Buxoro Xala Sovet Resoublikasinina tashkil topishi.
1918-yilgi mart
voqealariva amirlik ham da uning tevaragidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
Buxoro davlatini chuqur tanazzulga duchor etdi. Rossiya shaharlariga
354
yuborilgan ko'plab miqdordagi qimmatbaho mollar, mahsulotlarsotilmay
omborxonalarda taxlanib qoldi. Bunlng evaziga Rossiyadan keltiriladigan
mahsulotlar kelishi to'xtab qoldi. Buxoroning Rossiya bilan savdo-so-
tiq aloqalaridagi o'zgarishlar uning iqtisodiy hayotiga, aholi turmush
darajasiga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Bu esa xalq norozilik harakatlarining
kuchayishiga olibkeldi. Amirning Rossiya Federatsiyasi va sovet Tur-
kiston i tomonidan o‘z davlatiga nisbatan tahdid va hujumi xavfi kuchayib
borishiga javoban harbiy qo'shininl tinmay ko'paytirishga urinishi ham
aholi yelkasiga og'ir yuk bo'lib tushayotgandi. Amirlikning muxolifatchi
va inqilobchi kuchlarga nisbatan shafqatsiz xattl-harakatlari ham siyosiy
tanglikni kuchaytirayotgandi. Bundan esa qo'shni Turkistonning sovet
mutasaddilari ustomonlik bilan foydalanishga intildilar. Ular Buxorodan
son-sanoqsiz oqibkelgan inqilobiy va demokratlk kayfiyatdagi kuchlarni
ishga solib, ularning tashkilotlari tuzilishiga yordam berib, moddiy va
ma’naviy quvvatlab, «Buxoro inqilobi»ni tayyorlab bordilar.
Buxoroning ko'zga ko'ringan rahbarlari: Fayzulla Xo'jayev, Lsmon
Xo'jayev, Ota Xo'jayev, Qori Yo'ldosh Po'latov, M.Qulmuhamedov,
A.Yoqubov, A.Muhlddinov, N.Husainovva boshqalaming inqilobiy faoliyati
Moskva va Toshkenida ma’qullanib, ularning harakat dasturlari ishlab chiqil-
gani boisi ham shundandir. Masalan, 1918-yil sentyabrida Toshkentda
Buxoroning muhojir inqilobchilari tomonidan Buxoro kompartfyasi va uning
markaziy qo'mitasi tuzilishi (uning raisi A.Yoqubov, o'rinbosari M.Qul
muhamedov) yoxud 1920-yil yanvarida Toshkentda Fayzulla Xo'jayev
boshchiligida «Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasi Turkiston markaziy
byurosi»ning tashkll etilishi, uning Turkkomissiya, RSFSR hukumati va
RKP(b) MQ tomonidan e'tirot etilishi ham buning yorqin ifodasidir.
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida
feodal-despotik tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika
tuzish va keng xalq ommasining tub manfaatlarini ko'zlab ko'plab ijti-
moiy-demokratik o'zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgandi.
Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920-yil iyunda Toshkentda chiqa
boshlagan «Uchqun» gazetasida ham ilg'or demokratik g'oyalar ilgari
surildi. Buxoro xalqi amirning mutlaq tuzumini ag'darib tashlash uchun
faol kurashga da’vat etib borildi.
Amirlik tuzumini harbiy kuch qo'llash orqali ag'darib tashlash uchun
tayyorgarlik ishlari sovet Turkistoni hukumati va uning Frunze boshliq
Turkiston fronti qo'mondonligi tomonidan boshlab yuborilgandi. Chunon-
chi, 1920-yil iyun o rtaiaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurol-
langan qizil qo'shinlar Buxoro chegaralariga keltirib qo'yilgandi. Ayni
355
paytda, Buxoroda qurolli qo'zg'olonni o'tkazish yuzasidan harbiy-inqilobiy
byuro tashkil etildi. Lining tarkibiga Turkkomissiya vakillari M.Frunze,
V.Kuybishev, TKP vakili N.To'raqulov, BKP Markaziy Qo'mitasi raisi
N.Husainov, Yosh buxoroliklarpartiyasi rahbari F.Xo‘jayev kirgandilar.
Hatto bo'lajak Buxoro inqilobiy qo'mitasi va hukumati tarkiblari ham
a/valdan tayyorlab qo'yilgandi. Shuning uchun Buxoro amirligining
ag'darilishi, asl ida, bolsheviklarzo'ravonligi va makkorona siyosatining
real ifodasi bo'lgan.
1920-yil 29 -avgustda C horjo‘yda amir tuzumiga qarshi «xaiq
qo'zg'oloni» boshlanishi bilanoq, Beshim Sardor boshchiligidagi inqilobiy
qo'mita avvaldan tuzilgan kelishuvga binoan darhol sovet hukumatiga
murojaat etadi. Bu sovet qo'shinining qo'zg'olonchi kuchlarni himoya qilib
Buxoroga qarshi urush harakatlarini boshiashiga bahona bo'ldi.
Rasmiy m a ’lumotlarga ko'ra, sovet qo‘shini ixtiyorida shu davrda
10 ming qizil askar, 40 ta to‘p , 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zirhli
avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. Turkiston
fronti qo‘shini bilan birga hujum harakatlarida 5 mingga yaqin buxorolik
«inqilobiy tuzil malar» ham ishtirok etdilar.
Amir lashkari son jihatidan ko'p bo'lgani bilan (20 mingga yaqin),
lining quroilanish darajasi qizillar qo'shiniga nisbatan ancha zaif holda
edi. Hujumga tashlangan sovet qo'shinlari amirlikning Chorjo‘y, Qarshi,
Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoro tomon siljib
bordilar. Ayniqsa, bu bosqin natijasida Buxoro va uning ko‘p sonli aholisi
mislsiz zarar ko'rdi. Shahar birnecha kun davomida zamonaviy qurollar-
dan o'qqatutildi, bombardimonqilindi. Lining ko'plabnoyob osori-atiqalari,
tarixiy obidalari vayron etildi. Mihoyat, 1920-yil 2-sentyabrda amir va
uning lashkari yengilib, Buxoron i tark etadi. Shundan so'ng shahar sovet
bosqinchilari tomonidan egallandi.
Buxoro qizil qo'shinlar tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat
Butunbuxoro Inqilobiy Qo'm itasi qo'liga o'tdi.
1920-yil 1 4-sentyabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbüxoro Inqilobiy
Qo'mitasining birlashgan majlisida AbduqodirMuhiddinov boshchiligi-
da oliy qonun chiqaruvchi organ - Butunbuxoro Inqilobiy Qo‘mitasi
va Fayzulla Xo'jayev raisligida respublika hukumati - Xalq Nozirlar
Kengashi tashkil qilindi. O'sha yilning 6 - 8-oktyabr kunlari xalq vakil-
larining I Butunbuxoro qurultoyi bo'lib o‘tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi tuzilgani to'g'risida qaror qabul qilindi.
1921-yil 4-martda Moskvada BXSR bilan RSFSR o'rtasida ittifoq
shartnomasi va iqtisodiy bitimimzolanadi. Mazkur rasmiy hujjatlarasosida
356
Buxoro davlatining sovet Rossiyasiga harbiy-siyosiy va iqtisodiyjihatdan
har tomonlama bog'liq bo'lib qolgani qonuniy belgilab qo'yildi. Bu esa
Rossiya Federatsiyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyandalariga
Buxoro Respublikasining ichki ishlariga bevosita aralashish, bu yerdagi
o'zgarishlarni nazoratga olish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari
qaratish uchun keng imkoniyat ochib berdi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilishiga erishgan sovet hokimi-
yati endilikda unga o'zining sotsialistik g'oyaiari-yu tartib-qoidalarini
bemaioi tiqishtira oiardi. Bu hoi Buxoroning mustaqil, suveren davlat
sifatida taraqq iy topishiga, xalqning asriy orzulari ro'yobga chiqishiga,
uning o'ziga xoslik, milliylik xususiyatlari bardavomligigajiddiy to'sqinlik
tug'dirardi, albatta. Shu bois Buxoro hukumatining mustaqil siyosat yuriti-
shi, qo'shni mamlakatlar yoxud Turkiya, Germaniya singari uzoq xorijiy
davlatlar bilan diplomatik vasavdo-sotiq aloqalarini o'matish borasidagi
s a ’y-harakatlariga ¡zn berilmadi. Markazning S.Orjonikidze, Sh.Eliava,
Y.Peters singari nufuzli emissarlari Buxoroga tez-tez yuborilib, Buxoro
hukumati faoliyatini taftish qilish, uning yo‘l qo'ygan xato, nuqsonlarini
fosh etish bilan shug'ullandilar. Hatto RKP(b) MQ 1922-yilmayida «Tur-
kiston-Buxoro ishlari haqida» qaror qabul qildi. Unda O'rta Osiyoda,
jumladan, Buxoroda jadallik bilan sotsialistik tuzumni mustahkamlash
qat’iy uqtirilgandi. RKP(b) MQning 1923-yil 12-iyunda qabul qilgan
Buxoro masalasiga doir maxsus qarori ham BXSRning ichki ishlariga
qo‘pollik bilan aralashish edi. Negaki bu qarorda Buxoroning rivojlanish
jarayonini «sotsialistik iz»gaburib yuborish maqsadi ko'zda tutilgandi.
Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo'lida fidoyilik bilan faoliyat yurit-
gan Abdurauf Fitrat, Mo‘injon Aminov, Ota Xo‘jayev, Sattor Xo'jaev,
Rahimjon Yusufzodaning respublika hukumati tarkibidan chetlatilishi
ham Moskva vakillarining talabi bilan amalga oshirilgandi. Buxoro Xalq
Sovet Respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro kompartiyasi
RKP(b) MQning viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritishga majbur
edi. Respublika hududida sovetlarga qarshi kuchlarni bostirish baho-
nasi bilan to'plangan son-saroqsiz qizil askarlarning mutlaq ko‘pchiligi
chetdan keltirilgandi. Masalan, 1922-yili rnavjud 40 ming kishilik qizil
armiya tarkibida buxoroliklar atigi 500 kishini tashkil etardi, xolos. Buxoro
Respublikasining 1921-yil sentyabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi
ham RSFSR Konstitutsiyasi andazasida tuzilgandi.
Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida 0 ‘rta Osiyo Iqtisodiy
Kengashining tuzilishi va uning tarkibiga Buxoroning ham jalb qilinishi
mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini asta-sekin qo'ldan boy berishiga
357
sabab bo'ldi. Hukmron markaz tazyiqi asosida bu hududda qat’iy tarzda
sotsialistik o'zgarishlar amalga oshirib borildi. 1923-yili qabul qilingan
BXSR Konstitutsiyasiga binoan, mulkdorlar, savdogarlar, ruhoniylar
saylov huquqidan mahrum etildi.
1924-yil sentyabrida bo'lib o'tgan 5-Butunbuxoro qurultoyi BXSRni
Buxoro Sovet Sotsialistik Respubiikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924-
yili o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida uning hududlari
0 ‘zbekiston va Turkmaniston SSR tarkibiga qo'shib yuborildi. Ayni
chog'da, Buxoro mehnatkashlarining sovetlar tuzumi zo'ravonligiga
qarshi harakati XX asrning 30-yillari o'rtalariga qadar davom etdi.
358
28-BOB. SOVET HOKIMIYATINING O'ZBEKISTONDA YURITGAN
SIYOSIY, IQTISODIY, MA’NAVIY SIYOSATI
Do'stlaringiz bilan baham: |