Nazorat testlari 1. Qizilo‘ngach atreziyasi embriologiyasi asosida nima yotadi? A) old ichak dorsal va ventral bo‘limlarining buzilishi B) old ichak dorsal qismining to‘la rivojlanmasligi. D) old ichak ventral qismning to‘la rivojlanmasligi E) laringotraxeoezofagel teshik shakllanishi F) old ichak ventral qismi bo‘limining buzilishi 2. Qizilo‘ngach atreziyasi sinflanishi qaysi variantlardan kelib chiqadi? A) distal traxeoqizilo‘ngach teshigi bilan qizilo‘ngach atreziyasi B) proksimal traxeoqizilo‘ngach teshigi bilan qizilo‘ngach atreziyasi D) traxeoqizilo‘ngach teshigisiz qizilo‘ngach atreziyasi E) distal va proksimal traxeoqizilo‘ngach teshiklari bilan qizilo‘ngach atreziyasi F) barcha variantlar 3. Qizilo‘ngach atreziyasining klinikasi: A) og‘izdan ko‘pikli ajralishlar B) yo‘tal va ko‘karish D) nafas qisishi E) regurgitatsiya F) ovqatlantirishda kuchayadigan barcha ko‘rsatilgan simptomlar 4. Qizilo‘ngach atreziyasini diagnostika qilishning eng oddiy va tez metodi qanday? A) havo kiritish bilan zondlash B) exoskanerlash D) rentgenogramma E) kontrast bilan zondlash F) respirator diterss-sindromining rivojlanishi 5. Qizilo‘ngach atreziyasini operativ davolash uchun eng qulay muddat qaysi? A) tug‘ilgandan so‘ng birinchi 6–12 soatlar B) tug‘ilgandan so‘ng birinchi 12–24 soatlar D) tug‘ilgandan so‘ng bir sutka o‘tib E) tug‘ilgandan so‘ng 2–3-kunlar F) umumiy holatning turg‘unlashuvi bo‘yicha 6. Izolyatsiyalangan traxeoqizilo‘ngach teshigining klinik alomatlari qanaqa? A) ovqatlantirishda yo‘tal xurujlari B) nafas qisishi, ko‘karish D) ko‘p uchraydigan pnevmoniyalar E) o‘pkalarning keng atelektazlari F) barcha javoblar to‘g‘ri 7. Izolyatsiyalangan traxeoqizilo‘ngach teshigida majburiy tadqiqot uskunalari ro‘yxati A) suvda eriydigan kontrastli rentgenografiya B) ezofagoskopiya D) traxeobronxoskopiya E) ko‘krak qafasining rentgenografiyasi F) barcha javoblar to‘g‘ri 8. Qizilo‘ngach axalaziyasi, bu ... A) qizilo‘ngach cardinal bo‘limi o‘tishining funksional buzilishi B) qizilo‘ngach cardinal bo‘limi o‘tishining organiz buzilishi D) qizilo‘ngach diastal qismining agangliozi E) gastroezofageal reflyuks F) tug‘ma kalta qizilo‘ngach 9. Qizilo‘ngach axlaziyasiga xos bo‘lgan rentgenologik alomat qanday? A) «qulash simptomi» B) «sichqon dumi» D) qizilo‘ngach ektaziyasi E) qizilo‘ngach distal qismining voronkasimon siqilishi F) gastroezofageal reflyuks 10. Gastroezofagel reflyuks («xalaziya»)ning rivojlanish sabablari qaysi? A) tug‘ma kalta qizilo‘ngach (Barretta qizilo‘ngachi) B) Gisning o‘tmas burchagi D) diafragmaning qizilo‘ngach teshigi grijasi E) oshqozonning evakuator funksiyasining buzilishi F) barcha javoblar to‘g‘ri 11. Gastroezofagel reflyuksda majburiy instrumental tadqiqotlar metodi qanaqa? A) Trendelenburg holatida kontrast rentgenologik tekshiruv B) qizilo‘ngachning pH monitoringi D) ezofageal manometriya E) endoskopiya bilan biopsiya F) barcha keltirilgan metodlar 12. Bolalarda gastroezofageal reflyuksni jarrohlik bilan davolashning eng maqbul metodi qanday? A) Tal bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan manjeta yaratish bilan fundoplikatsiya B) Borem bo‘yicha old qorin devoriga gastropeksiya D) Xill bo‘yicha orqaga gastropeksiya E) Nissen bo‘yicha qizilo‘ngachning butun doirasi bo‘ylab fundoplikatsiya F) diafragma qizilo‘ngach teshigining siqilishi