Xiva xonligi va Buxoro amirligida tarixshunoslikning ahvoli. Xiva xonligidagi XX asr boshlaridagi tarixnavislik haqida Soliy Hasanovning «Xorazm ma`rifati – olam ko`zgusi»



Download 13.64 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi13.64 Kb.

Aim.uz

Xiva xonligi va Buxoro amirligida tarixshunoslikning ahvoli.

Xiva xonligidagi XX asr boshlaridagi tarixnavislik haqida Soliy Hasanovning «Xorazm ma`rifati – olam ko`zgusi» (T., O`qituvchi, 1997) asarida birmuncha foydalanish mumkin.

Mazkur tadqiqotning ijobiy xususiyatlari haqida gapirganimizda, eng murakkab masalalardan biri – Xorazmda «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakatiga berilgan haqqoniy bahoni qayd qilib o`tishni ham lozim topdik. Muallif «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakati ma`rifaparvarlik dasturining ham musbat, ham manfiy jihatlarini xolisona tahlil qilib bergan. Jadidchilik harakati munosabati bilan «Yosh xivaliklar» tashkiloti faolligi Boboxun Salimov, Polvonniyoz, Xoji Yusuf, Islom Xo`ja, Jumaniyoz Hoji ibn Hivaqiy, Hasanmurod Laffasiy, Komil Xorazmiy, Muhammad Rasul Mirzo, Avaz O`tar o`g`li, Ahmad Tabibiy, Mutrib, Rojiy, Faqiriy, Bayoniy, So`fi, CHokar, Devoniy, Xudoybergan Devonov, Otajon Abdalov, Husainbek Matmurod Devonbek o`g`li, Mulla Matmurod, Mulla Bekchon, Murodov, Isomiddin Eshon, Nizomoxun, Otajon Xo`janiyozov, Rahimbergan YOqubov, Muhiddin Umarov, Xudoybergan Matniyozovlarning faoliyati to`g`risidagi mulohazalarga qo`shilmasdan ilojimiz yo`q. Chunki mustaqil bo`lgunimizgacha uyqorida nomlari zikr etilgan jadidlarga salbiy munosabat bildirilib, ularning ma`rifiy-pedagogik faoliyatini va yaratgan darsliklarini qoralab uyrgan bo`lsak, muallif klarning qilgan xizmatlarini va asarlarini mustaqillik asosida qaytadan tahlil qiladi va yangi tarbiya tizimiga moslashtirib to`g`ri baholaydi. Xiva xonligi tarixshunosligiga qo`shilgan hissiga olib keladi1.

Buxoro amirligining bu davrdagi tarixnavisligida tojik va o`zbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish (1827-1897) katta rol’ o`ynaydi. Buxoro amiri buyrug`i bilan bir necha yil davomida tarix, tib va falsafaga oid qo`lyozma asarlardan nusxa ko`chirdi. 1857, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilariga mirzolik qilib Peterburgga bordi. Rus hayoti va madaniyati bilan tanildi, rus tilini o`rgandi. Tarixga oid «Tarjimai ahvoli amironi Buxoro» (Buxoro amirlarining tarjimai hollari) nomli asar yozgan.



Buxorolik Mirzo Salimbek Samimiy (1850-1930) tarixchi va shoir 6 ta ilmiy asar yozib qoldirgan. Shular orasida eng kuchlisi «Tarixi Samimiy» (Samimiy tarixi). Bu Salimbekning eng muhim asari bo`lib, Buxoro amirlarining so`nggi 3 tasi davridagi 60 yillik tarix haqida qimmatli va mufassal ma`lumotlarni o`z ichiga olgan.

1 Jumаbоy Rаhimоv. Bоblаr mеrоsi-хаzinа. // Mа`rifаt, 22 yаnvаr, 1997 yil.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa