Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Shimoliy Germaniya ittifoqining tuzilishi va Germaniyaning birlashtirilishi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Shimoliy Germaniya ittifoqining tuzilishi va Germaniyaning birlashtirilishi
Avstriya mag'lubiyatidan so'ng Germaniya ittifoqi tarqatib yuborilib,
Prussiya 1867 yil boshida qabul qilingan ittifoq konstitutsiyasiga muvofiq butun 
hokimiyat prezident Prussiya quroli Vilgelm I ning meros o'tuvchi hokimiyati 
ostiga o'tdi. Bavariya, Vyurtemberg, Baden va Gessen-Darmshtadtdan iborat 
Janubiy Germaniya davlatlari vaqtincha mustaqillikni saqlab qoldi. Biroq, 
keyinroq Prussiya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi.Yevropa 


93 
davlatlarining hech biri Prussiyaning tajovuzkorona ravishda Germaniya 
davlatlarini birlashtirish siyosatiga qarshi chiqmadilar. Ular german davlatlaridagi 
inqilobiy harakatlarni faqat Prussiya boslirishga qodir deb o'ylab unga erkin tashqi 
siyosiv faoliyat yuritish imkoniyatini berdi.Bismark 1865 yilda yozganidek: "hech 
qanaqa german xalqi yo’q, bizning siyosatimiz Germaniyani Prussiyaga 
aylantirishdan iborat" degan shiorga amal qilib 1866 yil urush nihoyasida 
Prussiya tashqi siyosatining so'nggi maqsadlarini ochiq bayon qildi. 
Prussiyadagi tartib qoidalar majburiy ravishda butun Shimoliy Germaniya 
ittifoqiga joriy qilina boshlandi. Ittifoq prezidenti Vilgelm Ittifoq armiyasining 
bosh qo'mondoni bo'lib, u urush e'lon qilish va sulh tuzish ittifoq boshqaruvidagi 
lavozimlarga nomzodlarni tayinlash va vazifasidan ozod qiiish ittifoqning qonun 
chiqaruvchi palatasini o'z xohishiga ko'ra chaqirish yoki yuborish, uning 
qarorlariga veto (taqiq) qo'yish va o'zining o'rinbosari-ittifoq kansleri lavozimiga 
nomzodni tayinlash vakolatlariga edi. Ittifoq kansleri doimiy ravishda Prussiya 
fuqarolaridan tayinlanib, u ittifoq Kengashi deb ataluvchi yuqori palatada raislik 
qilgan. Bu kengash ittifoqqa a'zo bo'lgan davlatlarning vakillaridan iborat bo'lib, 
uning 43 ta vakillaridan 17 tasi Prussiyaga tegishli edi. Quyi palata reyxstag esa 
297 la deputatdan iborat bo'lib, u umumiy saylov asosida saylashgan quyi palata 
qonunlarni va byudjetlash huquqiga ega bo'lgan xolos. Ittifoqga kirgan alohida 
davlatlar o'zlarining monarxlarini konstitutsiyasi sudlari va byudjetini saqlab 
qolgan. Biroq ular ittifoq bayrog'i sifatida Prussiyaning oq-qora va quyi qismida 
qizil chiziq tortilgan bayrog'ini qabul qildilar va Prussiya hukmronligini e'tirof 
etdilar.Germaniyani yuqoridan birlashtirish jarayonidagi muvaffaqiyatlar, 
Avstriya va Daniya ustidan qozonilgan g'alabalar, konstitutsiyayiy nizo paydo 
bo'lgandan buyon Prussiyada Bismarkka qarshi muxoliflikda turgan liberal 
burjuaziya-progressistlar Bismark oldida tiz cho'kishga majbur qildi.1866 yil 
kuzida burjua progressistlar partiyasi safida bo'linish yuz berdi. Ittifoq ro'yxatiga 
va Prussiya davlatida burjuaziyaning Bismark siyosatini yoqlovchi nisbalan 
kattaroq qismi yangi partiya milliy liberallar partiyasini tuzdi.A.Bebel va 
V.Libknextlar 1868 yil ochiqdan-ochiq marksizm pozitsiyasiga o'tganligini 
e'lon qildilar. A.Bebel va V.Libknextlar tashabbusi bilan shu yil kuzida 
Pyuriberi shahrida nemis ishchilari ittifoqining s'ezdi chaqirildi. S'ezd 
sotsialistik dastur qabul qilib, inlernatsional (xalqaro ishchilar harakati)ga 
qo'shilish uchun qaror qabul qildi.1869 yil 7-9 avgustda Eyzenaxda umumgerman 
ishchilar kongressi chaqirildi. Unda lassachilar ishchi fereynlari kasaba
uyushmalari va boshqa tashkilotlar birlashtirilib, A.Bebel va V.Libknextlar 
tomonidan "Germaniya demokratik ishchilar partiyasi" tashkil etildi.1866 yilgi 
urushdan so'ng Shimoliy Germaniya ittifoqi tuzilishi bilan Germaniyaning 
milliy birlashtirilishi, asosan, nihoyasiga yetdi. Biroq, Germaniyani to’liq 
birlashlirish uchun Bismarkka yana bitta g'alaba kerak edi. Bu g'alaba 
german davlatlarini Prussiyaboshchiligida birlashtirishga jon-jahdi bilan 
qarshilik ko'rsatayotgan Fransiya ustidan bo'lishi lozim edi.60-yillarning 
oxirlarida Fransiyada boshlangan siyosiy inqirozdan chiqish yo'lini Napoleon III 
Prussiyaga qarshi urushda ko'rdi. 1869 yil kuzida Bismark "Shimoliy 
Germaniya ittifoqining Fransiya bilan urushini imtihoni shunchaki bor emas, 
balki shunday urush uning uchun juda zarurdir" degan edi.1870 yilda Fransiya va 
Prussiya boshchiligidagi german davlatlari o'rtasida urush boshlandi. Urushda 
german davlatlari g'alaba qildi, biroq sulh shartnomasi imzolanmasdan turib, 1871 


94 
yilning 
18 
yanvar 
kuni 
Versalda 
Germaniya 
imperiyasining 
tuzilganligi,Prussiya qiroli Vilgelm II Germaniya imperiyasining imperatori deb 
e'lon qilindi. Fransiya-Germaniya urushi Germaniyaning birlashtirilishini 
nihoyasiga yetkazdi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish