351
Xalq hokimiyatiga saylovlar um umiy bolib, respublikaning 18 yoshga
yetgan fuqarolari, millati, jinsidan qat'i nazar,
qurultoy yoxud mahalliy
sovetlarga saylash va saylanish huquqiga ega bo'ldilar. Faqat xon va
uning oila a ’zolari, ruhoniyat vakillari, sudxo'rlargina saylov huquqlaridan
mahrum etildi. Konstitutsiya respublikaning o'ziga xos xususiyatidan kelib
chiqib shariat sudi tizimini saqlab qoldi.
Qurultoyda Xorazm Respublikasining birinchi hukumati raisligiga yosh
xivaliklarrahbari Polvonniyoz Yusupov saylandi. Hukumat tarkibi ham
yosh xivaliklar va turkman urug'-qabilalari boshliqlaridan tashkil topgan
bo'lib, bu o‘sha davrdagi kuchlar nisbatini aks ettirardi. 1920-yil iyunida
Xivada Xorazm kompartiyasining ta’sis konferensiyasi bo'ladi. Unda
XKPning tashkiliy rasmiylashuvi amalga oshadi. Bu davrda Xorazm
kommunistlari soni 1000 kishi atrofida bo'lib, ular 22 ta partiya yacheyka-
iariga birlashgandi. 1920 —
1921-y¡I boshlariga kelib Xorazmda kasaba
uyushmalari, «Qo'shchi» uyushmalari, inqilobiy yoshlar ittifoqi tashkilotlari
yuzaga keldi. Ularning saflari ham tez kengayib bordi. Masalan, 1921-yil
bahorida «Qo'shchi» tashkilotlari 6 mingdan ziyod dehqonni o'z safiga
birlashtirgandi.
Xorazmda sovetlarning faol ko'magi, qo'llab-quvvatlashi bilan xalq
sovet respublikasining vujudga kelishi Rossiya Federatsiyasi, qolaversa,
Turklston Avtonom Sovet Respublikasi uchun ayni muddao bo‘ldi. Ular
yosh respublikaga asta-sekin ta’sir o'tkazib, uni o'z domiga ilintirishga
intildilar. Asosiy maqsad esa Xorazmga «beg'araz yordam» ko'rsatish,
sovet tartib-qoidalarini tashkil etish orqali uni
pirovardida bolsheviklar
hokimiyati qo'l ostiga kiritib olish edi. Jumladan, 1920-yil 13-sentyabrda
Rossiya hukumati bilan XXSRo‘rtasida imzolangan ittifoq shartnomasi
ham asl mazmun-mohiyati bilan mana shu maqsadga xizmat qilardi.
Ittifoq shartnomasi bilan birga ikkala respublika o'rtasida imzolangan
harbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar asosida Xorazm Xalq Sovet
Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli harbiy,
iqtisodiy va
madaniy yordam ko'rsatish ko'zda tutilgandi.
XXSR va RSFSR o'rtasida tuzilgan ittifoq shartnomasi hamda har
biy-siyosiy va iqtisodiy ahdlashuviar, birtomondan, Xorazm Respublikasi
pozitsiyasining mustahkamlanishiga, ikkinchi tomondan, uning qudratli
Sovet davlatiga slyosiy qaramligi yanada kuchayib borishiga xizmat qilar
di. Faqatgina 1921-yil davomida uch marta (mart, sentyabr, noyabr)
hukumat
czgarishi yasalib, Moskvaga ma’qul kelmagan uning tarkibi
yangiland I. O'z xalql miiliy manfaatlarini yoqlab siyosat yuritgan Polvon
niyoz Yusupov, M.lbniyaminov, O.Muhammadrahimov bosh bolgan
352
hukumat tarkibi bekor qilindi, ularning rahbarlari asossiz qoralanib, og'ir
jazolarga mahkum etildi. Sovet Rossiyasi Turkiston hududidagi milliy
respublikalar mustaqilligini butkulbarhamtoptirish, ularni o'ztasarrufiga
bo'ysundirish sari qat’iy yo'ltutdi. 1923-yil rnartida Toshkentda Tur
kiston, Buxoro, Xorazm Respublikalari vakillari ishtirokida konferensiya
chaqirilib, unda mazkur respublikalarni iqtisodiy jihatdan
birlashtirish
maqsadida 0 ‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi. Bu esa ularni har
tomonlama boshqarish tizimi murvatlari Rossiya nazorati ostiga o'tayot-
ganidan dalolat berardi.
1923-yil oktyabrida bo'lib o tgan IV Butunxorazm qurultoyi res-
publikaning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Unda amalga oshirilgan
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniysohalardagi o'zgarishlartahlil etilib,
uning o‘z rivojlanishida sotsialistikbosqichga kirgani ta’kidlanib, XXSRni
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Konstitutsiya
yerga bo'lgan xususly mulkchilikni tugatdi,
barcha yerlar umumxalq
mulki deb e ’lon qilindi. Vaqf mulklari Maorif nozirligi ixtiyoriga o'tdi.
Konstitutsiya o'zining chuqur sinfiylik mohiyati bilan ajralib turardi. Vo-
hada yuz berayotgan majburiy yo’sindagi sotsialistik o'zgarishlar, mulkly
tabaqalarga nisbatan qilinayotgan zo'ravonlik va bedodliklar mahalliy xalq
noroziligining alangalanib borishiga sabab boldi. 1924-yil yanvaridayuz
bergan xalq qo'zgoloni ham buning yorqin Ifodasidir. Garchand qo‘zg‘olon
qizil askarlar kuchi bilan bostirilgan bo‘isa-da, biroq keng xalq ommasi-
ning sovet tuzumiga qarshi kurashi 30-yillar o‘rtalarigacha davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: