Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Tayanch tushunchalar: 
Bonapartchilar imperiyasi. Germaniyaning milliy birlashishi. Ispan taxti 
uchun kurash. Ems muzokaralari. Sedan jangi. Burjua respublikachilari harakati. 4 
sentyabr davlat to’ntarish, urushning xarakteri, tabiatidagi o’zgarishi. Parij 
qo’zg’olonlari. Sulh. Parij Kommunasi. Millatga qarshi hukumat. Burjua 
respublikachilari. Milliy gvardiya Markaziy qo’mitasi. Kommuna kengashi. Davlat 
to’ntarishi.
 
Urushning sabablari, boshlanishi va borishi. Sedan jangi. 
XIX asrning 50-60 yillarida Fransiyada yirik kapital hukmronlik qilib, 


83 
hokimiyat tepasida Napoleon III u 1851 yil 2 avgustda o’tkazilgan davlat 
to’ntarishi bilan qirol taxtiga chiqdi. 1852-yilda u o’zini imperator deb e‘lon qildi. 
Bu Fransiya tarixida ikkinchi imperiya deb ataladi. Bu davrda mamlakatda ishlab 
chiqarish tez sur‘atlarda rivojlandi. Sanoatda o’zgarishlar o’z nihoyasiga yetib, 
temir yo’l tarmoqlari ko’payib bordi. Ko’plab zavod va fabrikalar qurildi.60-
yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Napoleon III ning mavqei pasayib bordi. 
Buning sababi Fransiyaning tashqi siyosatdagi muvaffaqiyasizliklarini, jumladan, 
uning Prussiya boshchiligida Germaniyaning birlashtirilishi jatumaniga to’sqinlik 
qila olmaganligini fransuz burjuaziyasi kechira olmadi. Ayni shu yillardan boshlab 
Angliya-Fransiya o’rtasidagi savdo shartnomasidan ham ular qattiq norozi edilar. 
Chunki, ingliz tovarlarining fransuz bozorlariga kirib kelishi bilan fransuz 
tovarlariga bo’lgan raqobat kuchaygan edi.1869 yilda Luara havzasining 
shaxtyorlari ish tashladilar. 1870-yil yanvarida Parijda 200000 kishilik 
ishchilarning dahshatli namoyishi bo’lib o’tdi.Napoleon III hukumati mamlakatda 
norozilik kuchayotganligini obro’si tushib borayotganligini nazarda tutib, 
Prussiyaga qarshi urush boshlashga qaror qildi. U shu yo’l bilan mamlakatdagi 
ahvolni o’nglab olish, obro’sini ko’tarishga umid bog’ladi. Buning uchun 
Prussiyani tor-mor etish, Germaniyani birlashishiga yo’l qo’ymaslik,Reynning
g’arbidagi yerlarni bosib olish, Fransiya hududlarini kengaytirish 
rejalashtirilgan edi.Germaniyaning konsleri Otto fon Bismark ham bir necha 
yillardan buyon urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi Germaniyada 
Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashda g’ov bo’lgan Fransiyani mag’lub 
etish va har qanday demokratik harakatlarni bostirishdan iborat edi. 60-yillarning 
oxirlarida Prussiya tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishib, janubiy Germaniya 
davlatlarini o’z tomoniga og’dirib olishga, Avstriya-Vengriya va Chor Rossiyasini 
betaraf qilishga muvaffaq bo’ldi. Shunday qilib, har ikki tomonFransiya ham, 
Prussiya ham urushga intilmoqda va bunga bahona qidirmoqda edi. Bahona ham 
topildi. Shu orada Ispaniya taxti bo’shab qoldi. Ispaniya qirolichasi Izabella 1870-
yil 2-iyulda quvg’in qilingan edi. Taxtga nemis shahzodasi Leopold Gogensollern 
taklif qilindi. Fransiya esa janubiy hududlarda Prussiya mavqeini oshib ketishini 
xohlamadi, shuning uchun u qattiq norozilik bildirdi. Bu davrda Pruss qiroli 
Vilgelm I Ems shaharchasida davolanayotgan bo’lib Fransiyaning elchisi 
Benedettini korol huzuriga kirishga erishdi va Ispaniya taxtiga Leopold nomzodini 
taklif qilmaslikni iltimos qildi. Darhaqiqat, 12-iyulda Leopold Ispaniya taxtidan 
voz kechganligini e‘lon qildi.13-iyul kuni Benedetti o’z hukumatining korol 
Vilgelm I agar Ispaniya taxti uchun Leshgold o’z nomzodini qo’ygan bo’lsa aslo 
rozi bo’lmaydi, deb bayonot bersin degan talabini olib yana Vilgelm I ning 
huzuriga bordi. Ammo korol uni qabul qilmadi va qolgan gapni Berlinda 
gaplashamiz, deb javob berib yubordi. Ayni paytda korol Vilgelm I o’z konsleri
Bismarkka Ems shaharchasidan turib telegramma yubordi. Unda 13-iyuldagi 
suhbat mazmuni berilgan edi. Bu tarixda «Ems depeshasi» deb ataladi.Bismark bu 
telegrammaning mazmunini fransuz hukumatini haqorat qilish, Fransiyaning milliy 
sha‘niga isnod keltiradigan darajada o’zgartirib, o’zining qattiq nazorati ostidagi 
matbuotda e‘lon qildirdi. Uning maqsadi, ig’vo yo’li bilan Fransiyani urush 
boshlashga majbur qilish bo’lib, Bismark o’z maqsadiga erishdi.1870-yil 19-


84 
iyulda Fransiya Prussiyaga urush e‘lon qildi.Urushning dastlabki
harakatlari Bismarkning tuzgan rejasidagi, aynan, Fransiya tomonidan
boshlandi. Ana shundan, Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi, dastlabki 
kunlarida nemislar uchun milliy- ozodlik xarakterida edi. Fransiya hukumati 
urushni oshlar ekan, o’z kuchlarini yetarli hisobga olmagan edi. Qo’shin yetarli 
harbiy anjomlar bilan qurollanmagan va layoqasiz generallar ham
urushdagi g’alabani ta‘minlay olmadilar. Urush boshlagan Fransiya 31-
iyulgacha hujumga o’ta olmadi. Nihoyat 1-avgust kuni boshlangan hujum 2-
avgustda Pruss armiyasi tomonidan to’xtatilib, 4- va 6-avgustda
fransuzlar uchta jangda (Veysenburg, Freshviller, Forbak)da tor-mor etildi. 
Marshal Bazen 100000 qo’shini bilan Mes qal‘asi yonidagi jangda tiz cho’kdi. 
Marshal Mak-Magon 140000 armiyasi, ular orasida imperator Napoleon III o’zi 
ham Sedan oldidagi jangda yengildi. Napoleon boshliq 82000 soldat, ofiser va 
generallar Prusslarga taslim bo’ldilar. Bu sharmandali mag’lubiyat Fransiyadagi 
ikkinchi imperiyaning umri tugaganligini bildirdi. 4 yil urushga tayyorgarlik 
ko’rgan Fransiya urushning boshidayoq Fransiya urushga tayyor emasligi ma‘lum 
bo’ldi: -armiyani boshqarishda tartibsizlik va sarosimalik; -harbiy qismlar 
jamlanmagan va chalkash; -marshrut noaniq,ta‘limot yo’q; -general qancha askar 
borligini bilmasdi. Prussiya qurolli kuchlarini joyiga qo’yib uch armiyaga bo’ldi va 
kerakli,muhim joylardan urnashtirib fransuzlarni kutib turdi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish