O'zbekiston tarixidan universal qo'llanma



Download 64 Kb.
Pdf ko'rish
bet502/516
Sana19.04.2023
Hajmi64 Kb.
#930074
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   516
Bog'liq
6c49f7c74a83c5ca9c8e26de8ba7fd66 O`ZBEKISTON TARIXIDAN UNIVERSAL QO`LLANMA

Sovet hokimivatiaa garshi harakatning vuzaaa kelishi.
Birinchidan, 
xalqimiz 1917-yili sodir etilgan fevral va oktyabr o'zgarishlariga katta 
umidvorlik bilan ko'ztikkandi. Ular iIg'orjadidchilik harakati rahnamoligida 
Rossiyada rivojlanib borayotgan demokratik harakatlardan foydalanib erk,


342
ozodlikni qo'lga kiritmoqchi, o'lka xalqlarini mustaqillikka olib chiqmoqchi 
bo'lgandilar. Biroq sovet hokimiyati o'riatilgach, zo'ravonlik avjga mindi. 
Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bay- 
roq qilib oigan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, 
diniy e’tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh 
joylarni oyoqosti qilish, noyob ma’naviy bisotlarni talash, dindorlarni 
ta’qib-u quvg'in ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug'ullandilar. 
Uchinchidan, o'lka xalqlarining xohish-irodasi ifodasi sifatida vujudga 
kelib, ularning milliy manfaatlari yo'lida ilk qadamlarqo'yib borayotgan 
Turkiston Muxtorlyatining qonga belanishi, yurt farzandlarlning qirg'in 
qilinishi, Qo'qon shahri ya uning atrofidagi qishloqlar begunoh aholisi- 
ning ayovsiz talon-toroj aylanishi va fojiaga giriftor etilishi mahalliy xalq 
sabr-kosasini limmo-lim to'ldirgandi.
Otameros zaminida o‘z milliy davlatchiligini barpo etib, boshqa mil- 
latlardek emin-erkin yashashga bel bog'lagan, yurt jilovini qo'lga olishga 
intilgan xalqqa, uning vatanparvar rahnamolanga nisbatan sovet tuzumi 
uyushtirgan bunday g'ayrlqonuniy qirg'inbarotlar butun Turkistonni oyoq- 
qa turg'izdi. Dilda toptalgan Vatan, xalq dardi, armoni jo'sh urgan yuz 
minglab kishilarning qo'lda qurol bilan sovetlar zoravonligiga qarshi 
kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi.
Fara'ona vodivsida ciarshilik ko'rsatish harakati.
O'lkada boshlangan 
qarshilik ko'rsatish harakatining eng dastlabki qaynoq markazlaridan 
biri Farg'ona vodiysi bo'ldi. Bu harakatga xalq g'am-alamiga hamdard 
va sherik bo'lgan Kichik va Katta Erçjashlar, Madaminbek, Shermu- 
hammadbek, Xolxo‘ja eshon, Omori Polvon, Rahmonqul, To‘ychi, 
Aliyor qo'rbosliilar yetakuhllik qildi. 1918-yil bahoridan vodiyning turli 
joylarida 40 dan ziyod qo'rboshi dastalari faoliyat ko'rsata boshladi. 
Jumladan, 
Madaminbek Skobelev (Farg'ona) uyezdida, Shermuham-
madbek Marg‘ilon atroflarida, Omon Polvon, Rahmonqul Namangan
uyezdida, Parpi qo'rboshi Andijon atrofida, Kichik
va 
Katta Ergashlar
Qo'qon atrofida, Jonibek qozi O'zgantomonda, Muhiddinbek Novqatda
harakat qilmoqda edilar. Kichik Ergash qizillar qo'shini bilan kechgan 
jang-u jadalda halok bo'lganidan so'ng (1918-yil fevral), Qo'qon uyezdi 
tevaragidagi harakatga Katta (mulla) Ergash boshchilik qila boshladi.
1918-yil kuziga kelib uning qo'l ostida har birida 20 tadan 1800 na- 
fargacha yigiti bo'lgan 70 ta qo'rboshi dastalari harakat qilayotgandi. 
Ulardagi jangchilarning umumiy soni 15 mingga, ba’zi ma’lumotlarga 
ko'ra, 20 - 24 mingga yetardi. Xuddi shu davrda 
Madaminbekning 5
ming, Shermuhammadbekning 6 ming, Xolxo'janing 3 mingdan ziyod,


343
Parpi qo'rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning
4,5 ming
jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangandilar. Bu raqamlar 
sovet hokimiyatiga qarshi kurashning ommaviy tus olib borayotganidan 
dalolat beradi. Mazkur harakatlarni birlashtirish, muvofiqlashtirish zarur 
edi. Shu bois qo'rboshilarning birnecha borqurultoylari chaqirilib, ularda 
muhim hayotiy masalalar hal etilgani bejizmas. Dastlabki shunday qurul- 
toy 1918-yil martida Qo'qon uyezdining Bachqir qishlog'ida o'tkazildi. 
Unda Katta Ergash butun Farg'ona vodiysidagi harakatning rahbari etib 
saylandi. Unga musulmon qo'shinlarining bosh qo'mondoni - «amir 
al-muslimin» unvoni beriladi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa 
uning o'rinbosarlari etib saylanadiiar. Biroq bu harakat ko'lamining o'sib, 
kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar vakil- 
iarining qo'shilishi, tabiiyki, uikan mas’ui vazifalarni, yangi muammolarni 
keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta 
matonat, kuchfi iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkiiotchilik qobiiiyati va 
uzoqni ko'ra bilish salohiyatini taqozo etardi.
Farg'ona qo'rboshilari ichida Madaminbek Ahmadbek o‘g‘ligina 
mana shunday noyob fazilatiar sohibi ekani bilan ajralib turardi. Navqiron 
yoshda bo'lishiga qaramay, katta hayot va kurash tajribasi, yurt kezgan, 
yuksak harbiy sarkardalik iste’dodiga ega Madaminbek (1892 - 1920) 
tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylanadi. Sovetlarning rasmiy 
hujjatlaridan birida: «O'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va Farg'ona 
Muxtoriyatini tiklash vazifasini qo'ygan Madaminbek tadbirkorsiyosatchi 
va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi. U bizning rahbarlik faoli- 
yatimizda yo'l qo'ygan xato va kamchilikiarimizdan ustalik bilan foydala- 
nardi. Uning o'z «boshqaruv apparati, o'zining «tribunali», o'zining «gen- 
shtabi» bo'lgan. U qonunlarchiqargan»,-deb e'tirofetadi Madaminbekka 
qarshi kurashgan Gramatovich. Buni boshqa qizil qo'shin boshliqlari 
ham tan olganlar. 1919-yil o'rtalariga kelib uning yigitlari soni 25 ming 
nafardan oshardi. Skobelev, Marg'ilon, Andijon, Namangan, 0 ‘sh kabi 
hududlarda harakat qilayotgan taniqli qo'rboshilar, ularning jangchilari 
Madaminbekning yashil bayrog'i ostiga birlashayotgandi. Madaminbekning 
xalq lashkarlari, ayniqsa, 1919-yil 1-yarmida sovet qo'shinlariga qarshi 
bir qator sezilarli zarbalar berdilar. Chunonchi, yanvarda Marg'ilon, 
fevralda Skobelev va Chust shaharlarining Madaminbek tomonidan 
egallanishi, ularda mahalliy xalq manfaatiga javob beradigan bir qator 
muhim amaliy tadbirlarning o'tkazilishi uning obro'sini yanada ko'tarib 
yubordi. 1919-yil aprel oyida Madaminbek yigitlari Namangan va 
Qo‘qon shahri atroflaridagi janglarda g'olib keldilar. 

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   516




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish