361
Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib, mahailiy xalqqa ta'sir va
tazyiqlar o'tkazib borildi.
Milliy-hududiy chegaralanishmasalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) MQ
siyosiy byurosida, 11-mayda RKP(b) MQ O'rta Osiyo byurosi komissi-
yasida ko'rib chiqildi. Unda O'rta Osiyo respublikalarida
miliiy chegara-
lanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b)
MQ 0 ‘rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig'ilishida muhokama
etilib, asosan, m a’quliandi.
Bundan norozi mahailiy aholi vakillari, xususan, Xorazm Respublika-
sining bir guruh m a s ’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev,
ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov, Turkiston va Buxoro vakil
lari Sultonbek Xo'janov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar yagona
Turkistonni bolib tashlash maqsadga muvofiqmas deb e’tiroz bildirdilar.
Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan « 0 ‘rta Osiyo
federatsiyasini tu zish to‘g ‘risida» taklif kiritdilar. 1924-yil 8-mayda
RKP(b) Markaziy Qo'mitasiga «Xorazmda miliiy masalani hal etish
to'g'risida xat» ke lib tushadi. Bu xatda ham Xorazm Respublikasini bo'lib
yuborish maqsadga muvofiqmas deyilgandi.
Biroq mahailiy xalqlarning
talab vatakliflariinobatga olinmadi. Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b)
MQ siyosiy byurosi « 0 ‘rta Osiyo respublikalarini miliiy chegaralash
to ‘g ‘risida»gi masalaga yana qaytib, uni o'tkazish to‘g‘risida qaror qa-
bul qiladi. Munoziaralar tobora qizib borgani sababli, vaqtincha Xorazm
Respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to'xtatib turishga qaror
qilindi. Bu borada Xorazm kompartiyasi va hukumati rahbarlariga har
tomonlama ta’sir o'tkazib borildi. Ularning ko'pchiligi vazifasidan olindi,
qolganlari partiya qaroriga qo'sh ilishga majbur bo'idi. Oqibatda 1924-yil
26-iyunda Xorazm Respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham miliiy
chegaralanishning zarurligini «e’tirof» etadilar. Shundan so'ng 1924-yil
15-iyulda O'rta Osiyo byurosi miliiy chegaralanish loyihasini tayyorlash
va 1924-yil oktyabr oyida uni o'tkazish zarur degan qat’iy
xulosaga
keldi. Shu maqsadda maxsus markaziy hududiy komissiya tuzilib, joy-
larda tashviqot-targ'ibot ishlari kuchaytirib yuboriladi. Komissiya 1924-yil
sentyabroyi boshlarida o'z ishini, asosan, tugaliaydi.
1924-yil 25-sentyabrda RKP(b) MQ siyosiy byurosi, 9- va 11-ok-
tyabrda RKP(b) Markaziy Qo'mitasi bu masalani ko'rib chiqib, miliiy
chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu
qaror 14-oktyabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi. Shu
tariqa sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahailiy tash-
kilotlarining 1920 - 1924-yillar davomida O'rta Osiyoda olib borgan,
362
xalqqa yolg ‘on va’dalar berishni ko'zda tutgan «ienincha milliy siyosat»ni
hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasida
o'lkaning tarixan tarkib topgan o'ziga
xos milliy xususiyatlari, hududiy
yaxlitligi zavolga yuz tutdi. Uning hududlarlni kichik-kichik milliy bo'lak-
larga bo'lish ishlari yakuniga 1924-/ÍI 24-oktyabrda RKP(b) MQ plenumi
so'nggi nuqtaqo'ydi. Nihoyat, 1924-yil27-oktyabrda bo'libo'tgan SSSR
BMIQII sessiy asi 0 ‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o'tkazish
tadbirlarini tola ma’qulladi.
Shunday qilib, uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm
Respublika lari o'rnida endilikda O'zbekiston SSR, Turkmaniston
SSR, O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg'izlar
yashagan hududlar Qoraqirg'iz (Qirg'iziston) muxtor viloyatiga
birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning
qozoqlar yashaydigan
tumanlari Q ozog'iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar ya
shaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor viloyatida birlashtirilib,
Q ozog‘is to n ASSR tarkibiga kiritildi. 0 ‘lkada beshta milliy davlat
birlashmala ri tashkil etildi.
O'zbekiston SSRnina tashkil etilishi.
Milliy chegaralanish natijasida
0 ‘zbekiston SSR tashkil etildi. Uning tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:
- Turkiston ASSRdan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
- Buxoro Respublikasining 9 ta viloyati;
- Xorazm Respublikasining 23 ta tumani.
O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312 394 km2,
aholisi 4 m ln 447 ming 55 kishi edi. 1926-yil ma’lumotlari bo'yicha,
milliy tarkibiga ko'ra aholining 74,2 foizini o'zbeklar, qolganlarini esa
boshqa millatlar tashkil etardi.
O'zbekiston SSRning dastlabkl poytaxti Buxoro bo'lgan. Biroq ko'p
o'tm ay- 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil
oxirida poytaxt Toshkentga ko'chirildi. O'zbekiston SSR hududida butun
hokimiyat O'z:bekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat
inqilobiy qo'mita ixtiyoriga berildi. Buxoro Respublikasi hukumati raisi,
taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston SSR Inqilobiy qo'mi-
tasi raisi etib tasdiqlandi.
1924-yil S-dekabrda Inqilobiy qo'mita butun O'zbekiston xaiqiga
murojaat qilib, O'zbekiston
SSR tuzilganini, uning tarkibiga Tojikiston
ASSR kirgan ini malum qildi.
Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bolinish ham o'tkazildi.
Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalariga tegishli barcha boyliklar
yangi milliy respublikalar o'rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar sovet
363
hukumati tomonidan maxsus tuzilgan 0 ‘rta Osiyo tugatish komissiyasi
boshchiligida amalga oshirildi.
1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyida umumo'zbek sovetla-
rining I qurultoyi ochildi. Qurultoy « 0 ‘zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasi tuzilgani to 'g'risid agi deklaratsiya»ni qabul qildi.
Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari
tuzilgani rasmiylashtirildi,
O‘zbekiston SSR Sovetlari Markazfy Ijroiya Qo'mitasi raisi lavozimiga
farg'onalikdehqon, «Qo'shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo'ldosh
Oxunbobcyev saylandi. 0 ‘zbekiston SSR hukumati-Xalq Komissarlari
Kengashi raisi lavozimiga Fayzulla Xo'jayev tasdiqlandi. Milliy chegara-
lanish davrida 0 ‘rta Osiyoda faoliyat ko'rsatib kelgan partiya, komsomol
va xo'jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o'zgarishlar amalga
oshdi. Turkiston, Buxoro va Xoraz:m kommunistik partiyalari, komsomol
va xo‘jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.
0 ‘zbekiston kompartiyasining 1 925-yil 6 - 1 2-fevral kunlari Buxoroda
bo'lib o'tgan 1-ta’sis syezdida 0 ‘zbekiston kommunistik (bolsheviklar)
Do'stlaringiz bilan baham: