Yozuvlar tarixidan ma’lumot.
Kishilik tarixida qo’llanilgan yozuvlar.
Savollar:
Yozuv nima? U qachon paydo bo’lgan?
Yozuv qanday imkoniyatlariga ega?
Yozuvning dastlabki shakli qanday holatlarda qayd etilgan?
Frazegramma nima?
Qadimgi shartli alomatlar haqida gapirib bering.
Yozuvning tilga nisbatan qanday kamchiliklar mavjud?
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan farqli tomonlari?
Hozirgi vaqtda qadimgi yozuvlardan ham foydalanamizmi?
Bo’g’in yozuvi dastlab qayerda paydo bo’lgan?
Lotin yozuvi qachondan boshlab keng amaliyotga tatbiq etilgan?
“Muqaddas yozuv” deb qanday yozuvga aytiladi?
Sillabografik yozuvning xususiyatlarini sharhlab bering.
Alfavit nima? U qanday tuzilishga ega?
Javoblar:
Yozuv kishilarning o’zaro aloqa qilishida, fikr almashishida muhim vositadir. Yozuv tufayli kishilik tajribasi avloddan avlodga yetib kelmoqda. Yozuv miloddan oldingi birinchi ming yilliklarda paydo bo’lgan. Yozuvni o’rganishning boshlang’ich davrlarida xotirada saqlab qolish vositasi sifatida tabiat predmetlaridan foydalanilgan.
Yozuv insonga kamolot yo’lini ko’rsatgan va hamma vaqt og’irini yengil qilib keldi. Yozuv yordamida insonlar qadimdan uzoq masofadagilar bilan muloqotda bo’la olgan. Ko’pgina xavf- hatarlardan ham ogoh qilish vositasi bo’lgan. Masalan: Slavyan qabilalarida mehmonlarni non va tuz bilan kutib olish do’stlik va hurmat belgisi hisoblangan.
Yozuv dastlab turli belgilardan tashkil topgan. Belgi va shakllarning o’z vazifasi bo’lib, ular ko’pincha turli suratlar bo’lgan. Zarurat yuzasidan bunday belgilarning turi ko’payib brogan va shu orqali ko’pgina fojealarning oldini olgan.
Frazeografiya – fraza-gap, grafiya-yozaman degan ma’noni bildiradi.
Frazeogramma ikki tirga bo’linadi: a) Aks (tasvir) yozuvi; b) Qadimgi shartli alomatlar.
Aks yozuvini piktografiya deb ataganlar. Bu yozuv turi mukammal bo’lmagan, chunki bu tur bilan mavhum tushunchalarni ifodalab bo’lmagan.
Qadimgi shartli alomatlar avlod va qabila nishonlari avlod, qabila va shaxs mulkiy alomatlari ustalar muhri va boshqalar kiradi.
Yozuvning tilga nisbatan o’ziga xos kamchiliklari bor:
Tilning to’liq aksi emas, balki yozuvda shartli va sun’iy aks beriladi;
Yozuvning xizmat doirasi chegaralanmagan;
Yozuv orqali ish ko’rilganda vaqtdan yutqaziladi
Tegishli sharoit bo’lmaganda o’zining ahamiyatini yo’qotadi.
Logografiya – yozuvdagi har bir alomat bir foizni bildiradi. Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagilardan iborat:
L- yozuv xabar qilishni lozim bo’lgan mazmuni ancha mufassal aks ettira oladi;
P- yozuvda so’z tartibi va so’z shakllari noaniqroq, logografik yozuvda esa aniq bo’ladi;
P- yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’yadi.
Hozirgi kunda ham qadimgi yozuvlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan: Lotin tilidan haligacha shifokorlarimiz foydalanishadi.
Sillabografiya – bo’g’in yozuvi. Bu yozuv turi milodgacha bo’lgan 2-1 ming yillarda paydo bo;lgan. Bu yozuv uchga bo’linadi: a) Mayya, Mexiya va Koneya yozuvlari kiradi; b) krit, kipr, habash, yapon; d) hind xalqlari.
Lotin yozuviga 1929- yilda o’tilgan, lekin bu til ko’p vaqt amalda bo’lmadi. 1940- yilda krill yozuviga o’tildi. Lotin yozuvi yana qaytdi. 1993- yildan to hozirgi kunga qadar amalda bo’lib kelmoqda.
–
Sillabografiya – bo’g’in yozuvi. Bu yozuv asosida yozish va o’qish ancha osonlashgan. Bularda alomatlar har xil bo’g’inlar alohida unlilar, undosh va unli ovozlarni ifodalaydi. Yozuvning ommalashuvi uchun uni osonlashtirish, soddalash va qulaylashtirish zarur bo’lgani uchun ham sillabografiya yozuvidan keng foydalanilgan.
Alfavit asosida alifbo so’zidan ya’ni ali v abo arab tilidan harflar olingan. Alfavit biror yozuvga qabul qilgan va ma’lum an’anaviy tartib berilgan yozuv belgilari majmui. Mill.avv. 2000-yil oxirlarida qadimgi Ugarit va Finiky yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |