Navoiy viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, Gʻozgʻon) va 53 qishlok fukarolari yigʻini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oktogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Navoiy viloyatidagi togʻlar, asosan, silur, devon, toshkoʻmir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oʻzgargan. Muruntovda oltin, Ovminzatogʻ shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoʻr va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choʻli tufayli iqlimi keskin kontinental choʻl iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oʻrtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. Choʻl va yaylovlarda, vohalarda iqlim oʻrtacha. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yillik yogʻin 125-282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, Toʻdakoʻl suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gʻarbiy katta qismi koʻchma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choʻllardan iborat. Astragal, shuvok, shoʻra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgʻun, va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Choʻl tuproqlarida chirindi kam, ohak, gips, eruvchi tuzlar koʻp. Choʻl oʻsimliklari, ayniqsa, shoʻra, shuvoq kabilar qorakoʻl qoʻylari va boshqa mollar uchun ozuqa boʻladi. Bukantovda va Mingbuloq botigʻida qobon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, uzun dumli mushuk, choʻl mushugi, boshqa yerlarda malla yumronqoziq, kalamush, sichqon, sugʻur, sassiqkoʻzan, jayron, kaltakesak, turli xil ilonlar, toshbaqa, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq uchraydi.
Qizilqum choʻlida pastak koʻhna togʻlar, Mingbuloq botigʻi, shuningdek, Qaraqota havzasi, shoʻrxok tekisliklar va pastliklar, qator qum tepalari alohida manzara kashf etgan. Yaylovlarda chorva boqiladi. Saksovul, qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va shoʻralar chorva mollari uchun ozuqa.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar (63,3 %) tashkil etadi. Shuningdek, rus (13,5 %), qozoq (11,5 %), tatar (2,6 %), ukrain (1,4 %), qoraqalpoq (1,4 %), tojik (1,3 %), ozarbayjon (0,9 %), belorus (0,2 %) va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar — 319,7 ming kishiga yaqin, qishloq aholisi — 482,6 ming kishidan ziyod (2003).
Xoʻjaligi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari energetika, konchilik (oltin va boshqa metallar qazib olish), metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalaridan iborat. Yirik korxonalari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Qizilqumsement“, „Elektrkimyo“, „Nurotamarmar“ korxonalari, mahalliy sanoat konserni. Toʻkma kon chiqindilaridan oltin ajratib oluvchi „Zarafshon-Nyumont“ oʻzbek-amerika qoʻshma korxonasi samarali faoliyat koʻrsatyapti. Ulardan tashqari „Agama“, „Zerispark“, „Bentonit“ va boshqa qoʻshma korxonalar ishlab turibdi. Jami 20 dan ortiq qoʻshma korxona bor. 730 ga yaqin kichik korxona, 30 shirkat korxonasi, 10 mingdan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik korxonalardan „Ittifoq“, „Navoiy“ (qurilish materiallari ishlab chiqaradi), „Edem“ korxonalarining hissasi salmoqlidir.
Eksport qilinadigan mahsulotlarning aksari qismini paxta tolasi, ammiak selitrasi, kimyoviy tola, sulfat, ammoniy, ortoaminofenol tashkil qiladi. Chetdan xalq isteʼmoli mollari, kalsiy karbid, kaustik soda, tiomochevina, tikuv uskunalari, tibbiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar va ularga ehtiyot qismlar, xoʻjalik uskunalari keltiriladi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik; shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, pillachilik, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligi koʻp tarmokli. 228 ming donadan ziyod qorakoʻl terisi tayyorlanadi (2003). Navoiy viloyati qorakoʻl teri tayyorlash boʻyicha respublikada 1-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 9266,2 ming ga, haydaladigan yer maydoni 111,1 ming ga, yaylovlar 9137,5 ming ga (2003). Barcha ekin maydoni 112,6 ming ga, shu jumladan, paxta 39,4 ming ga, don ekinlari 42,0 ming ga, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari 1,4 ming ga yerga ekiladi. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 2,6 ming km kollektor drenaj tarmoqlari, 138 zax qochirish qudugʻi qurilgan. Navoiy viloyatida dehqonchilik maydonlari AmuBuxoro mashina kanali Navoiy, Oʻrtachoʻl, Amu, Sumbul, Mayna tarmoklari hamda Zarafshon daryosidan suv oladigan Toss, Shovot, Chovli, Oʻng va Chap qirgʻoq, Navkar, Konimex kanallari orqali suv bilan taʼminlanadi. 32 yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari ishlab turibdi. Navoiy viloyatida 75 shirkat, 4 ming fermer xoʻjaliklari mavjud.
Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 200,0 ming qoramol (shu jumladan, 96,4 ming sigir), 1458 ming qoʻy va echki, 723 ming parranda bor (2003).
Mundarija
1 Hududiy boʻlinishi
2 Geografik joylashuvi
3 Aholisi
4 Tumanlar va Shaharlar
5 Iqtisodiyoti
6 Manbalar
7 Havolalar
Hududiy boʻlinishi
Navoiy districts.png
Tuman nomi Tuman markazi
1 Konimex tumani Konimex (shaharcha)
2 Karmana tumani Navoiy (shahar)
3 Qiziltepa (tuman, Navoiy viloyati) Qiziltepa
4 Xatirchi tumani Yangirabot
5 Navbahor tumani Beshrabot
6 Nurota tumani Nurota
7 Tomdi tumani Tomdibuloq
8 Uchquduq tumani Uchquduq
Transporti. Transport yoʻlilarninguzunligi — 390,7 km, avtomobil yoʻllarniki— 4,1 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 3,3 ming km). Toshkent— Buxoro — Turkmanobod, ToshkentUchquduq — Nukus yoʻnalishlaridagi temir yoʻl liniyalari viloyat hududidan oʻtadi. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida zamonaviy aeroportlar bor. Havo yoʻllari Navoiy shahrini Toshkent orkali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan bogʻlaydi.
Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2002/2003 oʻquv yilida viloyatda 376 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 201,3 ming oʻquvchi, 5 gimnaziyada 6,4 mingga yaqin oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1040 oʻquvchi, 11 musiqa va 19 sport maktabida 16795 oʻquvchi taʼlim oldi. Navoiy viloyatida 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat ped. instituta, Navoiy davlat konchilik instituti) bor. Bu oliy oʻquv yurtlarida 7,7 ming talaba taʼlim oladi (2003). Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2003-yillarda 18 kollej va akademik litseylar binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 23 kasb-hunar kollejida 16,03 ming talaba oʻqiydi.
Navoiy oʻlkashunoslik muzeyi, uning Qosim Shayx majmuasi filiali va viloyatdagi 7 ta boʻlimi, 253 jamoat kutubxonasi (1893 ming nusxa asar), 105 dan ziyod klub, 7 madaniyat saroyi, 429 badiiy xavaskorlik jamoalari bor. Navoiy viloyatida Yosh tomoshabinlar teatri faoliyat koʻrsatadi.
Viloyatda 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab favvorali koʻkalamzor xiyobonlar mavjud. Zarafshon va Navoiy shaharlarida mehnatkashlarning xordiq chiqarishi uchun sunʼiy koʻllar barpo qilingan. Bir qancha tumanlarda bogʻlar yaratilgan. Xalq hunarmandchiligi ham rivojlangan.
Sogʻliqni saqlash. Navoiy viloyatida 3223 oʻrinli (10 ming kishiga 45,3 oʻrin), 40 kasalxona muassasasi, 1567 vrach, 7,013 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlab turibdi. 85 ayollar konsultatsiyasi, 93 qishloq vrachlik punkta, 116 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 18 poliklinika, 3 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 4 profilaktoriy faoliyat koʻrsatadi.
Sport. Navoiy viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqdalar (kurash, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Viloyatdan sportning suzish, nafis gimnastika, ogʻir atletika, armestling, pauerlifting turlari boʻyicha mamlakat va Osiyo chempionlari yetishib chiqqan. Markaziy stadion, tumanlarda 13 stadion, 14 suzish havzasi, sport majmui, 190 sport zallari, 1287 sport maydonchalari, 18 tennis korti mavjud. Navoiy viloyatida 19 bolalar va oʻsmirlar maktabida 15 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi, sport seksiyalariga 68 mingga yaqin yoshlar jalb etilgan (2003).
Adabiyoti. Navoiy zaminida qad.dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, adib va muxaddislar, moqir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. Karminiy taxallusi bilan ijod qilgan bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Shulardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al Karminiy, Abu Hamid Ahmad ibn Lays al Karminiy (996 yilv.e.), Al Muntasir ibn Muhammad al Karminiy va boshqa Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al-Karminiy Qurʼonga tafsir bitishi bilan birga arab, fors sheʼriyati nazariyasini ishlab chiqqan, ilk marta arab, fors, turk maqollarini qiyosiy oʻrgangan. Najmiddin Abulvafo al-Boʻzjandiy (9asr), Zabeho as-Samarqandiy (16-asr) Karmanada tugʻilib boshqa shaharlarda ijod etganlar. Shuningdek, shoirlar Shayx Pahlavon Muhammad Gʻolib (18-asr), Mavlono Dilkash Tanburiy (19—20-asr boshlari), Shayx Koʻriy Muhammad Hasan (1823 — 1921) va boshqa shu yurt farzandlaridir. 20-asrda Navoiy viloyatidan chiqqan ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari adabiy muhitida shakllandilar. Karmanalik shoir Saʼdulla Mahmudovning ilk kitobi 1939-yilda nashr etilgan. Shundan keyin Dushan Fayziy, Toshpoʻlat Hamid, Yodgor Baxshi, Raybulla Salomov, keyinchalik Oydin Hojiyeva, Sulaymon Rahmon, Gʻaffor Hotamov, Hosiyat Bobomurodova, Odil Hotamov, Amir Poʻlkan oʻgʻli, Ashurali Joʻrayev, Marusa Hosilova, Nazira Yoʻldoshevalar adabiyot maydoniga kirib kelishdi. Faylasuf olim Naim Gʻoyibov Ahmad Donish merosidan „Navodir al-vaqoyeʼ“dan lavhalar tarjima qildi. 1990-yillar boshlaridan Aziz Saidov, Halima Ahmedova, Faxriddin Nizomov, Vafo Fayzullayev, Barno Eshpoʻlatov, Bektemir Pirnafasov, Surayyo Zoirova, Farhod Arziyev singari yosh shoirlar faol ijod qilmoqdalar. Ayni paytda qozoq va tojik tilida yozayotgan ijodkorlar safiga rus tilida asarlar yaratayotgan yosh adiblar ham qoʻshildi. Ibodulla Jahongirov ozarbayjon yozuvchisi Anorning „Oq koʻrfaz“ qissasini tarjima qildi.
Navoiy viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Matbuoti, radio va te-levideniyesi. Navoiy viloyatida 2 gaz. („Doʻstlik bayrogʻi“, „Znamya drujbi“), 9 tuman gaz., 1 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 22 tarmoq va tijorat gaz., 2 jurnal nashr etiladi.
Navoiy viloyatida dastlabki radio-eshittirishlar 1982-yilda boshlangan. 1982-yildan viloyatda telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar berila boshladi. Viloyatda shuningdek, „Qizilqum“ (2002-yildan) nodavlat telekanali koʻrsatuvlar olib boradi.
Meʼmoriy yodgorliklar. N.vda kad. davr, ilk va oʻrta asrlarda qurilgan 10 dan ziyod meʼmoriy yodgorliklar bor. Shulardan qad. Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx meʼmoriy majmuasi (16-asr), Katta Gumbaz masjidi (17—18-asrlar), Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻidagi Toshmachit (16— 19-asrlar), Nurota tumanidagi Abdullaxon bandi (16-asr), Buxoro — Navoiy yoʻlidagi Raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) mashhur. Viloyatda 30 ga yaqin arxeologiya yodgorliklari mavjud. Ayniqsa, Navbahor tumani Uchtut qishlogʻidagi shaxta (neolit davri), Nurota tumani hududidagi Qoratogʻda oʻyib yozilgan qoyatosh yozuvlari (miloddan avvalgi 3-asr) va boshqa tarixchilar diqqatidadir.
Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva, Barno Eshpoʻlatov[2]
Bu maqola Navoiy viloyati haqidadir. „Navoiy“ soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifaga qarang.
Navoiy viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining eng yosh viloyati hisoblanadi. U dastlab, 1982-yil 20-aprelda Qizilqum sahrosining maʼlum bir qismini oʻzlashtirish va u yerdagi tabiat boyliklardan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan edi.
[[Andoza:]]
Geografik joylashuvi
Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi.
Aholisi
Navoiy viloyati aholisi 986,4 ming kishini tashkil etadi.Aholisini asosiy qismini Oʻzbeklar tashkil etadi.
Tumanlar va Shaharlar
Navoiy viloyati hududi sakkiz qishloq tumanlariga boʻlingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa, Qiziltepa. Viloyatda ikkita katta shahar : Navoiy, Zarafshon, oʻttiz sakkizta shahar mavjud. Uning maʼmuriy markazi Navoiy shahridir.
Iqtisodiyoti
Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy resurslarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall va qurlishi uchun xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy tarkibi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy majmualardan iborat. Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Arxivlandi 2008-06-01 Wayback Machine saytida. (NKMK) dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilardan biridir. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmui va bir qator yirik sanoat zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari bu paxta va qorakoʻl qoʻy mahsulotlaridir. Agar kerakli sugʻorish manbalari topilib yoʻlga qoʻyilsa, unda viloyat hududidagi yerlarning 90 %ida unumdorlik salohiyati mavjud boʻladi.
Manbalarhttp://navoiy.uz/uploads/posts/2020-05/1589799886_photo_2020-05-18_16-05-28.jpg
Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Shimol va shimoli-sharqdan Qozogʻiston Respublikasi, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo va janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh.
Maydoni: 111 ming km.kv.
Aholi soni: 979,5 ming kishidan ortiq (01.01.2019-yil)
Markazi: Mavoiy shahri (40°05′04″ sh.k. 65°22′45″ shq.uz)
Hududiy bo`linishi: 8 ta tuman, 6 ta shahar va 47 ta shaharcha
Geografiyasi va iqlimi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillikning ilk davrida — 1992-yilning boshida Navoiy viloyati qayta tashkil etildi. Shundan buyon viloyatning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi yo’lida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirildi.
Navoiy yosh va navqiron viloyat bo’lsa-da, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimiy va boy tarixi bor. Prezidentimiz Islom Karimovning viloyat ahliga qarata: «Aziz birodarlar, baraka topkurlar, aytinglar-chi, sizlar har kuni ko’rib va kezib yuradigan Karmana shahrining yoshi nechada? Yoki Cho’li Malikdagi eski Rabot va Sardoba qachon paydo bo’lgan? Sarmish darasi va g`oridagi ibtidoiy suratlar bu o’lkaning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri ekanidan darak bermaydimi?» — degan fikrlari bu diyor tarixining eng qadimiy davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi.
Bugunga kelib, Navoiy viloyati har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat bo’lib, Qoraqalpog`istondan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning umumiy hududi 110,99 ming kv. kmni tashkil etadi. Viloyat o’ziga xos tabiiy sharoitiga ko’ra yirik uch qismga bo’linadi: viloyatning shimoli-g`arbiy qismini bag`rida ne-ne sir-sinoatlarni yashirib yotgan Qizilqum cho’li egallagan. Janubi-sharqiy qismida Nurota tog` tizmalariga tegishli Qoratog`, Oqtog` singari tog`lar bo’y cho’zgan bo’lsa, Zarafshon daryosi vohasining o’rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi o’rnashgan. Viloyat shimoldan va shimoli-sharqdan Qozog`iston respublikasi hududi bilan, janubi-sharqdan mamlakatimizning Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo, janubi-g`arbdan esa Buxoro viloyatlari bilan chegaradoshdir.
Navoiy viloyati zaminida shifobaxsh, sho’r va er osti chuchuk suv zahiralari aniqlangan bo’lib, Tomdibuloq, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xalq salomatligini mustahkamlash hamda xo’jalik yumushlarida unumli foydalanilmoqda. Viloyatning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi hisoblanadi. Hududda dehqonchilik maydonlari Amu-Buxoro mashina kanalining Navoiy, O’rtacho’l, Amu, Sumbul, Mayna tarmoqlari hamda Zarafshondan suv oladigan Konimex, Tos, Shovot, Chovli, o’ng va chap qirg`oq, Navkar kanallari orqali suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, Quyimozor, To’dako’l suv omborlarida kuz-qishmavsumida kerakli suv zaxiralari hosil qilinadi. Viloyatda 32 ta yirik suv chiqarish elektr nasos stanciyalari ishlab turibdi.
Viloyatning shimoli va g`arbida ko’chma qum barxanlari, gilli cho’l zonalari yastanib yotadi. Mazkur kengliklar, ayniqsa, bahor oylarida turfa tabiiy giyohlar, o’t-o’lanlar, rang-barang o’simliklar bilan bezanadi. Astragal, shuvoq, sho’ra, isiriq, qamish, zarpechak, saksovul, yulg`un va boshqa o’nlab nomdagi cho’l butalari go’yo jonsizdek tuyuladigan bepoyon zaminga beqiyos chiroy baxsh etadi. Bu erlarda yil — o’n ikki oy chorva boqiladi. Qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va boshqa o’tlar chorva mollari uchun to’yimli ozuqadir. Navoiy cho’llari, dashtu dalalari, tog`u toshlari ming turlihayvonot-hashoratlarga ona bag`irlik qiladi. bu viloyatda respublikamizning boshqa joylarida kam uchraydigan yoxud umuman ko’zga tashlanmaydigan yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar, sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar oilasiga mansub turfa xil jonivorlar saqlanib qolgan. masalan, Bo’kantovda va Mingbuloq botig`ida qobon, bo’ri, chiyabo’ri, tulki, uzun dumli mushuk, cho’l mushugi kabi noyob hayvonlar emin-erkin urchib-ko’payib borayotgan bo’lsa, cho’l va dasht zonalarida malla yumronqoziq, sug`ur, sassiqko’zan, jayra, kaltakesak, turfa xil ilonlar, toshbaqalar har qadamda uchraydi. Bu erda qushlarning ham tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirg`ovul singari o’nlab noyob turlari tabiiy sharoitda saqlanib qolgan. Yurtboshimiz mintaqaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o’rni va mavqeiga quyidagicha yuksak baho beradi: «Navoiy viloyati deganda, bu go’zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho’l va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga, ulkan sanoat mintaqasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi».
Navoiy viloyati tarkibida 8 ta tumani mavjud bo’lib, ular — Xatirchi, Qiziltepa, Karmana, Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlari hisoblanadi. Ulardan tashqari viloyatda 2 ta yirik shahar — Navoiy, Zarafshon, 38 ta shaharcha, 54 ta qishloq fuqarolari yig`inlari, 278 ta mahalla mavjud.
Navoiy mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o’rin tutadigan viloyatlardan biri hisoblanadi. bu, avvalo, viloyatda er osti va er usti tabiiy boyliklarining nihoyatda mo’lligi, bu boyliklarni qazib olish va qayta ishlash uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yirik sanoat korxonalarining mavjudligi, eng asosiysi esa, mana shu korxonalarda bir qarashda oddiy tuproq va toshdan turli qimmatbaho ma’danlarni ajratib olishdek murakkab hamda mashaqqatli ishlarni amalga oshira oladigan fidoyi insonlar bu o’lkada yashashi bilan izohlanadi.
Viloyat markazi mamlakatimizning eng so’lim va ozoda, tartibli va mehmondo’st go’shalaridan biri Navoiy shahridir. Buyuk mutafakkir bobomizning qutlug` nomi berilgan bu go’zal shahar 2008-yilda o’zining yarim asrlik to’yini keng miqyosda nishonladi.
Navoiy viloyatining bugungi qiyofasi
Mustaqillik davri viloyat hayotining beistisno barcha sohalarida yuksalish, o’sish-o’zgarish yillari bo’ldi. Buni quyidagi fakt va raqamlar miqyosida aniq-ravshanko’rish mumkin: Viloyatda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulot hajmi 2003-yilga nisbatan 2010-yilda qariyb to’rt baravarga oshdi. Viloyat ahlining bu fidokorona mehnatidan topayotgan daromadi ham shunga yarasha bo’lmoqda. Agar 2003-yilda o’rtacha oylik ish haqi 74 ming 223 so’mni tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu ko’rsatkich 914 ming 980 so’mga yetdi.
Shu o’rinda, 2008-yilda butun jahon miqyosida boshlangan moliyaviy — iqtisodiy tanglik sabab dunyoning aksariyat mamlakatlarida o’sish sur’atlari sezilarli darajada tushib ketgan, ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygan bulsa, mamlakatimizda kamdan-kam davlatlardagina kuzatilgan mo’’tadil iqtisodiy yuksalish bardavom bo’lganligini katta quvonch bilan tilga Qolishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag`ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida bu ijobiy natijalarning asosiy sabab va omillarini chuqur izohlar ekan, jumladan, quyidagilarni ta’kidladi: «Yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 2008-yilda 9 foiz, 2009-yilda 8,1 foiz, 2010-yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. Jahon moliya institutlarining xulosasiga ko’ra, bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri ekani, albatta, barchamizga mamnuniyat bag`ishlaydi».
Albatta, bu natijalarning asosi, mustahkam poydevori sifatida Yurtboshimizning bunyodkor g`oyalari va tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan hamda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab hayotga izchil tadbiq etib kelinayotgan taraqqiyotning o’zbek modelini ko’rsatish kerak. O’tish davrining butun murakkabligi, respublika iqtisodiyoti, siyosiy-ijtimoiy holati, aholining kayfiyati va dunyoqarashi, milliy mentalitetning o’ziga xos xususiyatlari singari nihoyatda muhim omillarni e’tiborga olgan holda yaratilgan bu model bugungi kunda butun dunyo afkor ommasi tomoni dan milliy taraqqiyotning g`oyat samarali koncepciyasi ekanligi keng e’tirof etilmoqda.
Agar Navoiy viloyati miqyosida olib qaraydigan bo’lsak, bu erda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari 2008 yilda 108,1 foizga, 2009-yilda 108,2 foizga etganini, 2010-yil yakunida esa 108 foizdan oshganini ko’ramiz. 2010-yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmining 53,5 foizi viloyat sanoat korxonalarida, 12,5 foizi esa qishloq xo’jaligi sektorida yaratildi. Yalpi hududiy mahsulot hajmida aholiga ko’rsatilgan xizmatlar ulushining ortib borayotgani mustaqillik yillarida mamlakatimizda xo’jalik yuritishni tarkibiy (strukturaviy) jihatdan isloh etish, ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish siyosatining amaliy natijasi sifatida baholanmog`i kerak.
Yuqorida keltirilgan dalil va raqamlar, ta’kidlanganidek, O’zbekiston taraqqiyoti uchun tanlab olingan buyuk kelajak yo’lining naqadar to’g`riligidan, bu yo’l xalqimizning azaliy orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishidan, eng muhimi esa, xalqning mazkur sa’y-harakatlar mazmun-mohiyatini teran anglayotganidan darak beradi.
plus Использованные источники:https://avatars.mds.yandex.net/i?id=https://avatars.mds.yandex.net/i?id=083b37946fe4d3ff5de1b3677fd62af3-3979482-images-thumbs&n=132a0000017a06a7889924327ca8d3718ee3bd-4430515-images-thumbs&n=13
Nurota — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976-yildan). Oqtogʻning etagida, 524 metr balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Tinchlikda joylashgan (85 km). Nurota viloyat markazidan (Navoiy shahridan) 85 km. Aholisi 28,2 ming kishi (2005).
Nurota
Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Shahar dastlab X asrda Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida Nur shaklida (shu yerdagi mashhur Nur chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Maqduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shahar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (XII asr) sharafiga Nurota deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. Nur qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvoza hisoblangan. Nurota (qadimgi Nur) Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud chegarasida joylashgan. Oʻgʻuz turklari Nurota voxasidan avval Xuroson, soʻngra Kichik Osiyo yarim oroliga borib oʻrnashgan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan (XI asr). Qadimgi tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220-yil yanvar) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli xon yoʻli nomi bilan ham yuritilgan. Nurota Somoniylar, Abdullaxon II davri (XVI asr) va undan keyingi davrlarda ham muhim strategik istehkom hisoblangan. Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi „Nurotamarmar“ sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayapti. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, „Nurbuloq“, „Nurobod“ aksiyadorlik jamiyatlariga qarashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Maktab, pedagogika, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, Chashma oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi (2003). Nurotada 2 kasalxona, 10 dorixona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud.
Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota ustalari tomonidan tayyorlangan duradgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha xaridorgir boʻlib kelgan.
Nurotada antik davrda qurilgan Nur qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Pirosta mudofaa devori qoldiqlari va qadimgi korizlar sistemasi (taxminan miloddan avvalgi IV—III-asrlar), Chilustun jome masjidi (XIX asr —-XX asr boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582—1590-yillar), Sayidota, Oqmasjid, Bargsoʻz masjidlari (XIX asr oxiri — XX asr boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928-yil) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoiris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qadimgi Nur chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.[1]
https://u
z.wikipedia.org/wiki/Fayl:Qiziltepa_tumani.png
Qiziltepa tumani - Navoiy viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevral da tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabr da Gʻijduvon tumaniga qoʻshilgan. 1970-yil 7-dekabr da qaytadan tashkil etilgan. Shimoliy dan Konimex, Navbahor tumanlari, shimoli-sharqsan Karmana tumani, sharqdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, janubidan Buxoro viloyatining Kogon tumani, gʻarbdan Buxoro, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km². Aholisi 112,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Qiziltepa), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Arabon, Boʻston, Vangʻozi, Gardiyon, Zarmitvn, Oqoltin, Xoʻjahasan, Yangihayot) bor. Markazi — Qiziltepa shahriTabiati. Tuman hududi Zarafshon vodiysining janubi-gʻarbidagi kambar tekislikda. Qiziltepa va Oftobachi platolari orasida, Hazora darasi boʻylab ketgan Zarafshon daryosining ikki qirgʻoq havzasi, Shohrud va Abu Muslim shohariqlari orasidagi hududlarda joylashgan. Shimolidan tuman hududiga Qizilqumning kichik bir qismi kirib kelgan. Voha Zarafshonning chap sohili boʻylab Malikchoʻl, Qiziltepa, Quyimozor adirlari, janubidan Qarnob choʻli bilan tutashgan. Gʻarbdan voha Shohrud kanali oʻzani bilan chegaralangan. Tumanning shimoliy chegarasi boʻylab Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Toʻdakoʻl, Quyimozor suv omborlari, suv toʻgʻoni qurilgan, Amu — Buxoro kanali (Qiziltepa va Quyimozor nasos stansiyalari) tuman hududi orqali oʻtgan. Tuman hududining Malikchoʻl, Oʻrtachoʻl, shimolidan Qizilqum choʻllariga tutashligi iqlimga katta taʼsir koʻrsatadi, yozi jazirama issiq boʻlib, tez-tez garmsel esadi; qishi ancha ayoz. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0,4°, eng past temperatura — 24°. Iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 28,3°, eng yuqori temperatura 44°. Yiliga oʻrtatushadi. Vegetatsiya davri 212 kun. Tuproqlari och boʻz, oʻtloqi boʻz, qumoq boʻz tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayran va jayra uchraydi; qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak va boshqalar; sudralib yuruvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqalar bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, tatar, ukrain, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 51,9 kishi. Shahar aholisi 12 ming kishi, qishloq aholisi 100,4 ming kishi.
Xoʻjaligi. Paxta tozalash, un, gʻisht zavodlari, neft mahsulotlari sakdash korxonasi, parrandachilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, mahalliy sanoat, aloqa va transport korxonalari ishlab turibdi. 3 koʻshma, 55 kichik, 1500 dan ortiq savdo va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari mavjud. Qiziltepa (tuman, Navoiy viloyati)ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik va gʻallachilik, shuningdek, chorvachilik ham rivojlangan. 13 shirkat, 663 fermer xoʻjaligi bor. Sugʻoriladigan yerlar 32,5 ming ga ni tashkil etadi. Shu jumladan, 9,3 ming ga dan ziyod yerga paxta, 9,8 ming gektarga yakin yerga gʻalla, 107 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 15 ga yerga kartoshka, 230 ga yerga beda ekiladi. 625 ga yer bogʻlardan iborat. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,5 ming qoramol, 78,3 ming qoʻy va echki, 193,9 ming paranda, shuningdek, yilqi ham boqiladi.
Tumandagi 38 umumiy taʼlim maktabida 29 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi (2004). 2 litsey, internat maktabi, musiqa va sanʼat maktabi, 6 kasb-hunar kolleji va 1 kasb-hunar kolleji filiali bor. 44 kutubxona, 8 klub, 3 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, muzey faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud.
2 kasalxona, 2 poliklinika, 3 ambulatoriya, 31 qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 39 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu tibbiy muassasalarda 77 vrach va 320 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidagi qishloqlarda hunarmandchilik qadimiy dan rivojlangan. Kulolchilik buyumlari, boʻyra va h. k. tayyorlanadi.
Qiziltepa (tuman, Navoiy viloyati) hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Qiziltepa — Navoiy yoʻnalishida, shuningdek, Gʻijduvon, Shofirkon. Vobkent sh lariga avtobus va marshruii taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Toshmasjid majmuasi (16-asr), Xoja Boyazid Bistomiy maqbarasi va boshqalar bor. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy (19-asr), ulamo Xoja Hasan Andoqiylar (11 —12-asrlar) shu tuman hududida tugʻilgan.
1971-yildan "Qiziltepa tongi" tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 8000). Qahramon Rajabov.
Gʻijduvon tumaniga qoʻshilgan. 1970-yil 7-dekabrda qaytadan tashkil etilgan. Shimol dan Konimeх, Navbahor tumanlari, shimoli-sharqdan Karmana tumani, sharqdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, janubdan Buхoro viloyatining Kogon tumani, gʻarbdan Buхoro, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km². Aholisi 112,4 ming kishi (2004).[1]
Tumanda 1 shahar (Qiziltepa), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Arabon, Boʻston, Vangʻozi, Gardiyon, Zarmitvn, Oqoltin, Хoʻjahasan, Yangihayot) bor. Markazi — Qiziltepa shahri
Mindat.org localities near to this feature
Do'stlaringiz bilan baham: |