O'zbekiston tarixidan universal qo'llanma



Download 64 Kb.
Pdf ko'rish
bet503/516
Sana19.04.2023
Hajmi64 Kb.
#930074
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   516
Bog'liq
6c49f7c74a83c5ca9c8e26de8ba7fd66 O`ZBEKISTON TARIXIDAN UNIVERSAL QO`LLANMA

«Madaminbek turli


344
siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech
qaysi qo'rboshi uningchalik kuch-qudratga ega bo'lmagan edi», -
deb 
yozgandi muxoliflaridan biri o'sha kezlarda.
Darhaqiqat, qarshilik ko'rsatish harakatining ijtimoiy tarkibini kuzatar- 
kanmiz, bunda aholining sovet tuzumidan norozi bo'lgan turli-tuman ijti­
moiy qatlamlari, chunonchi, dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, batrakiar, 
mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, mahalliy boylar, amaldorlar u 
yoki bu darajada faol ishtirok etgani ayon bo'ladi.
Xususan, sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan 
yuritgan o‘ta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati yurt odamla- 
rini oqibatda bu tuzum dushmaniga aylantirdi va o‘z erki, huquqi, ozod- 
ligini himoya qilish uchun kurashga chorladi. Farg'ona fronti qo'mondo- 
ni M.Frunze ham: 
«...Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus
va yerli ishchi, dehqon ommalarini o'ziga tortish o'rniga mehnatkash
xalqni o'zidan uzoqlashtirish uchun qolidan kelgancha harakat qildi.
Ishlab chiqarishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziyaning
mulki emas, balki o'rtahol dehqonlarniki ham tortib olindi... Bu yerda
harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba’zi rah-
barlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi,
uning arz-u dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda
vujudga keldi. Bosmachilar
-
oddiy qaroqchilar emas. Shunda ularni
tez yo‘q qilish mumkin bo'lardi»,
- deb e’tirof etgandi.
TASSR XKS raisi Q.Otaboyev 1922-yil iyulida Turkiston MIQ 4-plenu- 
mida so'zlagan nutqida bu harakatni xalq qo'zg'oioni sifatida baholagandi: 
«Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to‘g‘ri baho berishni ham bilmadik,
u xalq qo'zg'oioni bo'lgani hulda, bosmachilik deb atadik. Bosmachilik
mohiyatan talonchilik degan ma’nonianglatadi, bizning ushbu harakatga
bergan noto'g'ri ta’rifimiz masalani hal etishda noto'g'riyondashuvlarga
olib keldi. Va alaloqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron-birjihatini
tugata olmadik».
Madaminbek lashkarlarining jangovarlik harakatlari keng hududlarga 
yoyildi. Bu davrga kelib Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan 
tashkil topgan ancha ta’sirli harbiy qismlari Madaminbek kuchlari bilan 
birlashdi. Bu hoi xalq kurashining nafaqat ijtimoiy tarkibiga, ayni chog'da, 
milliy tarkibiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatar, uning maqsad-vazifalariga 
yangicha yondashishni taqozo etardi. Gap shundaki, bunga qadar 
sovetlarga qarshi harakat saflarida yerli millat kishilari qo'lni qo'lga 
berib kurashib kelayotgan bo'lsalar, endilikda unga sovetlar siyosatidan 
keskin norozi rus dehqonlari ham qo'shilgandi. Bu o'zgarish 1919-yil


345
oktyabrida Pomirning Ergashtom ovulida Madaminbek tarafdorlari 
tashabbusi bilan Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzi- 
lishida hamo'z ifodasini topgandi. Hukumat tarkibi 24 kishidan iborat 
bolib, uning 16 vakilini musulmonlar va 8 nafarini ruslar tashkil etardi. 
Farg'ona hukumati boshlig'i va musulmon qo'shinlari bosh qo'mondoni 
etib Madaminbek saylangandi.
1919-yil oktyabr oyi oxirlarida Andijonga yaqin Oyimqishloqda 
to'plangan vodiy qo'rboshilarining qurultoyida vodiyda harakat qilayot- 
gan 150 ga yaqin jangovar qismlarni o'z ta’sirida ushlab turgan 4 yirik 
lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, 
Xolxo'ja eshon qo'mondonliklarini birlashtirishga kelishildi. Qurultoyda 
islom qo'shinlari bosh qo'mondoni - «amir al-muslimin» etib Madaminbek 
saylandi. Biroq bu birlashuv ham mustahkam bo'lib chiqmadi. Masalan, 
Xolxo'ja eshon tez orada o'z kuchlarini ajratib, mustaqil faoliyat ko'rsata 
boshladi. Bu davrda Madaminbek qo'i ostida 30 mingga yaqin, Sher- 
muhammadbekda 20 ming, Katta Ergash qo'rboshida esa 8 ming 
jangovar qc'shin bo'lib, uchta lashkarboshi vodiydagi kurash harakatlarini 
boshqarib turardi. Biroq vodiydagi jangovar harakatlarning keyingi bori- 
shi tashabbusning ko'proq tajovuzkor sovet qo'shinlari qo'liga o'tishiga, 
qarshilik ko’rsatish harakatining pasayib borishiga olib keldi.
1920-yil boshiarida sovet qo'shinlari Katta Ergash, Madaminbek, 
Shermuhammadbek va Xolxo'ja kuchlariga sezilarli zarbalar berdi. 
Jumladan, 1920-yil yanvarida qizillar Katta Ergash kuchlariga zarba 
berib, uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. Xuddi shu vaqtda sovet 
qo'shini Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor keltirib, Gulcha 
qal’asini ishg'ol etdi. Monstrovning o‘zi asirolindi. Fevralda Garbuva -
Qoratepa - Shahrixon yo'nalishida qizii qo'shinlar Shermuhammadbek 
lashkariga kuchli zarba berdi. Buning natijasida Shermuhammadbek 
yengilib, Oloy vodiysi tomon chekindi. Ayni paytda, qizillar Norin va 
Qoradaryoning qo'shilish joyida Madaminbek askarlariga qarshi muvaf- 
faqiyatli jang qilib, unga katta talafot yetkazdiiar.
Ayyor sovet hukumati taklifiga ko'ra Madaminbek 1920-yil martida 
sovet qo'rnondonligi bilan muzokara olib bordi va sulh tuzildi. Bu sulh 
shartlariga asosan Madaminbek o'z harakatlarini to'xtatdi, uning 1200 
nafardan ziyod askar yigitlari daxlsizligi, o'z qurol-yarog'lariga ega bo'li- 
shi, zarurat tug'ilsa, ularning vodiyda tinchlik, barqarorlik o'rnatishda 
o'z rahnamosi yetakchiligida faol ishtirok etishi ta’kidlangandi. Madamin­
bek o'zining boshqa safdoshlariga ham sovetlar bilan muzokaralar olib 
borib, shunday yo'l tutishni maslahat beradi. Biroq Farg'ona qo'rboshilari


346
yo'lboshchilari Shermuhammadbek va Xolxo'ja eshon o'z huzurlariga 
muzokara uchunkelgan yurtning bu mard o'g'lonini sotqinlik va xolnlik- 
da ayblab qatl ettiradilar. 1920 - 1923-yillar davomida vodiy hududlari 
bo'ylab olib borilgan kurashlarga aka-uka Shermuhammadbek va Nur- 
muhammadbek, ulardan so'ng Islom Polvon va Rahmonqul yetakchilik 
qildilar. Mazkur qahramonlarning jasorati, haq va ozodlik yo'lidagi fidoyiligi 
xalq xotirasida muhrlanib qoldi.
Vodiyda yoqilgan sovetlarga qarshi harakat mash’alasi keyinchalik 
Turkistonning boshqa hududlariga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zul- 
mi va zo'ravonligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazmda, Samarqand 
viloyatida ham aks sado berdi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   516




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish