0 ‘zbekistonda sanoatlashtirish va uniría oqibatlari.
Ittifoq hukumati-
ning sanoatlashtirish rejasida 0 ‘zbeklstonda zamonaviy yirik industrial
tarmoqlarnlmas, balki ko'proq xomashyoni (ayniqsa, paxta xomashyosini)
qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini, tog'-kon sanoatinl rivojlantirishga
asosiy urg'u berilgandi. Negaki bu hudud markaz uchun ko'proq xom-
ashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak edi. Shu
bois ham muhim e ’tibor paxtachilik va u bilan bevosita bog'liq tarmoqlarnl
370
rivojlantirishga qaratilgandi. O'zbekistonda 1925-yili atigi 21 sanoat tar-
mog‘iga taalluqli 149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham, asosarv,
qishloq xo‘jal¡gi mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan, uncha katta
bo'lmagan korxonalar edi. Industrlashtirish yillarida 0 ‘zbekiston energetik
resurslarga nihoyatda boy bo'lishiga qaramay, kuchii gidroenergetik
inshootlar qurilishi sust olib borildi. Agar O'zbekistonda 20-yillar oxi-
rida bunyod etilgan to'ng'ich Bo‘zsuv GES bilan Ukrainada qurilgan
DneproGES quvvatini bir-biriga solishtirsak, bunda katta farqli man-
zara namoyon bo'ladi. Negaki DneproGESning 50 ming kv/s quvvati
bilan Bo'zsuv GESning 2 ming kv/s quvvatini bir-biriga qiyoslab
boimasligi o'z-o'zidan ravshan. Bu ham O'zbekistonning Ittifoq davlati
nazdida ko'proq iqtisodiy qoloq o'Ika sifatida gavdalanishi kerakligiga
yaqqol bir ishoradir. Sanoatlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta
tozalash zavodi barpo etildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg'ilon
va Shahrisabzda pillakashlik fabrikalari, Farg'ona (1930) va Toshkent
(1936 -19 39 ) to'qimachilik, Chirchiq elektrokimyo (1937) kombinatlari,
Toshkent mashinasozlik zavodi, bir necha konserva, g'isht pishirish va
urug‘ yetishtirish korxonalari qurildi. Umuman, statistik ma’lumotlarga
qaraganda, O'zbekistonda birinchi besh yillik (1928 - 1932)da 289
ta va ikkinchi besh yiilik (1933 -1937) davrida 189 ta katta va kichik
sanoat korxonalari qurilgan hamda ishgatushirilgan. Ularning mahsulot
ishlab chiqarish hajmi va salmog'i ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq,
Yangiyo‘1 kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925 - 1940-yillar
davomida respublikada qurilgan GESIar soni 49 taga yetdi. Toshkent
- Angren ternir yo'li, Toshkent - Termiz katta o'zbek trakti avtomobil
yo II qurildi.
Ikkinchi jahon urushiga qadar bo'lgan davrda O'zbekistonning sanoat
salohiyati 1445 ta yirik va o'rtacha sanoat korxonalarini va 19 mingga
yaqin mayda korxonalarni o'z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi
urushgacha bo'lgan yillarda ancha ko'zga ko'rinarli tarzda rivojlanib,
muayyan yutuqlarga erishib borgan bolsa-da, biroq bu sohada ko'plab
jiddiy muammolar va nuqsonlar ham mavjud edi. Avvalo, Ittifoq davlati
bilan respublika o'rtasida imperiyachilikmunosabatlari tizimi, yuqoridan
tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usuilari
O'zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur salbiy asorat qoldirdi. Mus-
tabid tuzum tomonidan O'zbekiston sanoatini rivojlantirish siyosatining
amalga oshirilishi orqasida respublika metropoliyaning rangli va nodir
metallar, oltingugurt, ozokrit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak
bilan ta’minlovchi mintaqasiga aylantirildi.
371
0 ‘zbekistonda bunyod etilgan sanoat korxonalarining ko'pchiligi
xomashyo yoki yarim mahsulot turlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgandi.
Ularni boshqa hududlardagi korxonalar tayyor mahsulotga aylantirardi.
Bu esa Ittifoq hukumati xazinasiga mo'may valyuta daromadlarining kelib
tushishini ta’mi nlardi. Markaz a mri bilan respublikaning xomashyo, tabiiy
resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingani holda, uning o'ziga xos iqti-
sodiy manfaatdorligi hech qanday nazar-pisand etilmasdl. Yana shunisi
ajablanarlikl, O'zbekistonda qu rilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi
uning bevosita tasarrufida bolmay, to'lig'icha Ittifoq ixtiyoriga bo'ysunar-
di. Masalan, 1928-yili O'zbekistondagi mavjud korxonalarning 81,7%
Ittifoqqa tegishli, 14,5% respublika va 3,8% mahalliy ahamiyatga ega
boigan esa, 30-yillar o ‘rtalariga kelib Ittifoq tasarrufidagi korxonalar
90% ni tashkil qilgan. Boz ustiga, industrlashtirishning butun ogïrligi
mehnatkash xalq zlmmasiga tushgan. Ular qiyin sharoitlarda mehnat
qilishga, bu murakkab jarayonlarning barcha mashaqqatlariga bardosh
berishga majbur edilar.
Respublikada industrlashtirishning yana birxarakterlitomonishunda-
ki, bujarayon davomida malakali ishchi kuchi yetishmaganidan RSFSR
hududidan juda ko'plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga res
publikaning ishchilar sinfi saflari to'ldirib borildi. Jumladan, 1926-yildan
1940-yilgacha O'zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming
kishiga yoki 10% dan ortiqroqqa ko'paydi. SSSRning markaziy tu-
manlaridan aholining sun’iy tarzda ommaviy oqib kelishi ko'p jihatdan
xalq xo'jalik mulohazalari bilanmas, balki ko'proq siyosiy mulohazalar
taqozosi bilan amalga oshirilgandi. Agar joylarda o'zining malakali
ishchi kadrlarini keng miqyosda tayyorlash tashkil etilganda edi, bu hoi
ancha oqilona va ijobiy bo'lishi, eng muhimi, ko'plab mahalliy navqiron
yoshlarni foydaii ishga jalb etish hamda ularni yaxshi ishchi kadrlar qilib
tarbiyalashga sezilarli ta’sir ko'rsatishi shubhasiz edi. Biroq sovet tuzu-
mi davrida siyosat va mafkuraning iqtisodiyotdan ustun qo'yib kelinishi
bu masala bobida ham o‘z salbiy ta’sirini ko'rsatmasdan qolmagandi.
Negaki totalitar tuzum sharoitida, barcha aholi tabaqalarida bo'lgani
singari, respublikaning ishchi va xizmatchilariga nisbatan ham g'oyaviy
va ma'muriy tazyiq ko'rsatib borishga alohida urg'u berilgandi. Bu tuzum
mutasaddilari aholining moddiy, ma’naviy manfaati, shaxsiy qiziqishi,
tashabbuskorligi masalalariga imkon qadar panja ortidan qarar, bularni
ikkinchi darajali ish deb hisoblardi.
372
28.3. RESPUBLIKA QISHLOQ XO'JALIGINI
JAMOALASHTIRISH VA UNING OQIBATLARI
Qishloada iamoalashtirish sari vo‘1 tutish.
VKP(b) XV syezdida (1927-
yil dekabr) qishloqda yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirish siyo-
sati belgilandi. Butun SSSR hududida bo'lgani singari, 0 ‘zbekistonda ham
bu ishga faol, yeng shimarib kirishildi. Negaki yuqoridan belgilangan har
qanday amr-u farmon va direktiv ko'rsatmalar bu yerda ham so'zslz ba-
jarilishi, hayotgajoriy etilishi majburly hisoblanardi. Buninguchun tegishli
shart-sharoit v a imkoniyatlar bormi-yo‘qligi yoxud mahalliy aholining bu
tadbirlarni bajarishga tayyorgarligi qay darajada ekani e’tiborga olinmasdi.
20-yillarda o'tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat dehqonlar-
ning yerlari, vaqfyerlari, ruhoniylarga tegishli yerlardavlat tomonidan
tortib olingandi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar
ham musodara qillndi. Umuman, 1925- 1929-yillar ichida boylar, yirik
savdogarlar va ruhoniylaming 45 mingga yaqin individual xo'jaliklari
batamom tugatildi. Ko’pgina xo'jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar ham
tortib olingandi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning bir qismi yersiz
yoki kam yerll dehqon xo'jaliklariga muik qilib berildi. Buning natijasida
batrak-kambag‘aliar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76
foizini tashkil etgan boisa, islohotdan so'ng ularning soni 39 foizgacha
qisqardi. Ularning xo'jalik turmushi yaxshilanib, o‘sib borgani bois, o'rtahol
dehqonlar salmog'i 17 foizdan 52 foizga ko'tarildi. Shu tariqa qishloq
da tovar-g'alla yetishtiruvchi mayda ishlab chiqaruvchilarning salmog'i
ko'payib bordi. Bu islohotdavomidarespublikadajamoa xo'jaliklari, ya’ni
kolxozlar tashkil etildi. Biroq ularning hall xo'jalik va moliyaviy zaifligi,
ishlab chlqarish ko'rsatkichlarining pastligi ko'zga tashlanib turardl.
Ommaviv iamoalashtirish sivosati va unina oaibatlari.
Qishloqda yal-
pisiga jamoalashtirish siyosatlni amalga oshirish uchun O'zbekistondagi
Do'stlaringiz bilan baham: |