83
hokimiyat tepasida Napoleon III u 1851 yil 2 avgustda o’tkazilgan davlat
to’ntarishi bilan qirol taxtiga chiqdi. 1852-yilda u o’zini imperator deb e‘lon qildi.
Bu Fransiya tarixida ikkinchi imperiya deb ataladi. Bu davrda mamlakatda ishlab
chiqarish tez sur‘atlarda rivojlandi. Sanoatda o’zgarishlar o’z
nihoyasiga yetib,
temir yo’l tarmoqlari ko’payib bordi. Ko’plab zavod va fabrikalar qurildi.60-
yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Napoleon III ning mavqei pasayib bordi.
Buning sababi Fransiyaning tashqi siyosatdagi muvaffaqiyasizliklarini, jumladan,
uning Prussiya boshchiligida Germaniyaning birlashtirilishi jatumaniga to’sqinlik
qila olmaganligini fransuz burjuaziyasi kechira olmadi. Ayni shu yillardan boshlab
Angliya-Fransiya o’rtasidagi savdo shartnomasidan ham ular qattiq norozi edilar.
Chunki, ingliz tovarlarining fransuz bozorlariga kirib kelishi bilan fransuz
tovarlariga bo’lgan raqobat kuchaygan edi.1869 yilda Luara havzasining
shaxtyorlari ish tashladilar. 1870-yil yanvarida Parijda 200000 kishilik
ishchilarning dahshatli namoyishi bo’lib o’tdi.Napoleon III hukumati mamlakatda
norozilik kuchayotganligini obro’si tushib
borayotganligini nazarda tutib,
Prussiyaga qarshi urush boshlashga qaror qildi. U shu yo’l bilan mamlakatdagi
ahvolni o’nglab olish, obro’sini ko’tarishga umid bog’ladi. Buning uchun
Prussiyani tor-mor etish, Germaniyani birlashishiga yo’l qo’ymaslik,Reynning
g’arbidagi yerlarni bosib olish, Fransiya hududlarini kengaytirish
rejalashtirilgan edi.Germaniyaning konsleri Otto
fon Bismark ham bir necha
yillardan buyon urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi Germaniyada
Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashda g’ov bo’lgan Fransiyani mag’lub
etish va har qanday demokratik harakatlarni bostirishdan iborat edi. 60-yillarning
oxirlarida Prussiya tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishib, janubiy Germaniya
davlatlarini o’z tomoniga og’dirib olishga, Avstriya-Vengriya va Chor Rossiyasini
betaraf qilishga muvaffaq bo’ldi. Shunday qilib, har ikki tomonFransiya ham,
Prussiya ham urushga intilmoqda va bunga bahona qidirmoqda edi. Bahona ham
topildi. Shu orada Ispaniya taxti bo’shab qoldi. Ispaniya qirolichasi Izabella 1870-
yil 2-iyulda quvg’in qilingan edi. Taxtga nemis shahzodasi Leopold Gogensollern
taklif qilindi. Fransiya esa janubiy hududlarda Prussiya
mavqeini oshib ketishini
xohlamadi, shuning uchun u qattiq norozilik bildirdi. Bu davrda Pruss qiroli
Vilgelm I Ems shaharchasida davolanayotgan bo’lib Fransiyaning elchisi
Benedettini korol huzuriga kirishga erishdi va Ispaniya taxtiga Leopold nomzodini
taklif qilmaslikni iltimos qildi. Darhaqiqat, 12-iyulda Leopold Ispaniya taxtidan
voz kechganligini e‘lon qildi.13-iyul kuni Benedetti o’z hukumatining korol
Vilgelm I agar Ispaniya taxti uchun Leshgold o’z nomzodini qo’ygan bo’lsa aslo
rozi bo’lmaydi, deb bayonot bersin degan talabini
olib yana Vilgelm I ning
huzuriga bordi. Ammo korol uni qabul qilmadi va qolgan gapni Berlinda
gaplashamiz, deb javob berib yubordi. Ayni paytda korol Vilgelm I o’z konsleri
Bismarkka Ems shaharchasidan turib telegramma yubordi. Unda 13-iyuldagi
suhbat mazmuni berilgan edi. Bu tarixda «Ems depeshasi» deb ataladi.Bismark bu
telegrammaning mazmunini fransuz hukumatini haqorat qilish, Fransiyaning milliy
sha‘niga isnod keltiradigan darajada o’zgartirib, o’zining qattiq nazorati ostidagi
matbuotda e‘lon qildirdi. Uning maqsadi, ig’vo yo’li bilan Fransiyani urush
boshlashga majbur qilish bo’lib, Bismark o’z maqsadiga erishdi.1870-yil 19-
84
iyulda Fransiya Prussiyaga urush e‘lon qildi.Urushning
dastlabki
harakatlari Bismarkning tuzgan rejasidagi, aynan, Fransiya tomonidan
boshlandi. Ana shundan, Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi, dastlabki
kunlarida nemislar uchun milliy- ozodlik xarakterida edi.
Fransiya hukumati
urushni oshlar ekan, o’z kuchlarini yetarli hisobga olmagan edi. Qo’shin yetarli
harbiy anjomlar bilan qurollanmagan va layoqasiz generallar ham
urushdagi g’alabani ta‘minlay olmadilar. Urush boshlagan Fransiya 31-
iyulgacha hujumga o’ta olmadi. Nihoyat 1-avgust kuni boshlangan hujum 2-
avgustda Pruss armiyasi tomonidan to’xtatilib, 4- va 6-avgustda
fransuzlar uchta jangda (Veysenburg, Freshviller, Forbak)da tor-mor etildi.
Marshal Bazen 100000 qo’shini bilan Mes qal‘asi yonidagi jangda tiz cho’kdi.
Marshal Mak-Magon 140000 armiyasi, ular orasida imperator Napoleon III o’zi
ham Sedan oldidagi jangda yengildi. Napoleon boshliq 82000 soldat,
ofiser va
generallar Prusslarga taslim bo’ldilar. Bu sharmandali mag’lubiyat Fransiyadagi
ikkinchi imperiyaning umri tugaganligini bildirdi. 4 yil urushga tayyorgarlik
ko’rgan Fransiya urushning boshidayoq Fransiya urushga tayyor emasligi ma‘lum
bo’ldi: -armiyani boshqarishda tartibsizlik va sarosimalik; -harbiy qismlar
jamlanmagan va chalkash; -marshrut noaniq,ta‘limot yo’q;
-general qancha askar
borligini bilmasdi. Prussiya qurolli kuchlarini joyiga qo’yib uch armiyaga bo’ldi va
kerakli,muhim joylardan urnashtirib fransuzlarni kutib turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: