Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Bismark tashqi siyosatining muvaffaqiyatlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Bismark tashqi siyosatining muvaffaqiyatlari
Yevropa markazida yangi qudratli davlatni paydo bo'lishida Prussiya 
manfaatiga mos keladigan qulay tashqi siyosiy vaziyat yuzaga kelgan edi. Prussiya 
boshchiligida Germaniya davlatlarini birlashtirishga faqat Avstriya va Fransiya 
qarshilik ko'rsatayotgan edi. Rossiya podshosi Aleksandr II Prussiya bilan 


91 
avvalgidek, Yevropada inqilobiy xavfga qarshi hamkorlikda kurash olib 
borishda, Sharqda o'zining mavqeini mustahkamlashda va 1856 yilgi Parij sulh 
shartnomasini qayta ko'rib chiqish uchun uning yordamiga umid qilmoqda edi. 
Angliya hukumati yangi Germaniya davlatini Yevropada hukmronlik uchun 
da'vo qilayotgan Fransiyaga qarshi munosib raqib bo'lishini istayotgan edi. 
Shuning uchun mazkur davlatlar va Yevropaning boshqa davlatlari ham 
Prussiyani birlashtirish siyosatiga qarshi munosabat bildirmadilar.Bismark davlat 
to'ntaruvi qildi, armiyani qayta tashkil etish uchun byudjetdan tashqari mablag' 
ajratdi, maxsus farmoyish bilan matbuot erkinligi cheklandi, muxolif amaldorlar 
lavozimidan bo'shatildi. Prussiya 1863 yil Polsha qo'zg'olonini bostirishda 
hamkorlik qilish haqida Rossiya bilan konventsiya imzoladi. Bu xalq 
ommasining umumiy noroziligiga sabab bo’ldi. Berlinda namoyishlar 
uyushtirilib, aholining polilsiya bilan to'qnashuvi yuz berdi. Basmark 
Germaniyani Prussiya hukmronligida birlashtirish maqsadiga kuch bilan 
erishishga 
qat'iy 
kirishdi. 
Germaniyani 
Prussiya 
boshchiligida 
birlashtirlishigata'kidlangandek. Avstriya va Fransiya qarshilik ko'rsatmoqda 
edilar. Avstriya german davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirish 
Prussiyaning mavqeini kuchaytiradi, deb bunga yo'l qo'ymaslikka va o'z 
navbatida, german davlatlarini Avstriya atrofida birlashtirishga harakat 
qildi.Fransiya esa o'zining sharqiy chegaralarida kuchli markazlashgan davlatni 
tashkil topishini istamay Germaniya ittifoqining zaifligidan foydalanib, 
Reynning so'l qirg'og'ini bosib olishga harakat qilayotgan edi. Napoleon III 
german davlatlarining Prussiya hukmronligiga qarshi siyosatini rag'batlantirib 
Janubiy Germaniyada o'zining ta'sirini mustahkamlashga intildi. 1863 yil 
yozida Avstriyaning tashabbusi bilan Germaniya ittifoqini isloh qilishni 
muhokama qilish maqsadida german davlatlarining vakillarini Frankfurtga taklif 
etdi. 
Uchrashuvga 
Prussiya 
vakillari 
kelmadi.Bismark 
Germaniyani 
birlashtirish ishini shaxsiy uniya asosida Daniya bilan birlashgan ammo, 
alohida konstitutsiyalariga ega bo'lib, aholisi asosan nemis millatiga mansub 
bo'lgan Shlyozvig va Golshteyn gersogliklarini Daniyadan tortib olishdan 
boshladi.1863 yil Daniyaning yangi qiroli Xristian Shlyozvigga Daniya 
konstitutsiyasini joriy qildi. Bu butun Germaniya davlatlarida norozilik uyg'otdi 
va Bismarkka yangidan paydo bo'lgan ''shlyozvig-golsheyn muammosi"ga 
aralashish imkoniyatini berdi. Chunki, Golshteyn Germaniya ittifoqiga a'zo 
edi. Prussiya Daniyaga Shlyozvigni anneksiya qilishdan voz kechishni talab 
qiluvchi ultimatum e'lon qildi. Bu talabga keyinroq Prussiyadan orqada 
qolishni istamagan Avstriya ham qo'shildi.Daniya qiroli Yevropa davlatlarining 
yordamiga umid qilib, Prussiya va Avstriya talabini rad etdi. 1864 yil 1-fevralda 
Prussiya va Avstriya Daniyaga qarshi urush boshladi. Qisqa muddatda Daniya 
tor-mor etildi. 1864 yil 30 oktyabrda Venada imzolangan sulh shartnomasiga 
ko'ra Shlyozvig va Golshigen gersogliklari Daniyadan tortib olinib, Avstriya 
va Prussiyaning hamkorligidagi boshqaruv ostiga o'tdi. 1865 yil Prussiya va 
Avstriya o'rtasida imzolangan konventsiyaga ko'ra, Golshteynni Avslriya, 
Shlyozvigni esa to'liq Prussiya boshqaradigan bo'ldi. Bu konventsiya ko'proq 
Prussiya manfaatlariga xizmat qilgan. Biroq, Golshteynni Avstriya tomonidan 
boshqarilishi Prussiyani qanoatlantirmadi.Daniya urushiga buyuk davlatlarni 
aralashmasligi haqida Bismarkning bashorati to'g'ri chiqdi. Bismarkning 
galdagi vazifasi Avstriyani tor-mor etish va uning german davlatlariga bo'lgan 


92 
ta'siriga barham berish edi.Bismark Prussiyaning harbiy qudratidan kelib chiqqan 
holda ongli ravishda Avstriya bilan urushga tayyorlana boshladi. Avstriyani tezda 
tor-mor etish uchun 1866 yil bahorida Italiya bilan ittifoqchilik haqida maxfiy 
shartnoma imzoladi. Bismark Avstriya imperiyasiga qarshi urushda ittifoqchilik 
qiladigan Italiyaga Venetsiyani olib berishni va'da qildi. Vengriya 
emmigrantlari bilan muzokaralar olib borib, Avstriya imperiyasida milliy 
harakatlar 
chiqarishga 
urindi.Avstriyaga 
qarshi 
urushda 
Fransiyaning 
betarafligini ta'minlash uchun Bismark Napoleon III bilan bo'lgan uchrashuvda 
Belgiyani bir qismi va Reynning so'l sohilini Fransiyaga qo'shib olinishiga 
qarshi emasligini ma'him qildi. Uzoqni ko'ra olmagan Fransiya imperatori 
Avstriya-Prussiya urushi har ikki tomoning zaiflashtiradi deb o'ylab, Bismarkning 
taklifiga rozi bo'ldi.1866 yil bahorida Bismark Germaniya ittifoqini tubdan isloh 
qilishga Avstriyaning roziligini so'radi. Undan kutilgan javobni olmagan Bismark 
barcha german davlatlariga Germaniya ittifoqini isloh qilish va undan Avstriyani 
chiqarish haqidagi loyihani jo'natib, ittifoq seymiga Germaniya Ittifoqining yangi 
konstitutsiya loyihasini kiritdi va Prussiya harbiy qo'shinlarini Golshteynga 
tomon yo'naltirdi. Ittifoq seymi Avstriya tomonida turdi, bungajavoban Prussiya 
1866 yil 14 iyunda Germaniya ittifoqidan chiqqanligini e'lon qildi.15 iyun kuni 
Prussiya Avstriyaga qarshi urush boshladi. Baden, Bavariya, Vyurtenberg, 
Gannover, Saksoniya Avstriya tomonida, Tyurintiyaning va Shimoliy 
Germaniyaning 
ayrim 
shaharlari 
Prussiya 
tomonida 
turib 
urushda 
qatnashdi.Prussiya qo'shinlari Saksoniya, Gannover va Kurgessenga hujum qilib, 
14 kunda Avstriyani qo'llab turgan Janubiy va Markaziy Germaniya kuchlari 
Mayn daryosi bo'ylab kesib qo'yildi. Yevropa jamoatchiligi tomonidan mutlaqo 
kutilmagan holda Prussiya armiyasi ilk bor temir yo'llar va telegrafdan 
foydalanib, Avstriya va uning ittifoqchisi Saksoniyaga ketma-ket harbiy zarbalar 
berishda davom etdi. Eski pilta miltiqlar o'rniga yangi minali o'qotar qurollar 
bilan qurollangan yaxshi harbiy tayyorgarlikdan o'tgan prus qo'shinlari general 
Moltkening qo'mondonligida Chexiya hududiga yurish qilib, 3-iyulda Sadova 
qishlog'i yaqinida Avstriya qo'shinini tor-mor etdi va Venaga yo'l oldi. Prussiya 
qo'shinlarining boshqa bir qismi Avstriyaga ittifoqchilik qilayotgan german 
davlatlari harbiy otryadlarini mag'lubiyatga uchratib, 15 iyul kuni Frankfurtni 
egalladi.Avstriya Janubiga Italiyaning hujumi natijasida imperator Frans-Iosif 
Prussiya bilan sulh tuzishga majbur bo'ldi. 1866 yil 23 avgustda Pragada 
imzolangan Avstriya-Prussiya sulh shartnomasiga ko'ra Avstriya Germaniya 
ittifoqidan chiqarildi, german davlatlari orasida hukmronlik qilish da'vosidan 
kechdi va yangi uyushma Shimoliy Germaniya ittifoqiga kirishdan mahrum 
qilindi. Shuningdek, shartnoma Germaniya ittifoqini tarqatib yubordi. Shlezvig, 
Golshteyn, Gannover, Kurgessen, Nassau va erkin shahar Frankfurt Mayne 
Prussiyaga qo'shib olindi. Avstriya Venetsiyani Italiyaga berib, Prussiyaga harbiy 
kontributsiya to'lash majburiyatini oldi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish