349
zo'raranlik bilan o'rnatlldi. Bunday tuzum Xiva bilan yaqin chegaradosh
Amudaryoning o‘ng sohili - Petroaleksandrovsk (To‘rtko‘1) va uning
atroflarida ham qaror toptirildi. Turkistonda voqe bo'layotgan bunday
o'zgarishlar xonlikka bevosita daxl etmasdan, muxolifatchi kuchlarni jun-
bishga keltirmasdan qolmasdi, albatta. Sovet Rossiyasi Xivaning davlat
mustaqilligini rasman tan oigan bo‘lsa-da, biroq turli yollar bilan, yashirin
va oshkora tarzda uning ichki ishlariga aralashishni davom ettirdi. Ayniq-
sa, bunda xonlikdagi mavjud hukmron tuzumga qarshi turgan
kuchlarni
qo'llab-quvvatlash, ularga harbiy, moddiy-moliyaviy va ma'naviy yordam
ko'rsatish va gijgijlashga alohida urg'u berildi. Shu bilan birga, xonlikning
siyosiy ahvoli ham 1917-yil kuzidan keskinlashib bordi. Asfandiyorxon har
qanday yo'l bilan o‘z saltanatini saqlab qolishga intildi. Uning yuritgan kal-
tabinsiyosati, ilg‘or kuchl ami quvg'in va ta’qibga uchratishi, Yosh xivaliklar
tashkilotini tor-mor etib, ularning rahbarlaridan o‘ch olishi xonlikni tang
ahvolga soldi. Xonlikning Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, Xo'jayli, Taxta,
Porsu bekliklarida mahalliy aholining tuzumga qarshi bosh ko'tarishi,
haddidan oshgan amaldorlardan o‘ch olish hollari yuz berdi. Masalan,
Toslihovuz bekligi kambag'allari 1918-yil boshida beklik mahkamasi-
ga hujum uyushtirdi. Ular ko'plab boylar va savdogarlarning
mol-mulki,
don-dunini tortib oldilar. Bunday voqealar boshqa hududlarda ham qayd
etildi. Boz ustiga, mamlakatdagi vaziyatni boshqarolmay qolgan xon
o‘z raqibi, ancha ta’sirli
kuch egasi, turkmanlar sardori Junayidxonni
1918-yil yanvarida Xivaga chaqirib, uni o'z qo'shiniga bosh qo'mondon
(sardori karim) etib tayinlaydi. Junayidxon esa tez orada Asfandiyor-
xonni qatl ettirib, uning o'rniga akasi, irodasiz Said Abdullani xon
qilib
ko'taradi. Amalda Junayidxon yakka hukmron bo'lib oladi. Bolsheviklar
va sovet hokimiyatining ashaddiy dushmani Junayidxon hokimiyatni
egallab olgach sovetlarga qarshi ochiq kurashga kirishdi. U o'z harbiy
kuchlarini 10 ming jangchiga yetkazadi.
Shuningdek, Buxoro amirligi
bilan aloqalar bog'laydi. Angliya hukumati tomonidan harbiy madad ol-
ishga intiladi. Biroq Junayidxon harbiy qismlarining Amudaryo bo'limi va
Nukus atrofida sovet ku chlari bilan olib borgan hujum harakatlari mag'lu-
biyatga uchradi. Junayidxon o'matgan harbiy diktatura aholi o'rtasida
norozilik harakatlarining o'sib, kuchayib borishiga sabab bo'ldi.
Buning
natijasida xonlikni tark etib, qo'shni Turkiston ASSR hududiga boruvchi
qochoqlar soni ortib bordi. Xivadagi voqealar rivojini kuzatib turgan
sovet tomoni qulay fursatni boy bermay xonlik aholisi norozilik harakati-
ga tobora inqilobiy tus berib bordi. Shu maqsadda
sovet mutasaddilari
qochoqlardan jangovar qismlar tuzib, qurollantirib, ularni xonlik tuzumini
350
ag'darishga safarbar eta boshiadi. Sovet Turkistoni rahbarlari bu bilan
ham kifoyalanmasdan, Amudaryo bo'limi (To‘rtko‘l)da N.A.Shaydakov
va N.M.Sherbakov boshchiligida shimoliy
va janubiy harbiy dastalar
tuzib, ularni xonlik tuzimiga qarstii harakatga yolladi. Bu endi xonlik
hokimiyatini ag'darib tashlashga qaratilgan sovetlaming ochiqdan ochiq
zo'ravonligi edi. Xonlikda kechayotgan zulmdan norozi aholidan tashkil
topgan dastalar ham harakatga keladi. Ularning umumiy soni 3 mingdan
oshardi. 1919-yil dekabrining so'nggi
dekadasida boshlangan sovet
qo'shinlari va ularga qo'shilgan mahalliy qo‘zg‘olonchi kuchlarning harbiy
yurishi yanvar oyida Junayidxongaketma-ket zarbalar berib, Xiva tomon
siljib bordi. 1920-yil2-fe/raldaXivaegallandi. Junayidxonqolgan-qutgan
qo'shini bilan Qoraqum sahrosiga chekindi. Qo'g'irchoq xon Said Abdulla
taxtdan voz kechdi. Shu tariqa qizil armiya kuchi va madadi bilan Xiva
xonligi ag'darildi. Hokimiyat yangidan tuzilgan 5 kishidan iborat Muvaqqat
inqilobiy qo'mita qo'liga o'tdi. Uning tarkibiga yosh xivaliklar vaturkman
urug-qabilalaridan ikkitadan vakil kiritildi. Inqilobiyqo‘mita raisi etib yosh
xivaliklar rahbarlaridan biri Jumaniyoz Sultonmurodov saylandi.
Tezorada yosh xivaliklar ishlabchiqqan manifest e’lon qilindi. Unda
mamlakatning demokratik rivojlanish yo'lini aks ettirgan keng sotsial-iqti-
sodiy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar:
Do'stlaringiz bilan baham: