99
o’rtasidagi har tomonlama ziddiyat chuqurlashib boraverdi. Monopolistik kapital
hukmronligi ishchilarning ahvolini yanada yomonlashtirdi. Nemis
ishchilarining ish haqi Ingliz va Amerika ishchilarining
ish haqidan ancha
past edi. Germaniyada 1900-1903 yillarda yuz bergan inqirozlar ishchilar ahvolini
og’irlashtirdi va katta ishsizlikka sabab bo’ldi. Germaniya ishchilarining korxona
egalariga qarshi qattiq kurashlari natijasida ish haqini bir qadar oshirishga va ish
kuchini bir oz kamaytirishga erishildi. 1900 yidda ish kuni 11-12 soat davom etgan
bo’lsa, 1904-1914 yillarda ish kuni 9,5 soatga tushirildi. Ayniqsa, ayollar,
o’smirlar, bolalar qattiq ezib ishlatilar edi. Ular erkaklarga qaraganda 30-50% kam
ish haqi olar edilar. Ishchilar turmush tarzining yomonlashuvi mamlakatda
noroziliklarning o’sishiga sabab bo’ldi, ayniqsa, 1905-1907 yillardagi Rossiyadagi
inqilob nemis ishchilar harakatiga ta‘sir etdi. Ish tashlash va boshqa noroziliklar
kuchaydi. 1900-yilda keksayib qolgan kansler Gogenloe (1894-1900) o’rnini
F.Byulov (1900-1909) egalladi. U Prussiyada saylov tizimini demokratlashtirish
haqidagi talabni qat‘iyan rad etdi. 1902-yilda yunkerlarga xushomad qilib,
Reyxstag tasdig’idan yangi bojxona ta‘rifini o’tkazib oldi. Bu ta‘rif
sotsial-
demokratlar tomonidan «sudxo’rlik ta‘rifi» deb ataldi. Joriy qilingan bojxona
ta‘rifi yunkerlarga kamida qo’shimcha ravishda 1250 mln. marka foyda keltirardi.
Nemis mehnatkashlariga yirik pomeshchiklar foydasini ko’zlab yangi o’lpon
solindi. Reaksion prusschilik ruhi Byulovning milliy siyosatida ayniqsa, yorqinroq
namoyon bo’ldi. Shlezvig va Polsha viloyatlarida milliy maktablar yopib qo’yildi.
Muassasalarda va jamoat joylarida daniyaliklar va polyaklar tilida gaplashish
taqiqlandi, shaharlar va qishloqlarning azaliy nomlari o’zgartirildi.Polyaklarning
yerini majburan tortib olib, nemislarga berish haqida qonun chiqarildi. 1906-yilda
100000 dan ortiq polyak bolalari norozilik sifatida maktablarga borishdan bosh
tortdilar. Polyak o’quvchilariga qarshi qatag’on boshlandi. Elzas va Lotaringiyada
qattiq tartib o’rnatildi. Bu yerda nemis ma‘murlari fransuzlarning milliy or-
nomusini, madaniyatini tahqirladilar. Byulov kanelerligi davrida ommaviy ijtimoiy
harakatning yanada yuksalishidan xavotirlanishi yunkerlar va yetakchi partiyalar ni
yanada yaqinlashtirdi. Byulov iste‘fosidan so’ng imperiya kansleri qilib,
prussiyalik amaldor Betman Golvel (1909-1917) tayinlandi. Betman Golvel
kanslerligining dastlabki yillarida Reyxstagda markazning
konservatorlar bilan
«qora-moviy bloki»ga tayanib ish ko’rdi. bu reaksion blok qanday islohotlarning
dushmani edi. 1907 yilgi rus -ingliz bitimi imzolanganidan so’ng ingliz, fransuz,
rus polisiyasi vujudga keldi. Tashqi siyosiy vaziyat mutlaqo Germaniya foydasiga
emas edi. Mamlakat ichidagi hukmron sinflar ham daxshatli voqealar arafasida
turardi. Ichki ziddiyat tobora keskinlashayotgan va xalqaro ahvol jiddiy tus
olayotgan bir paytda German hukmron doiralari yangi mustamlakalar bosib olish
uchun ochiqdan-ochiq harakat boshladilar. 1911 yil yozida ikkinchi Marokash
janjali boshlandi. Fransiya bilan Germaniya o’rtasidagi
munosabatlar shunchalik
keskinlashdiki, hatto urush xavfi paydo bo’ldi. Faqat Angliyaning do’q-
pupisasigina Germaniya hukumatining chekinishiga majbur etdi.Ikkinchi
Marokash janjalidan keyin xalqaro ahvol yanada keskinlashdi. Kundan-kunga
jahon urushi xavfi o’saverdi. Germaniya o’zining Antanta ittifoqidagi raqiblarini
tor-mor etishga tayyorlana boshladi. Ikkinchi Marokash janjalidan keyin xalqaro
100
ahvol yanada keskinlashdi. Bundan foydalangan hukumat Reyxstag orqali tinch
davr uchun armiya tarkibini yangidan ko’paytirish haqidagi qonunni tasdiqlatib
oldi. 1913 yilda rekrut kontinenti yana 29000 kishiga ko’paytirilib,
ikkita yangi
armiya korpusi tashkil etildi. Shu bilan birga Reyxstag 8ta linkordan iborat
uchinchi eskadra tashkil etishga qaror qildi. Bu narsa dengiz kuchlari harajatini
107mln. markaga ko’paytirardi. 1914-yilda Germaniyaning dretnoutlari soni
21taga yetdi. Nemis suv osti floti, yangi qal‘alar qurila boshlandi,
eskilari
ta‘mirlandi, armiyani qurollantirish kuchaytirildi. Katta harbiy harajatlarga
mablag’ topish uchun hukumat Yangi soliklar joriy qilina boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: