359
rishga erisholmagan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi,
taniqli arbob T.Risqulov tez orada o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga
majbur bo'ladi.
Gap shundaki, sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning
emin-erkin rivojlanish yolidan borishi nimas, balki uning doimiy o'z nazora-
ti ostida boiishini xohlardi. O'lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning
boyiiklari, tabiiy va mineral resurslari markaz foydasiga ishlashi, xlzmat
qllishi ularning birdan birmuddaosiedi. Hukmron markaztashabbusi bilan
tashkil etllgan Turkkomisslya, O'rta Osiyo byurosi, O'rta Oslyo Iqtlsodiy
Kengashi singari nufuzli organlarnlng o'lka hayotining barcha jabhalarini
o'z nazoratiga olishi, o'z iznlariga bo'ysundirish
borasida harakat qilib
kelgani boisi ham mana shundadir.
Garchi bo'lajak ittifoq sovet respubllkalarining do'stlik va tengllkka
asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo'ladi deyilsa-da, biroq uzoqnl ko'ra biladi-
gan respubllkalarning bir qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan,
Ukraina kompartlyasi Markaziy Qo'mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va
D.L.Pyatakov yagona ittifoq davlati g'oyasiga qarshi chiqlb, umumittifoq
hokimlyat organlari bo'lmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar.
Gruzin milliy ziyolllari ham yangi ittifoq tuzish g'oyasini qo'llamadilar. Bir
necha bor RKP(b) Markaziy Qo'mitasi siyosiy byurosida, partiyaning
syezdlari va plenumlarida, sovet tashkilotlarida
mazkur masala keng
muhokamaqllindi. Muhokamalarda, jumladan, sovet hukumati arboblari-
dan biri I.Stalin «avtonomlashtirish» g'oyasini ilgari surdi. Unga ko'ra,
sovet respublikalari muxtor (avtonom) respublika maqomi bilan RSFSR
tarkibiga kirishlari kerak degan g'oya ilgari surilgandi. Tabiiyki, bunday
takllfga milliy respubllkalar xohlsh b ildirmasliklari ham mumkin edi. Xavfni
anglagan Lenin yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo'ladi va unga RSFSR
ham boshqa milliy respubllkalar kabi teng maqom va huquqlar bilan
kiradi degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o'ziga xos hiylasi edi.
Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tash-
viqot-targibot ishlari va ko'rsatilgan tazyiqlar o'z natijasini berdi. Ukraina,
Belorussiya, Zakavkazye
Federatsiyasi kompartlyalari, bu respub-
likalarning sovetlar syezdlari RKP(b) Markazqo'mlning «SSSRni tuzish
to ‘g‘risida»gi takliflarlni qo'llab-quvvatlashlarini bayon qildilar.
1922-yil 26-dekabrda sovetlarning Butunrossiya X syezdi sovet res-
publikalarini yagona Sovet davlatlga birlashtirishni zarur deb topdi. Syezd
o'zi saylagan delegatsiyaslga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari
bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tashkil etish
to'g'risldagi deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartnomasini
tayyorlashnl topshirdi.
360
1922-yil 29-dekabrda Moskvada to'rt respublika vakolatli de-
legatsiyalarining konferensiyasi bo'lib o‘tadi.
Konferensiya SSSRni
tuzish to'g'risida RKP(b) Markaziy Qo'mitasi plenumi tasdiqlagan
deklaratsiya va shartnoma loyihasini muhokaina qilib, uni ma’qul-
laydi. 30-dekabrda uni to'rt respublikaning vakolatli delegatsiyalari
imzolaydilar.
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining I syezdi
SSSRni tuzish to'g'risidagi deklaratsiya loyihasini ko'rib chiqib, dekla
ratsiya va Ittifoq shartnomasini tasdiqlaydi.
Syezd yangi ittifoq - SSSRnlng yuqori hokimiyat organlari - Marka
ziy Ijroiya Qo‘mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ raisiari etib
RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrairadan G.I.Petrovskiy, Belorussiyadan
A.G.Chervyakov, ZSFSRdan N.N.Narimanov saylandi. V.l.Lenin SSSR
Xalq Komissarlari Soveti Raisi etib tasdiqlandi.
Shunday qilib, oktyabr to'ntarishidan 5 yil o'tgandan keyin, 1922-yil
30-dekabrda SSSR tuzildi. Lining ta’sischilari RSFSR, BSSR, USSR,
ZSFSR hukumatlari bo'ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi.
XX asrning 30 - 40-yillari boshlariga kelib
bu ittifoq davlati tarkibi
yangi respublikalarhisobiga kengayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi.
Shunday qilib, yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli Sovetlar
saltanati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: