88
4.
Shimoliy Germaniya ittifoqining tuzilishi va Germaniyaning birlashtirilishi.
Tayanch tushunchalar:
"Uch qirol uniyasi". Germaniya ittifoqi. Olmyuts kelishuvi. Reakatsiya
davri. Iqtisodiy taraqqiyot va agrar islohotlar. Germaniyani birlashtirish yo'llari.
"Kichik Germaniya", "Buyuk Germaniya", Avstriya-Fransiya-Italiya urushi,
"Milliy ittifoq". "Islohotlar ittifoqi". Konstitutsiyaviy nizo. Progressitlar partiyasi.
Ottofon Bismark. F.Lassal. A.Bebel va V. Libknext. "Shlyozvig - Golshteyn
muammosi". Avstriya - Prussiya - Italiya urushi. Praga sulh sharmomasi.
Shimoliy Germaniya ittifoqi. Prussiyaning tashqi siyosati. Milliy liberal partiyasi.
Germaniya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi.
XIX asrning 50-60-yitlari boshida german davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy
va siyosiy ahvoli
Germaniyada 1848-1849 yillar inqilobi o'zining bosh vazifasi siyosiy jihatdan
tarqoq Germaniya davlatlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirish
masalasini hal qilmadi. Avstriya va Prussiya german davlatlari orasida hukmronlik
qilish uchun o'zaro kurashni davom ettirdilar.Bu borada 1849 yili Prussiya ayrim
muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi.
May oyida Prussiya, Gannover va Saksoniya
"Prussiya uniyasi" yoki "Uch qirol uniyasi" deb atalgan ittifoq tuzdilar, keyin unga
yana Germaniyaning 28 ta katta kichik davlatlari ham qo'shildi. 1850 yil marlida bu
yangi ittifoqning Ta'sis majlisi chaqirilib, u ittifoq konstitutsiyasi loyihasini
muhokama qildi.Inqilobni butunlay bostirishga erishgan Avstriya Rossiyaning
qo'llab-quvvatlashi bilart Prussiya boshchiligida bunday ittifoq tuzilishiga e'tiroz
bildirdl. Nihoyat, Prussiya va Avstriya vakillari bilan
Rossiya podshosi Nikolay I
1850 yil oktyabrda Varshavada qilgan suhbatida Avstriyani quvvatlashini qat'iy
ravishda ma'lum qildi. Prussiya Germaniya davlatlari orasida hukmronlik uchun
o'zining davolaridan voz kechdi. Noyabr oxirida Prussiya Avstriya bilan
Olmyutsda Avstriya boshchiligida sobiq Germaniya ittifoqini tiklash haqida bitim
imzoladi. Germaniya davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirish uchun bo'lgan
dastlabki urinish shu tarzda natijasiz tugadi.1850 yil dekabrda Manteyfel prezident-
ministr lavozimiga o'tishi bilan Prussiyada reaksiya davri boshlandi. 1851 yil
oktyabrda Prussiya qiroli konstitutsiyani bekor qilib, ochiq ravishda
absolyutizmni mustahkamlashga kirishdi. Germaniyaning
boshqa davlatlarida
ham reaksiya boshlandi. 10 yil davom etgan og'ir siyosiy zo'rlik davri,
Germaniya davlatlarini inqilobdan oldingi holatga qaytara olmadi. Germaniya feodal
munosabatlarni tugatib, burjua yangilanishlari yo'liga o'tdi. 1857 -1859 va
1866-1867 yillardagi iqtisodiy inqirozlarga qaramasdan Germaniyada sanoat
to'ntaruvi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirildi. Dunyoning qudratli sanoat
mamlakatlari orasida Angliya va AQSh dan so'ng 3-o'rinni egalladi.
Germaniyada sanoat rivojlanishining bosh sababi qishloq xo'jaligida feodal
munosabatlarni tugallanganligi edi.1850 yil 2 martda Prussiyada dehqonlarni
feodal majburiyatlardan to'lov asosida ozod qilish to'g'risida farmoyish chiqdi.
50-yillarda
Germaniyaning Vyurtemberg, Baden, Gessen, Saksoniya kabi bir
qator davlatlarida ham agrar islohotlar o'tkazildi. 1834 yilda Prussiya pariamenti
uchun bo'lgan saylovlarda liberallar g'alaba qildi. Liberallarning barcha
oqimlari Germaniyani birlashtirish uchun kurashdilar.Bu davrda Germaniyani
birlashtirishning ikki yo'li mavjud bo'lib: biri "quyidan'" -xalq ommasining
knyazlik sulolalarining hukmronliklariga qarshi
inqilobiy kurashi asosida
birlashtirish bo'lsa, ikkinchisi Germaniya davlatlarini Avstriya yoki Prussiya
89
boshchiligida -"yuqoridan" birlashtirish edi. Keyingisi sulolalararo urushlar
diplomatik muzokaralar va kompromisslar asosida amalga oshirilar edi.1859 yil
xalqaro siyosiy inqiroz yuz berdi. Itatiya shimolini Gabsburgl ar
hukmronligidan ozod etish uchun Avstriyaga qarshi Fransiya va Pemont urush
boshladi. Fransiya tomonidan Reynning so'l qirg'oqlaridagi
german yerlarini
bosib olish xavfi tug'ildi, chunki Napoleon III mazkur hududni Fransiyaning
qonuniy mulki, deb bilar edi. Germaniyaning mustaqilligi va uni birlashtirish
istiqbollari xavf ostida qoldi, urush tezda Avstriyaning mag'lubiyati bilan tugadi.
Avstriya Fransiya-Sardiniya urushida Italiya liberal burjuaziyasining g'alabasi
Germaniyani Prussiya Gogenlsollernlari hukmronligi ostida birlashtirish
tarafdorlari bo'lgan nemis liberallarini ruhlantirdi. 1859 yil nemis ishchilarining
ma'rifatchilik fereyentari tuzildi.1859 yilning
kuzida shimoliy german
davlatlarining burjuaziyasi gannoverlik advokat Bennisen boshchiligidagi "Milliy
ittifoq" deb atalgan siyosiy tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot german daviatlarini
Avstriyasiz Prussiya hukmronligida birlashtirishga harakat qildi. Bu german
davlatlarini birlashtirishning "Kichik germaniya" tuzish rejasi deb ataladi.''Kichik
Germaniya" rejasi Baden, Vyurtemberg, Bavariya kabi davlatlarda qo'llab
qo'vvallanmadi. Chunki bu german davlatlari
aholisining azaldan prus
amaldorlari va zobitlariga nafrati kuchli edi. Bundan tashqari, u yerlardagi
burjuaziya sanoat sohasida ancha zaif bo'lib, prus burjuaziyasining iqtisodiy
raqobatidan hayiqar edi. Shuning uchun janubiy German davlatlari o'z
mustaqilligini saqlab qolishga harakat qildi. 60-yillarning boshlaridan mazkur
german davlatlari o'zlari uchun nisbatan xavfsizroq
deb bilgan Avstriya bilan
yaqinlasha boshladilar. Bavariya liberallarining tashabbusi bilan Avstriya
boshchiligida "Buyuk Germaniya" tuzish tarafdorlari 1867 yilda Milliy ittifoqqa
qarshi "Islohotlar ittifoqi"ni tuzdi.
Do'stlaringiz bilan baham: