Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Prussiyada konstitutsiyaviy nizo va Otto Fon Bismarkning hokimiyatga



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Prussiyada konstitutsiyaviy nizo va Otto Fon Bismarkning hokimiyatga 
kelishi 
Italiyadagi 
voqealar 
ta'siri 
natijasida 
prus 
burjuaziyasi 
safida 
birlashtirishning turli yo'llari tarafdorlari o'rtasidagi kurashning keskinlashuvi 
Prussiya hukumatining siyosatiga ham ta'sir qildi. Yangi qirol Vilgelm 1 
Manteyelni iste'foga chiqarib islohotlar o'tkazishga va'da berdi. Ammo islohotlar 
boshlash taraddudi cho'zilib ketishi natijasida hukumat bilan davlatdagi burjua 
muxolifati 
o'rtasida 
to'qnashuvlar 
boshlandi. 
To'qnashuvlar 
keyinchalik 
konslitutsiyaviy nizo, deb atalgan siyosiy inqirozga sabab bo'ldi. Bu nizoni 
1860 yil fevralda harbiy ministr fon Roonning harbiy islohotlar haqida 
landtagdagi bildirgan takliti kellirib chiqardi. Prussiya hamon armiyaga 
suyanuvchi davlat bo'lib, unda yunkerlar hukmron mavqega ega edi. Yunkerlar 
liberal burjuaziya talablariga qarshilik ko'rsatayotgan asosiy kuch edi. Harbiy 
islohotlar to'g'risidagi fon Roonning loyihasi harbiy muddatini 2 yildan 3 yilga 
ko'paytirish, armiya hajmini oshirish va uning tuzilishini o'zgartirishdan iborat edi. 
Shahzoda 
regent 
Vilgelm 
(1861 
yildan 
Vilgelm 

Prussiya 
qiroli) 
Yevropakontinentida bo'lishi mumkin bo'lgan xalqaro nizolar uchun katta hajmdagi 
zamonaviy armiya tuzishda va yunkerlarni mavqeini mustahkamlashga harakat qildi. 
Muntazam armiya safidan Napoleon urushlari davrida tuzilgan landver, deb ataluvchi 
xalq lashkarini chiqarib tashlash ham rejalashtirilgan edi, chunki landverdagi zobitlik 
lavozimlarini aksariyatini burjuaziya vakillari egallagan edi. Landtag mazkur 
loyihani rad etdi, biroq, hukumatga 9 mln. taler miqdorida favqulodda harbiy 


90 
harakatlar uchun mablag' ajratdi. Ushbu summa taklif etilgan harbiy islohotlar 
loyihasini amalga oshirish uchun sarflandi.Liberal burjuaziya vakillarining 1861 yilda 
tashkil qilingan "Progressistlar partiyasi" parlamentda qirol va hukumatga qarshi 
kurash boshladi. 1861 yilga landtag saylovlarida progressistlar katta muvaffaqiyat 
qozondilar. Yangi saylangan deputatlar palalasi bilan hukumat o'rtasida yangidan 
kurash boshlandi. 1862 yilning 11 martida qirolning maxsus farmoyishi bilan 
deputatlar palatasi tarqatib yuborildi, liberal ministrlar iste'foga chiqarildi. Qirol 
liberallashtirish siyosatiga chek quydi. Ko'pgina shaharlarda aholining hukumatga 
qarshi norozilik chiqishlari bo'lib o'ldi. 1862 yil bahoridagi yangi saylovlarda 
progressistlar yana g'alaba qozondilar.Progressistlar hukumatga bosim o'tkazib, agar 
ularning talablari bajarilmaydigan bo'lsa, harbiy soha uchun mablag'lar ajratishni 
to'xtatishini ma'lum qildi. Keyinroq, harbiy kredillarni to'xtatilishi siyosiy inqirozni 
juda keskinlashtirdi, qirol hatto taxtdan vozkechishga ham tayyor turdi. Ammo 
prus yunkerlarining konservatik militaristlari boshqacha yo'l tutdilar. Ularning 
taklifi bilan 47 yoshli Otto fon Bismark 1862 yil 24 sentyabrda qirol tomonidan 
prezident - ministr (bosh ministr) qilib tayinlandi.Otto fon Bismark (1815-1898) kelib 
chiqishi va tabiatiga ko'ra haqiqiy y yunker edi. U butun umri davomida Prussiya 
taxtiga sodiqlik bilan xizmat qildi va Germaniyada Prussiya hukmronligini o'rnatish 
tarafdorlarini qo'llab-quvvatladi. Bismark "men birinchi o'rinda prusman va undan 
keyin nemisman" degan iborasi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Bismark 
o'zining 1848-1849 yillar inqilobi davrida demokratiyaga qarshi chiqishlari bilan 
ma'lum bo'lgan edi. Uning "1848-1849 yillar inqilobining eng katta xatosi shu 
ediki zamonning muhim masalalarini aksariyat nutqlar va qarorlar bilan emas, balki 
qilich va qon bilan yechiladi" degan iborasi Germaniyani birlashtirish uchun mayda 
va o'rtacha german davlatlaridagi partikulyarlik va legitimistik qarshiliklarni, 
umrini yashab bo'lgan Germaniya ittifoqini va Avstriya ta'sirini tugatishni nazarda 
tutar edi. Chunki Bismark juda boy siyosiy va diplomatik tajribaga ega bo'lib, 
Germaniyani birlashtirish arafasida mavjud bo'lgan ichki va tashqi siyosiy vaziyatni 
munosib baholab, mamfakatning iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash uchun siyosiy 
tarqoqlikka barharn berish lozimligini tushungan edi.Xalq ommasining inqilobiy 
chiqishlaridan vahimaga tushgan burjuaziya Bismark hukumatiga yon berishga 
majbur bo'ldi.1863 yil mayda sanoati rivojlangan Saksoniyaning Leyptsig shahrida 
liberal 
burjuaziyadan 
mustaqil 
holda 
Ferdinand 
Lassal 
boshchiligida 
"Umumgerman ishchilar ittifoqi" tuzildi, ittifoqning asosiy maqsadi ishchilarning 
umumiy saylov huquqini qo'lga kiritish orqali tinch yo'l bilan sotsializmga o'tish 
edi. F.Lassal uinumiy saylov huquqini joriy qilish haqida Bismark bilan 
muzokaralar ham olib bordi. German davlatlarida ishchilarning namoyishlari va 
professional harakatlari 1863-1865 yillarda o'zining eng yuqori bosqichiga yetdi. 
Harakat davomida nemis ishchilari orasida Avgust Bebel (1840-1913) va 
Vilgelm Libknext (1826-1900) kabi siyosiy rahnamolar yetishib chiqdi. 
F.Lasaldan farqli rayishda V.Libknext va A.Bebel Germaniyani "quyidan" - 
inqilobiy yo'l bilan birlashtirish orqali respublika o'rnatish uchun harakat qilib, 
Bismarkning "qilich va qon" bilan birlashtirish siyosatiga qarshi kurashdilar. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish