Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Fransiyada 4-sentyabr voqealari. 
Sedan halokati xabari 2-sentyabrdayoq Parijga yetib keldi. Bu mudhish 
haqiqatni eshitgan parijliklar 4sentyabrda quzg’olon ko’tardilar. Blankichilar Lui 
Ogyust Blanki (1805-1881) xalq harakatining tashabbuskorlari bo’ldilar. Poytaxt 
aholisi 
mehnatkashlarning 
respublikasi 
tuzishni 
talab 
qilib 
chiqdilar.Namoyishchilar qonun chiqaruvchi palataning majlislar zaliga bostirib 
kirdilar. Parij harbiy gubernatori General Troshyu boshchiligida yangi hukumat 
tuzilib, burjua respublikachisi Leon Gambetta -ichki ishlar vaziri, advokat Jyul
Favr -tashqi ishlar vaziri, general Leflo-harbiy vazir bo’ldilar. Bu amalda davlat 
to’ntarishi edi. Uni xalq, ommasi amalga oshirgan edi, lekin hokimiyatni 
burjuaziya ilib ketdi. Davlat to’ntarishi Fransiya-Prussiya urushining xarakterini 
ham o’zgartirib yubordi. Ikkinchi imperiya ag’darilib, Fransiya respublika, -deb 
e‘lon qilingach, germanlarning birlashishiga qarshilik qilmay quydi, urush endi 
Fransiya uchun adolatli kurashga aylandi. Sedan halokatidan keyin dastlabki 
kunlardanoq Prussiyaning yunkerlar va german yuqori tabaqalari qo’llagan 
hukmron doiralari urushni davom ettirishga va Fransiyadan hech bo’lmaganda, 
Elzas va Lotaringiyani bosib olishga intilar, urush endi Germaniya uchun 
istilochilik urushiga aylangan edi. 
Fransiyaning taslim bo’lishi urush oqibatlari. 
19-sentyabrda 320000 kishilik pruss armiyasi Parijni qamal qildilar. 
Muvaqqat hukumat mudofaani tashkil qilolmadi. 173000 askar,yetarli qurol-yarog’ 
va o’q-dorisi bo’lgan fransuz armiyasi yorib o’tishga ham harakat qilmay 
dushmanga taslim bo’ldi. Hukumat xiyonat yo’lidan bordi. Masalan, Jyul Favr sulh 
so’rab Bismark bilan uchrashdi. Bu habar xalqqa yetib bordi. Ularning taslimchilik 
siyosatidan parijliklar voqif bo’ldilar. 31-oktyabr poytaxt aholisi O.Blanki, 


85 
Delekruz va boshqa sotsialistlar boshchiligida Ratushaga bostirib kirdilar, biroq 
hukumat qo’zg’olonni bostirdi. 28-yanvarda Jyul Favr yarashishini iltimos qilib 
Versalga -Bismark huzuriga jo’nadi. Bismark Parijni taslim bo’lishini talab qildi.
Hukumat xalqqa bildirmay,taslim bo’ldi va xalqqa sezdirmay yarash bitimini 
imzoladi.8-fevralda Milliy Majlisga shoshilinch saylov o’tkazildi. Saylangan 750 
ta deputatning 450 tasi monarxistlar edi. Ular reaksioner Ter boshliq hukumat 
tuzdilar. 16-fevralda u ham Bismark huzuriga jo’nadi. 26-fevralda bitim imzolandi
1martda Bordodagi Milliy Majlisda bu bitim ratifikasiya qilindi. (549-107) Viktor 
Gyugo, Leon Gambetta, Jorj Klemanso va boshqa 107 kishi qarshi ovoz berganlar. 
Germaniya Elzas va Lotaringiyani bosib oldi. Fransiya Germaniyaga 5 mln. frank 
tovon to’ladi. 18-mart to’ntarishi va Parij Kommunasi. Prussiyaga qarshi urushdagi 
mag’lubiyat, hukumatning taslimchilik siyosati va hoinona sulh bitimlari xalqning 
qahr-g’azabini keltirdi. Bu uquvsiz hukumatning xalqqa qarshi siyosati tufayli, 
mamlakatda ishsizlik (600000-486000), ochlik, o’rta tabaqalarning xonavayron 
bo’lishi ommani hukumatga qarshi kurashga undadi. Ter hukumati xalq 
harakatini bostirishga qaror qildi. Harakat rahbarlarini qamadi. Milliy gvardiyaning 
harakatini to’xtatdi va uni qurolsizlantirishga buyurdi. Uy-joy to’lovlari vaqtini 
kechiktirishni bekor qildi, demokratik gazetalarni yopdirdi. Fevral o’rtalarida
Parijda Milliy Gvardiya Markaziy Qo’mitasi tuzildi. Uning ixtiyorida 
poytaxt ishchilari va mehnatkashlaridan iborat 266ta batalondan 215 tasi bor
edi. Hukumat Milliy Gvardiyani tor-mor qilish uchun barcha choralarni 
ko’rdi.18-mart tungi soat 3 da Milliy Gvardiyato’plari joylashgan Monmartr 
tepaligida hukumat qo’shinlari paydo bo’ldi. Ularni Ter hukumati yuborgan bo’lib, 
gvardiyachilarning to’plarini qo’lga olish buyurilgan edi. Bu to’plar ishchilarning 
mablag’lari hisobiga yasalgan edi. Qorong’uda boshlangan hujumda 
zambaraklarning 
bir 
necha 
soqchilari 
o’ldirildi. 
Nondo’konig
a navbat olish uchun borayotgan ishchilar, asosan, ayollar bu voqeani ko’rib 
barchani «oyoqqa» turg’azdilar. Xalq to’plandi, generallar xalqqa qarata o’z 
to’plaridan o’q uzish va ularni tarqatishni buyurdi, ammo askarlar ularga itoat 
etmadilar va armiyaning bir qismi xalq tomoniga o’tdi. Xalq, qurollanib, Miliy 
Gvardiyachilar bilan birga shahar markaziga yo’l oldilar. Ularga Sent-Antuan 
kvartal(daha) ishchilari qo’shildilar. Hukumat ularga qarshi jandarmeriyani 
yubordi. Qo’zg’olonchilar jandarmeriya qismlarini yanchib yubordilar. Kunduzi 
soat 21ga borib shahar markazi, Orlean vokzali va boshqa muhim joylar qo’lga 
kiritildi.Ko’p o’tmay kazarmalar, hukumat binolari ishg’ol qilindi. Hukumat tashqi 
ishlar vazirligi binosiga yashirindi, so’ngra esa Versalga qochdi. U yerda aksi 
inqilobiy kuchlarning shtabi joylashgan edi. Kechga borib milliy gvardiya 
poytaxtdagi barcha muassasalarni ishg’ol qildilar. Ratusha binosi ustida 
g’oliblarning bayrog’i ko’tarildi. Parijda xalq hokimiyatini o’z qo’liga oldi. 1871-
yil 18-mart tarixda xalq tomonidan amalga oshirilgan jahonda birinchi davlat 
to’ntarishi 
kuni 
bo’lib 
kirdi.Milliy 
Gvardiya 
Markaziy 
Qo’mitasi 
Parijinqilobchilarining 1-inqilobiy hukumati bo’ldi. Davlat organlariga ishchilar, 
ziyolilar, inqilobiy harakatning qatnashchilari va yo’lboshchilari boshchilik 
qildilar. Milliy Gvardiya MQ mehnatkashlarining eng zaruriy ehtiyojlari uchun 1 


86 
mln frank ajratdi, ularning qarzlari va uy-joy to’lovlari muddatini uzaytirdi. Biroq 
Milliy Gvardiya MQ g’alabadan oxirigacha foydalana olmadilar. Terning 
muntazam armiya qismlarini poytaxtdan olib ketishga befarq bo’ldi, Versaldagi 
aksil inqilobiy kuchlarni yakson qilmadi, Ter hukumati esa bu fursat va 
imkoniyatlardan foydalanib kuch to’plashga ulgurdi. Milliy gvardiya MQ Parij 
kommunasiga saylovlar bilan ovora bo’lib qoldi. 26-martda umumiy va to’g’ridan-
to’g’ri ovoz berish yo’li bilan Parij kommunarlari saylandilar. Saylov umumiy 
saylov huquqi asosida o’tkazildi. Unda asosan poytaxt ishtirokchilari qatnashdilar. 
Kommuna Kengashiga 86 kishi saylandi, ulardan 21 tasi yuqori tabaqadan bo’lib, 
ular ko’p o’tmay o’zlarining vakolatlaridan voz kechdilar, shuning uchun 16-
aprelda qo’shimcha saylov o’tkazilib, unda 17ta yangi a‘zo saylandi. Kommuna 
eski armiyani tugatib, xalqni qurollantirdi. Egalari qochib ketgan zavod-fabrikalar 
ishchilarga topshirildi. Bolalar uchun jinsidan qati’y nazar majburiy, bepul o’qish 
joriy etildi. Cherkov davlatdan ajratildi, muzey va kutubxonalar xalq, uchun 
ochildi.28-martda yuz minglab parijliklar - Milliy gvardiya jangchilari, ishchilari, 
xotin-qizlar, bolalar bayroqlar ko’tarib inqilobiy qo’shiqlar kuylab, Ratusha tomon 
yo’l oldilar. Bu yerda Milliy gvardiya MQ sihokimiyatni tanatanali ravishda Parij 
Kommunasiga topshirdi. Kommuna Kengashi Parij Kommunasining oliy organi 
edi.Uning a‘zolari ko’zga ko’ringan arboblar - «Qo’rqmas va oq ko’ngil ritsar» deb 
nom olgan Gustov Flirans, maorif komissari - jurnalist Eduard Vayyan, prokuror 
Raul Rigo, moliyachi-tarixchi Tridon, qo’mondon Emil Dyuval(general) va 
boshqalar kirdi.Parij Kommunasi Fransiyaning yangi hukumati sifatida ish olib 
bordi.Kengashning umumiy majlisi oliy qonunchilik hokimiyat organi edi, shuning 
uchun u ijroiya organ ham hisoblanardi.Kengash 10 ta komissiyadan iborat edi: 
moliya, harbiy, adliya, ijtimoiy xavfsizlik, maorif, tashqi ishlar, aloqa, ichki
ishlar,sanoat, qishloq ishlari kabi sohalar edi. Tezda zarbxona ishi yo’lga qo’yildi. 
Ishchi Kamelina uning boshlig’i edi.Ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar. Kommuna o’z 
faoliyatida xalqqa suyanib ish ko’rdi va ularning talablarini bajardi. Masalan uy-
joy to’lovlari, muddatini uzaytirish, lambartga garovga qo’yilgan qiymati 20 
frankkacha bo’lgan buyumlarni egalariga qaytarib berish haqida Dekret chiqaradi. 
Ishchilarni ish bilan ta‘minlash idorasi tuzildi. Mehnat - ayirboshlash komissiyasi 
tuzildi. Uning raisi Leo Frankel edi. Xo’jayinlari tashlab ketgan zavod-fabrikalarni 
ishchilarga topshirish haqida dekret 20-aprelda chiqarildi. Temir yo’llar Kommuna 
nazoratiga olindi. Xalq maorifi yangidan tashkil etildi. U majburiy, bepul, 
dunyoviy ta‘lim tamoyillari asosida, asosan mehnatkashlarning bolalari uchun deb 
e‘lon qilindi. Oliy, o’rta ta‘lim qayta qurildi. Bog’chalar, muzeylar, kutubxonalar, 
teatrlar eshiklarini xalqqa ochib qo’ydi.Fransuz madaniyatining mashhur arboblari: 
geograf olim Elize Reklyu, rassom Kyurbe, karrikaturachi Andre Jim, shoir E.Pote, 
Jan Batnet Klemon va boshqalar o’z iste‘dodlarini xalqqa bag’ishladilar. Luiza 
Meshel, Natali Lemel, Yelizaveta Dmitrieva -Tumanovskaya Parij mudofaasi 
ishtirokchilari sifatida yaradorlarga yordam ko’rsatdilar. Dehqonlarga munosabat 
Leonel Shanse xitobnomasi Marsel, Leon, Tuluza, Narbon, Krezo va boshqa 
viloyatlar quvvatladi.Kommuna baynalmilal tashkilot edi. Kommuna Kengashiga 
venger Leo Frankel, italyan Leonito Garribaldi saylandi, qo’shinda polyaklar, 
ruslar, belgiyaliklar bo’lganlar. Polyak Dombrovskiy, ruslardan Ye. Dmitrieva, 


87 
Anna Pustovoytova va boshqalar jang qilganlar.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish