353
bir qator demokratik o'zgarishlar o'tkazish ko'zda tutilgandi. Soliqlarni
tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan
iborat Majlis tashkil
qilish, maorif, tibbiyot, sud tizimi faoliyatini yaxshilash, ma’muriy bosh-
qarish ishlarini takomillashtirish va boshqalar shular jumlasiga kirardi.
Garchand amir manifesti yosh buxoroliklartomonidan ma’qullanib kutib
olingan bolsa-da, biroq hukmron, reaksion kuchlar unga tish-tirnog'i bilan
qarshi turdilar. Ular namoyishga chiqqan islohot tarafdorlariga yopirilib,
hujum qilib, poytaxtda qonli qirg'inlar uyushtirdilar.
Yosh buxoroliklarni
ta’qib qilish, ulardan o'ch olish avjga mindi. Ularning ko'plab namoyan-
dalari qo'shni Turkiston ASSRga bosh olib ketishga majbur bo'ldi. Shu
tariqaamirlikda konservativ ruhdagi kuchlarning qo'libaland keldi. Islomiy
harakatlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatsizyakun topdi.
1917-yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktyabr daviat to'ntarishi Bu-
xoroda ham aks sado berdi. Ayni vaqtda, Buxoroga bevosita tutash rus
aholi man zilgohlarida sovet tuzumi o'matildi. Bu esa amirlikdagi voqealar
rivojiga ta ’sir ko'rsatmasdan qolmadi. Negaki sotsialistik inqilob g'oyasini
boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o‘z
mo'ljaliga olgandilar. Shu bois Rossiya Federatsiyasi,
qolaversa, sovet
Turkiston i. uning mutasaddilari har bir vaziyatdan foydalanib Buxoro
ichki
ishlariga aralashib, muxolifatchi kuchlarni qo'llab-quvvatlab, amir-
lik tuzumini qulatish harakatida bo'ldilar. Xususan, 1918-yil martlda
«Kolesov voqeasi» nomi bilan tarixga kirgan qonli voqea bunga
yorqin
misol bo'laoladi.
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi hukumati raisi F.l.Kolesov
suveren Buxoro davlatiga ochiq tazyiq o'tkazib, yosh buxoroliklar talabini
quvvatlagan bo'lib, 1918-yil 2-martda Kogon temir yo‘li yoqalab qizil
qo'shinlar kuchi bilan ochiq harbiy intervensiya uyushtirdi. G'azabga
kelgan Buxoroning ko'pchilik aholisi o‘z yurtini jon-jahdi bilan himoya qilib,
bolsheviklar hamlasiga qarshi yalpi kurashga otlandi. Buning natijasida
Kolesov intervensiyasi tezlikda sharmandalarcha barbod bo'ldi.
Bu esa
amir va uning arkoni davlatiga barcha inqilobiy demokratik kuchlardan
qonli o'cli olish uchun bahona edi. Ayniqsa, yosh buxoroliklar ayovsiz
qirg'in qilindi. Ularning ancha qismi yashirinishga
yoxud muhojirlikka
ketishga majbur bo'ldi. F.Xo'jayevning guvohlik berishicha, inqilobchi
kuchlar ustidan uyushtirilgan ommaviy qirg'inbarot davomida 1,5 ming
nafarga yaqin kishi o‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: