Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Germaniyaning Yevropadagi siyosati. Mustamlakachilik ekspansiyasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Germaniyaning Yevropadagi siyosati. Mustamlakachilik ekspansiyasi 
Germaniya xalqaro maydondagi ta‘sirini kuchaytirish Bismark o’z oldiga 
maqsad qilib qo’ydi. 1873-yilda Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya bilan 
ittifoq to’g’risida shartnoma - «Uch imperator shartnomasi»ni tuzdi. Bismark 1875 
yilda Fransiyani 1871 yildagiga nisbatan ham ko’proq qaramlikka olish va uni 
Germaniya vassali holiga tushirish uchun unga qarshi urush boshlashga tayyor 
turgan edi. Bismark yangidan vujudga kelgan fransuz armiyasini tortib olingan 
Elzas va Lotaringiya uchun qasos oluvchi armiya deb bilib, Fransiya hali batamom 
mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush boshlashga shoshilmoqda edi. Rossiya 
bilan Angliya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edilar, shu sababli 
Bismarkka Fransiyani yangidan tor-mor keltirishga yo’l qo’ymasliklarini bildirib 
qo’ydilar. Germaniya chekindi. Germaniya ikki frontda urush qilishdan
qo’rqardi. U «kaolisiyalar dahshati» tinchimni buzayapti, deb , ayniqsa,
Rossiya bilan urushishdan cho’chirdi. 1879 yilda Germaniya Avstriya-
Vengriya bilan ittifoq tuzdi. Bismark Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuviga 
xalaqit berish niyatida 1881-yili «Uch imperator ittifoqi»ni tiklashga muvaffaq 
bo’ldi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya -Germaniya ittifoqiga qo’shimcha qilinib, 
Germaniya va Avstriya-Vengriyaning Italiya bilan ittifoqi tuzildi. Italiyaning 
ittifoqqa kirishiga sabab, Fransiya bilan munosabatlarining keskinlashuvi 
edi. Chunki, Fransiya Italiya da‘vo qilib yurgan Tunisni 1881-yilda bosib olgan
edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarim orolida Rossiya 
bilan raqobatlashmoqchi edi. Shunday qilib, uchta teng maslakdosh kuchlar 
birlashib, 1882 yili harbiy ittifoq, «Uchlar ittifoqi»ni tuzishga erishdilar. Endilikda 
Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalisiyaga bosh bo’lib oldi. 
Bismark o’z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo’lida Rossiyani asosiy g’ov deb 
bilar, qanday bo’lmasin Rossiyaga zarar yetkazishni mo’ljallar edi. Shu maqsadda 
Angliya bilan Turkiyani Rossiyaga qarshi gij-gijlay boshladi. Bismark bir 
vaqtda ikki frontda, ya‘ni ham Fransiyaga ham Rossiyaga qarshi kurashish oson 
emasligini anglardi. Karl XII va Napoleon I kabi mashhur sarkardalar ham 
Rossiyada mag’lubiyatga uchratganini yaxshi bilardi. U shuningdek, chorizm 
Rossiyaning taraqqiyotiga g’ov bo’layotganini ham tushunardi. Shuning uchun 
qulay payt kelganda Rossiyadagi reaksion unsurlarni qo’llab-quvvatlashiga harakat 
qilardi. Uning ishini davom ettirgan Kaprivi Germaniyaning tashqi siyosatiga juda 
muhim o’zgarishlar kiritdi. Kaprivi sanoat egalarini siquvi ostida Avstriya-
Vengriya bilan savdo shartnomasini tuzdi. 1894 yili Rossiya va boshqa 
mamlakatlar bilan ham shunday shartnomalar tuzildi. Mamlakatga qishloq xo’jalik 
mahsulotlari keltirishdan olinadigan bojlar birmuncha kamaytirildi. Kaprivi 
siyosati va ayniqsa, Rossiya bilan savdo shartnomasining tuzilishi yunkerlarni 
g’azablantirib yubordi. Ular nima bo’lsa ham «Liberal» kanslerni olib tashlashni 
o’z oldilariga vazifa qilib qo’ydilar. 1893 yilda katta yer egalari tomonidan 
tuzilgan «Qishloq xo’jayinlari ittifoqi» se’yzdida yunkerlar Kaprivining «yangi» 
yo’liga qarshi norozilik bildirdilar. 1894-yilda Kaprivi iste‘fo berdi. 1891 


97 
yidda shovinistik tashkilot - German ittifoqi tuzildi. «Qirol Prussiya ustida, 
Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida» -degan shior ilgari surildi.Germaniya 
Yevropa urushiga tayyorlanishi bilan birga yirik German kapitalining talabiga 
ko’ra mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1882-yil Bremen savdogarlari 
Afrikaning janubi-g’arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga keldilar. Ular 200 ta 
eski miltiq va 2000 marka badaliga yerli qabila boshlig’idan anchagina hududni 
sotib oldilar. Germaniya bu yerni 1884yil aprelida o’z protektoratideb e‘lon qildi. 
Afrikaga amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ularning Yangi yerlarni bosib olishga 
urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi. Mustamlakachilar qurol 
ishlatdilar. Nemis qo’shinlari afrikaliklar manziliga to’satdan hujum qilib, aholini 
vahshiylarcha qirdilar. 1884 yil yozida Germaniya Afrikaning o’rta qismidagi 
Togo va Kamerun hududlarini, 1884 yil avgustda Gvineyaning shimoliy qismini va 
unga yondosh orollarni bosib oldi. 1885 yilda esa Afrikaning sharqiy qismidagi 
hududlarni va Zanzibar orolini zabt etdi. Bu hudud «Germaniya sharqiy Afrikasi» 
degan nom oldi. XIX asrning 90-yillarida Germaniyaning tashqi siyosatida Yangi 
davr boshlandi. German hukmron doiralari o’z hududlarini 
kengaytirish uchun urushga tayyorlana boshladilar. Imperator Vilgelm I davrida 
Bismark imperiya siyosatini teng huquqli rahbari edi. Vilgelm I ning nabirasi 
Vilgelm II taxtga o’tirgach, ko’p narsa o’zgardi. Vilgelm II Germaniya 
hukmron doiralari bosqinchilik siyosatining «jarchisi» va faol amalga oshiruvchisi 
bo’lib chiqdi. Sotsial-demokratlarga qarshi kurashda Bismark usullarining 
muvaffaqiyasizlikka 
uchraganligi, 
tashqi 
siyosatda, 
ayniqsa 
rus-german 
munosabatlarining yomonlashuvi Bismark siyosatiga qarshi kuchlarni yuzaga 
keltirdi. Qat‘iyroq mustamlaka siyosati yurgizishni talab qilgan yirik 
burjuaziyaning harakati bilan 90-yillarning oxirida Xitoyning Szyaochjouvan 
ko’rfazi va Shandun yarimorolining bir qismi bosib olindi. O’sha vaqtdayoq 
Germaniya Tinch okeanidagi Karolina, Marianna orollarini va Samoa orolining bir 
qismini egallagan edi. Bundan oldin, 1885 yilda u Marshall orollarini qo’lga 
kiritgan edi.1900-yilda Germaniya boshqa g’arb davlatlari bilan birga Xitoyda 
milliy ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etdi. Xitoyda German jazo qo’shinlari 
general Valderze boshchiligida deyarli qurolsiz bo’lgan xitoyliklarga nisbatan 
mudhish yovuzliklar qilib, ayollar va bolalarni o’ldirdi. Imperator Vilgelm II 
Xitoyga qo’shin yuborar ekan, yuzsizlik bilan shafqat qilmaslikni, asir olmaslikni 
tavsiya qildi, «toki bundan buyon, hatto ming yildan keyin ham Xitoy nemisga ola 
qarolmaydigan bo’lsin» dedi. Chunki, Xitoyda nemis vakili Ketteler o’ldirilgan 
edi. 1895 yil Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali 
ochildi. 1898 yilda Reyxstag harbiy flot qurishning keng dasturini qabul 
qildi.Afrikada «bizni quruq qoldirishdi» deb hisoblagan German hukmron doiralari 
«qo’ldan ketganlarning» o’rnini Yaqin Sharqda to’ldirmoqchi bo’ldilar. Ular 
Sharqqa intilganlarida Kichik Osiyo, Suriya, Mesopatamiya va Falastinda 
joylashib olmoqchi edilar, chunki bu yerda dunyodagi eng boy neft konlari, g’alla 
va paxta xom ashyosi bor edi. Nemis bankiri Simens tashabbusi bilan Berlinni Fors 
qo’ltig’i bilan bog’lovchi temir yo’l qurish rejasi tuzildi. Germaniya Sharqqa, 
Turkiyaga, slavyan xalqlariga yurishini Sharqqa yurish» shiorida ifodaladi. 1898 
yilda Vilgelm II «Hazrati Iso qabri»ni ziyorat qilish bahonasi bilan Falastinga 


98 
bordi. U safar vaqtida Turkiya sultoni bilan uchrashib, reja orqali Bosfordan 
Kichik Osiyo orqali Bag’dodga va undan Fors qo’ltig’igacha temir yo’l qurish 
to’g’risida kelishib oldi. Bu yo’l «Bag’dod temir yo’li» deb ataladigan bo’ldi. 1903 
yilda Turkiya bilan Germaniya o’rtasida bu to’g’rida yakunlovchi bitim imzolandi.
Angliya Germaniyaning Turkiyaga yaqinlashuvidan tashvishga tushib qoldi, 
chunki uning o’zi Arabiston bilan Mesopatamiyani bosib olish niyatida edi. 
Bundan tashqari, nemislarning Fors qo’ltig’iga chiqishi Angliyaning Hindistondagi 
manfaatlarini xavf ostida qoldirardi. Angliya «Bag’dod temir yo’li»ning Fors 
qo’ltig’iga chiqishiga yo’l qo’ymaslik uchun 1901 yilda Quvayt ustidan protektorat 
o’tkazdi. Nemis hukmron doiralarining rejalari qudratli davlatlar -Fransiya va 
Rossiya o’rtasida keskin nizo chiqishiga olib keldi. Germaniya zo’r berib 
qurollanishni boshlab yubordi. Armiya soni keskin kuchaytirib yuborildi. Reyxstag 
katta harbiy kemalar qurishga va suv osti floti uchun yangidan-yangi mablag’larni 
tasdiqlab turdi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish