85
Delekruz va boshqa sotsialistlar boshchiligida Ratushaga bostirib kirdilar, biroq
hukumat qo’zg’olonni bostirdi. 28-yanvarda Jyul Favr yarashishini iltimos qilib
Versalga -Bismark huzuriga jo’nadi. Bismark Parijni taslim bo’lishini talab qildi.
Hukumat xalqqa bildirmay,taslim bo’ldi va xalqqa sezdirmay yarash bitimini
imzoladi.8-fevralda Milliy Majlisga shoshilinch saylov o’tkazildi. Saylangan 750
ta deputatning 450 tasi monarxistlar edi. Ular reaksioner Ter boshliq hukumat
tuzdilar. 16-fevralda u ham Bismark huzuriga jo’nadi. 26-fevralda bitim imzolandi
1martda Bordodagi Milliy Majlisda bu bitim ratifikasiya qilindi. (549-107) Viktor
Gyugo, Leon Gambetta, Jorj Klemanso va boshqa 107 kishi qarshi ovoz berganlar.
Germaniya Elzas va Lotaringiyani bosib oldi. Fransiya Germaniyaga 5 mln. frank
tovon to’ladi. 18-mart to’ntarishi va Parij Kommunasi. Prussiyaga qarshi urushdagi
mag’lubiyat, hukumatning taslimchilik siyosati va hoinona sulh bitimlari xalqning
qahr-g’azabini keltirdi. Bu uquvsiz hukumatning
xalqqa qarshi siyosati tufayli,
mamlakatda ishsizlik (600000-486000), ochlik, o’rta tabaqalarning xonavayron
bo’lishi ommani hukumatga qarshi kurashga undadi. Ter hukumati xalq
harakatini bostirishga qaror qildi. Harakat rahbarlarini qamadi. Milliy gvardiyaning
harakatini to’xtatdi va uni qurolsizlantirishga buyurdi. Uy-joy to’lovlari vaqtini
kechiktirishni bekor qildi, demokratik gazetalarni yopdirdi. Fevral o’rtalarida
Parijda Milliy Gvardiya Markaziy Qo’mitasi tuzildi. Uning ixtiyorida
poytaxt ishchilari va mehnatkashlaridan iborat 266ta batalondan 215 tasi bor
edi. Hukumat Milliy Gvardiyani tor-mor qilish uchun barcha choralarni
ko’rdi.18-mart tungi soat 3 da Milliy Gvardiyato’plari joylashgan Monmartr
tepaligida hukumat qo’shinlari paydo bo’ldi. Ularni Ter hukumati yuborgan bo’lib,
gvardiyachilarning to’plarini qo’lga olish buyurilgan edi. Bu to’plar ishchilarning
mablag’lari hisobiga yasalgan edi. Qorong’uda
boshlangan hujumda
zambaraklarning
bir
necha
soqchilari
o’ldirildi.
Nondo’konig
a navbat olish uchun borayotgan ishchilar, asosan, ayollar bu voqeani ko’rib
barchani «oyoqqa» turg’azdilar. Xalq to’plandi, generallar xalqqa qarata o’z
to’plaridan o’q uzish va ularni tarqatishni buyurdi, ammo askarlar ularga itoat
etmadilar va armiyaning bir qismi xalq tomoniga o’tdi. Xalq, qurollanib, Miliy
Gvardiyachilar bilan birga shahar markaziga yo’l oldilar. Ularga Sent-Antuan
kvartal(daha) ishchilari qo’shildilar. Hukumat ularga qarshi jandarmeriyani
yubordi. Qo’zg’olonchilar jandarmeriya qismlarini yanchib yubordilar. Kunduzi
soat 21ga borib shahar markazi, Orlean vokzali va boshqa muhim joylar qo’lga
kiritildi.Ko’p o’tmay kazarmalar, hukumat binolari ishg’ol qilindi. Hukumat tashqi
ishlar vazirligi binosiga yashirindi, so’ngra esa Versalga qochdi.
U yerda aksi
inqilobiy kuchlarning shtabi joylashgan edi. Kechga borib milliy gvardiya
poytaxtdagi barcha muassasalarni ishg’ol qildilar. Ratusha binosi ustida
g’oliblarning bayrog’i ko’tarildi. Parijda xalq hokimiyatini o’z qo’liga oldi. 1871-
yil 18-mart tarixda xalq tomonidan amalga oshirilgan jahonda birinchi davlat
to’ntarishi
kuni
bo’lib
kirdi.Milliy
Gvardiya
Markaziy
Qo’mitasi
Parijinqilobchilarining 1-inqilobiy hukumati bo’ldi. Davlat organlariga ishchilar,
ziyolilar, inqilobiy harakatning qatnashchilari va yo’lboshchilari boshchilik
qildilar. Milliy Gvardiya MQ mehnatkashlarining eng zaruriy ehtiyojlari uchun 1
86
mln frank ajratdi, ularning qarzlari va uy-joy to’lovlari muddatini uzaytirdi. Biroq
Milliy Gvardiya MQ g’alabadan oxirigacha foydalana olmadilar. Terning
muntazam armiya qismlarini poytaxtdan olib ketishga befarq bo’ldi, Versaldagi
aksil inqilobiy kuchlarni yakson qilmadi, Ter
hukumati esa bu fursat va
imkoniyatlardan foydalanib kuch to’plashga ulgurdi. Milliy gvardiya MQ Parij
kommunasiga saylovlar bilan ovora bo’lib qoldi. 26-martda umumiy va to’g’ridan-
to’g’ri ovoz berish yo’li bilan Parij kommunarlari saylandilar. Saylov umumiy
saylov huquqi asosida o’tkazildi. Unda asosan poytaxt ishtirokchilari qatnashdilar.
Kommuna Kengashiga 86 kishi saylandi, ulardan 21 tasi yuqori tabaqadan bo’lib,
ular ko’p o’tmay o’zlarining vakolatlaridan voz kechdilar, shuning uchun 16-
aprelda qo’shimcha saylov o’tkazilib, unda 17ta yangi a‘zo saylandi. Kommuna
eski armiyani tugatib, xalqni qurollantirdi. Egalari qochib ketgan zavod-fabrikalar
ishchilarga topshirildi. Bolalar uchun jinsidan qati’y nazar majburiy, bepul o’qish
joriy etildi. Cherkov davlatdan ajratildi, muzey va kutubxonalar xalq, uchun
ochildi.28-martda yuz minglab parijliklar
- Milliy gvardiya jangchilari, ishchilari,
xotin-qizlar, bolalar bayroqlar ko’tarib inqilobiy qo’shiqlar kuylab, Ratusha tomon
yo’l oldilar. Bu yerda Milliy gvardiya MQ sihokimiyatni tanatanali ravishda Parij
Kommunasiga topshirdi. Kommuna Kengashi Parij Kommunasining oliy organi
edi.Uning a‘zolari ko’zga ko’ringan arboblar - «Qo’rqmas va oq ko’ngil ritsar» deb
nom olgan Gustov Flirans, maorif komissari - jurnalist Eduard Vayyan, prokuror
Raul Rigo, moliyachi-tarixchi Tridon, qo’mondon Emil Dyuval(general) va
boshqalar kirdi.Parij Kommunasi Fransiyaning yangi hukumati sifatida ish olib
bordi.Kengashning umumiy majlisi oliy qonunchilik hokimiyat organi edi, shuning
uchun u ijroiya organ ham hisoblanardi.Kengash 10 ta komissiyadan iborat edi:
moliya, harbiy, adliya, ijtimoiy xavfsizlik, maorif, tashqi ishlar, aloqa,
ichki
ishlar,sanoat, qishloq ishlari kabi sohalar edi. Tezda zarbxona ishi yo’lga qo’yildi.
Ishchi Kamelina uning boshlig’i edi.Ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar. Kommuna o’z
faoliyatida xalqqa suyanib ish ko’rdi va ularning talablarini bajardi. Masalan uy-
joy to’lovlari, muddatini uzaytirish, lambartga garovga qo’yilgan qiymati 20
frankkacha bo’lgan buyumlarni egalariga qaytarib berish haqida Dekret chiqaradi.
Ishchilarni ish bilan ta‘minlash idorasi tuzildi. Mehnat - ayirboshlash komissiyasi
tuzildi. Uning raisi Leo Frankel edi. Xo’jayinlari tashlab ketgan zavod-fabrikalarni
ishchilarga topshirish haqida dekret 20-aprelda chiqarildi. Temir yo’llar Kommuna
nazoratiga olindi. Xalq maorifi yangidan tashkil etildi. U majburiy, bepul,
dunyoviy ta‘lim tamoyillari asosida, asosan mehnatkashlarning bolalari uchun deb
e‘lon qilindi. Oliy, o’rta ta‘lim qayta qurildi. Bog’chalar, muzeylar, kutubxonalar,
teatrlar eshiklarini xalqqa ochib qo’ydi.Fransuz madaniyatining mashhur arboblari:
geograf olim Elize Reklyu, rassom Kyurbe, karrikaturachi Andre Jim, shoir E.Pote,
Jan Batnet Klemon va boshqalar o’z iste‘dodlarini xalqqa bag’ishladilar. Luiza
Meshel, Natali Lemel, Yelizaveta Dmitrieva -Tumanovskaya Parij mudofaasi
ishtirokchilari sifatida yaradorlarga yordam ko’rsatdilar.
Dehqonlarga munosabat
Leonel Shanse xitobnomasi Marsel, Leon, Tuluza, Narbon, Krezo va boshqa
viloyatlar quvvatladi.Kommuna baynalmilal tashkilot edi. Kommuna Kengashiga
venger Leo Frankel, italyan Leonito Garribaldi saylandi, qo’shinda polyaklar,
ruslar, belgiyaliklar bo’lganlar. Polyak Dombrovskiy, ruslardan Ye. Dmitrieva,