IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI Reja: - O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari.
- O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari.
- O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui. - Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
- Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
IQTISODIY ISLOHOTLAR — xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. Iqtisodiy islohotlar larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga binoan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. Iqtisodiy islohotlar evolyutsion rivojlanishni taʼminlaydi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi Iqtisodiy islohotlar umumbashariy boʻlib, deyarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiq sotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) Iqtisodiy islohotlar 2 yoʻnalishda bordi:
- Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq tizimlarini joriy etish,
- bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, ishlab chiqarish tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi.
1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar;
- Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor infratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish,
- agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi chora tadbirlar joriy etildi.
2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |