Romtin qishloqlarini bino qildi, so‘ngra Faraxshiy qishlog‘iga asos



Download 158,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi158,81 Kb.
#680870
  1   2
Bog'liq
Извлеченные страницы из buxoro tarixi 55555



73 
Romtin qishloqlarini bino qildi, so‘ngra Faraxshiy qishlog‘iga asos 
soldi”
1
.
Arablar Buxoroda boshqargan hukmdorlarni o‘z tillariga 
moslab “Buxorxudotlar”, «Buxor-xudo» (Buxoro hokimi) deb 
ataganlar. Buxorxudotlarning hududi Buxoro viloyatining Buxoro, 
Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari erlaridan 
iborat bo‘lgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki 
yillarda hokimiyatni buxorxudotlar bilan birgalikda boshqarganlar. 
715-yili 
Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim o‘ldirilgach, 
buxorxudotlar Buxoroni bir yil davomida mustaqil idora kilganlar. 
782-yil so‘nggi buxorxudot Bunyod Muqanna qo‘zg‘olonini 
qo‘llab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etiladi. 
Buxorxudot Kono birinchi bo‘lib o‘zining tasviri va uning ostiga 
«Buxoro hokimi» degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar 
(dirhamlar) chiqargan. Bunday tangalar arxeologik qazishmalar 
vaqtida ko‘plab topilgan. Tarixchi G‘.G‘oibovning «Arablarning O‘rta 
Osiyoga qilgan ilk yurishlari» nomli kitobida buxorxudotlar vakillari 
quyidagi tartibda berilgan: Bidun (?-673), Xo‘tak xotun (673-692), 
Tug‘shoda I (692-724), Tug‘shoda II (724-738), Qutayba ibn 
Tug‘shoda (738-753), noma’lum buxorxudot (Tug‘shoda III) (753-
768), Sukon (768-775), Bunyod (775-782). 
Arablar tomonidan Buxoroni egallanishi quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi. Xalifa Muoviya tomonidan yuborilgan Ubaydulla 
ibn Ziyod 674-yil Poykandni qamal qildi va shaharni egalladi. 
Ubaydulla ibn Ziyod Buxoro va Poykandda qurol-yarog‘, kiyim-
kechak, oltin, kumush va juda ko‘p asirlardan iborat katta o‘ljaga ega 
bo‘ladi. Bu arablar tomonidan hududni egallashga qaratilgan birinchi 
harbiy harakatlar edi. 
Navbatdagi hujum 676-yil Said ibn Usmon tomonidan amalga 
oshirilib, bunda Said ibn Usmon bilan Xotun o‘rtasida shiddatli 
janglar bo‘lib o‘tadi. Sug‘d, Kesh va Nasaf hokimlari qo‘shinlarining 
Xotunga ko‘makka kelishiga qaramay, jang arablar g‘alabasi bilan 
yakunlandi. Natijada Xotun katta boj to‘laydi va 70 kishini garovga 
berib, sulh tuzishga majbur bo‘ladi .Tarixchi Bilozuriyning so‘ziga 
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машъалига илова, 1993. –Б.16-17.


74 
qaraganda, Buxorodan garovga olib ketilgan kishilar qullarga 
aylantirilgan va sun’iy sug‘orish ishlarida ishlatilgan
1
.
Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri qilib tayinlangach, 
Xurosonni o‘ziga bo‘ysundirdi va Toharistonni fath etdi. Qutayba 
tomonidan Poykentning ishg‘ol qilinishini Narshaxiy shunday 
tasvirlaydi: “U sakson sakkizinchi yili (12 dekabr 706-30 noyabr 707) 
Jayhun daryosidan o‘tdi. Baykand aholisi bundan xabardor bo‘lib, 
Baykandni juda mustahkam hisor bilan o‘radilar. Qadimgi vaqtlarda 
Baykandni shohriston deganlar va mustahkamligidan, uni «jez 
shahar», deb ham ataganlar. Qutayba juda qattiq janglar qildi; 
musulmonlar ellik kungacha (hisorni olish uchun) chora topolmay 
zahmat chekdilar va (oxiri) hiyla ishlatdilar. Bir guruh (askarlar) devor 
tagidan minora va hisorning ichkarisi tomon lahm qazib, otxonadan 
chiqdilar, (so‘ng) devorni kovlab rahna ochdilar; musulmonlar hanuz 
ham hisorga kela olmayotgan edilar, (endi) rahna orqali ichkari 
kirdilar”
2

Qutayba 707-yil yana Buxoroga yurish boshlaydi va kadimiy 
shahar Romtin (Romitan) ni egallaydi. Biroq bu erda yordamga kelgan 
turkiylarning qattiq qarshiligiga duch kelib, Romitandan nariga o‘ta 
olmadi. Xalifa al-Xarroj Qutaybaga 708 yil maktub yo‘llab, Buxoroga 
qaytishni va uni ishg‘ol qilishni amr qiladi. Biroq Qutayba bu ishning 
uddasidan chiqa olmadi. Uning Tanzor ismli arab bo‘lmagan 
ayg‘oqchisi bo‘lib, buxoroliklar uni sotib oladi. Tanzor Qutaybadan 
bu erni tark etib, tashlab ketishini suraydi, ammo u fosh etilib 
o‘ldiriladi. Narshaxiyning yozishicha, Qutayba Xunbunga qarab 
jo‘naydi va ko‘p janglar kilib Xunbunni, Tarobni xamda ko‘pgina 
mayda qishloqlarni oladi va Vardonaga ketadi. U erda Vardonxudot 
nomli bir podshoh bor edi, u bilan ko‘p urushdi. Buxoro 
qishloqlaridan Tarob, Xunbun va Romtin oralig‘ida ko‘p lashkar 
to‘planib Qutaybani o‘rab oladilar. So‘g‘d podshohi Tarxun ko‘p 
lashkar bilan Xunuk xudot ko‘p askari bilan, Vardonxudot o‘z askari 
bilan keldilar. Xitoy podshohining jiyani Kurmagonunni ham yollagan 
edilar, u 40 ming askari bilan yordamga keldi. Kutaybaning ishi 
og‘irlashdi.
1
Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1991. –Б.18.
2
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машъалига илова, 1993. –Б.44-46.


75 
Vardonxudot Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng 
kuchlisi bo‘lgan. Bir vazir Turkistondan kelgan edi va Vardonxudot 
nomli bu vazirga butun Vardona erlari tegishli edi, deb yozadi 
Narshaxiy. Boshka muarrix, ya’ni Tabariyning hikoya qilishicha, 708-
709-yillardagi jangda arab qo‘shinlari Vardonxudotdan engilgach, 
Qutayba hiyla ishlatib Vardonxudotga yordamga kelgan So‘g‘d 
hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, birlashgan kuchlarni zaif qilib qo‘yish 
yo‘li bilan g‘alaba qozongan. Narshaxiy buni quyidagicha bayon 
etgan. Qutaybaning yaqinlaridan biri bo‘lgan Xayyoni Nabotiy Sug‘d 
hokimi Tarxunning oldiga kelib, havo sovib bormoqda, bizlar issiq 
vaqtida bu erda bo‘lamiz, sovuq tushishi bilan jo‘nab ketamiz. Turklar 
esa sening erlaringni biz ketishimiz bilan egallab oladi, sen yaxshisi 
Qutayba bilan sulh tuzgin. Turklarga esa Xuroson noibi Xajjojdan 
Kesh va Naxshab yo‘li bilan arablarga ko‘p lashkar yordam kelayapti, 
deb tushuntirasan deydi. So‘g‘d hokimi Tarxun ham bu gapga ishonib, 
darhol borib Qutayba bilan sulh tuzib, ikki ming dirham yuborgan
1

Ubaydulloh ibn Ziyod va Sa’id ibn Usmon tomonidan Buxoroni 
egallashga qaratilgan har bir harbiy harakat aholining keskin 
qarshiligiga uchradi. Poykent aholisining mag‘lub bo‘lishiga Xitoy va 
boshqa mamlakatlarda savdo qilib yuruvchi mahalliy savdogarlarning 
shaharda bo‘lmagani va mudofaa kuchlarining ozligi sabab bo‘lgan 
ekan. Ular qaytib kelishgach, o‘z xotin-qizlarini tovon to‘lash evaziga 
arablardan qaytarib olishgan. Qutayba ibn Muslim Poykentni 
egallagandan so‘ng aholi bilan sulh imzolab, shaharni boshqarishni 
Varqo ibn Nasr Bohiliyga topshiradi. 
Qutayba ibn Muslim Buxoroga to‘rt marotaba qo‘shin tortib 
kelgan. Shaharni egallagandan so‘ng amalga oshirgan asosiy tadbiri 
aholi o‘rtasida islom dini tarqatish va islomiy ruknlarga rioya etishni 
joriy qilish edi. Shunga qaramasdan, aholi islom dinini yuzaki qabul 
qilgan. Yangi dinini qabul qilgan ba’zi bir ikkilanuvchi odamlar eski 
ma’budalariga hamon ibodat aylab, yashirin joylarda va erto‘lalarda 
ularga sajda qilardilar. Shundan so‘ng, Qutayba arablar buxoroliklar 
bilan birga yashab ularnint xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib 
tursalar, ular zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda 
1
Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. –К.1. Тошкент: LESSON PRESS, 2016. –
Б.35.


76 
Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishga undab 
buyruq chiqargan. 
Narshaxiy o‘z kitobida Qutayba ibn Muslim Buxoroni olgach, 
shahar aholisiga o‘z uylari va erlarining yarmini arablarga berishni 
buyurganligini qayd etadi. Shuningdek, Buxoroda yashagan 
kashkashon qavmi xususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Buxoroda bir 
qavm bor ediki, uni kashkashon der erdilar; ular hurmatli, qadr-
qiymatli va e’tiborli odamlar bo‘lib, Buxoro aholisi o‘rtasida zo‘r 
obro‘ga ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmay, chetdan kelgan 
kishilar bo‘lib, aslzoda, savdogar va boy odamlar edilar. Qutayba 
uylar va asbob-anjomlarni taqsim qilib berishga qistay bergach, ular 
o‘z uy-joylari va asbob-anjomlarini butunlay arablarga qoldirib
o‘zlari uchun shahar tashqarisida etti yuzta ko‘shk bino qildilar.
U vaqtlarda shaharning kattaligi (hozirgi) shahristonday kelar 
edi. (Kashkashonlardan) har biri o‘z ko‘shkining atrofiga xizmatkorlar 
va o‘ziga qarashli odamlar uchun uylar qurdi va har bir kishi o‘z 
ko‘shkining oldiga bog‘ va tekis maydon barpo qildi va ular ana shu 
ko‘shklarga ko‘chib keldilar”
1
.
Herman Vamberi ham arablarning Buxoroda joylashishi hamda 
mahalliy aholi vakillarining islom dinini qabul qilishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni taqdim etadi. Jumladan, “......oxir oqibatda islom 
mamlakati bo‘lgan Buxoro uchun ham boshqa hududlarda 
qo‘llanilgan siyosiy tadbirlar kabi og‘ir edi. Lekin islomni tarqatish 
yo‘lidagi ba’zi bir sirli usullarni mag‘rur buxoroliklar ham chuqur his 
etdilar. Arablarga ma’lum bo‘lishicha, islom dinini qabul etgan ba’zi 
bir ikkilanuvchi odamlar eski ma’budalariga hamon ibodat aylab, 
yashirin joylarda va erto‘lalarda sajda qilardilar. 
Shu sababli har bir buxorolik o‘z hovlisining yarmini arablarga 
berishi amr qilindi. U arab uy egalariga islom shariatidan ta’lim berdi 
hamda ularning islom odobiga rioya qilishlarini kuzatib turdi. Agarda 
isyon etsalar, arab ma’murlariga chaqar edi. Yangi dinga kiruvchilar 
uchun mukofot qilib pul beriladigan bo‘ldi. Juma kuni Qutayba 
jome’siga namozga kelgan kishilar ikki dirham mukofot olardilar. 
Registonda bino qilingan bu masjidda ham qiyom, ruku’, sajdalar 
arkoni ibodatga, ya’ni imomga suyanib bajarilar edi. Ibodat duolari, 
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машъалига илова, 1993. –Б.33-34.


77 
Qur’on oyatlari arabcha, hatto forscha o‘qilar edi. Eski din tarafdorlari 
o‘zlariga taklif etilgan dinga bir muncha davr qarshi turdilar. O‘sha 
zamonga oid qusurli ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro musulmonlari 
o‘n yillar mobaynida masjidga borganlarida yonlarida qurol olib 
yurishgan. Erli xalqlarga esa, islomni qabul etgan bo‘lsalar-da, qurol 
taqishga ruxsat berilmagan. Ikki orada tez-tez kelishmovchilik bo‘lib 
turgan”
1


Download 158,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish