,2,3 B 3,4,6 C 4,5 *D 3,4,5
21.Tutning bargi qanday turdagi tomirlanishga ega?
A patsimon B parallel C yoysimon *D to’rsimon
22. Patsimon yoki panjasimon tomirlanish quyidagi o’simliklardan qaysi birlarida uchraydi?
1)terak 2)bug’doy 3)chinor 4)arpa 5)makkajo’xori 6)olma 7)o’rik 8)nok 9)oqjo’xori 10)tut 11)g’umay 12)g’o’za
*A 1,3,6,7,8,10,12 B 2,4,5,9,11 C 1,6,7,8,10,11,12
D 2,3,4,5,9,11
24.Barg tomirlarining bajaradigan vazifasini belgilang.
1)barg mustahkamligini ta’minlaydi 2)suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi 3) fotosintez natijasida hosil bo’lgan organik moddalar poyaga o’tadi
*A 1,2,3 B 1 C 2,3 D 1,3
25.O’simliklarda barglar tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
*A 2; oddiy va murakkab
B 2; keng va ingichka bargli
C 2; bandli va o’troq
D 4; bandli, bandsiz, oddiy va murakkab
26.Oddiy barg deb nimaga aytiladi?
A barg bandi rivojlanmagan o’simliklarning bargiga
B barg yaprog’i rivojlanmagan o’simliklarga
*C barg bandida bitta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
D barg bandida bir nechta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
27.Murakkab barg deb nimaga aytiladi?
A barg bandida bir nechta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
B barg yaprog’i rivojlanmagan o’simliklarga
C barg bandida bitta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
*D barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan o’simliklarga
28. Oddiy bargli o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq
A 1,4,5,7,9,12,16,17,18 B 1,4,5,7,9,12,16,17,18,19
C 1,4,5,7,9,10,16,17,18 *D 1,4,5,7,9,10,16,17,18,19
29. Quyidagi o’simliklardan murakkab bargga ega bo’lmagan(lar)ini belgilang.
1)gilos 2)qayrag’och 3)majnuntol
A 1 *B 1,2,3 C 1,3 D 2,3
30. Murakkab bargli o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq
A 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15,18,19
B 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15
C 2,3,6,8,11,12,13,14,15,18,19
*D 2,3,6,8,11,12,13,14,15
31.Barg yaprog’i shakliga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A panjasimon, uch bargchali, patsimon
*B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon, tuxumsimon, o’q-yoysimon
C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
32. Barglar yapqog’ining qirrasi qanday bo’ladi?
*A tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon, o’yilgan
B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon
C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
33. Barglarning tukli yoki tuksiz bo’lishi nima(lar)ga bog’liq?
*A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga C A va B
D sistematik birligiga
34.Barg tomirining qaysi qismida hujayralar to‘rga o‘xshab, bir-biri bilan ko‘p sonli teshikchalar orqali tutashgan bo’ladi.
A o’tkazuvchi naylar *B elaksimon naychalar C tola D yog’ochlik tolalari
35.Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?
A panjasimon, uch bargchali, patsimon
B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon
*C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
36. Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ?
A 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon
B 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
C 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon
*D 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon
37. Murakkab bargli o’simliklarni bargining xillari bilan juftlab yozing.
a)panjasimon b)toq patsimon c)juft patsimon d)uch bargchali
1)yong’oq 2)qulupnay 3)yeryong’oq 4)shoyi akatsiya 5)zarang 6)sebarga 7)no’xat 8)loviya 9)mosh 10)beda 11)soxta kashtan 12)shirinmiya
A a-5,11; b-1,3; c-12; d-6,7,8,9;
B a-11; b-1,12; c-3; d-6,8,9;
C a-5,11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9;
*D a-11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9;
38.Uch bo’lakli oddiy bargga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.
A anjir *B g’o’za C zarang D yantoq
39.juft patsimon barg tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
*A bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi
B bargchalar soni juft bo’ladi
C umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi
D umumiy barg bandining uchi uchta barg bilan tugaydi
40.Toq patsimon bargning tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi
B umumiy barg bandining uchi barg bilan tugamaydi
*C umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi
D umumiy barg bandining uchi ikkita barg bilan tugaydi
41.Gajaklarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
*A no’xat, burchoq B beda, loviya
C loviya, burchoq D qulupnay, no’xat, burchoq
42. Burchoq o’simligidagi gajak qaysi tuzilmaning o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A juft patsimon bargdagi oxirgi barg
B juft bargchalarning o’rnida C novda
*D toq bargchalar o’rnida
43.Saksovul bargiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)bargi juda maydalashib ketgan 2)qipiq shakliga kelib qolgan 3)bargi faqat barg yaprog’idan iborat 4)bargining uzunligi 3-4 mm 5)barg bandi bo’lmaydi
6)bargining uzunligi 2mm
A 1,2,4,5 B 1,2,3,6 C 1,2,3,5,6 *D 1,2,5,6
45. Tikan daraxt –
A akatsiya B aylant *C gledichiya D safora
46. Barglar asosan novdada qanday tartibda joylashgan bo’ladi?
A qarama-qarshi, halqa hosil qilib, navbat bilan
B ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib
C spiralsimon, qarama-qarshi, navbat bilan
*D A va B
47.Barglari novdada navbat bilan joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
*C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
48.Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan faqat bitta barg chiqadi?
A qarama-qarshi B halqa hosil qilib *C navbat bilan D A va C
49.Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan ikkita barg chiqadi?
*A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan D A va C
51. Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da har qaysi bo’g’imdan bir nechtadan barg chiqadi?
A qarama-qarshi *B halqa hosil qilib C navbat bilan D A va B
52. Barglari novdada halqa hosil qilib joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 *B 5,13,18
C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
53.Novdada barglar qanchalik qalin va ko’p joylashgan bo’lsa ularning quyosh nuriga nisbatan ehtiyoji qanday bo’ladi?
*A har qaysi bargi quyosh nuri tushib turadigan holatda, quyoshga qarab o’girilib turadi
B Ustki qismdagi barglari quyosh nuriga to’yinganligi uchun yirik, pastdagilari esa nimjon va nozik bo’ladi
C Pastki qsimdagi barglari yirik, ustki qismdagilari esa mayda bo’ladi
D yorug’lik teng taqsimlanadi natijada yorug’lik tushmaydigan barglar tezda qurib qoladi
54. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan butalarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
*C 9,10 D 1
55.Bargning qanday hujayralar va to’qimalardan tuzilganligini qaysi asbob(lar)da ko’rish mumkin?
A dastaki lupa B shtativli lupa * C mikroskop
D B va C
56. Bargning qanday hujayralar va to’qimalardan tuzilganligini ko’rish uchun qanday usulda preparat tayyorlanadi?
*A yangi uzilgan barg ko’ndalangiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi
B yangi uzilgan barg uzunasiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi
C yangi uzilgan barg ko’ndalangiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suv yoki glitseringa joylanadi
D yangi uzilgan barg uzunasiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suv yoki glitseringa joylanadi
57. Barg yaprog’ining … tomon(lar)i po’st bilan qoplangan.
A ustki B ostki *C ustki va ostki D barcha
58. Bargning qaysi qismida hujayralar bir-biriga zich yondashgan holatda bo’ladi?
*A barg po’sti B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida
D nay tolali boylamlarda
59. Bargning qaysi qismidagi hujayralarning deyarli hammasi shaffof bo’lib ular orqali yorug’lik o’tadi?
*A barg po’sti B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida
D nay tolali boylamlarda
60.Barg po’stida joylashgan hujayralarning bajaradigan vazifalarini belgilang.
1)ichki qatlamlarni shikastlanishdan saqlaydi 2)ichki qatlamlarni qurib qolishdan saqlaydi 3)yorug’likning o’tishini ta’minlaydi 4)suvni bug’latadi
*A 1,2,3,4 B 1,2 C 1,2,3 D 3
61. Barg og’izchalari bargning qaysi qatlamida joylashgan?
*A barg po’sti B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida
D nay tolali boylamlarda
62.Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang
1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda
3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan
*A1,4,6 B 2,4,7 C1,4,8 D3,4,6
63. Barg og’izchalari bargning qaysi tomon(lar)ida joylashgan bo’ladi?
A ustki B ostki *C ustki va ostki D barcha
64. Bargning ustki va orqa tomonidagi po’sti oralig’ida … hujayralari joylashgan.
A barg po’sti *B barg eti C loviyasimon
D ustunsimon
65. Barg eti hujayralarining hujayraviy tarkibini belgilang.
1) qobiq 2)sitoplazma 3)yadro 4)xlorofill
A 1,2,3 *B 1,2,3,4 C 1,3,4 D 2,3,4
66.Barg eti hujayralari necha qavat bo’lib joylashgan?
*A 2 B 1 C 5 D bir necha qavat
67. Barg po’stining tagidagi qavatdagi hujayralarning shakli qanday bo’ladi?
A loviyasimon B ovalsimon *C ustunsimon
D yumaloq
68. Ovalsimon va yumaloq hujayralarning joylashgan o’rnini tog’ri belgilang.
A ustunsimon hujayralarning ustida
B loviyasimon hujayralarning ostida
*C ustunsimon hujayralarning ostida
D loviyasimon hujayralarning ustida
69.Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi?
1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida
A)a-3,b-5 B)a-4,b-1 C)a-2,b-4 *D)a-1,b-4
70.Quyidagilardan qaysi bir(lar)ida xlorofill bo’lmaydi?
1) barg og’izcha hujayralarida 2) barg po’st hujayralarida 3) ustunsimon hujayralarda
4) ovalsimon hujayralarda
A 1,4 B 2,4 C 2,3 *D 2
71. Barglarning ichki tuzilishiga xos bo’lgan jihatlarni belgilang.
1)ustki va ostki po’st (epiderma) 2)barg eti 3)o’tkazuvchi nay tola 4)og’izcha 5)tukcha
A 1,2,3 *B 1,2,3,4,5 C 2,3,4 D 1,2,3,4
72.Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring.
1) naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar
a) qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar
c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar
*A 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; B 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f;
C 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; D 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c;
74.Barg tomirining nay tolalali boylamlarini nimalar hosil qiladi?
1)tomir 2)naylar 3)elaksimon naychalar 4)tola 5)yog’ochlik tolalari
A 1,2,3,4,5 B 1,2,3 *C 2,3,4 D 2,3,5
75.Tomirlar barg etining qaysi qismlarigacha kirib boradi?
A ustunsimon hujayralar qavatigacha
B ovalsimon hujayralar qavatigacha
C yumaloq hujayralar qavatigacha
*D barg etining barcha qismigacha
76. Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan?
1)asosiy 2)hosil qiluvchi 3)mexanik 4)o’tkazuvchi
5)qoplovchi
A 1,2,3,4 B 2,3,4,5 *C 1,3,4,5 D 1,2,4,5
SHAKLI O’ZGARGAN NOVDALAR
1. Shakli o‘zgargan novdalar …larga bo‘linadi.
A piyozbosh, tugunak, ildizpoya
*B yerosti va yerusti shakli o‘zgargan novda
C jingalak, gajak va tikan
D barg va kurtak
2. Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga … misol bo‘ladi.
A piyozbosh, tugunak, ildizpoya B havo ildizlari
*C jingalak, gajak va tikan D barg va kurtak
3. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga … kiradi
*A piyozbosh, tugunak, ildizpoya B havo ildizlari
C jingalak, gajak va tikan D barg va kurtak
4. Kurtak va bosh piyoz uchun umumiy bo'lgan jihatni belgilang.
A tubida qisqargan kalta poyacha bo'ladi
B seret barglari bo'ladi C hammasi
*D tashqi tomondan quruq qobiq bilan qoplangan bo'ladi
5. Piyozbosh uzunasiga kesib qaralganda uning organlari joylashgan joyini to’g’ri joylashtiring.
1)Piyozboshning tubida 2)tubidan pastga qarab 3)tubidan yuqoriga qarab 4)o’rtasida 5)tashqi tomonida qaysi organlari joylashgan bo’ladi?
a)kurtaklari b) kalta poyacha c)seret barglar d)quruq qobiq e)qo’shimcha ildiz
A 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-d; *B 1-b; 2-e; 3-c; 4-a; 5-d;
C 1-a; 2-e; 3-b; 4-a; 5-d; D t.j.y
6. Piyozboshning seret barglari o’rtasida nima joylashgan?
*A kurtaklar B kalta poya C gulband
D qo’shimcha novda ildiz
7.Piyozboshning ….lari shakli o’zgargan barglar hisoblanadi.
A gulband B kalta poya *C seret barglar
D quruq qobiq
8. Piyozboshning qaysi qismidagi hujayralarda oziq moddalari to’planadi?
A bargchalari B kalta poya *C seret barglar
D quruq qobiq
9. Piyozning bargchalari va gulbandi qayerdan o’sib chiqadi?
A yerosti piyozboshi tubidan
*B kurtaklardan
C bargchalari yer osti, gulbandi yerusti poyasidan
D bargchalari yer usti, gulbandi yerosti poyasidan
10. Kesib ko’rsatilgan bosh piyozning tarkibiy qismlarini belgilang.
1)tubi 2)kurtaklari 3)sersuv qobiqlar 4)quruq qobiqlari 5)qo’shimcha ildizlar
A 1,2,3,4 B 2,3,4,5 C 1,2,3,4,5 *D 1,3,4,5
11. Tugunakli o’simliklarni belgilang.
A g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar
*B kartoshka, topinambur
C shoyigul, batat, kartoshkagul
D anzur piyoz, sarimsoq piyoz, bosh piyoz, lola, boychechak
12. Ildizpoyali o’simliklarni belgilang.
*A g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar
B kartoshka, batat, shoyigul
C shoyigul, batat, kartoshkagul
D anzur piyoz, sarimsoq piyoz, bosh piyoz, lola, boychechak
13. Kartoshka tugunagiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yumaloq 2)yer osti organlarida hosil bo’ladi 3)o’zida ko’p miqdorda oziq moddalari to’playdi 4)o’zida ko’p miqdorda kraxmal saqlaydi 5)tashqi tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 6) ichki tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 7)chuqurchalari-ko’zchlalarida kurtaklari joylashadi 8)kurtaklari tugunakning ichida joylashadi
A 1,2,3,4,5,7 *B 1,2,3,4,6,7 C 1,2,3,4,5,8 D 1,2,3,4,6,8
14. Kartoshka tugunagiga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)yumaloq 2)yer osti organlarida hosil bo’ladi 3)o’zida ko’p miqdorda oziq moddalari to’playdi 4)o’zida ko’p miqdorda kraxmal saqlaydi 5)tashqi tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 6) ichki tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 7)chuqurchalari-ko’zchlalarida kurtaklari joylashadi 8)kurtaklari tugunakning ichida joylashadi
A 5,7 *B 5,8 C 6,7 D 6,8
15.Tugunak boshqa yer osti novdalaridan qaysi xususiyati bilan farq qiladi?
A kurtaklari poyaning tashqarisida joylashadi
*B kurtaklari alohida ko’zchalarda joylashadi
C o’zida juda ko’p miqdorda oziq modda to’playdi
D skakar kraxmalga aylanadi
16. Kartoshka tugunaklari uchun qanday sharoit qulay hisoblanadi (tez ko’karadi)?
A issiq, quruq sharoit * B issiq, sernam sharoit
C salqin, quruq sharoit D salqin, sernam sharoit
17. Kartoshka tugunagida kurtaklarning ko’p qismi qayerda joylashgan bo’ladi?
*A uchki qismida B pastki qismida C o’rta qismida
D barcha qimslarida tarqoq teng taqsimlangan bo’ladi
19.Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun qaysi tajriba bajariladi?
A spirtga solinadi *B yod tomiziladi
C toza qog’ozga ishqalanadi
D xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi tomiziladi
20. Dastlab kartoshkaning qaysi qismida kraxmal hosil bo’ladi?
A tugunak *B barg C elaksimon naylar D A va B
21. Kraxmal qayerda shakarga aylanadi?
A tugunak *B barg C elaksimon naylar D A va B
22. Ildizpoyada nimalar bo’ladi?
1)qo’shimcha ildiz 2)shakli o’zgargan barg 3)qo‘shimcha kurtak 4)quruq qobiq 5)asosiy ildiz
*A 1,2,3 B 1,2,3,5 C 2,3 D 2,3,5
23.U sug’oriladigan ekinlarga zarar keltiruvchi o’simlik hisoblanadi.
A pechak *B g’umay C ituzum D qo’ng’irbosh
24.Ildizpoyaning o’simliklar hayotidagi ahmiyatini belgilang.
1)o'simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi 2)o'zida ko'p miqdorda oziq moddalari to'playdi 3)vegetativ yo'l bilan ko'payishida xizmat qiladi
A 1,2,3 B 1 *C 2,3 D 3
25.Tanasi tez o’sadigan, yog`ochligi yumshoq o`simlik(lar)ni belgilang?
A.terak B.yong`oq C.tol *D.terak va tol
26. Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga ega o’simliklarni belgilang.
A piyozbosh, karam, aloe
B kartoshka, topinambur
C g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar
*D qulupnay, bodring, do‘lana
27. Novdalari jingalaklarga aylangan o’simlikni belgilang
*A qulupnay B bodring
C no‘xat, loviya D piyozbosh, karam, aloe
28. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga ega o’simliklarni belgilang.
A no‘xat, loviya *B kartoshka, topinambur
C kaktus, zirk D qulupnay, bodring, do‘lana
29. Barglari jingalaklarga aylangan o’simlikni belgilang
A qulupnay B bodring
*C no‘xat, loviya D piyozbosh, karam, aloe
30. Novdalari gajaklarga aylangan o’simlikni belgilang
A qulupnay *B bodring
C no‘xat, loviya D piyozbosh, karam, aloe
31.Nima o‘simliklarni boshqa o‘simliklarga ilashib bargga yorug‘lik tushishini va poyani tutib turishni ta’minlaydi
*A jingalak B gajak C tikan D shakli o’zgargan novda
32. Barglari gajaklarga aylangan o’simlikni belgilang
A qulupnay B bodring *C no‘xat D piyozbosh
33. Qanday o’suvchi o’simliklarda barglar jingalaklarga aylangan?
A yoyilib o’suvchi B o’raluvchi
*C ilashuvchi D o’rmalovchi
34. Novdasi (1) va bargi(2) tikanga aylangan o’simliklarni belgilang.
A 1-zirk, do’lana 2-akatsiya, kaktus
B 1-akatsiya 2-do’lana, zirk
*C 1-do’lana 2-akatsiya, zirk, kaktus
D 1-akatsiya, do’lan 2-zirk, kaktus
35. Murakkab toq patsimon bargli, yon barglari tikanga aylangan o’simlikni belgilang
A zirk B kaktus *C akatsiya D do’lana
36. Ko’p yillik, murakkab uch bargchali, novdalari jingalakga aylangan o’simlikni aniqlang
A bodiring B do’lana C no’xat *D qulupnay
37. Barglari metamorfozlashgan o’simliklarni belgilang
1) g’umay, 2)qamish, 3)qulupnay 4)karam, 5)aloe 6)gulsafsar 7)piyozbosh 8)topinambur 9)no‘xat, 10)bodring, 11)do‘lana, 12)loviya 13) akatsiya 14)kartoshka 15)kaktus, 16)yalpiz, 17)zirk, 18)shirinmiya
A 4,5,7 B 1,2,6,7,8,14,16,18
C 3,10,11 *D 4,5,7,9,12,13,15,17
38. Barglari etli bo‘lib, o‘zida zaxira ozuqa moddalar saqlaydigan o’simliklarni belgilang
1) g’umay, 2)qamish, 3)qulupnay 4)karam, 5)aloe 6)gulsafsar 7)piyozbosh 8)topinambur 9)no‘xat, 10)bodring, 11)do‘lana, 12)loviya 13) akatsiya 14)kartoshka 15)kaktus, 16)yalpiz, 17)zirk, 18)shirinmiya
*A 4,5,7 B 1,2,6,7,8,14,16,18
C 3,10,11 D 4,5,7,9,12,13,15,17
39. Shakli o’zgargan yerusti novdali o’simliklarni belgilang
1) g’umay, 2)qamish, 3)qulupnay 4)karam, 5)aloe 6)gulsafsar 7)piyozbosh 8)topinambur 9)no‘xat, 10)bodring, 11)do‘lana, 12)loviya 13) akatsiya 14)kartoshka 15)kaktus, 16)yalpiz, 17)zirk, 18)shirinmiya
A 4,5,7 B 1,2,6,7,8,14,16,18
*C 3,10,11 D 4,5,7,9,12,13,15,17
40. Qaysi yerosti novdali o’simlikning barglari etli bo’lib, o’zida zaxira ozuqa moddalarni saqlaydi.
A topinambur B bodiring *C piyozbosh D karam
G U L
1. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan ipsimon poyali o’simlikni belgilang
*A qo’ypechak B karnaygul C marmarak D t.j.y.
2. gulining gulqo‘rg‘oni yo‘qolib ketgan yoki tangachaga aylangan, bir jinsli, nisbatan tez o’sadigan o’simliklarni belgilang.
1) tol 2)terak 3) yong’oq 4)chinor 5)gazanda
A 1,2,3,4 B 1,2,3,5 *C 1,2,3 D 3,4,5
3. Yopiq urug’li o’simliklarning jinsiy ko’payish organini belgilang.
A arxegoniy *B gul C meva D urug’
4.Gul nima(lar)ning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A barg *B novda C gulqo’rg’on D A vaB
5. Gul nimalardan tashkil topgan?
1)gulband 2)gulqo’rg’on 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi
A 2,4,5 *B 1,2,3,4,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3
6.Gullarning xilma-xilligi …ga bog’liq.
A hayotiy shakl B o’sish sharoiti
*C o’simlikning qaysi sistematik birlikka mansubligi
D B va C
7. Gulband nima?
A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy
B yuqori qismi biroz kengaygan joy
*C gulni novdaga biriktirib turadigan band
D A va C
8.Gulo’rin nima?
A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy
B gulbandining yuqori qismidagi biroz kengaygan joy
C gulni novdasiga biriktirib turadigan band
*D A va B
9. Gulband … bilan bir-biridan farq qiladi.
A tuzilishi B shakli C o’lchami *D B va C
10.Qanday gullar o’troq gullar deyiladi ?
A changchi va urug’chisi shakllanmagan
B gulqo’rg’oni yo’q yoki tangachaga aylangan
C gulo’rni shakllanmagan
*D gulbandi shakllanmagan
11. Gul necha qismdan tashkil topgan?
A 4 *B 5 C 3 D 2
12. Gul qanday qismlardan tashkil topgan?
1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi
A 1,2,4,5 *B 1,2,3,4,5 C 1,4,5 D 2,4,5
13.Gulqo’rg’on nimalardan tashkil topgan?
1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi
A 1,2,4,5 *B 1,2 C 4,5 D 1,2,3
14.Gulning barcha a’zolari joylashadigan qismi qanday ataladi?
A gulqo’rg’on B gulband *C gulo’rin D gultoj
15.Gulni tashqi tomondan o’rab turadigan qavat - …
A gulqo’rg’on *B gulkosacha C gulo’rin D gultoj
16. Notog’ri fikrni belgilang
A barcha yopiq urug’li o’simliklar shakli o’zgargan novdaga ega
B shamol o’simliklarning suv bug’latishida ahamiyatga ega
C oddiy lavlagi 1-yili faqat vegetativ organlarni hosil qiladi
*D t.j.y
17. Gulkosacha …ning yig’indisidan iborat.
A ostkosachabarg B tojbarg *C gulkosachabarg
D A va C
18. Asosan yashil va boshqa ranglarda bo’ladi.
A gulqo’rg’on *B gulkosacha C gulo’rin D gultoj
19.guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo’rg’on qavati.
A changchi B gulkosacha C gulo’rin * D gultoj
20. Gultoj … lar yig’indisidan tashkil topgan.
A ostkosachabarg *B tojbarg C gulkosachabarg
D A va C
21. U turli rangda bo’ladi.
A gulband B gulkosacha C gulo’rin *D gultoj
22. … - gulqo’rg’on ichida joylashgan muhim qismi.
*A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj
23.Changchi nechta va qanday qismlardan tashkil topgan?
A 2; changdon va changchi
B 3; changdon, changchi, changchi ipi
*C 2; changdon va changchi ipi
D 2; changchi va changchi ipi
24. Changdon nima orqali gulning qaysi qismiga bog’langan bo’ladi?
A changchi; gulqo’rg’on B changchi ipi; gulqo’rg’on
*C changchi ipi; gulo’rin D changchi; gulo’rin
25.O’simlikda changchilarning bittadan yoki bir nechtadan bo’lishi nimaga bog’liq?
A changlanish xususiyatiga B gul tuzilishiga
*C o’simlik turiga D joylashishiga
26.Changchi iplarining soni va shakli nimaga bog’liq?
A changchiga *B o’simlik turiga C gulga D sharoitiga
27.Qaysi o’simlikning changchilari urug’chisida o’rnashgan?
A lola B olma *C g’oza D ituzum
28. Gulning ichki qismlari keltirilmagan javobni belgilang.
A changchi, urug’chi B changchi C tuguncha *Dt.j.y
29.Changchi iplari gulo’ringa qanday shakllarda joylashgan bo’ladi?
A alohida-alohida yoki qo’shilib
B qo’shilib yoki tutam hosil qilib
C alohida-alohida yoki tutam hosil qilib
*D alohida-alohida, tutam hosil qilib yoki qo’shilib
30. Changchining qaysi qismi ayrim o’simliklarda bo’lmasligi ham mumkin?
A changdon B changchi *C changchi ipi
D changdon va changchi ipi
31.Gulning o’rtasida markazida joylashgan eng muhim qismi - …
A changchi B gulkosacha *C urug’chi D gultoj
32. Urug’chi qanday qismlardan tashkil topgan?
A 2; changchi va changchi ipi
B 3; tuguncha, ustuncha va og’izcha
C 3; urug’kurtak, markaziy va tuxum hujayra
*D 3; tuguncha, ustuncha va tumshuqcha
33.Urug’chining kengaygan pastki qismi - …
A tumshuqcha B ustuncha *C tuguncha
D urug’kurtak
34.Yopiq urug’li o’simliklarda urug’kurtak qayerda joylashgan bo’ladi?
A arxegoniy *B tuguncha C murtak D ustuncha
35.Meva asosan gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi?
A arxegoniy *B tuguncha C murtak D ustuncha
36.Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab qanday bo’ladi?
A bir va ko’p uyali *B ostki va ustki
C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli
37.Tugunchalar tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?
*A bir va ko’p uyali B ostki va ustki
C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli
38.Tugunchaga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan javobni belgilang
A uning ichida urug’kurtak joylashgan
B bir va ko’p uyali bo’ladi C ostki va ustki bo’ladi
*D chang donachalarini ushlab qolish vazifasini bajaradi
39.Urug’chining o’rta qismi qanday ataladi?
A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha *D ustuncha
40.Ustunchaning vazifasi nimadan iborat?
A chang donalarini ushlab qoladi
B ichida urug’kurtak yetiladi
C meva hosil qilishda ishtirok etadi
*D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi
41.Uning ichi g’ovak bo’ladi.
A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha
42.U urug’chi(ustuncha)ning eng yuqori qismi –uchi hisoblanadi
*A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha
43.Tumshuqchaning vazifasi nimadan iborat?
*A chang donalarini ushlab qoladi
B ichida urug’kurtak yetiladi
C meva hosil qilishda ishtirok etadi
D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi
44. Gulqo’rg’onning vazifasi nima(lar)dan iborat?
*A gul ochilguncha changchi va urug’chilarni o’rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi
B meva hosil qilishda ishtirok etadi
C hasharotlarni o’ziga jalb qiladi
D hammasi
45. Gulqo’rg’on qanday bo’ladi?
*A oddiy va murakkab B bir yoki ko’p a’zoli
C ostki yoki ustki D hammasi
46. Oddy gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi?
A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi
B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi
C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi
*D hammasi
70. Bir jinsli gul deb nimaga aytiladi?
A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa
C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa
*D agar gulda faqat urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
47.Gultojsimon oddiy gulqo’rg’onli o’simlikni belgilang.
A g’o’za B lavlagi C sachratqi *D lola
49. Murakkab gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi?
A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi
B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi
C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi
*D gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo’ladi
50. Murakkab gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9,11 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 *D 3,4,8,12
51. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
*A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
52. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,9,10,11 *C 2,3,4,5,7,12 D 1,3,4,8,12
53.Yong’oq, terak o’simliklarining gullariga xos belgini aniqlang.
*A gulqo’rg’onsiz B oddiy gulqo’rg’onli
C gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilmagan
D gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilgan
54. Gulqo’rg’oni yo’qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o’simliklarni belgilang.
A tok, terak, tut, yong’oq B yong’oq, tok, tut, tol
*C terak, yong’oq, tol, tut D terak, tol, yong’oq, tok
55. Gul tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida …dan foydalaniladi.
A gul formula B gul diagrammasi *C A va B
D sxema
56. Gul diagrammasi deb nimaga aytiladi?
A gul tuzilishining sonlar bilan ifodalanishiga
*B gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga
C gulning tashqi tuzilishi va shaklining chizmalar bilan ifodalanishiga
D Gul qismlarining nomi shu qismning boshlang’ich harflari va sonining raqamlar bilan ifodalanishiga
58. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi?
*A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi
C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi
59. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilgan bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi
*C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi
60. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlarining soni ko’p bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A qavs ichiga olinmaydi *B “~” belgisi qo’yiladi
C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi
61. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqada uchrashi kerak bo’lgan gul qismlari rivojlanmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi?
A yozilmay tashlab ketiladi *B “0” belgisi qo’yiladi
C “~” belgisi qo’yiladi D vergul bilan ajratib yoziladi
62.Agar gul qismlari bir emas ikki yoki undan ortiq halqada joylashgan bo’lsa qanday yoziladi?
A har bir halqa qismlari vergul bilan ajratib yoziladi
B “~” belgisi qo’yiladi C har biri qavs ichiga olinadi
*D har biri halqadan so’ng “+” belgisi qo’yiladi
63. Quyidagi gul tuzilishlari va o’simliklarni juftlab yozing.
a)achambiti b)sachratqi c)lola d)olxo’ri
1)gulkosachabarglari rivojlanmagan 2)gultoji 6ta 3)gulkosachabargi 5ta 4) gultoji 5ta 5)gulkosachabargi va gultoji 4tadan 6)gulqo’rg’oni oddiy 7)gultojlari 2 halqada joylashgan 8)changchilari 2 halqada joylashgan 9)changchisi 6ta 10)urug’chisi bitta 11)urug’chisi 2ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 12)urug’chisi 3ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 13)changchilari cheksiz 14)gultojbarglari qo’shilgan 15)gultojbarglari qo’shilmagan 16)changchisi 5ta qo’shilgan
*A a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;
B a-5,9,10,11,15; b-1,4,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;
C a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,14; D t.j.y
64. Jag’-jag’ o’simligining ikkinchi nomini belgilang.
A sachratqi B kovul C qoqio’t *D achambiti
65.Achambitining gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
*C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1
66.Olxo’rining gul formulasini to’g’ri belgilang.
*A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1
67.Lolaning gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)
*C Og3+3 Ch3+3 U(3) D Og3+3 Ch3+3 U1
68.Sachratqining gul formulasini to’g’ri belgilang.
A Gk5 Gt5 Ch~ U1 *B Gk0 Gt(5) Ch(5) U(2)
C Gk5 Gt(5) Ch(5) U(2) D Gk0 Gt(5) Ch5 U1
69. Gul formulasi orqali nimani aniqlash mumkin?
A gulning tuzilishini *B qaysi oilaga mansubligini
C hammasi D sxema bilan ifodalanishini
71. Barglari qarama-qarshi joylashgan bir jinsli o`simlik(lar)ni belgilang?
*A.gazanda B.terak C.qayin D.gazanda, terak
72. Qanday turdagi gulga changchili gul deyiladi?
*A agar gulda faqat changchi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat changchili gul bo’lsa
C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
73. Qanday turdagi gulga urug’chili gul deyiladi?
*A agar gulda faqat urug’chi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa
C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
74.Bir jinsli gullarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8) qovoq
A 2,3,4,5 *B hammasi C 1,3,4 D 1,2,3,4,5,7
75.Ikki jinsli gul deb qanday turdagi gulga aytiladi?
*A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa
B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa
C agar o’simlikda urug’chili va changchili gul bo’lsa
D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa
76.Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos
*A 8,9,10,11 B 1,6,7,8,9,10,11 C 1,3,4 D 2,3,4,5
77. Qaysi o’simlik(lar)ning bitta tupida ham changchili ham urug’chili gul alohida-alohida joylashgan bo’ladi?
A qovoq B makkajo’xori C tol *D A va B
78. Changchili gullari bir tupda, urug’chili gullari boshqa bir tupda joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)qarag’ay 9)archa
A 7 B 1,3,4,8 *C 1,3,4 D 1,3,4,9
79.Quyidagi o’simliklardan qaysi birining changchilari 2 ta bo’ladi?
A yong’oq *B tol C tok D terak
80.O’zi ayrim jinsli bo’lib urug’chili va changchili gullari (har ikkalasi) to’pgul hosil qiladigan o’simlik(lar)ni belgilang.
1) yong’oq 2) tol 3) tok 4) makkajo’xori
A 1,2,3,4 *B 2,4 C 2 D 1,3
81. Gullar simmetriyasiga ko’ra qanday bo’ladi?
A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab
C o’troq yoki bandli *D to’g’ri yoki qiyshiq
82.To’g’ri gul deb nimaga aytiladi?
A gul faqat teng ikki bo’lakka ajralsa
B umuman teng bo’lakka ajralmasa
*C agar gulqo’rg’on ikkitadan ortiq teng bo’lakka ajralsa
D A va B
83. To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang.
1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda
A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19
*C 1,2,3,7,8,12,17 D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19
84. Qiyshiq gulli o’simliklarni belgilang.
1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda
A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19
C1,2,3,7,8,12,1 *D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19
85. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang
1)angishvonagul 2)binafsha 3)suvyig’ar 4)qo’ng’roqgul 5)marmarak 6) g’oza
*A 1,4,5 B 4,5,6 C 1,2,5 D 2,3,6
86. Ayrim jinsli gullarning qaysi xususiyatiga qarab o’simliklar bir yoki ikki uyliga bo’linadi?
A gulda changchi yoki urug’chining uchrashiga qarab
*B ayrim jinsli gullarning o’simlikda joylashishiga qarab
C urug’chili va changchili gullarning tuzilishiga qarab
D ayrim jinsli gullarning changlanish xususiyatiga qarab
87.Tumshuqchasi ikkiga ajralgan o`simlik(lar)ni toping.
A lola, g`o`za,tol B tol,makkajo`xori
*C tol, yong`oq D tol
88. Ikki yillik, gullari soyabon to’pgulga yig’ilgan o’simlikni belgilang
A piyoz B shivit *C sabzi D bodiyon
89. Gullari kalta gulpoyada o’rnashgan o’simliklarni belgilang
1.olma 2.rediska 3.makkajo’xori 4.gilos 5.karam 6.sebarga 7.qurtana 8.nok 9.piyoz 10.olcha
A 1,4,8 B 2,5,7 C 3,6 *D1,4,6,8,10
90.Bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo’lsa, unga … deyiladi.
A o’troq gul B shoxlangan gul *C to’pgul
D shingil
91.To’pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o’simliklarni belgilang.
A gilos, nok, olcha, olma B lola, nok, behi, shaftoli
*C behi, lola, binafsha D behi, shaftoli, binafsha
92. To’pgulning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nimadan iborat?
*A o’simliklarning changlanish ehtimolligini oshiradi
B gulning ichki qismlarini tashqi noqulay sharoitdan himoya qiladi
C o’simlikning keng tarqalishida xizmat qiladi
D hammasi
93.to’pgullar … … bo’ladi.
A bir va ikki jinsli *B oddiy yoki murakkab
C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq
94.Oddiy to’pgul(a) va murakkab to’pgullar(b)da gulpoyaning tuzilishini belgilang.
1)shoxlangan 2)shoxlanmagan
A a-1; b-2; *B a-2; b-1; C a-1; b-1; D a-2; b-2;
95.Qaysi to’pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi?
A oddiy boshoq *B oddiy qalqon C oddiy shingil
D kuchala
97.Qaysi turdagi to’pgulning yuqori qismining uzunligi bir xilda bo’ladi?
A oddiy boshoq *B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
98. Qaysi turdagi to’pgulda mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
*A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
99.Oddiy boshoq to’pgulga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.
A qashqarbeda *B zubturum C bodiyon D rovoch
100.Qaysi o’simlikning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
A makkajo’xorining urug’chili guli
B kelin supurgi *C zubturum D jag’-jag’
101. Gulpoyaning pastki qismidagi gullarining bandi yuqoridagilariga nisbatan uzunroq bo’lgan to’pgul qaysi
A oddiy boshoq *B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
102. Yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to‘pgul … deyiladi.
A kallakcha *B so’ta C savatcha D kuchala
103. Bandsiz gullarga ega to’pgullarni belgilang.
1) shingil 2)oddiy boshoq 3)qalqoncha 4)so’ta 5)boshcha 6)soyabon 7)savatcha 8)kuchala
A 1,3,6,7 *B 2,4,5 C 1,6,8 D hammasi
104. Gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shakldagi to’pgul va o’simlik.
A so’ta, makkajo’xori *B kallakcha, sebarga
C savatcha, qoqio’t D oddiy boshoq, zubturum
105. Gulpoyada gullari bir xil uzunlikdagi(1) va turlicha uzunlikdagi(2) gulbandli to’pgulli o’simlik(lar)ni belgilang.
A 1-karam 2-olma B 1-gilos 2-oqqayin
*C 1-piyoz 2-nok D 1-olcha 2-piyoz
106. Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to‘pgul … deyiladi.
A so’ta B kallakcha *C savatcha D kuchala
107. Sharsimon shaklli to’pgulga ega o’simlik
A piyoz B makkajo’xori *C sebarga D qoqio’t
108. Makkajo’xorini urug’chili(1) va changchili(2) to’pgullarini belgilang.
A 1-so’ta 2-kuchala B 1-kallakcha 2-murakkab shingilli boshoqcha
C 1-ro’vak 2-so’ta *D 1-so’ta 2- murakkab shingilli boshoqcha
109. Oddiy soyabonli o’simlikni belgilang
A sabzi B kungaboqar *C piyoz D bodiyon
110. Savatcha to’pgulli bir yillik va ko’p yillik o’t o’simliklarni belgilang
A kungaboqar va shuvoq B qoqio’t va kungaboqar
C zubturum va piyoz *D kungaboqar va qoqio’t
111. Bo’yi 1 m dan ham oshadigan tayanch ildizlarga ega, bir uyli o’simlikning to’pgul tuzilishini belgilang
A to‘pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismida joylashadi
B gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shaklda bo’ladi
*C yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan
D gullar uzun gulpoyada gulbandlari yor damida navbat bilan joylashadi
112. Qaysi turdagi to’pgulda gullar uzun bandi bilan joylashgan bo’ladi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
*D oddiy shingil
113. Karam, rediska, jag`-jag`, qurttananing gullari gulpoyaga uzun bandi bilan poyada qanday tartibda o`rnashgan?
*A ketma-ket B qarama-qarshi C halqa hosil qilib D A va B javoblar to`g`ri
114.Shoxlanmagan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 *C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
115. Shoxlangan soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
*D 6,7,9,14,20
116.Bodiyon o’simligining gullari qanday to’pgulda yig’ilgan?
*A murakkab soyabon B ro’vak Csavatcha D shingil
117.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi
A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 *D 1,4,5,6,7
118.Shoxlangan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 * B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
119.Gulpoyasi shoxlanmaydigan o’simliklarni toping.
1)olcha 2)zupturum 3)otquloq 4)arpa 5)shashir 6)bodiyon 7)qashqarbeda 8)gilos
A 3,4,5,6 B1,2,5,6 *C 1,2,7,8 D 2,4,5,8
120.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 *B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6
121.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lmagan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 *C 4,6 D 6
122.Qaysi o’simliklarning changchili gullari kuchala to’pgulda yig’ilgan bo’ladi?
A yong’oq, terak, oqqayin B oqqayin, tok, yong’oq
C tut, oqqayin, yong’oq *D oqqayin, yong’oq, tol
123.Qaysi to’pgullar turli xillarga mansub bo’lsada lekin o’zaro o’xshaydi?
A kuchala va ro’vak B oddiy va murakkab soyabon
C shingil va ro’vak *D boshoq va kuchala
124. Sholi va suli o`simligi uchun umumiy bo`lgan xususiyatni belgilang
A hayotiy shakl *B to`pguli C ildizpoyasi D hammasi
125.Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi?
A bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi
B asosiy gulpoyasi osilib turadi
*C asosiy gulpoyasi osilib turmaydi
D asosan changchili gullarda uchraydi
126. Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
*Aqashqarbeda B yantoq C sachratqi D qayrag’och
127.Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
*A qulupnay B ravoch C no’xat D qarag’ay
128. Qaysi o’simliklarning guli gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan bo’ladi?
1)karrak 2)kungaboqar 3)kartoshkagul 4)ermon 5)shuvoq 6)bo’tako’z 7)sachratqi
A 1,2,4,5,6,7 *B hammasi C 2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,6
129.Savatcha to’pgulning atrofi nima bilan o’ralgan bo’ladi?
A jinssiz gullar bilan B naychasimon gullar bilan
C tilchasimon gullar bilan *D o’rama bargchalar bilan
130.To’pgullar juftlab ko’rsatilgan javobni belgilang:
1) xarduma 2) qashqarbeda 3) sholi 4)shashir 5)karrak 6) olcha 7) qamish
a) oddiy shingil b) yakka gulli c) murakkab soyabon d)ro’vak e)murakkab boshoq f)savatcha g)qalqonsimon
A 1-e;2-a;3-e;4-d;5-f;6-b;7-d;
*B 1-e;2-a;3-d;4-c;5-f;6-g;7-d;
C 1-f;2-a;3-e;4-c;5-g;6-b;7-e;
D 1-d;2-g;3-a;4-f;5-e;6-g;7-c;
131.Qoqio’t va kungaboqar uchun umumiy bo’lgan xususiyatni belgilang.
A hayotiy shakl *B to’pgul C uchrash joyi
D quyosh nuriga nisbatan munosabati
132. Ituzum, pomidor va kartoshkaning to’pgulini belgilang.
A shingil B ro’vak *C gajak D kallakcha
133.Ziradoshlar oilasiga xos bo’lgan to’pgul - …
A qalqon B boshoq C shingil *D soyabon
134. Ayrim jinsli gullari turli xildagi to’pgullarda (urug’chili gullari so’ta, changchili gullari ro’vak) joylashgan o’simlikni belgilang.
A yong’oq B tol *C makkajo’xori D sholi
135. Changchisi 6ta urug’chi tumshuqchasi 3ta bo’lgan o’simlikni belgilang.
A g’o’za B oshpiyoz C tol *D lola
136.Murakkab gulqo`rg`onli va gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan o`simliklarni aniqlang?
1.o`sma 2.boychechak 3.marmarak 4.nok 5.olcha 6.gulsafsar 7.karnaygul 8.olma 9.lola 10.g`o`za 11.qo`ypechak
A.3,7,11 *B.4,5,8,10 C.1,2,4,8,9,10 D.1,4,5,8,10
139. Makkajo`xori o`simligining changchili guli-(1)….. va urug`chili guli-(2)….. to`pgul hosil qiladi.
A.1-murakkab boshoq 2-so`ta
B.1-so`ta 2- murakkab shingilli boshoqcha
C.1-oddiy shingil 2-murakkab shingilli boshoqcha
*D.1- murakkab shingilli boshoqcha 2-so`ta
140. Barglari novdada ketma-ket o'rnashgan, gullari qiyshiq o'simliklarni aniqlang.
1) kiyiko't; 2) beda; 3) loviya; 4) marmarak bargi; 5) isirg'ao't; 6) nastarin; 7) rayhon; 8) afsonak.
A) 2, 4, 6, 8 * B) 2, 3, 5, 8 C)1,2,3,7 D)1,6,7
141. Murakkab shingil to‘pguli asosiy gulpoyada joylashgan shingillardan(a) yoki boshoqchalardan(b) iborat o’simliklarni belgilang
1)nastarin, 2)makkajo‘xorining urug’chili gullari, 3)sholi, 4.boychechak 5.marmarak 6.suli 7.tok 8. pomidor 9. makkajo‘xorining changchili gullari
A a-2,3,6 b-1,4,9 B a-4,5,8 b-9
C a-1,7 b-2,3,6 *D a-1,7 b-3,6,9
142. Gullari yo’g’on gulpoyada o’rnashgan o’simliklarni belgilang
1.olma 2.rediska 3.makkajo’xori 4.gilos 5.karam 6.sebarga 7.qurtana 8.nok 9.piyoz 10.olcha
A 1,4,8 B 2,5,7 *C 3,6 D1,4,6,8,10
M E V A V A U R U G’ .
1. Meva asosan gulning qaysi qism(lar)idan hosil bo’ladi?
A gulqo’rg’on *B tuguncha C changchi va urug’chi
D A va B
2.Yakka gulli soxta mevaga ega o’simlik?
A olma B nok C binafsha *D behi
3.Ba’zi hollarda mevaning hosil bo’lishida gulning qaysi qismlari ishtirok etadi?
A tuguncha B gulqo’rg’on C gulo’rni *D B va C
4.Mevalar shakllanishiga ko’ra qanday bo’ladi?
A 2; ho’l va quruq *B 2; chin va soxta
C 4; ho’l va quruq, chin va soxta
D 2; chatnaydigan va chatnamaydigan
5.Agar meva faqat tugunchaning o’zidan hosil bo’lsa(a), agar uning hosil bo’lishida tugunchadan tashqari gulning boshqa a’zolari ham qatnashsa(b) qanday ataladi?
1)soxta meva 2)ho’l meva 3)chin meva 4)quruq meva
A a-1; b-3; B a-2; b-4; C a-4; b-2; *D a-3; b-1;
6. Chin mevali o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos
A 1,3,4,5,7 B 2,5,6,8 *C 2,3,5,6,8 D 1,4,7
7. Soxta mevali o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos
A 1,3,4,5,7 B 2,5,6,8 C 2,3,5,6,8 *D 1,4,7
8.Mevaning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nima(lar)dan iborat?
A urug’ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi
B urug’ning tarqalishiga yordam beradi
C o’simliklarning nasl qoldirishi uchun zarur
*D hammasi
9.Mevalarining oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo’lgan o’simlikni aniqlang.
A bodring B nok *C qayrag’och D qoraqat
10.Ho’l meva deb nimaga aytiladi?
A mevaning ichki meva qavati seret va qalin bo’lsa
B mevaning yadro qavati qalin va seret bo’lsa
*C mevaning oraliq qismi seret va qalin bo’lsa
D A va B
11. Ho’l mevali o’simlik(lar)ni belgilang.
A o’rik B shaftoli C olcha *D hammasi
12. Quruq meva deb nimaga aytiladi?
A mevaning ichki meva qavati yupqa, etsiz va quruq bo’lsa
B mevaning yadro qavati yupqa, etsiz va quruq bo’lsa
*C mevaning oraliq qismi yupqa, etsiz va quruq bo’lsa
D A va B
13. Ho’l mevaga ega bo’lmagan o’simliklar ketirilgan javobni belgilang.
A olcha, o’rik, shaftoli B no’xat, mosh, loviya
C pista, yong’oq, bodom *D B va C
14.Quyidagilardan qaysi bir(lar)i ho’l mevalarga mansub?
A rezavor meva B danakli meva C qovoq meva
*D hammasi
16. Rezavor mevali o’simliklarni belgilang.
1)pomidor 2)uzum 3)qoraqat 4)ituzum
A 1,3,4 B 1,2,3 *C 1,2,3,4 D 2,3,4
17.Bittadan ba’zan ikkitadan mag’zi bilan ajralib turadigan ho’l mevalarga tegishlilarni ajrating.
1)pomidor 2)gilos 3)olcha 4)uzum 5)qovun 6)qoroqat 7)ituzum 8)olxo`ri 9)olma 10)o`rik
A 1,4,6,7 *B 2,3,8,10 C 2,3,4,6 D hammasi
18.Mevasining oraliq qismi yupqa, etsiz bo’lgan o’simliklarni belgilang.
*A karam, alqor, yasmiq, chuchmoma
B qand lavlagi, albitsiya, archa, o’sma
C boqila, baliqko’z, loviya, gilos
D bangidevona, ituzum, kartoshka, quyonjun
19.Mevasining eti qalin va usti qattiq po’st bilan qoplangan qovoq mevali o’simliklarni belgilang.
1)bodring 2)tarvuz 3)qovun 4)qovoq 5)handalak 6)tomoshaqovoq
A 2,3,4 B 1,2,3,4 C 2,3,4,5,6 *D 1,2,3,4,5,6
22. Quruq mevalar qanday guruhlarga bo’linadi?
A ko’sak(cha), qo’zoq(cha), don,dukkak
*B chatnaydigan va chatnamaydigan C chin va soxta D yong’oqcha, danakcha, ko’sak(cha), qo’zoq(cha), don, dukkak
23. Chatnamaydigan quruq meva turini belgilang.
A B va D *B don C qo’zoq D qovoq meva
24. Bug’doy, arpa, suli va makkajo’xori uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
A to’pguli B hayotiy shakl C mevasi *D B va C
25. Chatnaydigan meva turlarini belgilang.
1)yong’oqcha 2)danakcha 3)ko’sak(cha) 4)don 5)dukkak 6)qo’zoq(cha)
A hammasi B 1,2,3,5,6 C 2,3,5,6 *D 3,5,6
27.Meva turlari va ularga mos jihatlarni juftlab yozing.
a)ko’sak meva b)qo’zoq meva c)dukkak meva
1)chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan meva bargchalardan iborat 2)bir nechta mevabargchalardan tashkil topgan 3)pallalari orasida to’siq bo’ladi 4)pallalari orasida to’siq bo’lmaydi
A a-1; b-2,3; c-2,4; B a-1; b-2,4; c-2,3;
*C a-2; b-1,3; c-1,4; D a-2; b-1,4; c-1,3;
28.Mevasi bir nechta mevabargdan tashkil topib urug’i pishgach chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang.
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 *C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
29.Mevasi bir nechta mevabargdan tashkil topgan o’simliklarni belgilang.
A chuchmoma, xolmon, ituzum, kartoshka
*B boychechak, lola, bangidevona, chuchmoma
C zirako’t, boqila, afsonak, yasmiq
D beda, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
30. Urug‘lari mevapallaga birikib turadigan o’simliklarni belgilang.
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
*D 2,4,6,9,11,13,15
31.Mevasi chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan mevabargchalardan tuzilgan o’simliklarni belgilang.(pallalar o’rtasida to’siq yo’q)
A chuchmoma, xolmon, ituzum, kartoshka
B boychechak, lola, bangidevona, chuchmoma
C zirako’t, boqila, afsonak, ebalak
*D gledichiya, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
32. Bitta mevabargdan hosil bo‘lib, pishgach mevapallasi yon tomonidagi chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang
A mingdevona *B oq akatsiya C karam D qurtana
33. Ikkita mevabargdan hosil bo‘ladigan, pishgach ikkita pallaga ajraladigan o’simlikni belgilang.
A bangidevona B zirako’t C zarpechak *D turp
34. Pallalar orasida yupqa to‘siq bo‘lib, unga urug‘lar birikadigan o’simliklarni belgilang.
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
*A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
36.Qanotchali mevaga ega bo’lgan manzarali daraxtlarni belgilang.
1)qayrag’och 2)saksovul 3)boyalish 4)zarang 5)rovoch 6)jud 7)cherkez 8)shumtol 9)terak
A hammasi B 1,2,3,4,5,6,7,8 C 1,2,4,8 *D 1,4,8
37. Bir urug‘li quruq mevali o’simliklarni belgilang
a-dukkak b-qo‘zoq c-qo‘zoqcha d-ko‘sak e-don f-pista g-yong‘oq h-qanotchali i-danakli j-rezavor k-olma l-qovoq 1.kungaboqar 2.no‘xat 3.soxta kashtan 4.qurttana 5.bodring 6.qayrag‘och 7.olcha 8.g‘o‘za 9.bug‘doy 10.ituzum 11.jag‘-jag‘ 12.nok
A a-2 b-4 c-11 d-8 *B e-9 f-1 g-3 h-6
C i-7 j-10 k-12 l-5
D a-2 b-4 c-11 d-8 e-9 f-1 g-3 h-6 i-7 j-10 k-12 l-5
38.Mevalarning tabiatdagi ahamiyati nimalardan iborat?
1)o’simliklarning ko’payishi uchun xizmat qiladi 2)urug’ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi 3)urug’ning tarqalishiga yordam beradi
4)o’simliklarning nasl qoldirishi uchun zarur 5)tabiatdagi tirik mavjudodlar uchun oziq bo’ladi 6)to’kilib chirib yerni organik moddalarga boyitadi
*A hammasi B 1,2,3,4,5 C 1,3,4,5,6 D 1,3,4
39.Juda qadim zamonlardan odamlar o`simliklarning …. keyin …. navlarini ekib kelishgan.
A madaniy; yovvoyi *B yovvoyi; madaniy C dorivor; yem-xashak D dorivor; oziq-ovqatga ishlatiladigan
40. Mevasi oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadigan o’simliklarni belgilang.
1)tariq 2)olma 3)yong’oq 4)o’rik 5)uzum 6)bug’doy 7)loviya 8)mosh 9)no’xat 10)qo’noq 11)sabzi 12)kartoshka 13)karam
A hammasi B 1,2,3,4,5,6,7,8,9,11,12,13
C 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,13 *D 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
41.Qaysi o’simliklarning mevasi oziq-ovqat sifatida foydalanilmaydi?
A olma, uzum, tariq B qo’noq
*C kartoshka, sabzi, karam D t.j.y
42. Qaysi o’simliklarning mevasidan dori-darmon tayyorlashda ishlatiladi?
1)chakanda 2)yersovun 3)zira 4)alqor 5)marmarak 6)tasbehmunchoq 7)kashnich 8)zubturum 9)sedana 10)qalampirmunchoq 11)suvqalampir 12)na’matak 13)murch
A 1,5,12 B 1,8,12 C 1,8,5 *D 5,8,12
44. O’zb.da keng tarqalgan ziravor o’simliklarni belgilang.
1)chakanda 2)yersovun 3)zira 4)alqor 5)marmarak 6)tasbehmunchoq 7)kashnich 8)zubturum 9)sedana 10)qalampirmunchoq 11)suvqalampir 12)na’matak 13)murch
*A 3,4,7,9,13 B 3,7,9,13 C 3,4,7,13 D 3,4,9,13
45.Quyida meva xillari berilgan, ularni mos o’simliklar bilan juftlang.
1)don; 2)ko’sak; 3)qo’zoqcha; 4)rezavor; 5)qanotchali; 6) dukkak;
a)qayrag’och; b)beda; c)boychechak; d)makkajo’xori; e) achambiti; f) ituzum.
A 1 d; 2 c; 3 b; 4 f; 5 a; 6 e;
B 1 d; 2 e; 3 b; 4 a; 5 c; 6f;
*C 1 d; 2c; 3 e; 4 f; 5 a; 6 b;
D 1 d; 2 f; 3 a; 4 e; 5 b; 6 c;
46. Ko’p urug‘li quruq mevali o’simliklarni belgilang
a-dukkak b-qo‘zoq c-qo‘zoqcha d-ko‘sak e-don f-pista g-yong‘oq h-qanotchali i-danakli j-rezavor k-olma l-qovoq 1.kungaboqar 2.no‘xat 3.soxta kashtan 4.qurttana 5.bodring 6.qayrag‘och 7.olcha 8.g‘o‘za 9.bug‘doy 10.ituzum 11.jag‘-jag‘ 12.nok
*A a-2 b-4 c-11 d-8 B e-9 f-1 g-3 h-6 C i-7 j-10 k-12 l-5
D a-2 b-4 c-11 d-8 e-9 f-1 g-3 h-6 i-7 j-10 k-12 l-5
47. Oraliq qismi seret va qalin mevali o’simliklarni belgilang
a-dukkak b-qo‘zoq c-qo‘zoqcha d-ko‘sak e-don f-pista g-yong‘oq h-qanotchali i-danakli j-rezavor k-olma l-qovoq 1.kungaboqar 2.no‘xat 3.soxta kashtan 4.qurttana 5.bodring 6.qayrag‘och 7.olcha 8.g‘o‘za 9.bug‘doy 10.ituzum 11.jag‘-jag‘ 12.nok
A a-2 b-4 c-11 d-8 B e-9 f-1 g-3 h-6 *C i-7 j-10 k-12 l-5
D a-2 b-4 c-11 d-8 e-9 f-1 g-3 h-6 i-7 j-10 k-12 l-5
48. Bir tutam tuklari yordamida mevasi uchib tarqaladigan o’simlikni belgilang.
A zarang B qo‘noq C marmarak *D terak
49. Qaysi o’simlik mevasi pishgan vaqtda xuddi ajralib chiqqan paxta bilan o‘ralgandek tuyuladi va uchib yuradi.
A terakning chachili tupi B qayrag‘och
C zarang *D terakning urug‘chi tupi
50. Guli qalqoncha to’pgulli olma mevalarni belgilang.
1.olma 2.gilos 3.nok 4.olcha 5.behi
A 1,3,5 B 2,4 C 5 *D 1,3
51. Guli qalqoncha to’pgulli danakli mevalarni belgilang.
1.olma 2.gilos 3.nok 4.olcha 5.behi
A 1,3,5 *B 2,4 C 5 D 1,3
52. Olma, nok va behi uchun umumiy xususiyatni belgilang.
A olma meva B qalqoncha to’pgul
C soxta meva *D A va C
53. Urug’ qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
1)po’st 2)murtak 3)urug’palla 4)endosperm
A 2,4 B 1,2,3 *C 1,2,4 D 1,2,3,4
54.O’simliklar …ga qarab bir va ikki urug’pallali o’simliklarga bo’linadi.
A urug’iga B guli, bargi, ildizi va poyasi
*C urug’palla D barg tomirlari
55. Ikki urug’pallalilar urug’ining tarkibiy qismlarini belgilang.
*A ildizcha, poyacha, kurtakcha, 2ta urug’palla
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
56.Ikki urug’pallalilarning murtagi nimalardan tashkil topgan?
*A ildizcha, poyacha va kurtakcha, 2ta urug’palla
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
57. O’zb. Ikki urug’pallali madaniy o’simliklar ichida eng keng tarqalgan o’simlikni belgilang.
A bug’doy B makkajo’xori * C g’o’za D kanop
58.G’o’za chigitini tashqi tomondan qoplab turadigan qobig’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)oq va yupqa 2)qalin 3)yog’ochlashgan 4)hujayralarida uzun tuklar-tolalar joylashgan 5)yogo’chlashmagan
A 1,3,4 *B 2,3,4 C 1,4,5 D 2,4,5
60.G’o’za urug’pallasiga xos bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)endosperma va murtakni ajratib turadi 2)murtakdan keyin joylashgan 3)qat-qat bo’lib joylashgan bo’ladi 4)oq yupqa po’st va murtak orasida joylashgan
A 1,3 *B 3 C 2,3 D 3,4
61. Yer yuzasiga ikki urug’palla bargi bilan chiqadigan o’simliklarni belgilang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
A 1,4,5 B 1,4,5,6 *C 2,3,6 D 2,3,5
62.Bir urug’pallalilar urug’ining tarkibiy qismlarini belgilang.
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
*D po’st, murtak, endosperm
63.Bir urug’pallalilarning murtagi nimalardan tashkil topgan?
*A boshlang’ich ildizcha, poyacha, kurtakcha, 1ta urug’palla
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak D 2ta urug’palla va murtak
64.Murtagi boshlang’ich ildizcha, poyacha, kurtakcha va 1ta urug’palla dan tashkil topgan o’simliklarni aniqlang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
*A 1,4,5 B 1,4,5,6 C 2,3,6 D 1,2,4
65.Bug’doy va uning urug’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yer yuzida eng ko’p tarqalgan bir urug’pallali o’simlik 2)sirti yupqa sariq po’st bilan qoplangan 3)sirti qalin sariq po’st bilan qoplangan 4)sirti yupqa oq po’st bilan qoplangan 5)po’sti qo’shilib o’sgan ikkita qobiqdan iborat 6)tashqisi urug’ po’sti ichkisi meva qobig’i 7)tashqisi meva qobig’i ichkisi urug’ po’sti
A 1,2,5,6 B 1,3,5,7 *C 1,2,5,7 D 1,4,5,7
66.Bug’doy urug’ining asosida ..... joylashgan.
*A endosperma B urug’palla C murtak D urug’ yo’li
67.Bug’doy urug’idagi murtak va endospermani nima bir-biridan ajratib turadi?
A murtak po’sti B endosperma po’sti
*C urug’pallasi D boshlang’ich kurtakcha
68.Bug’doy urug’ining aksariyat qismini nima tashkil qiladi?
*A endosperma B urug’palla C murtak D kurtakcha
69.O’zida oziq moddalari jamg’argan hujayralar to’plami qanday ataladi? (bug’doy urug’ida)
*A endosperma B urug’palla C murtak D A va B
70. Urug’ tarkibida suv bor yoki yo’qligini aniqlash uchun qanday tajriba bajariladi?
A oq qog’ozga urug’ ishqalanadi
B urug’ qo’l kaftlariga olib ishqalanadi
C yod tomiziladi
*D probirkaga solib alangada qizdiriladi
71.Urug’ning asosiy qismini nima tashkil etadi? (kimyoviy tarkib jihatdan)
A mineral moddalar B mineral va organik moddalar
*C organik moddalar D endosperma
73.Urug’i tarkibida ko’p miqdorda moy va zaharli moddalar bo’ladigan o’simlikni belgilang.
A maxsar B kampirchopon *C bodom D pista
74.Urug’i tarkibidagi hujayralarida kraxmal va ko’p miqdorda oqsil donachalari bo’ladigan o’simlik(lar)ni belgilang.
A kartoshka *B bug’doy C soya va loviya
D kartoshka va bug’doy
75.Urug’ida oziq moddalarning ko’pligi jihatdan ajralib turadigan o’simliklarni organik moddalari bilan birga juftlab yozing.
a)kraxmal b)oqsil c)moy d)zaharli moddalar
1)mastak 2)bug’doy 3)loviya 4)kungaboqar 5)no’xat 6)makkajo’xori 7)g’o’za 8)bodom 9)shaftoli 10)yeryong’oq 11)o’rik 12)kampirchopon 13)yong’oq
14)mosh
A a-3,5,14; b-2,6; c-4,7,8,9,10,11,13; d-1,8,9,12
B a-2,6; b-3,5,14; d-4,7,8,9,10,11,13; c-1,8,9,12
*C a-2,6; b-2,3,5,14; c-4,7,8,9,10,11,13; d-1,8,9,12
D t.j.y
76.Urug’ tarkibidagi oziq moddalar nima(lar)ning tarkibida saqlanadi?
A endosperma B urug’palla C murtak *D A va B
IV BOB. GULLI O’SIMLIKLARNING HAYOTIY FAOLIYATI
1. Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan ildizga-poyagacha ko’tarilish jarayonining ketma-ketligini belgilang.
A tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, yer ustki qism
*B tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, yer ustki qism
C tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, elaksimon naychalar, yer ustki qism
D tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, lub tolalari, yer ustki qism
2. O’simlik hujayrasining tarangligi qaysi moddaga bog’liq?
*A suvga B oziq moddalarga C kraxmal-glukozaga D klechatkaga
3. Nima suv va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga, pastdan yuqoriga ko’tarilishiga majbur etadi?
*A ildiz bosimi B shira harakati
C hujayra ichidagi bosim D hujayralararo bosim
4.Ko’p yillik o’simliklarning ildiz tukchalari qaysi faslda o’z faoliyatini boshlaydi(faollashadi)(a) va qaysi faslda tugatadi(b)?
Aa-bahor; b-kuz *B a-bahor; b-qish; C a-yoz; b-qish
D a-yoz; b-kuz;
6.Bahorda kesilgan daraxt(o’simlik)lar tanasidan nimaning ta’sri natijasida suv(shira) oqadi?
*A ildiz bosimi B shira harakati
C hujayra ichidagi bosim D hujayralararo bosim
7.Ildiz bo`g`zidan kesib tashlansa suv yumalab tushadigan o`simlik.
*A)yantoq B)shuvoq C)keyreuk D)tok
8. O’g’itlar asosan nechta va qanday guruhlarga bo’linadi?
A 2; organik va anorganik *B 2; organik va mineral
C 2; makroelementli va mikroelementli D A va B
9. Qaysi turdagi o’g’itlar tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi?
*A organik (go’ng) B azotli
C kaliyli va fosforli D fosforli va azotli
10. Ular turli xil bo’ladi. Faqat zavodlarda tayyorlanadi. O’zbekistonda Navoiy va Chirchiqda shunaqa zavodlar mavjud. Bu ta’rif qaysi o’g’itlarga tegishli?
A organik *B mineral C mikroelementli
D makroelementli
11. Mineral o’g’itlar qanday bo’ladi?
A organik va anorganik
B makroelementli va mikroelementli
*C kaliyli, fosforli va azotli D hammasi
12. Mineral o’g’itlarni ta’sir qilish xususiyatlari bilan juftlab yozing.
1)kaliyli 2)azot (selitra)li 3)fosforli 4)go’ng
a)tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi b)o’simlikning o’sishini tezlashtiradi c)o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi d)mo’l hosil to’planishiga yordam beradi e)tez pishib yetilishini ta’minlaydi
A 1-d,e; 2-b; 3-d,e; 4-a,c; B 1-d; 2-b,e; 3-d; 4-a,c;
*C 1-d,e; 2-b; 3-d,e; D 1-d; 2-b,e; 3-d;
13.Ildiz tukchasi va ildiz po`st hujayrasi uchun umumiy xususiyat?
*A.qobig`i yupqa bo`lgan tirik hujayra
B.hujayralari yumaloq va tirik
C.yirik yadro
D.hujayra shakli, mag`zi yirik
14.Ildiz tukchalari bilan yonma-yon joylashgan hujayralarga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1.bitta hujayradan iborat 2.uzun 3.yumaloq 4.yirik yadroli 5.tirik 6.qalin qobiqli 7.yupqa qobiqli
*A.1,3,5,7 B.3,5,7 C.1,2,4,7 D.1,3,4,5,7
15. Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach nazorat uchun olingan 1-novdada qanday o'zgarish kuzatiladi?
A novda qurib qoladi
B faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi
*C novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi
D novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi
16. Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach po'stlog'i halqa shaklida kesilgan novdada qanday o'zgarish kuzatiladi?
A novda qurib qoladi
*B faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi
C novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi
D novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi
17.Agar novdaning po'stlog'i kesib olinsa bu o'sha joydagi moddalar almashinuviga qanday ta'sir ko'rsatadi?
A moddalar almashinuvi jaddalashadi
B suv va mineral moddalari o'tmaydi
*C oziq moddalari o'tmaydi
D suv, mineral moddalar va oziq moddalari o'tmaydi-moddalar almashinuvi buziladi
18. Suv unda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) … orqali o'simlikning barcha organlari bo'ylab harakatlanadi.
A nay tolali bog'lam B floema *C ksilema D po’stloq
19. Ildiz suv va unda erigan mineral moddalarni zarur miqdorda yetkazib bermasa o'simlikda qanday jarayon kuzatiladi?
A o'simlikning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi
*B barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi
C qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi
D yon ildizlar o'sib chiqadi
20. Agar barglarda organik moddalar yetishmasa o'simlikda qanday jarayon kuzatiladi?
*A o'simlikning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi
B barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi
C ildiz orqali suv so'rilishi tezlashadi
D shira harakati tezlashadi
21. O'simliklarning shox-shabbasiga shakl berish va qisqartirishdan ko'zlangan maqsad(lar) nima?
A mo'l hosil olish B chiroyli ko'rinish berish
*C oziq moddalar harakatini muvofiq tomonga yo'naltirish D hammasi
22. G'o'zani chilpish orqali oziq moddalar harakatini qaysi organ(lar)ga yo'naltirish mumkin ?
*A gul va mevalarga B poya va yon shoxlarga
C ildizga D bargga
23. O'simliklarda quyosh nuri ta'sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo'lishi va havoga kislorod ajralib chiqishi jarayoni … deb ataladi.
A fotoliz *B fotosintez C autosintez D xemosintez
24. Fotosintez so'zi qaysi so'zdan olingan qanday ma'noni anglatadi?
*A yunoncha so'z "fotos"-yorug'lik; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
B lotincha so'z "fotos"-yorug'lik; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
C yunoncha so'z "fotos"-elektron; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
D lotincha so'z "fotos"-elektron; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
25.Organik moddalar yashil bargning qaysi qism(lar)idagi hujayralarda hosil bo’ladi?
A barg po’sti *B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida D xlorofillda
26.Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga o'zining munosib hissasini qo'shgan mashhur rus olimi va u fotosintezni asoslab bergan asarini nomini belgilang.
A Timiryazev "Quyosh va o'simlik"
B Timiryazev "Hayot va xlorofill"
*C Timiryazev "Quyosh, hayot va xlorofill"
D Timiryazev "Quyosh, hayot va o'simlik"
27.Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan so'rilishi nima(lar)ga bog'liq holda kechadi?
*A ildiz bosimi B barg hujayralarining so'rishi
C shira harakati D A va B
28. Fotosintez jarayonida ishlatiladigan CO2ni o'simlik qayerdan oladi?
A o'simlikda sodir bo'ladigan moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladi
B ildiz orqali suvda erigan holatda so'rib olinadi
*C bargdagi og'izchalar orqali qabul qilinadi
D poyadagi yasmiqchalar orqali qabul qilinadi
29.Karbonat angidridning suv bilan birikishi barg eti hujayralarining qaysi organoidida kechadi?
A sitoplazma B mitoxondriya C endoplazmatik to'r
*D xlorofill
30.CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) dastlab qanday birikma hosil bo'ladi?
A sut kislota B karbonat kislota *C shakar –glukoza D kraxmal
31.CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) keyinchalik qanday birikma hosil bo'ladi?
A sut kislota B karbonat kislota C shakar -glukoza
*D kraxmal
33.Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo'lgan organik moddalarning suvda erish yoki erimaslik xususiyatini belgilang.
A suvda erimaydi *B suvda eriydi
C ko'p qismi suvda eriydi, ba'zilari esa umuman erimaydi
D juda kam miqdorda eriydi
34.Elaksimon naylar suvda erigan organik moddalarni bargning qaysi qismidan oladi?
A juft loviyasimon hujayralardan *B barg etidan
C barg yaprog’ining barcha qismidan D xlorofilldan
35. O'simliklarda … qancha yetarli bo'lsa, organik moddalar ham shuncha ko'p hosil bo'ladi.
1)yorug'lik 2)harorat 3)suv 4)mineral tuzlar 5)CO2
A 1 B 1,3,4 C 1,2,3,4 *D 1,2,3,4,5
36.O'simliklarda organik modalar qancha ko'p bo'lsa ularning hosili …
*A shuncha mo'l bo'ladi B tez buziladi
C uzoq vaqt saqlanadi
D hosil kam lekin o'simlik baquvvat bo'ladi
37. Har qanday o'simlikni ekkanda avvalo uning …ga bo'lgan talabini inobatga olish lozim.
A suv *B yoryg'lik C harorat D mineral modda
38. Barglarni rangsizlantirish uchun qaysi eritmadan foydalaniladi?
*A spirt eritmasi B yodning kuchsiz eritmasi
C xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi
D sirka eritmasi
39. Nafas olish(I) va fotosintez(II) jarayonlarida qaysi gazlar tashqi muhitdan qabul qilinadi(a) va chiqariladi(b)?
1) O2 2)CO2
A I a-2; b-1; II a-2; b-1; *B I a-1; b-2; II a-2; b-1;
C I a-2; b-1; II a-1; b-2; D I a-1; b-2; II a-1; b-2;
40. O'simliklarda nafas olish jarayonining oziqlanish jarayonidan farq(lar)ini belgilang.
1)qabul qilinadigan gaz 2)tashqi muhitga chiqariladigan gaz 3)organik moddalar hosil bo'ladi 4) organik moddalar parchalanadi 5)yorug'likni talab qilmaydi 6)kecha-kunduz uzluksiz sodir bo'ladi
A 1,2,3,5 B 1,2,3,5,6 *C 1,2,4,5,6 D 1,2,4
41.Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi. Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng yorug’likda turgan 1-stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang.
A cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p bo’lgan
B cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p bo’lgan
*C cho’p yonishda davom etgan-idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan
D cho’p yonishda davom etgan-idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan
42. Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi. Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng qorong’ulikda turgan 2-stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang.
A cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p, CO2kam bo’lgan
*B cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p, O2kam bo’lgan
C cho’p yonishda davom etgan-idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan
D cho’p yonishda davom etgan-idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan
43. Quyidagilardan noto’g’rilarini belgilang.
A o’simlikdagi hamma tirik hujayralari nafas oladi va o’sib rivojlanadi
B kunduzi kuni organik moddalarning hosil bo’lishi va nafas olish bir vaqtda kechadi
*C qorong’ulikda organik moddalarning hosil bo’lishi va parchalanishi bir vaqtda kechadi
D noto’g’ri javob keltirilmagan
44.Suv o`simlik bargidan qanday shaklda ajraladi?
A)gaz B)bug`C)suyuq D)t.j.y
45.Suv bug’latish jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyatini belgilang.
1) ildiz orqali suv va mineral moddalarning so’rilishi tezlashadi 2)poya bo’ylab moddalarning harakati yaxshilanadi 3)o’simlik organlarining qizib ketishidan saqlaydi
*A 1,2,3 B 1,3 C 1,2 D 2,3
46. O’simliklarning suv bug’latishini qaysi tajriba yordamida isbotlash mumkin?
A bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
B bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
*C gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali D A va B
48. Qaysi moddani bargli novda solingan shisha idishga tomizish orqali suv bug’latishini (vaqtincha) to’xtatish mumkin?
*A moy B yod C spirt D sirka kislota (kuchsiz)
49. Bir tup o’simlikning barglari qancha suv bug’latganligini hisoblab chiqish uchun qaysi tajriba bajariladi?
A bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
B bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
C gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali
*D bargli novdani suvli shisha idishga solinadi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchisiga qadoq toshi qo’yiladi-muvozanatga keltiriladi suv bug’lanishi natijasida shisha idishdagi suv kamayadi, tarozi pallasi asta-sekin ko’tariladi. Tarozi pallalari yana muvozanatga keltirilib qancha suv bug’langanligi topiladi.
50.O’simliklarning tuproqdan oladigan suvining turli darajada bug’latishi nima(lar)ga bog’liq?
A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga
*C A va B D hayotiy shakliga
51. Qanday sharoitda o’sadigan o’simliklar suvni nisbatan kam bug’latadi?
*A issiq, quruq sharoit B issiq, sernam sharoit
C salqin, quruq sharoit D salqin, sernam sharoit
52.Barglari juda maydalashib ketgan cho’l o’simligini belgilang.
*A saksovul B kaktus C shuvoq, qoraboyalich
D shirinmiya
53. Barglari shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketgan o’simlikni belgilang.
A saksovul *B kaktus C shuvoq, qoraboyalich
D shirinmiya
54. Barglarda shakllangan suvni kam bug’latishga nisbatan paydo bo’lgan moslanishlarni belgilang.
1) barglarning juda maydalashib ketganligi 2)barglarning shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketganligi 3)barglarning qalin tuklar bilan qoplanganligi 4)yoz oylarida barglarning to’kib yuborish
*A 1,2,3,4 B 1,2,3 C 2,3 D 1,3,4
55. Suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklarni belgilang.
A saksovul B kaktus *C shuvoq, qoraboyalich
D shirinmiya
56. Bir tup g’o’za yoz oylarida qancha suv bug’latadi?
A 500-600 l *B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C 200 l D 250-300l
57.Bir tup makkajo’xori yoz oylarida qancha suv bug’latadi?
A 500-600 l B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
*C 200 l D 250-300l
58. Bir tup o’rta yoshdagi(30-40yillik) qizilmiya yoz davomida qancha suv bug’latadi?
*A 500-600 l B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C 200 l D 250-300l
59.Yashil o’simliklardagi xlorofill qachon yemiriladi?
A yorug’lik yetishmaganda, harorat ortib ketganda
B yorug’lik ortib ketganda, harorat yetishmaganda
*C yorug’lik yetishmaganda, harorat yetishmaganda
D yorug’lik ortib ketganda, harorat ortib ketganda
60. Nima sababdan kuzda barg hujayralaridagi sariq, qizil va binafsha rangdagi bo’yovchi moddalar sezilarli bo’lib qoladi?
A xromoplastlar va xloroplastlarning sintezi tezlashadi
*B xlorofillar yemiriladi
C oziq moddalari yetishmay qoladi
D suv yetishmaydi
61.Kuzda xlorofill ... ga aylanadi.
*A xromoplast B xloroplast C leykoplast D A va B
62.O’simliklarning hayot faoliyati uchun kerak bo’lmagan zararli moddalar o’simliklarning qaysi organi(qismi)dagi hujayralarda to’planadi?
A o’zak hujayralarida *B barg hujayralarida
C ildiz sathidagi hujayralarida
D meva-urug’ tarkibidagi hujayralarda
63.O’simliklarning ayirish vazifasini bajaruvchi organini belgilang.
A ildiz B meva –urug’ *C barg D poya
64. Barglarda yoz bo’yi to’plangan(hosil bo’lgan) oziq moddalar o’simlikning qaysi qismidagi hujayralarda saqlanadi?(kuzda)
1)barg hujayralarida 2)ildizidagi hujayralarida 3)meva-urug’ tarkibidagi hujayralarda 4)poya tarkibidagi hujayralarda
A 1,2,3,4 B 3 C 2,3,4 D 4
65. Bahorda (barg chiqargungacha bo’lgan davrda) o’simliklar qayerda to’plangan moddalardan foydalanib o’sish va rivojlanishda davom etadi?
1)barg hujayralarida 2)ildizidagi hujayralarida 3)meva-urug’ tarkibidagi hujayralarda 4)poya tarkibidagi hujayralarda
A 1,2,3,4 *B 3 C 2,3,4 D 4
66 …ning hosil bo’lishi barglarning to’kilishidan darak beradi.
A po’st * B po’kak C po’stloq D yasmiqchalar
67.Barglarning to’kilishidan oldin hosil bo’ladigan po’kakning joylashgan o’rnini belgilang.
A barg yaprog’ining barg bandiga birikkan joyida
B barg yaprog’ining novdaga birikkan joyida
*C barg bandining novdaga birikkan joyida
D A va C
68.Barglarning to’kilishida o’simlikdagi qaysi fiziologik jarayonning ahamiyati katta?
A nafas olish *B suv bug’latish C fotosintez
D oziqlanish
70.O’simliklarning tinim davrida nimalar kuzatiladi?
1) oziq moddalar hosil bo’lishi to’xtaydi 2) nafas olish sekinlashadi 3) shira harakati to’xtaydi 4) oziq moddalar hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi 5) nafas olish to’xtaydi 6) shira harakati deyarli to’xtaydi
7) nafas olish tezlashadi
A 1,2,3 B 4,5,6 *C 2,4,6 D 4,6,7
71.Barglari qishda ham to’kilmay, saqlanib turadigan o’simliklarni belgilang.
1) atirgul 2) ligustrum 3)archa 4) shamshod 5)qarag’ay 6)qulupnay 7)nastarin
A 2,4 *B 1,2,3,4,5,6,7 C 3,5,6 D 2,3,4,5,6
72.Archa barglarini qaysi vaqtda(qachon) almashtiradi?
A yozda B har 10 yilda C kuzda *D yil davomida
73. Qaysi o`simliklarning bargi halqasimon joylashmagan?
1.xolmon 2.mavrak 3.gazanda 4.qumrio`t 5,qirqbo`g`im 6.sambitgul
A.1.2.3 *B.2,3 C.1,3,4 D.1,2,4
74.Uch bo`lakli(1), uch bargchali(2), oddiy panjasimon(3) va murakkab panjasimon(4) bargli o`simliklarni aniqlang?
a.majnuntol b.beda c.shoyi akatsiya d.soxta kashtan e.g`o`za f.yong`oq g.gilos h.zarang j.totim
A.1b 2f 3g 4d B.1e 2b 3g 4j
C.1c 2e 3h 4f *D.1e 2b 3h 4d
75.Bargni tashkil etuvchi hujayralarni ularning vazifasi va qaysi to`qimaga mansubligi bilan juftlang?
a.epiderma b.ustunsimon c.tolalar d.o`lik naychalar e.tirik naychalar
1.fotosintez 2.tayanch 3.himoya 4.suvni o`tkazish 5.organik moddalarni o`tkazish
I mexanik to`qima II qoplovchi to`qima III-o`tkazuvchi to`qima IVassimilatsion to`qima
A.a-3-II, b-2-I,c-4-III,d-5-III,e-1-IV
B.a-3-I, b-1-IV,c-2-II,d-5-III,e-4-III
*C.a-3-II, b-1-IV c-2-I d-4-III e-5-III
D.a-3-II b-2-I c-4-I d-5-III e-1-IV
76. Bargi qarama-qarshi joylashgan ko`p yillik o`tlar(a), madaniy butalar(b) va bir yillik o`tlar(c) ni aniqlang?
1.qovun 2.yalpiz 3.qoraqat 4.zirk 5.mosh 6.nastarin 7.rayhon
*A.a-2 b-6 c-7 B.a-2 b-3 c-1
C.a-6 b-4 c-1 D.a-6 b-4 c-7
77.Terak va jiyda uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarni belgilang?
1.birinchi sovuqdanoq bargini to`kib yuboradi 2.qalamchasidan ko`paytiriladi 3.ildiz bachkisi orqali ko`paytiriladi 4.dastlab barg kurtaklari ochiladi 5.tez yo`g`onlashadi 6.bargida tomirlar yaxshi ko`rinadi 7.poyasi bargli
A.1,2,3,6 B.1,5,6,7 C.1,2,4,7 *D.1,2
78.Olma va o`rik uchun umumiy bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang?
1.bargi ancha barvaqt to`kiladi 2.tanasining yuqori qismi qurib pastidan yangidan o`sib chiqadi 3.hayotiy shakli 4.dastlab gul kurtaklari ochiladi 5.shox-shabbasi yoyiq 6.yog`ochligi qattiq 7.qalamchalaridan ko`paytiriladi 8.barglarining joylashishi 9.gul kurtagi yirik 10.bargi yaxlit 11.poyasi shoxlangan 12.tez yog`onlashadi 13.kurtagi mayda 14.bargi o`yilgan
*A.1,2,4,6,7,9,11,12 B.2,6,7,9,11,12.13 C.1,4,7,9,10,11,12 D.1,2,6,9,10,12,13
79.Bargga mustahkamlik beruvchi tolalar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1.zanjir shaklida ulangan 2.juda uzun 3.po`sti qalin 4.pishiq 5.to`rga o`xshab bir-birig ulangan 6.yupqa po`stli 7.ularda oziq moddalar ham harakatlanadi 8.nay tolali boylamlarni hosil qiladi
A.2,3,4,8 B.1,2,3,4,7,8 C.1,3,4,8 *D.2,3,4
80. Yil bo‘yi o‘sib, barglari qishda ham saqlanib qoladigan o’simliklarni belgilang.
*A archa, qarag’ay, qora qarag'ay, shamshod
B nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, shamshod
C nastarin, atirgul, ligustrum D shamshod, ligustrum
81.Barglari oddiy, navbat bilan joylashgan, tez o’sadigan, ildiz bachkisi va qalamchasidan ko’payadigan, barglari ancha barvaqt to’kiladigan o’simlik.
*A) terak B) tok C) yantoq D) olma
82.Yong`oq, na`matak, qulupnay, shirinmiya kabi o`simliklarni umumiy birlashtiruvchi xususiyatini toping?
A.bir oilaga mansub B.hayotiy shakli bir xil *C.barg bandida bir necha bargchalar tutadi D.vegetativ kurtaklari keyin ochiladi
83.Oddiy panjasimon va murakkab panjasimon bargga ega bo`lgan o`simliklarning hech biriga tegishli bo`lmagan xususiyat(lar)i qaysi javobda to`gri ko`rsatilgan?
A.Kurtagi yirik B.har yili yangi kurtaklar hosil qiladi
C.Qishning sovug`iga bardosh berib o`sadi
*D.bargi ancha barvaqt to`kiladi
84.Noto`g`ri fikrni aniqlang?
A.qulupnay uch bargchali murakkab barg
B.ildizpoyada shakli o`zgargan kurtaklar bo`ladi
C.poyalar ichki tuzilishi bilan bir biridan farq qiladi
*D.ildizdagi naylar orasida havo bo`shliqlari bo`ladi
85. Poyada barglari bandsiz o`rnashgan o`simlik(lar)ning hayotiy shaklini aniqlang?
*A.bir yillik B.ikki yillik C.daraxt D.hammasi to`g`ri
86. Yantoq o`simligining bargiga xos bo`lgan xususiyatlarni belgilang?
1.oddiy 2.yonbargchali 3.o`yilgan 4.yonbargsiz 5.poyada ketma-ket joylashgan 6.poyada qarama-qarshi joylashgan 7.murakkab barg
A.3,4,6,7 *B.1,2,5 C.1,3,6 D.4,6,7
87.Qaysi javobda soxta kashtan o’simligiga tegishli ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) barglari murakkab panjasimon 2) kurtaklari nisbatan mayda; 3) lub tolalari rivojlanmagan; 4) barglari murakkab patsimon 5) ildizpoyali o’simlik; 6) kurtaklari nisbatan yirik; 7) hayotiy shakli daraxt
A 3,4,6 *B 1,6,7 C 2,5,7 D 1,4,6
88. Oddiy yonbargsiz (a) va oddiy yonbargli (b) o’simliklarni belgilang.
1)Olma; 2) quyonjun; 3) madaniy tok; 4) beda;
5) saksovul; 6) olcha
A a-2,3; b-1,5,6 B a-1,2,5,6; b-3,4
C a-1,2,6; b-3,4,5 *D a-2,5; b-1,3,6
89. Qaysi javobda yalpizga xos bo`lmagan belgilar ko`rsatilgan?
1.bargi poyada navbat bilan joylashgan 2.bargi poyada qarama-qarshi joylashgan 3.bir yillik o`t 4.ildiz bachkilari orqali ko`payadi 5.ko`p yillik o`t 6.ildizpoyali o`simlik
A.2,3.5 B.2,5,6 *C.1,3,4 D.1,4,5
90. Kuzda o'simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri … dir.
Atinim davri Bdiapauza *C xazonrezgilik D anabioz
91.Qaysi o'simliklarning barglari ancha barvaqt to'kiladi?
*A jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant
B jiyda, chinor, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant
C nastarin, atirgul, ligustrum D shamshod, ligustrum
92. Qaysi gulli o'simliklarning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi?
A archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
*C nastarin, atirgul, ligustrum D shamshod, ligustrum
93. Qaysi gulli o'simliklarning bargi qishda ham to'kilmaydi?
A archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
*C nastarin, atirgul, ligustrum D shamshod, ligustrum
94. Barglari qishda ham to’kilmay, saqlanib turadigan madaniy buta(lar)ni belgilang.
A shamshod B atirgul *C nastarin D hammasi
95. Xazonrezgilikning o'simliklar uchun ahamiyati nima?
*A o'simliklarni qishki noqulay holatdan saqlaydi, chunki ular qishda tuproqdagi suvdan foydalana olmaydi
B ildizning so'rish kuchini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini jadallashtiradi
C ildizning so'rish kuchini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini susaytiradi
D t.j.y
92. O'simliklarning faqat yopiq urug'larga xos organini belgilang.
*A gul B urug' C arxegoniy D anterediy
93. Qaysi faslda o‘simliklarda tinim davri boshlanadi, ya’ni oziq moddalar hosil bo‘lishi, hujayradagi shira harakati deyarli to‘xtaydi, nafas olish sekinlashadi.
A bahor B yoz C kuz *D qish
94. Muhitning ma’lum bir omiliga moslashgan o‘simliklar … deyiladi.
A hayotiy shakl B ekologik omillar *C ekologik guruhlar D antropogen omillar
96. Barglarning to‘kilishida suv bug‘lanishining ahamiyati aniqlang.
A to‘kiladigan barglar orqali bir yil davomida o‘simliklarda to‘planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi
B qishda, barglar orqali suv ning bug‘lanishi to‘xtaydi
C o‘simlik tinim davriga o‘tadi *D barchasi to’g’ri
97. Tanasi butunlay yoki ko‘p qismi suvga bo’lib o‘sadigan o’simliklarni belgilang.
1.saksovul 2.suv nilufari 3.karam 4.sarsazan 5.qo‘g‘a 6.agava 7.elodeya 8.bug‘doy 9.ro‘vak 10.olma 11.kaktus 12.sebarga 13.shuvoq 14.qamish 15.makkajo‘xori 16.baliqko‘z
A 1,4,6,11,13,16 *B 2,7 C 3,8,10,12,15 D 5,9,14
98. Tanasi qisman suvga bo’lgan holda o‘sadigan o’simliklarni belgilang.
1.saksovul 2.suv nilufari 3.karam 4.sarsazan 5.qo‘g‘a 6.agava 7.elodeya 8.bug‘doy 9.ro‘vak 10.olma 11.kaktus 12.sebarga 13.shuvoq 14.qamish 15.makkajo‘xori 16.baliqko‘z
A 1,4,6,11,13,16 B 2,7 C 3,8,10,12,15 *D 5,9,14
99. Suv tanqisligiga chidamli bargi mayda qipiqsimon o’simlikni belgilang
A shuvoq *B saksovul C sarsazan D qo’g’a
100. Namlik yetarli muhitda o’suvchi o’simliklarni belgilang.
1.saksovul 2.suv nilufari 3.karam 4.sarsazan 5.qo‘g‘a 6.agava 7.elodeya 8.bug‘doy 9.ro‘vak 10.olma 11.kaktus 12.sebarga 13.shuvoq 14.qamish 15.makkajo‘xori 16.baliqko‘z
A 1,4,6,11,13,16 B 2,7 *C 3,8,10,12,15 D 5,9,14
102. Suv tanqisligiga chidamli bargi mayda bo’laklarga bo’lingan o’simlikni belgilang
*A shuvoq B saksovul C sarsazan D qo’g’a
103.Ekologik guruhlar va ularga mos o’simliklarni juftlang.
a-suvda o’suvchi, b-namlik yetarli muhitda o’suvchi, c-suv tanqisligiga chidamli, d-namsevar
1.saksovul 2.suv nilufari 3.karam 4.sarsazan 5.qo‘g‘a 6.agava 7.elodeya 8.bug‘doy 9.ro‘vak 10.olma 11.kaktus 12.sebarga 13.shuvoq 14.qamish 15.makkajo‘xori 16.baliqko‘z
A a-2,7 b-3,8,10,12,15 c-5,9,14 d-4,6,11,16
B a-5,9,14 b-3,8,10,12,15 c-1,4,6,11,13,16 d-2,7
C a-2,7 b-3,8,10,12,13 c-1,4,6,11,14,15 d-5,9,16
*D a-2,7 b-3,8,10,12,15 c-1,4,6,11,13,16 d-5,9,14
Do'stlaringiz bilan baham: |