106
imkoniyatyaratdi. Pavel I hukmronligining dastlabki davrida Fransiya bilan
diplomatik munosabatlar tiklandi. Biroq Rossiya, Fransiya va Germaniya o'rtasida
Yaqin Sharq va Polsha masalasida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud edi. Napoleon
Bonapart qo'mondonligidagi Fransuz harbiy ekspeditsiyasining Misrga jo'natilishi,
Malta va Ionik oroilarini bosib olinishi, Rossiyaning «Sharq masalasi»dagi
manfaatlariga zid edi. Natijada Rossiya Fransiyaga qarshi ikkinchi harbiy
koalitsiyaga qo'shildi. 1799 yil Rossiya va Turkiya o'rtasidagi itt ifoqchilik
shartnomasi imzolandi, bunga ko'ra Rossiya harbiy floti Dardanell va Bosfor
bo'g'ozlaridan erkin o'tish huquqiga ega bo'ldi. Admiral F.F.Ushakov
qo'mondonligidagi rus floti Ionik orolini fransuzlardan ozod qildi. 1800 yilgi rus-
turk konvensiyasiga ko'ra Ionik orolida «Etti qo'shma orollar respublikasi»
tuzildi. Mayda bu respublika Rossiya va Turkiya davlatlarining protektorati
ostida bo'lib rasmiy ravishda Turk sultoni uni o'zyeri deb hisobladi.Suvorov
qo'mondonligidagi rus qo'shinlari Italiyada fransuz qo'shinlariga qarshi urush
harakatlarini olib borib, fransuzlardan tozalangan. Italiya hududlarida eski feodal
tartiblarini va sobiq mahalliy hukumdorlarning hokimiyatini tiklash bilan
mashg'ul bo'ldi.Yaqin Sharq masalasida va O'rta yer dengizi havzasida Anglo-Rus
munosabatlari keskinlashib keldi. Angliya Turkiya bilan Rossiyaning o'zaro
yaqinlashuvidan tashvishga tushib, Rossiyani Ionik orolidan siqib chiqarishga
harakat qildi. O'z navbatida Rossiya Angliyadan O'rta yer dengizida strategik
jihatdan juda qulay bo'lgan Malta orolini tortib olish payida bo'ldi. Koalitsiya
a'zolari orasida jiddiy qarama-qarshiliklar kelib chiqdi. Pavel I rus qo'shinlarini
Italiyadan chaqirib olib, 1800-yilda Angliya bilan barcha munosabatlarini to'xtatdi
va Shvetsiya, Daniya, Prussiya bilan Angliyaga qarshi qaratilgan «qurolli
betaraflik» haqidagi shartnomalarni imzoladi. Bir vaqtda Fransiya bilan sulh
to'g'risida mo'zokaralar boshlab, Angliyaga qarshi ittifoqchilikda Hindistonga
yurish qilishga kelishib oldi. Angliya va Rossiya urush holatiga keltirildi.Pavel
Ining Angliyaga qarshi siyosati dvoryanlarning hukumron doiralarida norozilik
uyg'otdi. Chunki rus pomeshchiklari o'zlarining qishloq xo'jalik mahsulotlarini
asosan, Angliyaga eksporl qilib Angliyadan sanoat mahsulotarini olar edilar.
Angliya bilan munosabatlarining buzilishi, ularning iqtisodiy manfaatlariga zarar
yetkazmoqda edi. Shuningdek rus dvoryanlarining bir qismi, Rossiyaning
Fransiya bilan yaqinlashuviga qarshilik ko'rsatmoqda edi. Natijada 1801 yil 12
martda Pavel I ga suiqasd uyushtirishdi. Rossiya taxtiga uning o'g'li Aleksandr 1
(1801 - 1825) o'tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: