Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


 - MAVZU: Germaniyaning birlashtirilishi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

8 - MAVZU: Germaniyaning birlashtirilishi 
REJA: 
1.
XIX asrning 50-60-yillari boshida german davlatlarining ijlimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy ahvoli. 
2.
Prussiyada konstitusiyaviy nizo va Otto fon Bismarkning hokimiyatga kelishi. 
3.
Bismark tashqi siyosatining muvaffaqiyatlari. 


88 
4.
Shimoliy Germaniya ittifoqining tuzilishi va Germaniyaning birlashtirilishi. 
Tayanch tushunchalar: 
"Uch qirol uniyasi". Germaniya ittifoqi. Olmyuts kelishuvi. Reakatsiya 
davri. Iqtisodiy taraqqiyot va agrar islohotlar. Germaniyani birlashtirish yo'llari. 
"Kichik Germaniya", "Buyuk Germaniya", Avstriya-Fransiya-Italiya urushi, 
"Milliy ittifoq". "Islohotlar ittifoqi". Konstitutsiyaviy nizo. Progressitlar partiyasi. 
Ottofon Bismark. F.Lassal. A.Bebel va V. Libknext. "Shlyozvig - Golshteyn 
muammosi". Avstriya - Prussiya - Italiya urushi. Praga sulh sharmomasi. 
Shimoliy Germaniya ittifoqi. Prussiyaning tashqi siyosati. Milliy liberal partiyasi. 
Germaniya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi. 
XIX asrning 50-60-yitlari boshida german davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy 
va siyosiy ahvoli 
Germaniyada 1848-1849 yillar inqilobi o'zining bosh vazifasi siyosiy jihatdan 
tarqoq Germaniya davlatlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirish 
masalasini hal qilmadi. Avstriya va Prussiya german davlatlari orasida hukmronlik 
qilish uchun o'zaro kurashni davom ettirdilar.Bu borada 1849 yili Prussiya ayrim 
muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. May oyida Prussiya, Gannover va Saksoniya 
"Prussiya uniyasi" yoki "Uch qirol uniyasi" deb atalgan ittifoq tuzdilar, keyin unga 
yana Germaniyaning 28 ta katta kichik davlatlari ham qo'shildi. 1850 yil marlida bu 
yangi ittifoqning Ta'sis majlisi chaqirilib, u ittifoq konstitutsiyasi loyihasini 
muhokama qildi.Inqilobni butunlay bostirishga erishgan Avstriya Rossiyaning 
qo'llab-quvvatlashi bilart Prussiya boshchiligida bunday ittifoq tuzilishiga e'tiroz 
bildirdl. Nihoyat, Prussiya va Avstriya vakillari bilan Rossiya podshosi Nikolay I 
1850 yil oktyabrda Varshavada qilgan suhbatida Avstriyani quvvatlashini qat'iy 
ravishda ma'lum qildi. Prussiya Germaniya davlatlari orasida hukmronlik uchun 
o'zining davolaridan voz kechdi. Noyabr oxirida Prussiya Avstriya bilan 
Olmyutsda Avstriya boshchiligida sobiq Germaniya ittifoqini tiklash haqida bitim 
imzoladi. Germaniya davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirish uchun bo'lgan 
dastlabki urinish shu tarzda natijasiz tugadi.1850 yil dekabrda Manteyfel prezident-
ministr lavozimiga o'tishi bilan Prussiyada reaksiya davri boshlandi. 1851 yil 
oktyabrda Prussiya qiroli konstitutsiyani bekor qilib, ochiq ravishda 
absolyutizmni mustahkamlashga kirishdi. Germaniyaning boshqa davlatlarida 
ham reaksiya boshlandi. 10 yil davom etgan og'ir siyosiy zo'rlik davri, 
Germaniya davlatlarini inqilobdan oldingi holatga qaytara olmadi. Germaniya feodal 
munosabatlarni tugatib, burjua yangilanishlari yo'liga o'tdi. 1857 -1859 va 
1866-1867 yillardagi iqtisodiy inqirozlarga qaramasdan Germaniyada sanoat 
to'ntaruvi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirildi. Dunyoning qudratli sanoat 
mamlakatlari orasida Angliya va AQSh dan so'ng 3-o'rinni egalladi. 
Germaniyada sanoat rivojlanishining bosh sababi qishloq xo'jaligida feodal 
munosabatlarni tugallanganligi edi.1850 yil 2 martda Prussiyada dehqonlarni 
feodal majburiyatlardan to'lov asosida ozod qilish to'g'risida farmoyish chiqdi. 
50-yillarda Germaniyaning Vyurtemberg, Baden, Gessen, Saksoniya kabi bir 
qator davlatlarida ham agrar islohotlar o'tkazildi. 1834 yilda Prussiya pariamenti 
uchun bo'lgan saylovlarda liberallar g'alaba qildi. Liberallarning barcha 
oqimlari Germaniyani birlashtirish uchun kurashdilar.Bu davrda Germaniyani 
birlashtirishning ikki yo'li mavjud bo'lib: biri "quyidan'" -xalq ommasining 
knyazlik sulolalarining hukmronliklariga qarshi inqilobiy kurashi asosida 
birlashtirish bo'lsa, ikkinchisi Germaniya davlatlarini Avstriya yoki Prussiya 


89 
boshchiligida -"yuqoridan" birlashtirish edi. Keyingisi sulolalararo urushlar 
diplomatik muzokaralar va kompromisslar asosida amalga oshirilar edi.1859 yil 
xalqaro siyosiy inqiroz yuz berdi. Itatiya shimolini Gabsburgl ar 
hukmronligidan ozod etish uchun Avstriyaga qarshi Fransiya va Pemont urush 
boshladi. Fransiya tomonidan Reynning so'l qirg'oqlaridagi german yerlarini 
bosib olish xavfi tug'ildi, chunki Napoleon III mazkur hududni Fransiyaning 
qonuniy mulki, deb bilar edi. Germaniyaning mustaqilligi va uni birlashtirish 
istiqbollari xavf ostida qoldi, urush tezda Avstriyaning mag'lubiyati bilan tugadi. 
Avstriya Fransiya-Sardiniya urushida Italiya liberal burjuaziyasining g'alabasi 
Germaniyani Prussiya Gogenlsollernlari hukmronligi ostida birlashtirish 
tarafdorlari bo'lgan nemis liberallarini ruhlantirdi. 1859 yil nemis ishchilarining 
ma'rifatchilik fereyentari tuzildi.1859 yilning kuzida shimoliy german 
davlatlarining burjuaziyasi gannoverlik advokat Bennisen boshchiligidagi "Milliy 
ittifoq" deb atalgan siyosiy tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot german daviatlarini 
Avstriyasiz Prussiya hukmronligida birlashtirishga harakat qildi. Bu german 
davlatlarini birlashtirishning "Kichik germaniya" tuzish rejasi deb ataladi.''Kichik 
Germaniya" rejasi Baden, Vyurtemberg, Bavariya kabi davlatlarda qo'llab 
qo'vvallanmadi. Chunki bu german davlatlari aholisining azaldan prus 
amaldorlari va zobitlariga nafrati kuchli edi. Bundan tashqari, u yerlardagi 
burjuaziya sanoat sohasida ancha zaif bo'lib, prus burjuaziyasining iqtisodiy 
raqobatidan hayiqar edi. Shuning uchun janubiy German davlatlari o'z 
mustaqilligini saqlab qolishga harakat qildi. 60-yillarning boshlaridan mazkur 
german davlatlari o'zlari uchun nisbatan xavfsizroq deb bilgan Avstriya bilan 
yaqinlasha boshladilar. Bavariya liberallarining tashabbusi bilan Avstriya 
boshchiligida "Buyuk Germaniya" tuzish tarafdorlari 1867 yilda Milliy ittifoqqa 
qarshi "Islohotlar ittifoqi"ni tuzdi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish