Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


XIX asrning birinchi yarmida Rossiyaning xalqaro ahvoli



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

XIX asrning birinchi yarmida Rossiyaning xalqaro ahvoli 
Pavel I vafotidan so'ng taxtga o'tirgan Aleksandr I Angliyaga qarshi 
qaratilgan deyarli barcha shartnomalarni bekor qildi. Pavel I ning O'rta Osiyo 
orqali Hindiston tomon yo’lolgan-kazaklardan iborat harbiy otryadi ham 
qaytarildi. Aleksandr I endi Kavkaz ortini bosib olishga kirishdi.1801 yilda 
Kavkaz ortidagi Kartli-Kaxetin podsholigining Rossiya tomonidan bosib olinishi 
Eron, Turkiya, Fransiya va Angliyaning noroziligiga sabab bo'ldi. Fransiya va 
Angliya Sharqda Rossiya mavqeini kuchayishidan, Eron va Turkiya esa 
Rossiyaning Kavkazdagi bosqinchilik siyosatidan tashvishga tushmoqda, 
edilar. 1801 yil Angliya va EronFransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan 
shartnomalarni imzoladi. 1804 yilda esa Eron Rossiyaga qarshi urushga kirdi. 
Rossiya-Eron urushi 1813 yilgacha davom etdi. Shu yili Rossiya va Eron 
o'rtasida Guliston sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko'ra Eron 
urushi davomida Kavkaz ortini aksariyat qismini Rossiyaga qo'shib 
olinganligini va Kaspiy dengizida rus harbiy flotini saqlanishini e'tirof etdi. 
Rossiyaning Kavkaz ortini bosib olishi va Bolqondagi siyosati Turkiyaning ham 
manfaatlariga zid keldi. Turkiya 1806 yilda Rossiyaga qarshi urush 
boshladi.1807 yil 7 iyulda Napoleon va Aleksandr I Tilzitda uchrashib, sulh va 
ittifoq haqida shartnoma imzoladilar. Unga ko'ra Aleksandr I Napoleon I 
tomonidan Yevropada amalga oshirilgan o'zgarishlarni e'tirof etib, o'z navbatida 
Rossiya uchun Yaqin Sharqda erkin harakat qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi. 
1806 yilda boshlangan rus-turk urushi 1812 yilda Rossiyaning g'alabasi bilan 
yakunlandi. 1812yilgi Buharest sulh shartnomasiga ko'ra Bessarabiya Rossiyaga 
o'tdi. Moldaviya va Valaxiyada turk sultonining hokimiyati qayta o'rnatildi, 
sulton Serbiyaga ichki avtonomiya berish majburiyatini oldi.Rus-Eron (1804-
1813-yillar) va Rus-Turk (1806-1812-yillar) urushlari davomida Rossiya Kavkaz 
ortini deyarli to'liq bosib oldi. 1812 yilda Rossiya Napoleon Bonapart 
armiyasini hujumini qaytarib, uni butunlay tor-mor etilishi uchun juda katta hissa 
qo'shdi. 1812-yilning 24 iyunida 600 ming kishilik qo'shin bilan Rossiyaga 
bostirib kirgan Napoleon armiyasining hujumi muvaffaqiyatsiz ravishda yakun 


108 
topdi. Fransiyadan uzoqlashib ketgan ko'p sonli Fransuz armiyasini oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, o'q-dori bilan ta'minlashdagi uzilishlar, Rossiya hududining 
kengligi, qahraton qish, Bagration, Kutuzov kabi tajribali sarkardalarning rus 
qo'shiniga qo'mondonlik qilishi oqibatida Napoleonning Rossiyaga yurishi 
barbod bo'ldi. Mag’lubiyatga uchragan fransuz armiyasini nafaqaf 
Rossiyadan balkiYevropa davlatlari hududidan haydab chiqarishda Rossiya armiyasi 
muhim rol o'ynadi.Angliyaning tezlashi bilan Eron 1826 yilda Kavkaz ortiga hujum 
qilib, navbatdagi rus-Eron urushini boshladi. Biroq, tezda mag'lubiyatga uchragan 
Eron Turkmanchoy qishlog'ida sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga 
muvofiq Kavkaz ortidagi Naxchevon va Yerevan xonliklari Rossiyaga o'tdi. Eron 20 
mln. rubl kumush miqdorida kontribusiya to'lash majburiyatini oldi.Rossiya 1828-
1829-yillardagi Rus-turk urushida Turkiyani mag'lubiyatga uchralibBolqonda o'z 
mavqeini mustahkamlashga erishdi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrning birinchi 
yarmida Rossiya tashqi siyosat bobida bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi.Napoleon 
urushlari Rossiyaning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoliga halokatli ta'sir qildi. Urush 
davomida mamlakatning g'arbiy va markaziy guberniyalari talanib, butunlay vayron 
qilindi, ishlab chiqarish kuchlariga katta zarar yetkazildi. Natijada urushdan keyingi 
1812 -1817 yillarda dehqonlarning krepostnoylik tizimga qarshi 90 ga yaqin 
norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi.XIX asrning boshlarida Rossiyadagi murakkab 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Yevropadagi inqilobiy harakatlar, Napoleon urushi 
davomida Fransiyada va boshqa Yevropa davlatlarida siyosiy kurashning guvohi 
bo'lgan. Rossiyaning yosh dvoryan zobitlari dunyoqarashida keskin o'zgarish 
yo'z byerdi. Ular burjua erkinliklari joriy qilingan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan, 
Yevropa bilan krepostnoylik tuzumi hukumronlik qilayotgan va iqtisodiy 
jihatdan qoloq bo'lgan Rossiyani solishtirib ko'rib, Rossiya uchun ham buyuk 
o'zgarishlar va yangilanishlar lozim degan xulosaga keldilar.1816 yilda harbiy 
zobitlar A.Muravyov, I.D.Yakushkin, P.I. Pestel tomonidan «Qutqarish ittifoqi» 
nomli siyosiy tashkilot tuzdi. Bu ittifoq krepostnoylik huquqini bekor qilish va chor 
samodyerjaviyasini ag'darishni o'zining asosiy maqsadi deb bildi. 1818 yilda bu 
ittifoq «Farog'at ittifoqi» deb atala boshladi. 1821 yilda poytaxtga rus harbiy 
qo'shini orasida norozilik kayfiyatining kuchayishi natijasida mazkur ittifoq tarqatib 
yuborildi.«Farog’at ittifoqi» tarqatib yuborilgach, shu yili uning a'zolari 
Peterburgda N.Muravyov boshchiligida «Shimoliy ittifoq» va Ukrainada P.Pestel 
rahbarligida «Janubiy ittifoq” tashkil qildi. Har ikkala ittifoq o'zaro aloqada 
bo'lib, birgalikda harakat qilish dasturini tuzdilar va 1826 yil bahorida poytaxtda 
hokimiyatni qo'lga olish haqida kelishib oldilar. 1825 yil dekabrda Aleksandr 1 
vafot etdi. 1825-1865 yil 25 dekabrda Aleksandr 1 ning ukasi Nikolay taxtga 
o'tirdi. Janubiy va Shimoliy ittifoqlar 26 dekabr kuni qo'zg'olon uyushtirishga qaror 
qildilar. Ularning asosiy maqsadi senat tomonidan demokratik erkinliklarni 
e'lon qilinishiga, krepostnoylik huquqini bekor qilinishiga va ta'sis majlisini 
chaqirishga erishish edi.26 dekabr kuni qo'zg'olon Sankt-Peterburgdagi harbiy 
qismlar orasida boshlandi. Qo'zg'olonchilarning soni 3 ming kishiga edi, ular senat 
maydonida hukumat qo'shini tomonidan qurshovga olinib, to'pga tutildi. 
Qo'zg'olon qisqa vaqtda bostirildi. Bu qo'zg'olon dekabr oyida ko'tarilganligi 
sababli tarixga «Dekabristlar qo'zg'oloni» nomi bilan kirdi.Nikolay 1 (1825-
1855yillar) o'zining 30 yillik hukumronligi davomida mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotida dvoryanlar tabaqasining hukumronligini tiklashga 
harakat qildi. Shu va podsho hokimiyatini himoya qilish maqsadida 1826-yil 


109 
podsho devonxonasida «3-bo'lim» tashkil qilindi. Maxsus jandarm korpusiga ega 
bo'lgan bu bo'lim siyosiy ahvolni nazorat qilish bilan shug'ullanib, shaxsan Nikolay 
1 ning o'ziga bo'ysungan. Chor Rossiyasining jandarm-politsiya rejimi 
hokimiyatiga qarshi har qanday qarshilikni shafqatsiz ravishda bostirgan. 
Hukumat dvoryanlarining moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, 1836-
yillarda pomeshchiklarga 300 ming desyatinadan ortiq davlat yerlarini bo'lib 
bergan. Shu yili dvoryanlarning kreposlnoy dehqonlarga egalik qilishdagi 
hukumronligi yana bir marotaba e'tirof etildi. 1845-yilda «Mayorat» haqidagi qonun 
qabul qilingan. Bu qonun yirik dvoryan-pomeshchiklarning mulk yerlarini 
merosxo'rlar o'rtasida mayda uchastkalarga taqsimlanishini ta'qiqlagan.Nikolay 1 
hukumati dehqonlarga nisbatan tutgan siyosatida ba'zan chekinishlar ham qilingan, 
1842 yil «Majburiyatli dehqonlar» haqida qonun chiqdi. Mazkur qonun krepostnoy 
dehqonlarni to'lov asosida ozod qilinishiga ruxsat berdi. Majburiyatli dehqonlar 
«Erkin g'allakorlar» dan farqli ravishda xususiy yer uchastkalariga egalik qila 
olmaganlar va ularga pomeshchik yerlaridan vaqtincha foydalanishga ruxsat etilgan. 
1835 yilda manufaktura va fabrikalarda yollanib ishlayotgan dehqonlarni shartnoma 
muddati tugaguncha pomeshchiklar tomonidan chaqirib olinishi taqiqlandi. 1845- 
yilda esa zavod va fabrikalarda 12 yoshgacha bo'lgan bolalarning tungi mehnatidan 
foydalanishni ta'qiqlovchi qonun chiqdi.XIX asrning o'rtalarida Rossiya aholisi 62 
mln kishiga eldi, uning 80% krepostnoy, dehqonlardan, 1% dvoryan-
pomeshchiklardan iborat edi. Bu XIX asrning birinchi yarmida ham dehqonlarni 
ommaviy tarzda xonavayron bo'lish holatlarini davom etganligidan dalolat beradi. 
Mamlakatda krepostnoylik huquqi va boshqa ko'plab feodal munosabatlarning 
hukumronligi, 
chor 
samodyerjaviyasining 
yakka 
hokimligi, 
kapitalistik 
munosabatlarning keng ravishda rivojlanishiga g'ov bo'lmoqda edi.XIX asrning 
30-40-yillarida rus xalqining ilg'or vakillari Rossiyaning ijtimoiy hayotida ulkan 
o'zgarishlar qilish lozimligini bashorat qila boshladilar. Ularning orasida 
A.Gyertsen, N,Ogaryov, V.Belinskiy kabi inqilobiy demokratlar katta rol o'ynadilar. 
Natijada Rossiyaning kelgusidagi taraqqiyot yo'lini muhokama qilish oqibalida 
«Slavyanofillar» (slavyanlarning ya'ni, Rossiyaning alohida taraqqiyot yo'li bor 
deb, g'arb davlatlariga uni qarshi qo'yuvchilar va «g'arbchilar» (Rossiyada ham 
g'arbdagi kabi burjua islohotlarini amalga oshirish lozim, deb hisoblovchilar) kabi 
iqtisodiy , siyosiy g'oyalar paydo bo'ldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish